Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-son “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2014-yil 30-maydagi 3-mb-son qarori (roʻyxat raqami 2594, 2014-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi “RegSystem”da ishlash tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomada:
a)
muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (bundan buyon matnda Statistika agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi (bundan buyon matnda Milliy statistika qoʻmitasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Statistika agentligi” degan soʻzlar “Milliy statistika qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Statistika agentligining” degan soʻzlar “Milliy statistika qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d)
4 va
6-bandlardagi “Statistika agentligiga” degan soʻzlar “Milliy statistika qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e)
9 va
22-bandlardagi “Statistika agentligining” degan soʻzlar “Milliy statistika qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
f)
1 va
2-ilovalardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2021-yil 16-iyundagi 9-mb-son qarori (roʻyxat raqami 3312, 2021-yil 16-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 10/21/3312/0684-son) bilan tasdiqlangan Statistika hisobotini elektron shaklda taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (bundan buyon matnda Statistika agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi (bundan buyon matnda Milliy statistika qoʻmitasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “Statistika agentligi” degan soʻzlar “Milliy statistika qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b)
6-banddagi “Statistika agentligining” degan soʻzlar “Milliy statistika qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
c)
7 va
16-bandlardagi “Statistika agentligi” degan soʻzlar “Milliy statistika qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Statistika agentligining” degan soʻzlar “Milliy statistika qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Statistika agentligiga” degan soʻzlar “Milliy statistika qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2024-yil 5-dekabrdagi 13-mb-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3582, 2024-yil 10-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2024-y., 10/24/3582/1021-son) bilan tasdiqlangan Bir yillik statistika dasturini hisoblash
metodikasida:
a)
muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (bundan buyon matnda Statistika agentligi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi (bundan buyon matnda Milliy statistika qoʻmitasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
c)
2-banddagi “Statistika agentligining Statistika kengashi” degan soʻzlar “Milliy statistika qoʻmitasining Respublika statistika kengashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e)
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Statistika dasturi loyihasi tasdiqlash uchun Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan har yili 1-noyabrga qadar Statistika kengashiga kiritiladi.”.