Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1994-yil 6-maydagi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
“Respublikada mehnatkashlarning xatlari va shikoyatlari bilan ishlashni yanada yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1973-yil 28-dekabrdagi 551-son qarori;
“Mehnatkashlarning xatlari, shikoyatlari va arizalarini koʻrib chiqish va keluvchilarni qabul qilish ishlarini yanada yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1975-yil 31-yanvardagi 37-son qarori;
KPSS XXV syezdi qarorlari asosida mehnatkashlarning xatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” KPSS Markaziy Komiteti qarori yuzasidan 1976-yil 14-maydagi 286-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 20-apreldagi
Farmonini bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-martdagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport-import qilishni kvotalash va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning
9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.