1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IJTIMOIY AHAMIYATGA MOLIK NASHRLARNI CHOP ETISH UCHUN ZARUR SHAROIT YARATISH HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vaqtli matbuot hamda kitob nashrchiligining moddiy - texnika bazasini mustahkamlash, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida ijtimoiy ahamiyatga molik nashrlarni chop etish uchun zarur sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yil vaqtli matbuot nashrlarining qimmatlashgani munosabati bilan sarf-xarajatni qoplash uchun ajratilgan qoʻshimcha mablagʻni taqsimlash boʻyicha komissiya takliflari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi 1992-yilda vaqtli matbuotni tarqatish ishlarini 1991-yil obuna kompaniyasi davridagi miqdorda tashkil qilsin.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi va Oʻrta Osiyo temir yoʻl boshqarmasi 1992-yilda oʻtgan yilga nisbatan vaqtli matbuotni yetkazib berish va tarqatishga koʻpaygan xarajatni boshqa xildagi xizmatlarga tariflarni oshirish hisobidan tashkil etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yilning ikkinchi yarmida zarur asbob-uskuna, texnika, televideoapparatlar, ehtiyot qismlar olish uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat matbuot qoʻmitasiga 2 mln, “Sharq” konserniga 2,5 mln erkin almashtiriladigan valyuta ajratsin;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat teleradio kompaniyasiga 2,178 mln, Oʻzbekiston milliy axborot agentligiga 1 mln erkin almashtiriladigan valyuta ajratishni va uni tegishli miqdordagi soʻm bilan qoplashni taʼminlasin;
ikki oy muddat ichida mahalliy xom ashyodan qogʻoz ishlab chiqarish imkoniyatlarini oʻrganib chiqsin va respublikada sellyuloza qogʻoz hamda karton tayyorlash sanoatini rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritsin.
4. “Oʻzshartnomasavdo” Rossiya Federatsiyasi bilan amaldagi davlatlararo shartnomaga muvofiq ajratilgan kvotalar boʻyicha qogʻoz, karton va muqovalash materiallarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, “Sharq” nashriyot-matbaachilik konserni va “Kamalak” nashriyot-ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent kartografiya fabrikasiga muntazam yetkazib tursin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi kompleks rahbarlarining vazirliklarda va muassasalarda gazeta va jurnallar tahririyatlariga homiylik qilish haqidagi takliflari maʼqullansin.
6. Vazirliklar, muassasalar, konsernlar, korxonalar, tashkilotlar va jamoat tashkilotlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga poligrafiya korxonalariga, nashriyotlarga, gazetalar va jurnallarning tahririyatlariga va kitob savdosi muassasalariga odam yashamaydigan binolarni ijaraga berayotganda ijara haqini amortizatsiya normalari va binolarni saqlash xarajatlarini qoplash qiymatini qayta tiklash uchun zarur boʻlgan summadan hisoblab chiqarilgan miqdorda undirish taklif etilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish madaniyat, matbuot va turizm kompleksi (oʻrtoq E. Samandarov)ga topshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-may,
249-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-maydagi 249-son qaroriga ILOVA
Davlat dotatsiyasi beriladigan gazetalar va jurnallar tahririyatlari
Xarajatlarni qisqartirish yuzasidan takliflar
Dotatsiya summasi, ming soʻm hisobida
Gazetalar
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo”
8000
“Dostik tui”
2400
“Ovozi tojik”
Haftasiga 3 songacha qisqartirish
2900
“Turkiston”
“Molodej Uzbekistana” bilan qoʻshib haftasiga 3-marta qisqartirish
6374
“Tong yulduzi”
“Aziya-yunpress” bilan qoʻshib haftasiga 1 songacha qisqartirish