OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil 14-martdagi 11, 8, 5, 6, 23 qq, 37-son qarori (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/3147/2889-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 91-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimlarining” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 14-ilovaning
matnidagi “3. Doimiy yashash joyi (manzili)” degan soʻzlar “3. Yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.