toggle_night_mode
Hujjat 29.08.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan taʼminlash hamda sutkalik oziq-ovqat normalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Futbol-taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 3-noyabrdagi PQ-355-son qaroriga muvofiq futbol akademiyalari oʻquvchilarini muntazam sport bilan shugʻullanishlari uchun ularning sutkalik oziq-ovqat normasini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan taʼminlash hamda sutkalik oziq-ovqat normalariga sutkalik oziq-ovqat normalarini qayta koʻrib chiqishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilsin.
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-avgust,
548-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-avgustdagi 548-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan taʼminlash hamda sutkalik oziq-ovqat normalariga kiritilayotgan oʻzgartirish
“III. Oʻquvchilarni kunlik oziq-ovqat bilan taʼminlash normalari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III. Oʻquvchilarni kunlik oziq-ovqat bilan taʼminlash normalari

T/r

Mahsulotlarning nomi

Gramm (brutto)

1.

Bugʻdoy noni, 1-navli

600

2.

Bugʻdoy uni, 1-navli

30

3.

Yorma, makaron mahsulotlari

160

4.

Qand-shakar

100

5.

Asal

30

6.

Qandolatchilik mahsulotlari

120

7.

Sariyogʻ

80

8.

Oʻsimlik yogʻi

30

9.

Sut-qatiq

600

10.

Qaymoq

50

11.

Tvorog

100

12.

Pishloq

50

13.

Goʻsht, parranda goʻshti

410

14.

Kolbasa mahsulotlari

70

15.

Baliq

100

16.

Tuxum (dona)

2

17.

Kartoshka

500

18.

Sabzavotlar, shu jumladan pomidor pastasi

700

19.

Meva rezavorlar, hoʻl meva, sharbatlar, vitaminli ichimliklar

800

20.

Quruq mevalar, shu jumladan naʼmatak 0,5 gr, bargak

50

21.

Choy

3

22.

Kakao

5

23.

Yodlangan tuz

10

24.

Xamirturush

1

25.

Mineral suv (gazsiz)

500

26.

Bugʻdoy maysalari kukuni

3

Oqsillar

231,8

Yogʻlar

228,8

Uglevodlar

957,9

Kaloriya

6 693,8

Izoh. Ushbu norma eng yuqori norma hisoblanadi. Oʻquvchilar uchun aniq normalar uning yoshi va jinsiga, shuningdek, oʻqitish boʻgʻiniga bogʻliq ravishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/548/0789-son)