OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI QOʻMONDONINING
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2019-yil 8-dekabrdagi 248-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210, 2020-yil 13-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2020-y., 10/20/3210/0049-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
11-banddagi “doimiy yashash joyi” va “Vaqtincha yashash joyi” degan soʻzlar tegishli ravishda “yashash joyi” va “Turgan joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 60-bandning
birinchi xatboshisidagi “maxfiy maʼlumotlar bilan ishlash uchun belgilangan shakldagi ruxsatnomaga” degan soʻzlar “davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2-ilova
matnidagi “doimiy yoki vaqtinchalik yashash manzili” degan soʻzlar “yashash joyi yoki turgan joyi manzili” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.