toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DON MAHSULOTLARINI SOTIShNI TARTIBGA SOLIShNING QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikada don mahsulotlari resurslaridan oqilona foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ularni sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yildan boshlab don mahsulotlari bozor fondlariga egalik qilish funksiyasi “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasidan “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga berilsin.
2. “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tuzilmasida don mahsulotlarining bozor va bozordan tashqari fondlarini shakllantirish va taqsimlash, shuningdek, ularni iste’mol qilish va sarflashning belgilangan normalariga muvofiq hisobga olish va hisoboti bo‘yicha 3 kishidan iborat tarkibiy bo‘linma tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-avgustdagi 376-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 31-son, 358-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSR aholisiga kundalik ehtiyoj tovarlarini belgilashgan normaga muvofiq berish ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida” 1991-yil 1-apreldagi 80-son qarorining 1 bandidan “un, yopma” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 14-sentabrdagi 374-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 17-son, 127-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi quyidagi prognoz ma’lumotlarni “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasiga har yili taqdim etsin:
respublika aholisining viloyatlar va shaharlar bo‘yicha keyingi yil boshigacha hamda oxirigacha bo‘lgan, shuningdek, yillik o‘rta hisobdagi soni to‘g‘risida;
maxsus iste’molchilar bo‘yicha don mahsulotlari resurslarining sarflanishi hajmlari to‘g‘risida.
Oldingi tahrirga qarang.
(7,8,9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 14-sentabrdagi 374-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 17-son, 127-modda)
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 2-noyabrdagi,
532-son