Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan taʼminlash hamda sutkalik oziq-ovqat normalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Futbol-taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 3-noyabrdagi PQ-355-son
qaroriga muvofiq futbol akademiyalari oʻquvchilarini muntazam sport bilan shugʻullanishlari uchun ularning sutkalik oziq-ovqat normasini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan taʼminlash hamda sutkalik oziq-ovqat normalariga sutkalik oziq-ovqat
normalarini qayta koʻrib chiqishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilsin.
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan taʼminlash hamda sutkalik oziq-ovqat normalariga kiritilayotgan oʻzgartirish
“III. Oʻquvchilarni kunlik oziq-ovqat bilan taʼminlash normalari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III. Oʻquvchilarni kunlik oziq-ovqat bilan taʼminlash normalari