1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari, xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek, oliy harbiy taʼlim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini sifatli, adolatli va shaffof tarzda ekspertizadan oʻtkazish hamda taʼlim sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Maʼmuriy reglament) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
respublikada faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari, xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek, oliy harbiy taʼlim muassasalari uchun davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazishni davlat xizmati asosida tashkil etish tartibi;
ekspertlar tomonidan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi;
davlat xizmatidan foydalanganlik uchun toʻlov undirish tartibi;
oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida ishtirok etuvchi mutaxassislarga shartnoma asosida haq toʻlash tartibi;
davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish asoslari.
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Maʼmuriy reglamentga muvofiq oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazishni davlat xizmati asosida tashkil etishni muvofiqlashtirsin hamda oʻn kun muddatda ushbu davlat xizmatini koʻrsatuvchi ishchi organni belgilasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Maʼmuriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun respublikada faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari, xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek, oliy harbiy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar faqat Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar;
davlat xizmati orqali ekspertizadan oʻtkazilgan va ijobiy xulosa berilgan oʻquv adabiyotlarining muallif(lar)i tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun sarflangan xarajatlari muallif(lar) faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkiloti tomonidan qoplab beriladi.
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
Maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim, davlat boji va barcha turdagi toʻlovlarning Yagona billing tizimiga ulanishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-avgust,
530-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 530-son qaroriga 1-ILOVA
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament respublikada faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari, xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek, oliy harbiy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim tashkilotlari) uchun tayyorlangan darslik yoki oʻquv qoʻllanma (keyingi oʻrinlarda — oʻquv adabiyoti)ni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglament talablari:
oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan tayyorlangan elektron oʻquv adabiyotlariga, oliy harbiy taʼlim muassasalarining “Xizmat doirasida foydalanish uchun” va “Maxfiy” griflari mavjud boʻlgan oʻquv adabiyotlariga hamda “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” sohalariga oid oʻquv adabiyotlariga nisbatan qoʻllanilmaydi;
akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari uchun tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
darslik — muayyan oʻquv fanining mavzulari tizimli, chuqur va toʻliq yoritilgan, tegishli fan mazmunini belgilangan hajmda mukammal oʻzlashtirishga qaratilgan, mazmunan va shaklan taʼlim turlariga (oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim, oliy taʼlim (bakalavriat, magistratura)) mos, oʻquvchi va talabalarda fanga taalluqli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanishiga, ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga xizmat qiladigan, rasmiy tasdiqlanadigan asosiy oʻquv nashri;
ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq davlat xizmatini koʻrsatish vakolati berilgan tarkibiy boʻlinma va (yoki) idoraviy mansub tashkilot;
talabgor — ushbu Reglamentga muvofiq oʻquv adabiyotini ekspertizadan oʻtkazishni soʻrab murojaat qilgan, oliy taʼlim tashkilotida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchi va (yoki) ilmiy tadqiqotchi;
ekspert — sohaga oid taʼlim muassasasi, ilmiy muassasa va boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan hamda ishchi organ bilan shartnoma rasmiylashtirgan oliy maʼlumotli mutaxassis (rahbar);
ekspertiza maʼlumotnomasi — ekspertiza natijasiga koʻra ijobiy xulosa bilan baholangan oʻquv adabiyoti uchun ishchi organ tomonidan talabgorga beriladigan elektron shakldagi QR-kodli (matrik shtrixli kod) hujjat;
oʻquv qoʻllanma — darslikni qisman toʻldiruvchi, muayyan fan dasturi boʻyicha tuzilgan va mavzularni zaruriy hajmda tizimli yoritib beradigan, fan asoslarining mukammal oʻzlashtirilishini taʼminlovchi, mazmunan va shaklan taʼlim turlariga (oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim, oliy taʼlim (bakalavriat, magistratura)) mos, nazariy yoki amaliy mashq va mashgʻulotlarga moʻljallangan, oʻquvchi va talabalarda fanga taalluqli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanishiga xizmat qiladigan, rasmiy tasdiqlanadigan oʻquv nashri.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
4. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ishchi organ tomonidan koʻrsatiladi.
5. Oʻquv adabiyotini davlat xizmati orqali ekspertizadan oʻtkazish muddati (har bir ariza uchun xulosa berish) yigirma besh ish kunini tashkil etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
6. Elektron oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan, oliy harbiy taʼlim muassasalarining “Xizmat doirasida foydalanish uchun” va “Maxfiy” griflari mavjud boʻlgan oʻquv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berish tartibi tizimida ushbu oliy harbiy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan, “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” sohalariga oid oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
7. Davlat xizmatlari markazi va ishchi organ oʻrtasidagi axborot elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
8. Ishchi organ tomonidan Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali kelib tushgan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun taʼlim sohalari boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlarining yetuk mutaxassislaridan iborat tarkibda ekspertlar faoliyati tashkil etiladi.
9. Oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etadigan ekspertlarga haq toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi asosida belgilanadi.
2-bob. Oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
10. Oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq davlat xizmatlari mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
11. Talabgor oʻzi tomonidan tayyorlangan oʻquv adabiyotini ekspertizadan oʻtkazish maqsadida Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
12. Talabgor YIDXP orqali murojaat qilganda, oʻquv adabiyotini ekspertizadan oʻtkazish uchun arizani elektron shaklda toʻldiradi hamda tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.
Agar oʻquv adabiyoti hammualliflikda tayyorlangan boʻlsa, asosiy muallif yoki hammualliflardan biri qolgan mualliflar bilan kelishgan holda ularning nomidan ariza berishi mumkin.
Bunda arizada hammualliflarga tegishli maʼlumotlar toʻgʻri qayd etilgani uchun talabgor javobgar hisoblanadi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda ariza avtomatik tarzda ishchi organga yuboriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
13. Talabgor arizani YIDXP orqali toʻldirganda, undan ERI talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
14. Talabgor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi talabgor nomidan mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani toʻldiradi hamda ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan hujjatlarni elektron shaklda qabul qiladi, roʻyxatdan oʻtkazadi va talabgor tomonidan tasdiqlangandan soʻng arizani 10 daqiqa mobaynida ekspertizadan oʻtkazish uchun ishchi organga yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
15. Ishchi organ uch ish kuni ichida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuborilgan arizaga tegishli hujjatlarni dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazadi.
Dastlabki texnik ekspertiza kuyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
oliy taʼlim tashkilotining rasmiy yoʻllanma xatida keltirilgan maʼlumotlar oʻquv adabiyotining elektron shaklida keltirilgan maʼlumotlarga mos kelishini tekshirish;
ekspertiza jarayonining adolatli va xolis oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida oʻquv adabiyotining elektron shaklida muallif, taqrizchilar va oliy taʼlim tashkiloti nomi koʻrsatilmaganligini aniqlash;
oliy taʼlim tashkilotining kengash qaroridan koʻchirmani tekshirish, unda, plagiatorlik (koʻchirmachilik) qilinmaganligi alohida koʻrsatilganligi, oʻquv reja va oʻquv dasturlardagi mavzularga mos tayyorlanganligini aniqlash;
taqdim etilgan oʻquv adabiyotini plagiatorlikka (koʻchirmachilikka) qarshi tekshiruvdan oʻtkazish.
16. Talabgorga dastlabki texnik ekspertiza jarayonida aniqlangan kamchiliklarni uch ish kuni ichida bartaraf etish imkoniyati beriladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish kamchiliklarni bartaraf etish vaqtida toʻxtatib turiladi va bu haqida talabgorga xabar yuboriladi.
17. Ishchi organ dastlabki texnik ekspertizadan oʻtgan arizalarni ekspertga yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
18. Ekspert axborot tizimi orqali yuborilgan oʻquv adabiyotini yigirma besh ish kuni ichida ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan baholash mezonlari asosida ekspertizadan oʻtkazadi hamda quyidagi baholash mezonlari asosida baholaydi:
baholash natijasi boʻyicha 86 balldan 100 ballgacha ball bilan baholangan oʻquv adabiyoti chop etishga tavsiya etiladi hamda ekspertning ijobiy xulosasi asosida ishchi organga yuboriladi;
baholash natijasi boʻyicha 85 ball va undan past ball bilan baholangan oʻquv adabiyoti chop etishga tavsiya etilmaydi hamda ekspertning salbiy xulosasi asosida qayta ishlash uchun ishchi organ tomonidan bir ish kuni ichida talabgorga qaytariladi.
Talabgor salbiy baholangan oʻquv adabiyotini ekspert tomonidan berilgan xulosa asosida kamchiliklarni bartaraf etgan holda Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali qayta ariza berishi mumkin.
Bunda qayta beriladigan ariza yangi ariza sifatida qabul qilinadi va toʻlov undirilishiga asos boʻladi.
19. Oʻquv adabiyotiga berilgan xulosaga ekspert shaxsan masʼul hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
20. Ishchi organ bir ish kuni ichida oʻquv adabiyotining ekspertiza maʼlumotnomasini (matrik shtrixli kod qoʻyilgan) rasmiylashtiradi va oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.
Bunda Ishchi organ tomonidan berilgan hujjatlarning reyestri yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
talabgor(lar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi;
oʻquv adabiyotining nomi, turi va bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi shifri hamda nomi;
hujjatning hisobga olish raqami va berilgan sanasi.
Reyestr elektron shaklda yuritiladi va uning shakli ishchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
21. Ekspertiza maʼlumotnomasida texnik kamchiliklar (oʻquv adabiyotining nomi, turi — darslik va (yoki) oʻquv qoʻllanma va bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi shifri hamda nomidagi xatoliklar) mavjudligi aniqlangan taqdirda, ishchi organ tomonidan ushbu maʼlumotnoma qayta rasmiylashtirib beriladi.
22. Oʻquv adabiyotining ijobiy ekspertizadan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida talabgor ushbu oʻquv adabiyotini chop etishi huquqiga ega boʻladi,
23. Markazlashgan mablagʻlar hisobidan nashr etiladigan oʻquv adabiyoti ishchi organ tomonidan taʼlim sohalari boʻyicha shakllantiriladigan ehtiyoj asosida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
3-bob. Davlat xizmatidan foydalanganlik uchun toʻlov undirish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
24. Ishchi organ tomonidan dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazilgan va kamchilik aniqlanmagan arizalarni ekspertizadan oʻtkazish va davlat xizmatini koʻrsatish uchun ariza topshirish vaqtida bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim baravari miqdorida toʻlov undiriladi va toʻlov toʻlangani axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov summasining 90 foizi miqdoridagi mablagʻ undiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
25. Toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga talabgor shaxsan murojaat etganda:
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
40 foizi — tegishliligi boʻyicha ishchi organning Budjet muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
30 foizi — oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etadigan ekspertlarga shartnoma asosida xizmatiga haq toʻlash uchun ekspert faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan qismi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi Yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
40 foizi — tegishliligi boʻyicha ishchi organning Budjet muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
30 foizi — oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etadigan ekspertlarga shartnoma asosida xizmatiga haq toʻlash uchun ekspert faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan qismi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
26. Davlat xizmatini koʻrsatish quyidagi sabablarga koʻra rad etiladi:
davlat xizmatini koʻrsatish uchun toʻlov amalga oshirilmaganda;
talabgor tomonidan dastlabki texnik ekspertizada koʻrsatilgan kamchiliklar uch ish kuni ichida bartaraf etilmaganda.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
27. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishni unga xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida rad etish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishni rad etganda, uning arizasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
4-bob. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
28. Talabgor tomonidan taqdim etilgan oʻquv adabiyoti ekspertlar tomonidan salbiy xulosa bilan baholangan taqdirda, mazkur xulosadan qoniqmagan talabgor salbiy xulosa taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali elektron ravishda ishchi organga apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
29. Talabgor apellyatsiya shikoyatini berish uchun ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi arizani Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali elektron shaklda toʻldiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
30. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun ishchi organning buyrugʻi bilan 5 — 7 nafar ishchi organ xodimlari, tajribali pedagoglar va malakali mutaxassislardan iborat boʻlgan tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga taʼlim sohalari boʻyicha faoliyat olib borayotgan ekspertlar kiritilmaydi.
Apellyatsiya shikoyati oʻn besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori toʻgʻrisida YIDXP orqali xabardor qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
31. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
ekspertiza natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish;
ekspertiza natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
32. Ekspertiza natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
apellyatsiya mazkur Reglament talablarini buzgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
apellyatsiyada koʻrsatilgan dalillar oʻz tasdigʻini topmasa.
33. Ekspertiza natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi qaror shikoyatda koʻrsatilgan dalillar oʻz tasdigʻini topsa qabul qilinadi.
34. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
35. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
36. Davlat xizmatlari markazi va ishchi organ xodimlari tomonidan talabgor toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligi taʼminlanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat boʻlgan taqdirda, talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
37. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
38. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Talabgor
1. Tayyorlagan oʻquv adabiyotini ekspertizadan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ariza yuboradi.
Ariza topshirish zarurati vujudga kelganda
2. Oʻquv adabiyotini ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlovni amalga oshiradi.
Ariza berish bilan bir vaqtda
2-bosqich
YIDXP
Arizani toʻldirib, ishchi organga yuboriladi.
Avtomatik tarzda
Davlat xizmatlari markazi
Oʻn daqiqa ichida
3-bosqich
Ishchi organ
(Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi)
1. Oʻquv adabiyotini dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazadi.
Uch ish kuni ichida
2. Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan arizalarni talabgorga qaytaradi.
3. Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtgan arizalarni ekspertga yuboradi.
4-bosqich
Talabgor
Dastlabki texnik ekspertizadan oʻtmagan arizadagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta yuboradi.
Uch ish kuni ichida
5-bosqich
Ekspert
Oʻquv adabiyotini ekspertizadan oʻtkazadi va natijasini ishchi organga yuboradi.
Yigirma besh ish kuni ichida
Ishchi organ
Salbiy xulosa bilan baholangan oʻquv adabiyotining ekspertiza xulosasini talabgorga yuboradi.
Bir ish kuni ichida
6-bosqich
Talabgor
Salbiy xulosa berilgan oʻquv adabiyotini kamchiliklarni bartaraf etgan holda, qayta ekspertizadan oʻtkazish uchun yuboradi.
Qayta ariza topshirish zarurati vujudga kelganda
7-bosqich
Ishchi organ
Ijobiy baholangan oʻquv adabiyotining ekspertiza maʼlumotnomasini (matrik shtrixli kod qoʻyilgan) rasmiylashtiradi.
Bir ish kuni ichida
Ekspertiza maʼlumotnomasini oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.
Davlat xizmatlari markaziga — shu kunning oʻzida,
YIDXP orqali — avtomatik tarzda
8-bosqich
Talabgor
Oʻquv adabiyotiga berilgan salbiy xulosadan qoniqmagan taqdirda apellyatsiya shikoyatini beradi.
Uch ish kuni ichida
9-bosqich
Ishchi organ
Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqadi.
Oʻn besh ish kuni ichida
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
1.2. Pasport (identifikatsiya ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami):
1.3. Yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy):
1.4. Ish joyi va lavozimi:
1.5. Telefon raqami:
1.6. Elektron pochta manzili (e-mail):
2. Agar hammualliflar mavjud boʻlsa, ular haqida maʼlumot*:
2.1. F.I.O.:
2.2. Pasport (identifikatsiya ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami):
2.3. Yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy):
2.4. Ish joyi va lavozimi:
2.5. Telefon raqami:
2.6. Elektron pochta manzili (e-mail):
3. Ekspertiza uchun taqdim etiladigan oʻquv adabiyotining nomi, turi, tili hamda tavsiya etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassislik shifri va nomi:
* Agar oʻquv adabiyotining hammualliflari 2 nafardan koʻp boʻlsa, ushbu arizaning 2-bandida keltirilgan tartibda qolgan hammualliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Mazkur arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar haqqoniyligiga shaxsan ariza beruvchi masʼul hisoblanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI
T/r
Hujjat nomi
Izoh
1.
Oliy taʼlim tashkiloti rahbarining rasmiy yoʻllanma xati.
Oʻquv adabiyotining (darslik, oʻquv qoʻllanma) oliy taʼlim tashkiloti kengashida muhokamadan oʻtkazilgani, oʻquv adabiyotiga boʻlgan ehtiyoj, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi kodi va nomi koʻrsatilishi lozim.
2.
Oliy taʼlim tashkiloti kengashi qaroridan koʻchirma nusxasi.
Kengash qarorida oʻquv adabiyotining nomi, turi (darslik, oʻquv qoʻllanma) shuningdek, uni matbaa va noshirlik meʼyorlariga amal qilgan holda tayyorlanganligi qayd etilib, rasmiylashtirish va chop etish uchun navbatdagi bosqichga tavsiya etilganligi bayon qilingan boʻlishi lozim.
3.
Oʻquv rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan oʻquv dasturi nusxasi.
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari yoki magistratura mutaxassisliklari oʻquv rejalariga kiritilgan fanlar boʻyicha ishlab chiqilgan hamda oliy taʼlim tashkiloti tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturi nusxasi taqdim etiladi.
4.
Oʻquv adabiyotining elektron (pdf) shakli.
(pdf) shaklida muallif va oliy taʼlim tashkiloti nomi koʻrsatilmagan holda boʻlishi lozim.
Izoh. Talab etilgan hujjatlar elektron shaklda Davlat xizmatlari markazi xodimiga taqdim etiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ariza beruvchi tomonidan mustaqil tarzda joylashtiriladi. Taqdim etiladigan hujjatlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi masʼul hisoblanadi.
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha
BAHOLASH MEZONLARI
T/r
Baholash mezonlari boʻyicha ballar taqsimoti
Mezonlar boʻyicha maksimal ball
1.
Oʻquv adabiyotining bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi shifri, nomi va ixtisoslikka moʻljallanganligi — 5 ball;
oʻquv rejasi va dasturlariga toʻla mos kelishi — 10 ball;
boblar, boʻlim va mavzularning muayyan izchillikda yoritilganligi — 5 ball.
20 ball
2.
Oʻquv adabiyotida jahon ilm-fani, texnika va texnologiyalarning eng soʻnggi yutuqlari inobatga olinganligi — 10 ball;
soha va fanga oid milliy hamda xorijiy tajriba va maʼlumotlar mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilganligi — 5 ball
15 ball
3.
Oʻquv adabiyotida nazariy va amaliy maʼlumotlar maqbul, puxta, ravon, ijodiy hamda qiziqtiradigan shaklda ifoda qilinganligi — 10 ball;
tasvirli materiallar (rasmlar, grafiklar, jadvallar, blok-sxemalar) mavjudligi — 5 ball;
15 ball
4.
Oʻquv adabiyotida asosiy tushuncha hamda xulosalarning taʼriflari aniq va ravshan yozilgani, atamalarning umumiyligiga erishilganligi — 15 ball.
15 ball
5.
Oʻquv adabiyotida talabalarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlari hisobga olinganligi — 5 ball;
talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilganligi va mustaqil taʼlim olishga qiziqish uygʻotishi — 5 ball.
10 ball
6.
Oʻquv adabiyotlar roʻyxatining yangilanganlik darajasi (2000-yildan keyin chop etilgan mahalliy va xorijiy oʻquv adabiyotlari) — 5 ball.
5 ball
7.
Mavzulardan soʻng qisqacha xulosa, nazorat va muhokama savollari (kamida 8 — 10 ta), tayanch iboralarning mavjudligi — 2,5 ball;
glossariy (izohli soʻzlar) mavjudligi va uni bayon etish darajasi — 2,5 ball.
5 ball
8.
Oʻquv adabiyotida muallif tomonidan doktorlik (DSc), nomzodlik (PhD) dissertatsiyasidan foydalanilganligi — 5 ball.
5 ball
9.
Oʻquv adabiyotining mazmunan tugallangani — 10 ball;
10 ball
Jami:
100 ball
Izoh. Xulosa (oʻquv adabiyoti bakalavriat taʼlim yoʻnalishi yoki magistratura mutaxassisligi shifri, nomi va ixtisoslikka moʻljallangani hamda amaldagi oʻquv rejasi va dasturlariga toʻliq mos kelishi, chop etish adadi (adadi va moliyalashtirish manbai koʻrsatilgan holda) yoki chop etmaslik va uning sabablari ekspert tomonidan aniq koʻrsatilishi zarur.
Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Oʻquv adabiyotini ekspertizadan oʻtkazish natijalari yuzasidan apellyatsiya shikoyatini berish uchun
2. Pasport (identifikatsiya ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami):
3. Yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy);
4. Ish joyi va lavozimi:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (e-mail):
7. Ariza raqami:
8. Shikoyatning qisqacha mazmuni:
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 530-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisida” 2018-yil 10-oktabrdagi 816-son qarorida:
Oliy taʼlim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan oʻtkazadigan mutaxassis va professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”;
“oʻquv adabiyotlarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar aniq hisob-kitoblarga asosan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi;
oʻquv adabiyotlarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari hamda homiylar mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.”;
v) 3 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 10-fevraldagi 75-son qarorining 2-bandi yettinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“taʼlim dasturlariga kiradigan barcha fanlar boʻyicha yangi avlod oʻquv adabiyotlarini tahlil qilish, tayyorlash, ularni davlat xizmati asosida ekspertizadan oʻtkazish hamda nashr etishni tashkil qilish;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 09/25/530/0768-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)