toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.08.2021
ELEKTR ENERGIYADA NAZORAT BO‘YIChA DAVLAT INSPEKSIYASI “O‘ZDAVENERGONAZORAT” BOShLIG‘INING
BUYRUG‘I
ISTE’MOLChILARNING ELEKTR QURILMALARIDAN TEXNIK FOYDALANISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 9-iyulda 1383-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 6-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3298, 06.05.2021-y.) asosan 2021-yil 10-avgustdan davlat reyestridan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-sonli “Sobiq SSSRning qonuniy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga asosan, buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab, 10 kun o‘tganidan so‘ng kuchga kiritilsin.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab SSSRning energetika va elektrlashtirish vazirligining Davlat elektr energetikada nazorat bosh boshqarmasi tomonidan 1984-yil 21-dekabrda tasdiqlangan “Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari” O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilmasin.
4. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Elektr energiyada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “O‘zdavenergonazorat” boshlig‘i B. TEShABOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-may,
207-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda; 2005-y., 10-11-son, 78-modda; 2012-y., 5-son, 53-modda)