Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublikada don mahsulotlari resurslaridan oqilona foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ularni sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yildan boshlab don mahsulotlari bozor fondlariga egalik qilish funksiyasi “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasidan “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga berilsin.
2. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tuzilmasida don mahsulotlarining bozor va bozordan tashqari fondlarini shakllantirish va taqsimlash, shuningdek, ularni isteʼmol qilish va sarflashning belgilangan normalariga muvofiq hisobga olish va hisoboti boʻyicha 3 kishidan iborat tarkibiy boʻlinma tashkil etilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSR aholisiga kundalik ehtiyoj tovarlarini belgilashgan normaga muvofiq berish ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1991-yil 1-apreldagi 80-son qarorining 1 bandidan “un, yopma” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi quyidagi prognoz maʼlumotlarni “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga har yili taqdim etsin:
respublika aholisining viloyatlar va shaharlar boʻyicha keyingi yil boshigacha hamda oxirigacha boʻlgan, shuningdek, yillik oʻrta hisobdagi soni toʻgʻrisida;
maxsus isteʼmolchilar boʻyicha don mahsulotlari resurslarining sarflanishi hajmlari toʻgʻrisida.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.