1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.25.00 Sanoatning boshqa sohalari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmaklashish hamda aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga boʻlgan talabini qondirish maqsadida qaror qilaman:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-452-son qarorining 2-bandiga muvofiq qimmatbaho metallarni birja savdolari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotishda beriladigan chegirmalarning amal qilish muddati 2029-yil 1-fevralga qadar uzaytirilsin.
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-fevraldan boshlab ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirishda quyidagi qoʻshimcha mezonlar inobatga olinadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
(a) yaratilgan yangi ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan zargarlar (MXSK — 08 boʻyicha kodi — 7313) bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilgani va ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining toʻrt baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi hisoblangani hamda ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangani;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
(b) zargarlik markazlarida kamida bir oy davomida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyekti boʻlishi.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan birgalikda birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida oltin sotish hajmlarini oshirish choralarini koʻrsin.
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-oktabr,
PQ-303-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/303/0940-son)