Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi PF-133-son “Oʻzbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat gʻamxoʻrligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida koʻmak berish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni hamda 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-iyuldagi 8-mh va 55-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2821, 2016-yil 23-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 34-son, 406-modda) bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Boquvchisini yoʻqotgan ayollarning, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlarning farzandlari, shuningdek vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʻlganligi oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning farzandlari mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan kvotadan qatʼi nazar ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Bunda, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlar ular ushbu markazlarda boʻlgan vaqt mobaynida toʻlovdan ozod etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi PF-133-son “Oʻzbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat gʻamxoʻrligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida koʻmak berish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 9-bandiga muvofiq, Oʻzbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarning farzandlari mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan kvotadan qatʼi nazar 2028-yil 1-yanvarga qadar ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.”.
quyidagi mazmundagi “g” va “d” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“g) Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlarning farzandlari uchun ularning onasi ushbu markazlarga joylashtirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot;
d) Oʻzbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarning farzandligini tasdiqlovchi maʼlumot.”.