toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2024
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRIning
BUYRUGʻI
DAVLAT IJTIMOIY SUGʻURTASI BOʻYICHA NAFAQALAR TAYINLASH VA TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 20-mayda 1136-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Amalda boʻlgan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish jarayonida yoʻl qoʻyilgan ayrim tahririy noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida buyuraman:
1. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002-yil 8-mayda 1136-son bilan davlat roʻyxatiga olingan) Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-may,
49-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligining 2003-yil
15-maydagi 49-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 115-bandidagi “qabul qilinadi” soʻzlari “qabul qilinmaydi” soʻzlariga almashtirilsin.
2. 118-bandidagi “Yoʻriqnoma” soʻzi “Nizom” soʻziga almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Sogʻliqni saqlash vaziri, Markaziy Bank raisi, Davlat Soliq qoʻmitasi raisi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-may
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-may
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-may
Davlat Soliq qoʻmitasi raisi J. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-may
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2003-yil 15-may
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 9-10 -son)