toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish doirasida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga imtiyozli kreditlar ajratish orqali ularni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddimaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar tomonidan arizalar berish va ularni koʻrib chiqish tartibi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
arizalarni koʻrib chiqish va skoring baholash hamda ular boʻyicha xulosa berish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banklari tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kredit ajratish va ularning monitoringini yuritish tartibi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
2. Belgilansinki:
noutbuk va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun garovsiz kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi — “Oilakredit.uz” orqali ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banklari tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga ajratiladigan kreditlar boʻyicha Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida foiz toʻlovlari hisoblanadi va ushbu foiz toʻlovlari Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan tijorat banklariga qoplab boriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning soʻndirilishi hisobidan 2025-yilda jami 250 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
3. Markaziy bank Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda axborot tizimlari integratsiyasi va maʼlumot almashinuvini taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida va aholi orasida keng yoritilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-sentabr,
612-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-sentabrdagi 612-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) doirasida AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB (keyingi oʻrinlarda — tijorat banklari) tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga noutbuk sotib olish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun kreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
biriktirilgan rahbarlar — eng ogʻir ahvoldagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) tashkilotlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
mahsulot yetkazib beruvchi — marketpleys tizimida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtib, qarz oluvchi tomonidan tanlangan tovarlarni yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlari;
marketpleys tizimi — platformada ajratiladigan kreditlar hisobidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish xizmatlarini taklif qilish hamda qarz oluvchilar tomonidan mahsulot yetkazib beruvchilarni mustaqil tanlash imkoniyatini beradigan elektron savdo maydoni;
platforma — dastur doirasidagi kreditlarning toʻliq raqamlashgan holda ajratilishini taʼminlaydigan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining Yagona elektron platformasi (Oilakredit.uz);
xulosa — biriktirilgan rahbarlar qarz oluvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, uning imkoniyatlari, sharoitlari hamda yetarli bilim va tajribasini oʻrganish orqali kredit ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
qarz oluvchi — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash orqali oʻzini oʻzi band qilish istagidagi jismoniy shaxslar.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
3. Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar uchun hisoblangan foizlar Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
4. Dastur doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar faqat platforma orqali ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dastur doirasidagi kreditlar yuzasidan arizalarni platforma orqali belgilangan tartibda koʻrib chiqmasdan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosiga tovarlarni markazlashgan tartibda olib kelish va tarqatish taqiqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
5. Platforma faoliyati davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlarining markaziy maʼlumotlar bazalari va identifikatsiyalashning yagona tizimi bilan integratsiyalashuvi asosida tashkil etiladi.
2-bob. Platforma orqali arizalarni koʻrib chiqish
6. Dastur doirasida kredit arizalari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki, zarur hollarda, “mahalla yettiligi” koʻmagi asosida platforma orqali taqdim etiladi. Bunda arizalar oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida tijorat banklariga taqsimlangan mahallalar boʻyicha yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qarz oluvchining tegishliligi boʻyicha talablarga javob berishi (Ijtimoiy reyestrga kiritilgani, individual reja tuzilgani) “Online-mahalla.uz” elektron platformasi orqali tekshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
8. Kredit ajratish toʻgʻrisidagi arizalar barcha bosqichlarda platformada onlayn koʻrib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror toʻgʻrisida platforma orqali (telegram bot, SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) maʼlumot berib boriladi.
9. Qarz oluvchiga dastur doirasida kredit hujjatlari rasmiylashtirilishida biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asos hisoblanadi.
Bunda tijorat banklari tomonidan kredit qaytmaslik xatari sugʻurta polisi uchun toʻlanadigan mablagʻlar Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mazkur kreditlar foizi uchun kelib tushadigan mablagʻlardan qoplab boriladi.
Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sugʻurtalanganda, sugʻurta toʻlovi yillik 0,5 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda hisoblanadi.
10. Dastur doirasida ajratiladigan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanilishi va oʻz vaqtida soʻndirilishi yuzasidan biriktirilgan rahbarlar “mahalla yettiligi” va tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini oʻrnatadi.
3-bob. Skoring baholash
11. Platforma orqali arizalar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga koʻra bir ish kunida avtomatlashtirilgan holda koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.
12. Quyidagi hollarda qarz oluvchining arizasi platforma tomonidan skoring maʼlumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan fuqarolar tomonidan ariza berilganda;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
qarz oluvchining platformada avval berilgan arizasi koʻrib chiqish jarayonida boʻlganda;
18 yoshga toʻlmagan fuqaro nomidan ariza berilganda;
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega boʻlmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ariza berilganda;
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan yoxud mehnatga layoqatsiz fuqaro nomidan ariza berilganda;
qarz oluvchining dastur doirasida toʻliq qaytarilmagan krediti mavjud boʻlganda;
qarz oluvchining bank yoki mikrokredit tashkilotlaridan olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlganda;
avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalanilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga koʻmak choralari boʻyicha ijtimoiy shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarmayotgan fuqarolar tomonidan ariza berilganda;
(12-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
salbiy kredit tarixiga ega boʻlganda (oxirgi 2 yil davomidagi kredit tarixi inobatga olinadi).
13. Skoring natijasiga koʻra qarz oluvchining ijobiy baholangan arizasi koʻrib chiqish uchun biriktirilgan rahbarlarga platforma orqali kelib tushadi.
14. Skoring hisoblash metodikasi boʻyicha maʼlumotlar platformada eʼlon qilinadi hamda zaruratga koʻra kiritilgan oʻzgartirishlar asosida doimiy ravishda yangilab boriladi.
4-bob. Biriktirilgan rahbar tomonidan xulosa berish
15. Biriktirilgan rahbar qarz oluvchining arizasiga asosan besh ish kuni mobaynida joyiga chiqqan holda, uning faoliyat turi boʻyicha shart-sharoitlari, imkoniyati va yetarli koʻnikmasi mavjudligini oʻrganadi, oʻrganish natijasi boʻyicha fotohisobot va kredit ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani platformaga joylashtiradi.
16. Biriktirilgan rahbar xulosani berishdan avval amalga oshirilayotgan loyihaning oʻziga xos xususiyatlari va mavsumiyligini inobatga olgan holda qaror qabul qilish vakolatiga ega.
17. Quyidagi hollarda ijobiy xulosa berilmaydi:
loyihani amalga oshirish uchun qarz oluvchida shart-sharoit mavjud boʻlmaganda;
ariza beruvchi nomidan boshqa fuqaro kredit olishni maqsad qilgani aniqlanganda;
21-bandda koʻrsatilgan yoʻnalishlardan tashqari boshqa maqsadlar uchun ariza berilganda;
qonunchilikka zid boʻlgan faoliyat amalga oshirilishi aniqlanganda.
18. Biriktirilgan rahbar tomonidan kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosada uning sabablari koʻrsatilishi zarur.
Ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan sabablardan tashqari boshqa asoslarga koʻra kredit ajratishni rad etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Biriktirilgan rahbarning ijobiy xulosasi asosida qarz oluvchining arizasi koʻrib chiqish uchun platforma orqali tijorat bankiga taqdim etiladi.
19. Tijorat bankida yetarli resurs mablagʻlari mavjud boʻlmagan taqdirda, biriktirilgan rahbar tomonidan arizalar avval berilgan kreditlarning soʻndirilishi hamda qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi hisobidan resurs shakllantirilgunga qadar platformada elektron navbat asosida yuritiladi va bu borada qarz oluvchiga tegishli maʼlumotlar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Biriktirilgan rahbar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzolariga ajratiladigan kredit mablagʻlari hisobidan noutbuk yoki asosiy vositalar olib berilishini taʼminlaydi hamda uning maqsadli va samarali ishlatilishini taʼminlash maqsadida ushbu rahbar yoki tashkilotning ishonchli vakili har chorakda loyiha amalga oshirilayotgan hududga borib oʻrganib, natijalari toʻgʻrisida platformada elektron dalolatnoma tuzib boradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
5-bob. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish
21. Qarz oluvchilarga kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi foiz stavkasida ustama haq toʻlash sharti bilan:
15 million soʻmgacha boʻlgan qiymatdagi bir dona noutbuk sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan;
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 million soʻmgacha boʻlgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga boʻlib toʻlash sharti bilan ajratiladi.
Bunda hisoblangan foizlar Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga qoplab beriladi.
22. Tijorat banklari tomonidan qarz oluvchilarga ajratiladigan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar uchun oshirilgan va (yoki) qoʻshimcha foizlar hamda neustoyka (jarima, penya) hisoblanmaydi.
Qarz oluvchilar asosiy qarzni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir. Bunda tijorat banki qarz oluvchidan kredit boʻyicha asosiy qarzni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytargani uchun komissiya yoki neustoyka olishi taqiqlanadi.
23. Tijorat banklariga kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda ushbu Nizom talablari boʻyicha nomutanosiblik, xato va kamchilik aniqlanganda, kredit ajratilishi rad etiladi va bu toʻgʻrisida biriktirilgan rahbar hamda qarz oluvchi platforma orqali xabardor qilinadi.
24. Qarz oluvchi 10 kun muddat ichida hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etib, ularni tijorat bankiga qaytadan taqdim etishi mumkin.
Taqdim etilgan hujjatlarning rad etilishi uchun asos boʻlgan kamchiliklar qarz oluvchi tomonidan belgilangan muddat ichida bartaraf etilib, tijorat bankiga taqdim qilinganda, hujjatlarni koʻrib chiqish qarz oluvchining dastlab taqdim etgan arizasi asosida davom ettiriladi.
25. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish toʻgʻrisidagi qaror uch ish kunidan kech boʻlmagan muddatda qabul qilinadi, hujjatlar elektron koʻrinishda shakllantiriladi va imzolanadi.
Qarz oluvchi, bank tomonidan imzolangan holda taqdim etilgan kredit shartnomasini 10 kun mobaynida imzolamasa, uning kredit olish toʻgʻrisidagi arizasi rad etiladi.
Tijorat banki tomonidan kredit ajratish rad etilganda, bu haqidagi qaror rad etilishi sabablari koʻrsatilgan holda platformaga joylashtiriladi.
26. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, qarz oluvchiga kredit hisobidan sotib olinadigan mahsulotlarni marketpleys tizimidan tanlash haqida SMS-xabarnoma yuboriladi.
27. Tijorat banki va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi imzolangandan soʻng kredit taʼminotchi hisobvaragʻiga pul koʻchirish orqali oʻtkazilganda, marketpleys tizimi bilan ishlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Qarz oluvchiga kredit naqd pulda yoki alohida ochilgan bank kartasi orqali ajratilganda, tijorat banklari ushbu Nizomda belgilangan tartib va dastur doirasida qarz oluvchilarga ajratiladigan kreditlardan kelib chiqqan holda platforma xizmatlari uchun ommaviy oferta talablari asosida haq toʻlanishini taʼminlaydi.
28. Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar va ularga hisoblangan foiz miqdori platformada onlayn shakllanib boradi.
Bunda kredit boʻyicha foizlar qarz oluvchi tomonidan mahsulot qabul qilinib, kredit shartnomasiga asosan haqiqatda toʻlab beriladigan mablagʻ uchun hisoblanadi.
6-bob. Mahsulot yetkazib berish tartibi
29. Mahsulot yetkazib berilgandan soʻng ularni topshirish-qabul qilish maqsadida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan platformaning oʻzida elektron hisob-faktura rasmiylashtiriladi. Qarz oluvchi mahsulotni qabul qilib olib, undan qanoat hosil qilganidan soʻng elektron hisob-fakturani imzolaydi.
Bunda qarz oluvchiga tovarlar fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib beriladi.
30. Hisob-faktura imzolangani toʻgʻrisida biriktirilgan rahbarga platforma orqali xabar beriladi. Biriktirilgan rahbar uch ish kunida joyiga chiqqan holda, tovarlar haqiqatan yetkazib berilgani yoki berilmagani toʻgʻrisida platformada fotohisobot shaklida elektron dalolatnoma tuzadi.
31. Tijorat banklariga toʻliq imzolangan elektron hisob-faktura hamda biriktirilgan rahbar tomonidan tasdiqlangan elektron dalolatnoma ushbu mahsulotlar uchun toʻlovni amalga oshirishga asos boʻladi.
Qarz oluvchi talabiga koʻra sotib olinadigan mahsulot boʻyicha toʻlovlar mahsulot yetkazib berish shartnomasida taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
32. Yetkazib berilgan mahsulot uchun toʻlovlar bank tomonidan uch bank ish kunida mahsulot yetkazib beruvchiga pul oʻtkazish orqali bilan amalga oshiriladi. Shundan soʻng mahsulot yetkazib beruvchining zakalat summasidan marketpleys tizimining xizmati uchun belgilangan toʻlov ommaviy ofertaga asosan avtomatik tarzda undiriladi va zakalat summasining qoldiq qismi mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib beriladi.
33. Biriktirilgan rahbar tomonidan mahsulot yetkazib berilmagani toʻgʻrisida elektron dalolatnoma rasmiylashtirilganda, qarz oluvchi va mahsulot yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlari toʻliq bajarilishi yoki shartnoma bekor qilinishi boʻyicha zarur choralar koʻradi.
34. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma shartlari toʻliq bajarilganda, biriktirilgan rahbar uch ish kunida joyiga chiqqan holda takroran oʻrganish oʻtkazadi va platformada fotohisobot shaklida takroran elektron dalolatnoma tuzadi.
Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulotlar yetkazib berilmaganlik holati takrorlansa, biriktirilgan rahbar xulosani bekor qilish boʻyicha elektron dalolatnoma rasmiylashtiradi va platforma orqali kredit shartnomasi avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Mahsulot yetkazib beruvchilarni marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish va Nohalol taʼminotchilar reyestriga kiritish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
7-bob. Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga hisoblangan foizlarni qoplab berish tartibi
35. Qarz oluvchilarga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida ustama haq hisoblanadi.
36. Hisoblangan foiz boʻyicha ustama haqi miqdori har oyning yakuni bilan, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit va unga hisoblanadigan foizlar boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etilgan roʻyxat asosida 10-sanasiga qadar esa Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi (ushbu Nizomning 22-bandiga muvofiq muddati oʻtgan qarzdorliklar yuzasidan oshirilgan va (yoki) qoʻshimcha foizlar hamda neustoyka (jarima va penyalar) hisoblanmaydi, shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasidan qoplab berilmaydi).
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
37. Dastur doirasida ajratiladigan kreditlardan boshqa maqsadda foydalanilganlik holatlari aniqlangan taqdirda, tijorat banklari belgilangan tartibda kreditlarni muddatidan oldin undirish huquqiga ega.
38. Qarz oluvchi tomonidan tijorat bankidan olingan kredit qarzdorlikni qaytarish jadvaliga muvofiq 90 kundan ortiq muddat toʻlanmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.
39. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Qarz oluvchi

“Oilakredituz” Yagona elektron platformasi orqali ariza qoldiradi

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Platforma

Arizalar belgilangan tartibda avtomatik skoring baholashdan oʻtkaziladi

1 ish kunida

3-bosqich

Biriktirilgan rahbar

Joyiga chiqqan holda kreditni ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi

5 ish kunida

4-bosqich

Tijorat banki

Kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi

3 ish kunida

5-bosqich

Mahsulot yetkazib beruvchi va qarz oluvchi

Mahsulot sotib olish boʻyicha shartnoma tuzadi

15 ish kunida

6-bosqich

Mahsulot yetkazib beruvchi

Qarz oluvchiga mahsulot yetkazib beradi

10 kunda

7-bosqich

Biriktirilgan rahbar

Mahsulot yetkazilgani toʻgʻrisida elektron dalolatnoma tuzadi

3 ish kunida

8-bosqich

Tijorat banki

Yetkazib berilgan mahsulot uchun toʻlovni amalga oshiradi

3 ish kunida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2025-y., 09/25/612/0888-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)