1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 18-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3078-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 125-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3078, 2018-yil 20-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 10/18/3078/2073-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-avgust,
279-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 15-avgustdagi 279-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi”ga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Quyidagi mazmundagi 701 —703-bandlar bilan toʻldirilsin:
“701. 102 420 “Davlat muassasalari mablagʻlari” subschyotining debetida davlat muassasalariga pul mablagʻlarining kelib tushishi va subschyotning kreditida pul mablagʻlarining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
702. 102 421 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari” subschyotida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar boʻyicha daromadlar, tushumlar va ushbu subschyotlardan amalga oshiriladigan xarajatlar hisobi yuritiladi.
703. 102 422 “Boshqa jamgʻarmalar mablagʻlari” subschyotida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda budjet tashkilotlarining boshqa jamgʻarmalari boʻyicha daromadlar, tushumlar va ushbu subschyotdan amalga oshiriladigan xarajatlar hisobi yuritiladi.”.
“Budjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablagʻlari olish uchun tranzit hisobvaraqlariga mablagʻlar oʻtkazilganda, 111 100 “Budjet hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar” va 111 300 “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar” subschyotlari debetlanadi va tegishli pul mablagʻlarini aks ettiruvchi schyotlarning subschyotlari kreditlanadi.”.
“90. 111 500 “Hisob-kitob kliring palatasiga oʻtkazilgan va tashqi hisob-kitoblar boʻyicha maqsadli mablagʻlar” subchyotida budjet tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan davlat xaridlari boʻyicha Hisob-kitob kliring palatasining tranzit schyotlariga toʻlovlari va tashqi hisob-kitoblar boʻyicha maqsadli mablagʻlari hisobi yuritiladi.”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar “oʻtkazilgan” degan soʻzdan keyin “va tashqi hisob-kitoblar boʻyicha maqsadli” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“1331. 166 000 “Tovarlar” subschyotida boshqa tashkilotlarga markazlashgan tartibda berilishi uchun moʻljallangan, tashkilot faoliyatida foydalanishi nazarda tutilmagan tovar-moddiy qiymatliklar hisobga olinadi.”.
5. Quyidagi mazmundagi 1332-band bilan toʻldirilsin:
“1332. 170 000 “Tovar-moddiy zaxiralarga xarajatlar” subschyotida tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish va yetkazib berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
Ushbu subschyotning debetida tovar-moddiy zaxiralarning qiymati aks ettiriladi va 421 100 “Budjet tashkilotlarining mahsulot yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar boʻyicha uzoq muddatli kreditor qarzlari” yoki 341 900 “Budjet tashkilotlarining boshqa turdagi hisob-kitoblardan kreditor qarzlari” schyotlarining tegishli subschyotlari kreditlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilishning haqiqiy qiymati boʻyicha 170 000 “Tovar-moddiy zaxiralarga xarajatlar” subschyoti kreditlanadi va tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi.”.
6. Quyidagi mazmundagi 2751-band bilan toʻldirilsin:
“2751. 504 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlaridan moliyalashtirish” subschyotida davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalardan moliyalashtirilgan mablagʻlar, shuningdek gʻazna ijrosiga oʻtilgan tashkilotlarda gʻaznachilikda ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan toʻlovlar summasi hisobga olinadi.”.
7. Quyidagi mazmundagi 2991-band bilan toʻldirilsin:
“2991. 760 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotida davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar hisobga olinadi. Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar yil davomida 760 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining debetida aks ettirilib boriladi, bunda hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi subschyotlar kreditlanadi.”.
8. Quyidagi mazmundagi 3171-band bilan toʻldirilsin:
“3171. 987 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari boʻyicha moliyaviy natija” subschyotida davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari boʻyicha moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Ushbu subschyotning debetida yil oxirida hisobdan chiqarilgan mablagʻlar boʻyicha amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda 760 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyoti kreditlanadi. Xarajatlarning analitik hisobida har bir xarajat turi va moddalari boʻyicha alohida oʻtkazma beriladi.
Subschyot kreditida yil mobaynida budjetdan moliyalashtirilgan mablagʻlarning (amalga oshirilgan toʻlovlarni) hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda 504 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlaridan moliyalashtirish” subschyoti debetlanadi.
Har moliya yilining oxirida joriy yil moliyaviy natijalari 987 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha moliyaviy natija” subschyotiga oʻtkazilgandan soʻng 504 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlaridan moliyalashtirish” va 760 000 “Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotlarida qoldiq qolmaydi.”.
2) 102 419-qatordan keyin quyidagi mazmundagi 102 420 — 102 422-qatorlar bilan toʻldirilsin:
“
102
420
Davlat muassasalari mablagʻlari
+
102
421
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari
+
+
102
422
Boshqa jamgʻarmalar mablagʻlari
+
+
”;
3) 103 000-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
103
000
Davlat budjeti, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning boshqa hisobraqamlardagi mablagʻlari
+
+
A
”;
4) 103 200-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
103
200
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarining boshqa hisobraqamlardagi mablagʻlari
+
+
”;
5) 105 100 va 105 200-qatorlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
105
100
Davlat budjetining xorijiy valyutadagi mablagʻlari
+
+
105
200
Davlat maqsadli jamgʻarmalarining va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning xorijiy valyutadagi mablagʻlari
+
+
”;
6) 105 300-qatordan keyin quyidagi mazmundagi 105 900-qator bilan toʻldirilsin:
“
105
900
Budjet tizimi budjetlarining xorijiy valyutadagi aniqlanmagan mablagʻlari
+
”;
7) 106 000-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
106
000
Davlat budjeti, davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning boshqa hisobraqamlardagi xorijiy valyutadagi mablagʻlari
+
+
A
”;
8) 106 200-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
106
200
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning boshqa hisobraqamlardagi xorijiy valyutadagi mablagʻlari
+
+
”;
9) 108 000-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
108
000
Hisob-kitob kliring palatasi va tashqi hisob-kitoblar boʻyicha maqsadli mablagʻlar
+
A
”;
10) 111 200-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
111
200
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar
+
+
”;
11) 111 310-qatordan keyin quyidagi mazmundagi 111 313-qator bilan toʻldirilsin:
“
111
313
Turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan toʻlovlar, shuningdek Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan naqd pul olish uchun tranzit hisobvaraqlariga oʻtkazilgan mablagʻlar
+
+
”;
12) 111 500-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
111
500
Hisob-kitob kliring palatasiga oʻtkazilgan va tashqi hisob-kitoblar boʻyicha maqsadli mablagʻlar
+
+
”;
13) 122 000 — 123 200-qatorlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
122
000
Berilgan qisqa muddatli kreditlar
+
+
122
100
Berilgan qisqa muddatli ichki kreditlar
+
+
122
110
Nomoliyaviy davlat tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli ichki kreditlar
+
+
122
120
Nodavlat notijorat tashkilotlarga berilgan qisqa muddatli ichki kreditlar
+
+
122
130
Moliyaviy tashkilotlarga berilgan qisqa muddatli ichki kreditlar
+
+
122
190
Boshqa berilgan qisqa muddatli ichki kreditlar
+
+
122
200
Berilgan qisqa muddatli tashqi kreditlar
+
+
123
000
Olingan qisqa muddatli qimmatli qogʻozlar (aksiyalar bundan mustasno)
+
+
123
100
Olingan qisqa muddatli ichki qimmatli qogʻozlar (aksiyalar bundan mustasno)
+
+
123
200
Olingan qisqa muddatli tashqi qimmatli qogʻozlar (aksiyalar bundan mustasno)
+
+
”;
14) 131 000-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
131
000
Berilgan qisqa muddatli ssudalar
+
+
”;
15) 131 200-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
131
200
Davlat maqsadli jamgʻarmalaridan maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarga berilgan qisqa muddatli ssudalar
+
+
”;
16) 165 000-qatordan keyin quyidagi mazmundagi 166 000-qator bilan toʻldirilsin:
“
166
000
Tovarlar
+
”;
17) 212 000 — 215 000-qatorlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
212
000
Berilgan oʻrta va uzoq muddatli kreditlar
+
+
212
100
Berilgan oʻrta va uzoq muddatli ichki kreditlar
+
+
212
110
Nomoliyaviy davlat tashkilotlariga berilgan oʻrta va uzoq muddatli ichki kreditlar
+
+
212
120
Nodavlat notijorat tashkilotlarga berilgan oʻrta va uzoq muddatli ichki kreditlar
+
+
212
130
Moliyaviy tashkilotlarga berilgan oʻrta va uzoq muddatli ichki kreditlar
+
+
212
190
Boshqa berilgan oʻrta va uzoq muddatli ichki kreditlar
+
+
212
200
Berilgan oʻrta va uzoq muddatli tashqi kreditlar
+
+
213
000
Aksiya va kapital
+
+
213
100
Ichki aksiya va kapital
+
+
213
200
Tashqi aksiya va kapital
+
+
214
000
Olingan oʻrta va uzoq muddatli qimmatli qogʻozlar (aksiyalar bundan mustasno)
+
+
214
100
Olingan oʻrta va uzoq muddatli ichki qimmatli qogʻozlar (aksiyalar bundan mustasno)
+
+
214
200
Olingan oʻrta va uzoq muddatli tashqi qimmatli qogʻozlar (aksiyalar bundan mustasno)
+
+
215
000
Berilgan uzoq muddatli ssudalar
+
+
”;
18) 215 200-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
215
200
Davlat maqsadli jamgʻarmalaridan maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarga berilgan uzoq muddatli ssudalar
+
+
”;
19) 241 322-qatordan keyin quyidagi mazmundagi 241 330 — 241 339-qatorlar bilan toʻldirilsin:
“
241
330
Kutubxona fondiga kapital quyilmalar
+
241
331
Darsliklar fondi
+
241
332
Badiiy kitoblar fondi
+
241
339
Boshqa turdagi kutubxona fondi
+
”;
20) 301 302-qatordan keyin quyidagi mazmundagi 301 303 va 301 304-qatorlar bilan toʻldirilsin:
“
301
303
Rezident-yuridik shaxslarga beriladigan (ochiladigan) budjet ssudalari majburiyatlari
+
301
304
Hisob-kitoblar markazida chet el valyutasidagi mablagʻlari boʻyicha majburiyatlari
+
”;
21) 321 200-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
321
200
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarga Davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan olingan qisqa muddatli ssudalar
+
+
”;
22) 333 000-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
333
000
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning xarajatlari boʻyicha majburiyatlar
+
+
”;
23) 413 130 — 413 200-qatorlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
413
130
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalariga budjet mablagʻlari hisobidan olingan uzoq muddatli ssudalar
+
+
413
200
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalariga Davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan olingan uzoq muddatli ssudalar
+
+
”;
24) 503 000-qatordan keyin quyidagi mazmundagi 504 000-qator bilan toʻldirilsin:
“
504
000
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlaridan moliyalashtirish
+
”;
25) 510 000-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
510
000
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarining hisoblangan daromadlari
+
+
”;
26) 750 000-qatordan keyin quyidagi mazmundagi 760 000-qator bilan toʻldirilsin:
“
760
000
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar
+
”;
27) 920 000 — 922 000-qatorlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
920
000
Kurs farqi boʻyicha foyda yoki zararlar
+
+
T
921
100
Kurs farqidan foyda
+
+
922
200
Kurs farqidan zarar
+
+
”;
28) 986 000-qatordan keyin quyidagi mazmundagi 987 000-qator bilan toʻldirilsin:
“
987
000
Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari boʻyicha moliyaviy natija