1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.07.00 Alohida tarmoqlarda hisob;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 20-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2169-9]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-avgust,
275-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 4-avgustdagi 275-son buyrugʻiga ILOVA
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Quyidagi mazmundagi I1-boʻlim bilan toʻldirilsin:
“I1-boʻlim. Tovar-moddiy zaxiralarni olishga ishonchnoma
561. Tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy zaxiralarni olish uchun ishonchli shaxsga ishonchnoma beriladi. Ishonchli shaxs unga ishonchnoma boʻyicha berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladi.
562. Tovar-moddiy zaxiralarni olishga ishonchnomalar tashkilotlar ixtiyoriga koʻra, mazkur Yoʻriqnomaning 241-ilovasiga muvofiq shaklda (berilgan ishonchnomalar “Ishonchnomalar daftari”da hisobga olingan hollarda) yoki mazkur Yoʻriqnomaning 242-ilovasiga muvofiq shaklda (berilgan ishonchnomalar “Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali”da hisobga olingan hollarda) rasmiylashtiriladi.
Ishonchnomalar tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi.
563. Ishonchli shaxs talab etilayotgan tovar-moddiy zaxiralarni bir joydan (bir ombordan), biroq bir necha shartnoma va boshqa bitimlar boʻyicha olishi lozim boʻlsa, unga shartnoma va boshqa bitimlarning raqam va sanalari koʻrsatilgan bitta ishonchnoma yoki tovar-moddiy zaxiralar bir necha ombordan olinishi kerak boʻlsa, bir nechta ishonchnomalar beriladi.
Ishonchnomada Olinishi kerak boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar roʻyxati, agar ishonchnomada koʻrsatilgan joʻnatish hujjatida (shartnoma va shu kabilarda) olinishi kerak boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar nomi va soni keltirilmagan boʻlsa yoki ishonchnomalar boʻyicha joʻnatish hujjatida keltirilgan tovar-moddiy zaxiralarning faqat bir qismigina olinsa, toʻldiriladi. Agar ishonchnoma boʻyicha joʻnatish hujjatida koʻrsatilgan barcha nom va miqdordagi tovar-moddiy zaxiralar olinsa, unda ishonchnomaning orqa tomonidagi Olinishi kerak boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar roʻyxati toʻldirmasligi mumkin. Bunda, ishonchnomaning ushbu qismida joʻnatish hujjatining nomi, raqami va sanasi, shuningdek olinadigan tovar-moddiy zaxiralarning umumiy summasi koʻrsatiladi.
Ishonchnoma axborot tizimlarini qoʻllagan holda elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin.
Elektron ishonchnoma mazkur Yoʻriqnomaning 242-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi. Elektron ishonchnomaning nusxalarini taqdim etish imkoniyati taʼminlangan boʻlishi lozim.
Elektron ishonchnoma tashkilot rahbari yoki boshqa vakolatli shaxslar tomonidan elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
564. “Ishonchnomalar daftari” va mazkur Yoʻriqnomaning 243-ilovasiga muvofiq shakldagi “Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali” raqamlanadi va ip bilan tikiladi. Daftarning soʻnggi varagʻida tashkilot rahbari yoki u tomonidan belgilangan shaxslarning imzosidan keyin “Mazkur daftarda ... varaq raqamlandi” degan yozuv qayd etiladi. Varaqlar soni soʻz bilan koʻrsatiladi.
“Ishonchnomalar daftari” va “Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali” ishonchnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxsda saqlanishi lozim.
Toʻliq yoki qisman toʻldirilmagan ishonchnomalarni berish taqiqlanadi.
Elektron ishonchnomalarning hisobi axborot tizimlarida avtomatik ravishda “Berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnali”da elektron shaklda yuritiladi.
565. Ishonchnomaning amal qilish muddati tovar-moddiy zaxiralarni olish va olib chiqib ketish imkoniyatiga bogʻliq ravishda belgilanadi, biroq qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatdan oshmasligi kerak.
566. Ishonchli shaxsni unga berilgan amal qilish muddati hali tugamagan ishonchnomalar boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarni olish huquqidan mahrum qilishda tashkilot darhol tegishli ishonchnomalar bekor qilinganligi haqida yetkazib beruvchini xabardor qiladi. Bunday xabarnoma olingan paytdan boshlab bekor qilingan ishonchnoma boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarni berish toʻxtatiladi.
567. Ishonchli shaxs tovar-moddiy zaxiralarni olgandan soʻng topshiriqlar bajarilganligi va u olgan tovar-moddiy zaxiralar omborga (omborxonaga) topshirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni tashkilot buxgalteriyasiga va (yoki) tegishli moddiy javobgar shaxsga taqdim etadi.
Foydalanilmagan ishonchnomalar amal qilish muddati tugagan kundan keyingi sanada uni bergan tashkilotga qaytarilishi kerak.
Foydalanilmagan ishonchnomalarning qaytarilganligi toʻgʻrisida ishonchnomalar daftarida (“Topshiriq bajarilganligini tasdiqlaydigan hujjatning raqami va sanasi” ustunida) yoki berilgan ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida (“Ishonchnoma boʻyicha topshiriq bajarilganligi toʻgʻrisidagi qaydlar” ustunida) “foydalanilmagan” yozuvi qayd etiladi.
Bunda, qaytarilgan foydalanilmagan ishonchnomalar ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun javobgar boʻlgan shaxs tomonidan hisobot yili tugagunga qadar saqlanadi.
Hisobot yili tugagach foydalanilmagan ishonchnomalar yoʻq qilinadi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
Amal qilish muddati tugagan ishonchnomalardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berilmaydi.
568. Ishonchnomalar amal qilish muddatidan qatʼi nazar tovar-moddiy zaxiralarning dastlabki berilishida yetkazib beruvchida qoldiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni qismlarga boʻlib berishda har bir berilgan qismga yukxat (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki boshqa tegishli hujjat) tuziladi, unda ishonchnomaning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Bunda, yukxatning (qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki boshqa tegishli hujjatning) bir nusxasi tovar-moddiy zaxiralarni oluvchida, ikkinchi nusxasi esa yetkazib beruvchida qoladi hamda mazkur ishonchnoma boʻyicha rasmiylashtirilgan yukxat tovar-moddiy zaxiralarni berish ustidan kuzatuv va nazorat uchun qoʻllaniladi.
569. Quyidagi hollarda ishonchnomalar boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarni berishga yoʻl qoʻyilmaydi:
ishonchnoma toʻldirish tartibi buzilgan yoki rekvizitlari toʻldirilmagan holda taqdim etilganda;
ishonchnomada koʻrsatilgan shaxsning biometrik pasporti yoki ID kartasi taqdim etilmaganda;
ishonchnomaning amal qilish muddati tugaganda;
qabul qilib oluvchidan ishonchnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisida xabar olinganda;
uning nomidan ishonchnoma berilgan tashkilotning faoliyati toʻxtatilganda.
5610. Ishonchnomalar berishning belgilangan tartibiga rioya etilishi hamda tovar-moddiy zaxiralarni ishonchnomalar boʻyicha berish ustidan nazorat qilish tashkilot rahbari tomonidan belgilangan masʼul shaxs zimmasiga yuklanadi.”.
“82. Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni yoʻlga qoʻyish va ularning hisobini tashkil etish uchun har bir obyekt (predmet)ga oʻn toʻrt belgidan iborat inventar raqami beriladi.”.