Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (milliy tadqiqot universiteti) oliy taʼlim federal davlat avtonom taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Zamonaviy taʼlim dasturlari asosida muhandislik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim jarayoniga fan va texnikaning eng soʻnggi yutuqlarini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarida muhandis kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsad
1. Ushbu qarorning asosiy maqsadi etib 2030-yildan boshlab iqtisodiyot tarmoqlarini xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 300 talik roʻyxatiga kiruvchi oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida zamonaviy muhandis kadrlar bilan taʼminlashni yoʻlga qoʻyish belgilansin.
II. Xalqaro tan olingan taʼlim dasturlari asosida muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (milliy tadqiqot universiteti) oliy taʼlim federal davlat avtonom taʼlim muassasasining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Toshkent shahrida Universitet filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
3. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) muhandislik sohasida innovatsion yondashuvlarni qoʻllay oladigan, chuqur ilmiy-texnik bilimlarga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.08.00 Fan-texnika faoliyati]
(b) fan va texnikaning eng soʻnggi yutuqlarini joriy etish, zamonaviy taʼlim dasturlari va oʻqitish shakllarini ishlab chiqish;
(v) muhandislik sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
(g) xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes-hamjamiyatlari bilan muhandislik sohasida uzoq muddatli hamkorlik oʻrnatish.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) Filial Universitetning taʼlim, ilmiy, xoʻjalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega yuridik shaxs maqomidagi alohida tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
(b) Filialdagi taʼlim jarayoni Rossiya Federatsiyasining federal taʼlim standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va dasturlar asosida olib boriladi;
(v) Filialda taʼlim faoliyati 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
(g) abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
(d) Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
(j) Filialga belgilangan tartibda litsenziya olingandan soʻng taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etiladi.
5. Toshkent shahridagi N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (milliy tadqiqot universiteti) oliy taʼlim federal davlat avtonom taʼlim muassasasi filialining vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
6. Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(a) Filial faoliyatining tashkil etilishini taʼminlash, uning toʻlaqonli faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy, huquqiy, iqtisodiy, oʻquv-uslubiy, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etish;
(b) zarur loyiha, qurilish-montaj va taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, Filialni jihozlash, infratuzilmasini yaratish, moddiy-texnik taʼminlashga doir vazifalarni muvofiqlashtirib borish;
(v) Filialga taʼlim jarayonini va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, Filial bitiruvchilarini ishga joylashtirish, kadrlar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilashda koʻmaklashish;
(g) Universitet bilan kelishilgan holda ijtimoiy-iqtisodiy sohada yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, Filialga talabalarni qabul qilish parametrlari va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash;
(d) Filial faoliyati jadal rivojlanishini taʼminlash uchun homiylik xayriyalari, texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) Filialga qabul parametrlari soha va tarmoqlarda kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni hisobga olib, Universitet, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Filial Vasiylik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi;
(b) Filialga talabalarni oʻqishga qabul qilish davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilari uch yildan kam boʻlmagan muddat majburiy ishlab berish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasining davlat tashkilotlariga taqsimlanadi;
(v) Universitetdan uzoq muddatga jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarning mehnatiga haq toʻlash Filialning oʻquv jarayoni ehtiyojlaridan kelib chiqib tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi;
(g) Filialning dars jarayonida foydalaniladigan maxsus uskuna va dasturlar bilan ishlash koʻnikmasiga ega yuqori malakali xodimlari uchun Filialning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ustamalar tayinlanadi.
III. Filialning hamkorlik aloqalari
8. Filialning asosiy hamkorlari etib quyidagilar belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
(a)akademik sohada — Toshkent davlat texnika universiteti hamda Buxoro davlat texnika universiteti;
(b)sanoat va ishlab chiqarish sohasida — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “UzAuto Motors” AJ, “Toshkent traktor zavodi” AJ va “UzAvto-INZI” MCHJ.
9. 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Universitet va Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilsin. Bunda qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida:
(a) Filial faoliyati toʻlaqonli yoʻlga qoʻyilgunga qadar “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” hamda “Mashinasozlik texnologiyasi” magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
(b) oʻquv jarayoni tashkil qilingan mos davrga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati qabul parametrlari doirasida jami 30 ta davlat granti ajratiladi.
10. Universitet tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
(a) Filial taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik hamda axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish;
(b) Filial professor-oʻqituvchilari tarkibining kamida 40 foizini Universitet va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayoni hamda ilmiy faoliyatga jalb etish orqali shakllantirish;
(v) mahalliy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va yetakchi tashkilotlarda Filial professor-oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tizimli asosda tashkil etish;
(g) Filialning kutubxona fondini shakllantirish, uni zamonaviy oʻquv-uslubiy va ilmiy-pedagogik adabiyotlar bilan toʻldirish, shu jumladan, Universitetning axborot-resurs bazasidan foydalanish imkoniyatini yaratish.
IV. Filial faoliyatini moliyalashtirish va uni joylashtirish
11. Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
(a) Filialga oʻqishga qabul qilingan talabalar umumiy sonining 30 foizidan oshmagan holda davlat granti asosida talabalarni oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari;
(b) talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
(v) xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
(g) Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan mablagʻlar, homiylik xayriyalari va grantlar;
(d) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
12. Belgilansinki, Filialni budjet mablagʻlari hisobidan saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
(a) 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
(b) 2026-yildan boshlab budjet qonunchiligi talablariga muvofiq taqdim etilgan budjet soʻrovnomalariga asosan Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
13. Toshkent shahri hokimligi Filialning yangi kampusini barpo etish uchun Yangi Toshkent shahri hududidan 6 gektar yer maydonini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratsin. Bunda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
(a) yangi kampus binolari qurilib, foydalanishga topshirilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi hamda Filial mazkur kampusda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
(b) yangi kampus foydalanishga topshirilgunga qadar Filial Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahri Olmazor tumani 2-Chimboy koʻchasi 96-uy manzilidagi bino va inshootlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
(a) Filialning yangi kampusini barpo etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablagʻlarni ajratish;
(b) Filial uchun Yangi Toshkent shahri hududidan ajratilgan yer maydonida 2 000 oʻrinli oʻquv-laboratoriya binosi va 800 oʻrinli talabalar turarjoyini qurish hamda ularni oʻquv, ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
17. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-sentabr,
PQ-276-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-276-son qaroriga ILOVA
Toshkent shahridagi N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (milliy tadqiqot universiteti) oliy taʼlim federal davlat avtonom taʼlim muassasasi filialining vasiylik kengashi
TARKIBI
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Vasiylik kengashi raisi
2.
M.V. Gordin
—
N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (milliy tadqiqot universiteti) oliy taʼlim federal davlat avtonom taʼlim muassasasi rektori (kelishuv asosida)
3.
M.A. Omarov
—
transport vazirining birinchi oʻrinbosari
4.
Z.Gʻ. Narzullayev
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi
5.
A.R. Jumanazarov
—
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori
6.
L.F. Saidoripov
—
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktori
7.
O.B. Bastamqulov
—
“UzAuto Motors” AJ ijrochi direktori
8.
N.T. Muratxodjayev
—
“UZAVTO-INZI” MCHJ QK bosh direktori
9.
A.A. Muxitdinov
—
“Toshkent traktor zavodi” AJ bosh direktori
10.
A.A. Yegorov
—
N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (milliy tadqiqot universiteti) oliy taʼlim federal davlat avtonom taʼlim muassasasining xalqaro faoliyat boʻyicha direktori (kelishuv asosida)
11.
Lavozimi boʻyicha
—
Toshkent shahridagi N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (milliy tadqiqot universiteti) oliy taʼlim federal davlat avtonom taʼlim muassasasi filiali direktori, Vasiylik kengashi kotibi
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2025-y., 07/25/276/0837-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)