OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI ELEKTR ENERGIYASI, NEFT MAHSULOTLARI VA GAZDAN FOYDALANISHNI NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
Ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Transport vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2009-yil 25-dekabrdagi 01/07-1220, 7/2, 1/141-son qarori (roʻyxat raqami 2072, 2010-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Markaziy bank bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ruxsatnomalar, tarqatish vedomostlari va limit kitobchalari boʻyicha avtotransport vositalariga yonilgʻi quyish uchun neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gazni berish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
Muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 542-sonli “Neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gaz sotish tizimini tartibga solish, ulardan foydalanish va avtotransport vositalarining ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“Korporativ bank kartalari asosida berilgan neft mahsulotlari va gaz uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 108-son “Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3294, 2021-yil 3-aprel) muvofiq amalga oshiriladi.”.
3.
33-banddan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari”ga (roʻyxat raqami 565, 1998-yil, 17-dekabr) muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4.
40-banddagi “Buxgalterlik hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 1-2-son, 24-modda)” degan soʻzlar “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3538, 2024-yil 30-iyul)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.