1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida hayotiy qiziqishlarini shakllantirishni ragʻbatlantirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish orqali mamlakatimizga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning qoʻshimcha mexanizmlarini joriy etish maqsadida qaror qilaman:
I. Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.04.00 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
1. 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi shartlarga javob beradigan chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilishni nazarda tutuvchi chet el fuqarolarining daromadlarini soliqqa tortishning maxsus soliq rejimi (keyingi oʻrinlarda — maxsus soliq rejimi) joriy etilsin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar]
(a) 50 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yigʻim toʻlash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]
(b) Oʻzbekiston Respublikasidagi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvaragʻini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.04.00 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari;
4.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.03.00 Uy-joy binosini ijaraga olish]
2. Belgilansinki, maxsus soliq rejimi doirasida tegishli maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket oʻn ikki oylik davr davomida jami 30 kalendar kundan koʻproq Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan jismoniy shaxslar ular mulk yoki ijara huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida turar joy koʻchmas mulk obyektiga ega boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.02.00.00 Nikoh / 04.02.07.00 Qarindoshlik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.04.00 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari]
3. Maxsus soliq rejimi voyaga yetgan har bir yaqin qarindosh uchun 10 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yigʻim toʻlanganda mazkur Farmonning 2-bandida koʻrsatilgan chet el fuqarolarining yaqin qarindoshlariga nisbatan ham tatbiq etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
4. Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va Soliq qoʻmitasi uning ishchi organi etib belgilansin.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
(a) chet el fuqarolari maxsus soliq rejimini olish uchun Komissiyaga Soliq qoʻmitasi orqali murojaat qiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
(b) chet el fuqarolarining murojaatlari Komissiya tomonidan 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi va natijalari boʻyicha maxsus soliq rejimini taqdim etish yoki uni taqdim etishni rad qilish boʻyicha qaror qabul qilinadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]
(v) Komissiyaning maxsus soliq rejimini taqdim etish boʻyicha qarorini olgan chet el fuqarolari maxsus vakolatli tijorat bankiga bank hisobvaragʻini yoki maxsus vakolatli kripto-birjaga kripto-hamyon ochish boʻyicha murojaat qiladi va maxsus yigʻimni toʻlaydi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.11.00 Yuridik, jismoniy shaxslar va banklar oʻrtasidagi operatsiyalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
(g) maxsus soliq rejimi taqdim etilgan mijozlarning bank hisobvaragʻi yoki kripto-hamyoniga mablagʻlarni kirim qilish maxsus vakolatli tijorat banklari yoki kripto-birjalar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar va xavf-xatarlarni baholash natijalari asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.03.00 Xususiy uy-joy fondi / 08.01.03.01 Fuqarolarning mulkidagi uy-joy fondi (yakka tartibdagi uy-joy binolari, xususiylashtirilgan, qurilgan va sotib olingan kvartiralar, Uy-joy qurilishi kooperativi va Uy-joy kooperativiga qarashli uylardagi kvartiralar);
4.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.03.00 Uy-joy binosini ijaraga olish;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
6. Belgilab qoʻyilsinki, maxsus yigʻim toʻlagan mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan chet el fuqarolari va ularning yaqin qarindoshlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi (ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga mulk yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joy koʻchmas mulk obyekti) boʻyicha 5 yilgacha muddatga ariza va maxsus yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat asosida bir kun muddatda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
II. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
7. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Maxsus soliq rejimini taqdim etish tartibini tasdiqlasin:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar]
(a) chet el fuqarolarining maxsus soliq rejimini taqdim etish boʻyicha arizalarini koʻrib chiqish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish;
(b) maxsus soliq rejimi taqdim etiladigan talabgorlarga qoʻyiladigan talablar;
(v) chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish muddati, uni uzaytirish yoki muddatidan oldin bekor qilish asoslari.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
8. Ichki ishlar vazirligi chet el fuqarolarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha mazkur Farmonning 6-bandida nazarda tutilgan tartibga soʻzsiz amal qilinishini taʼminlasin.
9. Quyidagilar bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
(a) Markaziy bank — maxsus vakolatli tijorat banklari;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
(b) Istiqbolli loyihalar milliy agentligi — maxsus vakolatli kripto-birjalar roʻyxatlarini tasdiqlasin, ularni oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilsin va Soliq qoʻmitasiga taqdim etsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
10. Soliq qoʻmitasi:
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
(b) 2026-yil 1-yanvarga qadar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
(i) maxsus vakolatli tijorat banklari va maxsus vakolatli kripto-birjalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va maxsus yigʻimni toʻlash boʻyicha toʻlov rekvizitlari oʻz rasmiy veb-sayti va boshqa axborot resurslarida eʼlon qilinishini;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(ii) maxsus soliq rejimini olish boʻyicha chet el fuqarolarining arizalarini qabul qilish va qayta ishlash boʻyicha axborot tizimi joriy etilishini taʼminlasin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
12. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-oktabr,
PF-180-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-180-son Farmoniga ILOVA
Chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimini taqdim etish komissiyasi
TARKIBI
J.A. Qoʻchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Komissiya raisi
D.R. Li
—
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori, Komissiya raisi oʻrinbosari
N.N. Saydullayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari
Sh.D. Kudbiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi, Komissiyaning ishchi organi rahbari
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/180/0899-son)