1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.78.00 (Кучини йукотган) Taʼlimning boshqa turlari. Qoʻshimcha (maktabdan tashqari) taʼlim;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 22-iyundagi PF-94-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarning sportga qiziqishini yanada ragʻbatlantirish, yuqori natijalarga erishgan sportchilarning tajribasini yoshlar oʻrtasida ommalashtirish hamda ularni ilgʻor taʼlim usullari asosida oʻqitish va tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 22-iyundagi PF-94-son Farmoniga muvofiq boks boʻyicha Bahodir Jalolov hamda gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktablari Sport vazirligi tizimidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimiga oʻtkazilgani;
Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi — Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi — Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (keyingi oʻrinlarda — sport maktablari) etib qayta nomlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga oʻquvchilarni saralab olish, qabul qilish hamda chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
a) Agentlik tizimidagi sport maktablari bitiruvchilariga tegishli sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari uchun tasdiqlangan shaklda diplom hamda trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun malaka sertifikati beriladi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
b) oʻquvchilar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va bino quvvati doirasida yashash joyi bilan taʼminlanadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
v) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
maʼmuriy-boshqaruv, pedagogik, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ish haqi fondining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi. Bunda direktor, direktor oʻrinbosarlari, trenerlar, tibbiyot xodimlari, yoʻriqchi-uslubchilar, sport psixologlariga olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllanilganda, mazkur ragʻbatlantirish jamgʻarmasi orqali toʻlovlar tatbiq etilmaydi;
Agentlik tizimidagi umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning mehnatiga haq toʻlashda ularning mutaxassislik fani boʻyicha malaka toifasi hamda milliy yoki xalqaro sertifikatlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlar tatbiq etiladi;
g) sport maktablariga fan yoʻnalishi boʻyicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik maʼlumot va kamida ikkinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar tanlov asosida jalb etiladi. Bunda kimyo, biologiya va fizika fanlaridan dars beradigan pedagog kadrlarning malaka toifalari umumlashgan tabiiy fanga ham tatbiq etiladi.
4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 31-dekabrga qadar:
sport maktablari oʻquvchilarining sport musobaqalarida xavfsiz ishtirokini taʼminlash maqsadida sport maktablariga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan kamida 50 oʻrinli 1 tadan avtobus xarid qilish;
sport maktablariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 1 tadan navbatchi avtotransport vositasini xarid qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Bunda sport maktablarining avtotransport vositalarini saqlash xarajatlari uchun 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida tegishli mablagʻlar nazarda tutilsin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻquvchi-sportchi va trenerlarning tadbirlarga, mahalliy va xalqaro musobaqalarga tayyorgarligi hamda ishtiroki bilan bogʻliq barcha xarajatlarni har yili Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar-rejasida nazarda tutib borsin hamda Sport vazirligiga ajratiladigan mablagʻlarni kamaytirish hisobidan tegishli oʻzgartirishlar asosida ushbu sport maktablari hisobvaragʻiga oʻtkazib bersin.
6. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-avgust,
524-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 524-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablarining (keyingi oʻrinlarda — sport maktablari) maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Sport maktablari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, oʻz ustaviga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
3. Agentlik sport maktablari faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va ularning nazoratini amalga oshiradi.
Sport maktablari Agentlik tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
4. Sport maktablari sport turlariga qiziqadigan iqtidorli oʻquvchi-sportchilarni saralab olish orqali 5 — 11-sinflar kesimida ularning intellektual qobiliyati va sport tayyorgarligini rivojlantirishga ixtisoslashgan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
5. Sport maktablari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi boʻlinmalarida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
6. Sport maktablari belgilangan tartibda oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, shuningdek, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
7. Sport maktablarida umumiy oʻrta taʼlim olish bepul amalga oshiriladi.
Sport maktablari xususiyatidan kelib chiqib, kunduzgi taʼlim shaklida faoliyat yuritadi.
2-bob. Sport maktablarining maqsadi va asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
8. Davlat taʼlim standartlari hamda maqbullashtirilgan oʻquv reja va taʼlim dasturlariga muvofiq sport turlariga iqtidori boʻlgan oʻquvchi-sportchilarning taʼlim-tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini roʻyobga chiqarish sport maktablarining maqsadi hisoblanadi.
Sport maktablarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng yangi usullarini qoʻllagan holda xalqaro sport maydonlarida mamlakat sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoalari uchun sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilar tayyorlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
9. Sport maktablarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
sport turlari boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, saralash va ularni har tomonlama rivojlantirish tizimini yaratish;
oʻquvchi-sportchilarni vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, ularda oʻz Vatani bilan faxrlanish va milliy madaniy-tarixiy anʼanalarni hurmat qilish tuygʻusini shakllantirish;
davlat taʼlim standartlariga muvofiq sport turlariga, shuningdek, Oʻzbekiston tarixi, xorijiy tillar, umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasini chuqurlashtirib oʻqitishga moʻljallangan oʻquv reja va dasturlar ishlab chiqish;
oʻquvchi-sportchilar uchun oʻquv-mashgʻulot hamda oʻquv-mashq jarayonlarini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, shuningdek, ilgʻor tajribalar asosida nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
oʻquvchi-sportchilarning nazariy bilimini amaliyotda qoʻllash imkoniyatini kengaytirish uchun taʼlim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
oʻquvchi-sportchilarning fiziologik va antropometrik koʻrsatkichlari asosida ular bilan individual ishlash hamda mobil laboratoriya yordamida ularning natijalarini muntazam ravishda monitoring qilib borish;
oʻquvchi-sportchilarning professional fazilatlarini rivojlantirish orqali xalqaro talablarga muvofiq yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;
yuqori malakali chet ellik va mahalliy mutaxassis-trenerlar hamda psixologlarni jalb etish orqali sport turlari boʻyicha trenerlar tarkibini mustahkamlash;
zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnik hamda oʻquv-mashgʻulot bazalarini yaratish.
3-bob. Sport maktablarining huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
10. Sport maktablari oʻziga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
oʻziga yuklangan vazifalarni, funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq qarorlar, buyruqlar, koʻrsatmalar qabul qilish, zarur boʻlganda, boshqa davlat tashkilotlari bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
faoliyatga doir masalalar boʻyicha belgilangan tartibda sudlarga arizalar va daʼvolar kiritish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda budjetdan tashqari jamgʻarmalarga ega boʻlish;
oʻz ustavida belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan moliyaviy manbalarni jalb qilish;
belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
huzurida Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati hamda Oʻzbekiston talabalar sport assotsiatsiyasining filiali hisoblanmaydigan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan sport klublari tashkil etish;
Agentlik bilan birgalikda yuqori malakali chet ellik mutaxassislar va boshqa xodimlarni sport maktablariga jalb etish;
Agentlikning tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻziga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida, samarali va sifatli bajarish uchun belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qilish.
Sport maktablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
11. Quyidagilar sport maktablarining majburiyatlari hisoblanadi:
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish;
faoliyatini rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan dasturlar, chora-tadbirlar rejasi, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar ijrosini taʼminlash;
oʻziga biriktirilgan mulklar, shu jumladan, koʻchmas mulklardan maqsadli va samarali foydalanish;
taʼlim-tarbiya jarayonlarini Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari asosida sifatli amalga oshirish;
rahbar va pedagog xodimlarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish;
rahbar, pedagog va xodimlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
10-11-sinf oʻquvchi-sportchilarini kasbga yoʻnaltirish boʻyicha amaliy darslar tashkil etish.
Sport maktablari oʻz zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
12. Sport maktablari davlat aktivlarini, shu jumladan, ularning tovar-moddiy boyliklari va boshqa mol-mulklarining but saqlanishi boʻyicha moddiy javobgar hisoblanadi.
4-bob. Sport maktablarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
13. Sport maktablarida sport turlari boʻyicha 5 — 11-sinflarda taʼlim beriladi.
Bunda gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga talab va takliflardan kelib chiqib, 7 — 11 yoshdagi oʻquvchi-sportchilarni 1 — 4-sinflarga oʻqishga qabul qilishga ruxsat etiladi.
Taʼlim jarayoni har birida oʻquvchi-sportchilar soni 12 nafardan kam, biroq 24 nafardan ortiq boʻlmagan sinflarda tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
14. Sport maktablarida oʻquvchi-sportchilar oʻquv yili davomida ikki marotaba (har ikki chorakda bir marta) attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Oʻtkazilgan attestatsiya natijasiga muvofiq oʻquvchi-sportchi oʻqishni davom ettirishi (sinfdan-sinfga oʻtkazish) yoki uni oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisida sport maktabi direktorining buyrugʻi qabul qilinadi.
Oʻquvchi-sportchilarni bosqichli nazorat hamda attestatsiyadan oʻtkazish meʼyorlari va baholash mezonlari Agentlik tomonidan belgilanadi. Bunda oʻquvchi-sportchilarning fanlarni oʻzlashtirishi, tegishli sport meʼyorlarini topshirganligi, sport natijalari va tibbiy muvofiqlik holati, ichki tartib-qoidalarga amal qilishi, oʻquvchilar turarjoyida tartib-intizom talablariga rioya etishi, jamoatchilik ishlarida qatnashganligi nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
15. Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
oʻquv yilining davomiyligi sport mashgʻulotlari bilan birgalikda — 42 hafta;
oʻquv haftasining davomiyligi — 5 kun (sport mashgʻulotlari bundan mustasno);
dars mashgʻulotlari davomiyligi — 45 daqiqa;
dars mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffuslar davomiyligi — 5 — 10 daqiqa (oʻquv kuni oʻrtasidagi tanaffusning davomiyligi 15 — 60 daqiqa).
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
16. Oʻquvchi-sportchilarning sport mahorati darajasini oshirish maqsadida jami 60 kun davom etadigan, shu jumladan, qishki taʼtil vaqtida (15 kun), yozgi taʼtil vaqtida (45 kun) oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazgan holda ularning faol dam olishlari tashkil etiladi.
Oʻquvchi-sportchilarning musobaqalar jarayonida qoldirilgan dars mashgʻulotlari alohida jadval asosida pedagogik soatga ajratilgan vaqt hisobidan oʻqitiladi.
17. Bir sinfda oʻquvchi-sportchilar soni 20 nafar va undan kam boʻlgan hollarda xorijiy tillarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Sport maktablarining 9-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma, 11-sinf bitiruvchilariga tegishli sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari uchun tasdiqlangan shaklda diplom hamda trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun malaka sertifikati beriladi.
19. Sport mashgʻulotlarining davomiyligi va oʻquvchi-sportchilarning sport yuklamasi tasdiqlangan oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi.
20. Sport mashgʻulotlarining oʻquv dasturlari oʻquv rejasiga muvofiq ishlab chiqiladi va uning tarkibiga oʻquv-mashq mashgʻuloti, nazariy tayyorgarlik, umumiy jismoniy tayyorgarlik, maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik, koʻchirish (oʻtkazish) nazorat sinovlari, nazorat musobaqalarida ishtiroki, yoʻriqchilik va hakamlik amaliyoti, musobaqalarda ishtirok etish, tiklanish tadbirlari hamda tibbiy nazorat kabi shakllarni oʻz ichiga oladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
21. Oʻquvchi-sportchilarga tibbiy xizmat sport maktablarining tibbiyot xodimlari tomonidan koʻrsatiladi.
Tibbiyot xodimlari sport maktablari rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, oʻquv va oʻquvchilar turarjoyida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifati, oʻquvchi-sportchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va sogʻlomlashtirish uchun masʼul hisoblanadi.
Sport maktablari tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beriladi.
22. Oʻquvchi-sportchilar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq har yili ikki marotaba (sentabr — aprel) chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
5-bob. Sport maktablari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
23. Sport maktabi direktori, direktor oʻrinbosarlari, umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilari, tarbiyachilar mehnatiga haq toʻlash, qoʻshimcha toʻlovlar hamda ragʻbatlantirish shartlari va imtiyozlari Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
24. Sport maktabi direktori, direktor oʻrinbosarlariga moddiy ragʻbatlantirish hamda trenerlari, yoʻriqchi-uslubchilariga olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllanadi.
Bunda bir nafar oʻquvchi-sportchiga nisbatan sport maktablari trenerlarining mehnatiga haq toʻlashda trenerning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan foizlar tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
25. Tibbiyot xodimlari mehnatiga Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq haq toʻlanadi, shuningdek, ularga nisbatan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun belgilangan moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
26. Sport maktablari xodimlariga Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.
Bunda ushbu ustamalarni sport maktablari xodimlariga toʻlash tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
6-bob. Trenerlarning pedagogik yuklamalarini hisoblash
27. Trenerlarning pedagogik yuklamalari quyidagi jadval asosida belgilanadi:
Oʻquvchi-sportchilar tayyorgarligining darajasi va bosqichlari
Oʻquv yili
Uquv guruhlari bilan oʻquv mashgʻulotining davomiyligi
* Oʻquv mashgʻulotlari akademik soat boʻyicha belgilanadi, 1 akademik soat — 45 daqiqadan iborat boʻladi.
7-bob. Sport maktablari faoliyatini moliyalashtirish va moddiy taʼminlash tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
28. Quyidagilar sport maktablarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Davlat budjeti mablagʻlari;
Vazirlikning Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi mablagʻlari;
Agentlikning Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
faoliyat ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan va sport maktabining ustavidagi vazifalarga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olinadigan daromadlar;
asosiy mashgʻulotlar oʻtkazilmaydigan vaqtda boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
pulli xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
29. Sport maktablari belgilangan tartibda tasdiqlangan va Agentlikda roʻyxatdan oʻtgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
30. Sport maktablari Agentlikka taqdim etish uchun belgilangan tartibda buxgalteriya hisobotini yuritadi.
8-bob. Sport maktablarining faoliyatini nazorat qilish
31. Sport maktablari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda har yili hisobot davri tugagach, Agentlikka faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
32. Sport maktablarida budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi Vazirlikning Ichki audit va moliyaviy nazorat departamenti tomonidan nazorat qilinadi.
33. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlik sport maktabi direktori zimmasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan ularning faoliyati ustidan muntazam monitoring qilib boradi, monitoring natijalariga koʻra sport maktablari faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
34. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha yuqori koʻrsatkichga erishgan sport maktablarining rahbariyati va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan kamchiliklari uchun intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
35. Sport maktabi faoliyatiga oid hujjatlarning belgilangan tartibda saqlashga berilishi uchun sport maktabi direktori javob beradi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
36. Sport maktablari qonunchilik talablariga muvofiq oʻquv yili yakunida muassis (taʼsischi) tomonidan qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Agentlik sport maktablari tugatilganda oʻquvchi-sportchilarni ota-onalarining roziligi bilan boshqa umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga oʻtkazish masʼuliyatini oladi.
37. Sport maktablari tugatilgan taqdirda, uning pul mablagʻlari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash boʻyicha toʻlovlar chegirilgan holda qonunchilik hujjatlariga va sport maktablari ustaviga muvofiq foydalaniladi.
38. Ushbu Nizom qoidalari qoʻllanishi bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 524-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga oʻquvchilarni saralab olish, qabul qilish hamda chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga (keyingi oʻrinlarda — sport maktablari) oʻquvchilarni saralab olish, ularni qabul qilish va chetlashtirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
2. Sport maktablariga oʻquvchilar Agentlik tomonidan belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga koʻra qabul qilinadi.
Sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqichda (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan, biroq 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.
3. Sport maktablariga oʻquvchilar teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qabul qilinadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sport maktablarida taʼlim olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga egadir.
5. Chet el fuqarolarining farzandlari sport maktablariga Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
6. Belgilangan kvota doirasida kirish imtihonlari natijalariga koʻra eng yuqori ball olgan oʻquvchilar ballar ketma-ketligida oʻqishga qabul qilinadi.
Talabdan kelib chiqib, ajratilgan kvota doirasida Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sport gimnastikasi va badiiy gimnastika yoʻnalishlariga qabul qilinishi mumkin.
Mazkur yoʻnalishlar boʻyicha kvota taqsimoti talabgorlar sonidan kelib chiqib, Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
2-bob. Qabul komissiyasi
7. Sport maktablariga hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlarini teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etish maqsadida Agentlik, uning tizimidagi tashkilotlar hamda hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda qabul komissiyasi shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
8. Qabul komissiyasining tarkibi Agentlik direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Qabul komissiyasi tarkibi 5 kishidan kam boʻlmagan toq miqdorda komissiya raisi, komissiya raisi oʻrinbosari, komissiya kotibi hamda uning aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Qabul komissiyasi tomonidan sport maktablari boʻyicha alohida ishchi guruh shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning umumjismoniy tayyorgarlik hamda texnik-taktik tayyorgarlik talablari va ularni baholash mezonlari qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
10. Qabul komissiyasi:
kirish imtihonlarining baholash mezonlari, oʻtkazish vaqti hamda joylarini belgilaydi;
taʼlim dasturlarining fanlararo va sinflararo integratsiyasidan kelib chiqib, zarur hollarda, kirish imtihonlarining yoʻnalishlariga, savollar miqdoriga oʻzgartirish kiritishi mumkin;
oʻquvchilarning hujjatlari ushbu Nizom talablari asosida taqdim etilganini koʻrib chiqadi;
koʻrib chiqish natijasida oʻquvchining hujjatlarini qabul qilish, tahrirlashga yuborish yoxud qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
hujjatlari qabul qilingan oʻquvchilarning roʻyxatini shakllantiradi, ularni kirish imtihonlari shartlariga mos ravishda guruhlarga taqsimlaydi;
kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun hakamlar hayʼati va apellyatsiya komissiyalariga malakali mutaxassislarni jalb etadi hamda ularning tarkibini tasdiqlaydi;
hujjatlari tahrirlashga yuborilgan yoki qabul qilinishi rad etilgan hollarda tahrirlashga yuborish yoki rad etilish sabablarini aniq koʻrsatgan holda, oʻquvchilarning shaxsiy kabinetiga yoki telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuboradi;
kirish imtihonlari oʻtkaziladigan joylarni (binolarni) talab darajasida tayyorlaydi;
oʻquvchilarni, ularning ota-onasi (qonuniy vakili)ni kirish imtihonlari shartlari bilan tanishtiradi, kirish imtihonlari oʻtkaziladigan joyi va vaqti toʻgʻrisida shaxsiy kabinet yoki bogʻlanish uchun taqdim etilgan telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuborish orqali ogohlantiradi;
tasdiqlangan jadval asosida sport maktablariga oʻquvchilarni kirish imtihonlari yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga maslahat berib boradi;
oʻquvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan berilayotgan savollarga javob tayyorlash va ularni veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga taqdim etish choralarini koʻradi.
kirish imtihonlarini tashkil etadi, natijalarini eʼlon qiladi.
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
11. Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kun oldin qabul komissiyasi tomonidan Agentlikning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va qabul kvotalari toʻgʻrisida eʼlon qilinadi.
12. Kirish imtihonlari qabul komissiyasi tomonidan belgilangan joy va vaqtda oʻtkaziladi.
13. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining tegishli sinfida oʻqishni toʻliq tamomlagan oʻquvchilari sport maktabining shunday sinfida takroran oʻqishni talab qilish huquqiga ega emas.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
14. Sport maktablariga oʻquvchilarning quyidagi hujjatlari onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi:
kirish imtihonlari ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa, ID-kartasi) va uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti (ID-kartasi) maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
sport razryadi yoki unvonini tasdiqlovchi hujjatning hamda sport razryadi yoki unvoni tasdiqlangani toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma nusxalari;
Oʻzbekiston chempionati va kuboklarida qabul yili va undan oldingi bir yil davomida gʻolib va sovrindor boʻlganini tasdiqlovchi diplom.
Ushbu bandning beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar oʻquvchi tomonidan hujjat topshirish vaqtida taqdim etilmagan hollarda inobatga olinmaydi.
Qabul komissiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa hujjatlar ham talab etilishi mumkin.
Hujjat topshirish jarayonida oʻquvchining ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishgani toʻgʻrisidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.
15. Hujjatlarni belgilangan muddatlarda, toʻgʻri va sifatli taqdim etish boʻyicha masʼuliyat oʻquvchining ota-onasi (qonuniy vakili) zimmasiga yuklanadi.
16. Hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlari yuzasidan yuborilgan (shaxsiy kabineti yoki telefon raqamiga SMS) xabarlarni oʻquvchi yoki uning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan qabul qilinmasligi (oʻqimasligi, arizada koʻrsatilgan telefon raqamining ishchi holatda boʻlmasligi va boshqalar) boʻyicha javobgarlik qabul komissiyasi zimmasiga yuklanmaydi.
17. Oʻquvchilarning hujjatlari qabul komissiyasi tomonidan (24 soat ichida) koʻrib chiqilgandan soʻng ularga hujjatlar qabul qilingani, tahrirlashga yuborilgani yoki rad etilgani toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
18. Quyidagi hollarda hujjatlar tahrirlashga yuboriladi:
ushbu Nizomning 14-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda;
taqdim etilgan hujjatlarning, muhrdagi yozuvlarning nusxalari oʻqib boʻlmaydigan darajada boʻlsa.
19. Hujjatlari tahrirlashga yuborilganda, oʻquvchilarga koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar ruxsat beriladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng maʼlumotlarni oʻzgartirishga ruxsat berilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
20. Quyidagi hollarda oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish rad etiladi:
belgilangan muddatlardan keyin kirish imtihonida ishtirok etish xohishi bildirilganda;
taqdim etilgan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda;
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining tegishli sinfida oʻqishni toʻliq tamomlagan oʻquvchilar tomonidan sport maktablarining shu sinfida takroran oʻqish istagi bildirilganda.
21. Oʻquvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.
4-bob. Kirish imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
22. Kirish imtihonlari materiallari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tayyorlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
23. Kirish imtihonlarining birinchi bosqichida oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarlik boʻyicha baholash uchun qabul komissiyasi tomonidan hamkor tashkilot bilan birgalikda har bir sport maktabi uchun 5 nafardan kam boʻlmagan toq miqdorda hakamlar hayʼati tarkibi tasdiqlanadi.
24. Kirish imtihonlari sport maktablarining taʼlim tilida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
25. Kirish imtihonlari 1 — 11 sinflar uchun quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
birinchi bosqich — kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2 ta turda oʻtkaziladi:
umumjismoniy tayyorgarlik — 30 ball;
maxsus jismoniy tayyorgarlik — 70 ball;
kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazishda oʻquvchilarga baholash mezonlarida belgilanganidan boshqa qoʻshimcha imkoniyat berilmaydi.
ikkinchi bosqich — 5 — 11-sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test, jami 35 ta test topshirigʻi beriladi.
Har bir toʻgʻri belgilangan test topshirigʻiga 1 balldan, jami 35 ball beriladi.
26. Oʻquvchilarga test topshiriqlarini bajarishi, javoblar varaqasiga belgilashi uchun 1 soat (60 daqiqa) vaqt beriladi.
27. Test topshiriqlari boʻyicha oʻquvchilarning bildirgan eʼtirozlari qabul komissiyasi tomonidan test topshirigʻi jarayonida qabul qilinadi va test natijalari hisoblanishidan avval koʻrib chiqiladi.
28. Oʻquvchilarning kirish imtihonlari natijalariga koʻra ballari teng boʻlib qolgan hollarda, quyidagilar ustunlikka ega boʻladi:
birinchi bosqichda yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar;
ikkinchi bosqichda eng koʻp topshiriq berilgan fandan yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar.
Oʻquvchilar barcha toifada bosqichlar boʻyicha bir xil umumiy va teng ball toʻplagan hollarda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq oʻquvchiga ustunlik beriladi.
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
29. Oʻquvchilar imtihonga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatning hamda 086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnomaning asli va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.
Kirish imtihoni ruxsatnomasi imtihon boshlanishidan kamida 3 (uch) kun oldin oʻquvchining shaxsiy maʼlumotlari bilan birga imtihon oʻtkazish joyi va guruhi koʻrsatilgan holda uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
30. Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha kirish imtihoni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
31. Quyidagi holatlar oʻquvchilarni kirish imtihoni jarayonlaridan chetlashtirishga asos boʻladi:
kirish imtihonni jarayonida ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik;
sogʻligʻi yomonlashishi (tibbiy xizmat xodimi xulosasi asosida);
boshqalardan koʻchirishga urinish va boshqa oʻquvchilarga xalaqit berish;
shpargalka, barcha turdagi mobil aloqa vositalari, kalkulyator, lugʻat, kitoblardan foydalanish.
Yuqoridagi holatlar sodir etilganda, oʻquvchilarga nisbatan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va ular javoblar varaqasini topshirgan holda kirish imtihonini tark etadi. Chetlashtirilgan oʻquvchilarning kirish imtihoni natijalari inobatga olinmaydi.
32. Kirish imtihonlarining biron-bir bosqichida ishtirok etmagan oʻquvchining imtihonlarning navbatdagi bosqichida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
33. Kirish imtihoni jarayonida oʻquvchilarning oʻzlariga bogʻliq boʻlgan holda jarayondan chetlashtirilishi yoki chiqib ketishi qayta imtihon oʻtkazishga asos boʻlmaydi.
5-bob. Kirish imtihonlari natijalarini eʼlon qilish
34. Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari test sinovlari oʻtkazilgan kundan keyin yigirma kun ichida Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
35. Oʻquvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, har bir bosqich natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
36. Kirish imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan oʻquvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Apellyatsiya komissiyasiga Agentlik direktori oʻrinbosari raislik qiladi.
37. Apellyatsiya komissiyasi oʻquvchilarning murojaatini oʻn kun muddatda koʻrib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida murojaatchiga xulosa beradi.
38. Apellyatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi xulosasi oʻquvchilarga arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ball qoʻshib berilishiga asos boʻladi.
39. Apellyatsiya komissiyasiga boshqa oʻquvchilarning ishlarini koʻrib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.
40. Oʻquvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga yoki sudga murojaat etish huquqiga ega.
6-bob. Oʻquvchilarni sport maktablariga qabul qilish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
41. Kirish imtihonlarining umumlashtirilgan natijasiga koʻra eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar belgilangan qabul kvotasi doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda sport maktabi tomonidan tashkil etilgan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik natijasiga muvofiq (oʻquvchi sogʻlom deb topilganda) sport maktabining oʻquvchilar safiga qabul qilinadi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikda oʻquvchilarning F-026-u shakldagi maktab tibbiy anketasi, F-063-u shakldagi profilaktik emlash kartasi, F-086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma, qon, siydik, gijja tuxumi tahlili, EKG, 14 yoshdan boshlab flyuorografiya, turarjoyi bolalar vrachidan kechirgan kasalliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, yakkakurash turlari uchun umurtqa pogʻonasining koʻkrak va bel qismlarining ikki proyeksiyadagi rentgen rasmi hamda travmatolog xulosasi talab etiladi.
Oʻquvchiga yuqorida koʻrsatilgan tahlillar boʻyicha salbiy tibbiy xulosa berilgan hollarda, oʻquvchilar safiga qabul qilinmasligiga asos boʻladi.
42. Agentlik tomonidan tasdiqlangan qaydnomalarga asosan sport maktabi direktorining buyrugʻi asosida oʻquvchilar maktabga qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
43. Belgilangan kvota doirasida kirish imtihonlari natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar oʻqishga qabul qilinadi.
Bunda sport maktabiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida gimnastika boʻyicha oʻtkazilgan sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan Oʻzbekiston chempionati va kuboklarida qabul yili va undan oldingi bir yil davomida gʻolib va sovrindorlari qabul kvotasi doirasida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
44. Sport razryadi yoki unvoniga ega sportchilar kirish imtihonlarining birinchi — umumjismoniy tayyorgarlik bosqichidan ozod etiladi. Oʻquvchiga mazkur bosqich uchun belgilangan 30 ball toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshib beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
45. Sport maktablariga qabul qilinishi belgilangan oʻquvchi oʻqishni davom ettirmagan holatlarda, uning oʻrniga oʻqishga kira olmaganlar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda navbatdagi oʻquvchi taklif qilinadi.
Navbatdagi oʻquvchi ballar ketma-ketligi boʻyicha undan oldingi oʻquvchining ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan oʻqishni maktabda davom ettirish istagi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat olinganidan soʻng qabul qilinadi.
Mazkur tartib oʻquv yilining birinchi yarim yilligi davomida amalga oshiriladi.
46. Belgilangan tartibda tegishli hujjatlarning asl nusxasi taqdim etilmasligi, oʻquvchi oʻqishni davom ettirish istagini bildirmasligi, maktab xodimlari murojaatlariga javob bermasligi undan keyingi oʻquvchining qabul qilinishi uchun asos boʻladi. Ushbu holat boʻyicha sport maktabi maʼmuriyati tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
7-bob. Oʻquvchilar boʻsh oʻrinlarini toʻldirish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
47. Sport maktablarida oʻquv yili yakunlangandan keyin boʻshab qolgan oʻrinlar uchun kirish imtihonlari ushbu Nizom talablariga muvofiq Agentlik tomonidan oʻtkaziladi, mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining tegishli sinfini tamomlagan oʻquvchilaridan hujjat qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
48. Sport maktablariga iqtidorli oʻquvchilarni saralash va oʻquvchilar zaxirasini shakllantirish maqsadida musobaqalar oʻtkazib boriladi.
Tegishli sport turlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar birinchiligi gʻolib va sovrindorlari oʻrtasida oʻtkazilgan sport musobaqasi (sport klublari vakillari ham taklif etilishi mumkin) gʻoliblari orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda boʻsh oʻquvchi-sportchilar oʻrni toʻldiriladi.
Mazkur tartib sport musobaqasi oʻtkazilgan oʻquv yili yakuniga qadar amal qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Sport musobaqasini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
49. Belgilangan mezonlar boʻyicha oʻquvchi-sportchilar safidan chiqarilgan oʻquvchi-sportchilar oʻrni sport turlari boʻyicha tasdiqlangan oʻquvchi-sportchilar kontingentidan chiqmagan holda, oʻquv yili davomida sport maktablari tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda toʻldiriladi.
50. Oʻquvchi-sportchilarning oʻqishi bir sport maktabidan boshqasiga yoʻnalish mos kelgan va boʻsh joy boʻlgan taqdirda, Agentlikning koʻrsatmasiga muvofiq koʻchiriladi.
51. Boʻsh oʻrinlarni toʻldirishda sport maktablarining ixtisoslik yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati va kubogi gʻolib hamda sovrindorlariga ustunlik beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
52. Sport va badiiy gimnastikasi turlari boʻyicha quyidagi yosh hamda razryadlarga ega boʻlgan oʻquvchilar oʻquv yili choragi yakuni boʻyicha mavjud boʻsh oʻrinlarga ushbu nizom bilan belgilangan maxsus jismoniy imtihon mezonlari asosida hakamlar hayʼati tavsiyasiga asosan qabul qilinishi mumkin:
Sport gimnastikasi turi boʻyicha:
birinchi, ikkinchi, uchinchi oʻsmirlar sport razryadiga ega 10 yoshgacha boʻlgan qiz va oʻgʻil bolalar;
uchinchi sport razryadiga ega 7 yoshdan yuqori qizlar, 10 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar;
ikkinchi sport razryadiga ega boʻlgan 8 yoshdan yuqori qizlar, 11 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar;
birinchi sport razryadiga ega boʻlgan 9 yoshdan yuqori qizlar, 11 yoshdan yuqori oʻgʻil bolalar;
Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod guvohnomasiga ega 13 yoshdan yuqori qizlar, 14 yoshdan yuqori boʻlgan oʻgʻil bolalar.
Badiiy gimnastika turi boʻyicha:
birinchi, ikkinchi, uchinchi oʻsmirlar sport razryadiga ega boʻlgan 7 yoshli qiz bolalar;
uchinchi sport razryadiga ega boʻlgan 8 yoshdan yuqori qiz bolalar;
ikkinchi sport razryadiga ega boʻlgan 9 yoshdan yuqori qiz bolalar;
birinchi sport razryadiga ega boʻlgan 10 yoshdan yuqori qiz bolalar.
8-bob. Oʻquvchilarni sinfdan-sinfga oʻtkazish va oʻquvchilar safidan chetlashtirish
53. Oʻquvchi-sportchilar Agentlik tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejadagi fanlardan yillik baholarni (yakuniy davlat attestatsiyasini) eng kamida summativ ballar yigʻindisi 46 dan yuqori (3 baho) boʻlganidan soʻng sport maktabi direktorining buyrugʻi bilan keyingi sinfga oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
54. Oʻquvchi-sportchilar quyidagi hollarda sport maktabining oʻquvchi-sportchilar safidan chiqariladi:
oʻquvchi-sportchilarning choraklik baholarida ikki va undan ortiq fandan summativ ballar yigʻindisi 46 dan past boʻlgan hollarda;
oʻz xohishiga koʻra (ota-onasining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning yozma arizasi asosida);
attestatsiya komissiyasining qaroriga koʻra;
tibbiy nomuvofiqlik boʻlganda — shifokor xulosasiga koʻra;
oʻquv intizomi va ichki tartib-qoidalarni buzganda, tegishli normativ talablarni topshirmaganda, sport natijasi pasayganda, shu jumladan sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qoʻllangan taqdirda;
kirish imtihonlarini topshirish jarayonida oʻquvchi-sportchi tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlanganda.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
55. Fanlarni oʻzlashtirish darajasi 46 balldan kam boʻlgan oʻquvchi-sportchilar va ularning ota-onalari yozma ravishda ogohlantiriladi, oʻquv yilining birinchi yarmi va yakuni boʻyicha monitoring natijalarida ham mazkur holatlar qayd etilgan taqdirda, ushbu oʻquvchi-sportchilar sport maktabi pedagogik kengashining qaroriga asosan avval oʻqigan maktabiga tegishli sinfga qaytarib yuboriladi (oʻquvchi-sportchining yashash joyi oʻzgargan taqdirda, hududdagi boshqa maktabga).
Bunda oʻquvchi-sportchining ota-onasi (ota-onasining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan ixtiyoriy ravishda oʻqishni boshqa maktabga koʻchirilmagan taqdirda, oʻquvchi-sportchi pedagogik kengash qarori asosida Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari bilan kelishilgan holda avval oʻqigan maktabiga tegishli sinfga qaytarib yuboriladi (oʻquvchi-sportchining yashash joyi oʻzgargan taqdirda, hududdagi boshqa maktabga).
Oʻzlashtirish koʻrsatkichi inobatga olinadigan fanlar roʻyxati har oʻquv yili boshlanishidan avval sport maktabining pedagogik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi hamda oʻquvchi-sportchilar va ularning ota-onalari (qonuniy vakili) tanishtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
56. Oʻquvchi-sportchilarda davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtojlik yuzaga kelgan taqdirda, ular sport maktabining pedagogik kengashi qarori asosida oʻquvchi-sportchilar safidan chiqariladi hamda avval oʻqigan maktabiga tegishli sinfga qaytarib yuboriladi (oʻquvchi-sportchining yashash joyi oʻzgargan taqdirda, hududdagi boshqa maktabga).
Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga belgilangan tartibda avval oʻqigan yoki yashash joyi oʻzgargan hududdagi maktab tomonidan umumiy oʻrta taʼlim beriladi.
9-bob. Sport maktablarida tahsil oluvchi oʻquvchi-sportchilarni attestatsiyadan oʻtkazish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
57. Sport maktablari oʻquvchi-sportchilarini oʻquv yili davomida ikki marta (qishki va yozgi) attestatsiyadan oʻtkazish orqali xolisona baho berish va ularni sinfdan-sinfga oʻtkazish hamda oʻtkazilgan attestatsiya natijasida qayd etilgan talablarga javob bermagan oʻquvchi-sportchilar sport maktabi direktorining buyrugʻi asosida tuzilgan attestatsiya komissiyasi qaroriga koʻra oʻqishdan chetlashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
58. Attestatsiya sport maktablari oʻquvchisining oʻquv yili davomidagi sport tayyorgarligi darajasining oʻsib borishini tahlil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar-rejasiga muvofiq oʻtkaziladigan sport musobaqalarida erishgan natijalari, oʻquv rejasida belgilangan fanlarni oʻzlashtirishi, oʻquvchi-sportchilar turarjoyida tartib-intizom talablariga rioya etishi, jamoatchilik ishlarida qatnashganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
59. Attestatsiya komissiyasi aʼzolari soni 7 nafardan kam boʻlmagan toq miqdorda tashkil etiladi.
Bunda sport maktabi direktori — komissiya raisi, direktorning sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari — komissiya raisi oʻrinbosari hisoblanadi.
Zarur hollarda attestatsiya komissiyasi tarkibiga boshqa tashkilotlar hamda sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma)lar mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
60. Sport turlari boʻyicha trenerlar attestatsiya boshlanishidan kamida oʻn kun oldin attestatsiyadan oʻtuvchilarning attestatsiyaga oid maʼlumotlari va hujjatlarini toʻplaydi hamda attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
61. Attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchi-sportchilarning quyidagi hujjatlari koʻrib chiqiladi:
yil (oʻquv yili) davomida erishgan natijalari;
yil boshidagi va attestatsiya oʻtkazilayotgan vaqtdagi sport razryadi yoki unvoni;
yil davomida qatnashgan musobaqalari soni va koʻrsatgan natijalari tahlili;
terma jamoaga aloqadorlik darajasi;
koʻrsatgan eng yaxshi natijasi;
trenerlar jamoasining tavsiyasi;
yil (oʻquv yili) davomida oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi;
yil (oʻquv yili) davomida oʻquvchi-sportchilar turarjoyida ichki tartib-qoidalarga rioya etishi;
sogʻligʻi toʻgʻrisida shifokor xulosasi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
62. Attestatsiyadan oʻtuvchi oʻquvchi-sportchilarning attestatsiya varaqasi hujjatlari boʻlim instruktor-metodisti hamda bosh trenerlar tomonidan attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
Attestatsiya komissiyasi hujjatlarni tahlil qilib, attestatsiyadan oʻtuvchining sport, maʼnaviy-maʼrifiy va oʻqish jarayonidagi faoliyatini tahlil qilish hamda baholash asosida maʼlumotnoma-attestatsiya varaqasini tayyorlaydi.
63. Attestatsiya varaqasi sport turi boʻyicha bosh trener, oʻquvchining shaxsiy treneri, boʻlim instruktor-metodisti, boʻlim tarbiyachisi, sinf rahbari va shifokor tomonidan imzolanadi.
64. Attestatsiya natijalari boʻyicha attestatsiya komissiyaning qarori komissiya aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
65. Attestatsiya komissiyasi qarori attestatsiya varagʻiga yoziladi va attestatsiyadan oʻtuvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan soʻng eʼlon qilinadi.
66. Attestatsiya oʻtkazish meʼyorlari va baholash mezonlariga koʻra ijobiy natija boʻlsa, “loyiq” qarori qabul qilinadi, salbiy natijada esa “noloyiq” xulosasi beriladi.
Oʻquvchi-sportchilarni bosqichli nazorat hamda attestatsiyadan oʻtkazish meʼyorlari va baholash mezonlari Agentlik tomonidan belgilanadi.
Attestatsiya oʻtkaziladigan oʻqish davrida oʻquv fanlaridan birini oʻzlashtira olmagan oʻquvchi-sportchiga nisbatan komissiya “noloyiq” deb xulosa berishi lozim.
67. Attestatsiya komissiyasi qarori bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va ular asosida tegishli buyruqlar chiqarilib, oʻquvchiga va uning ota-onasiga (qonuniy vakiliga) maʼlum qilinadi.
68. Attestatsiyadan oʻtuvchi attestatsiyaga uzrli sabab (betobligi tufayli yoki yaqin qarindoshi vafot etgan hollarda) bilan kelmagan taqdirda, attestatsiyadan oʻtkazish boshqa muddatga koʻchiriladi.
69. Attestatsiyadan oʻtuvchi attestatsiyaga uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda, attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda oʻquvchi-sportchilar safidan chetlashtiriladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
70. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
71. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga oʻquvchilarni saralab olish, qabul qilish hamda chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Sport maktablariga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Agentlik
1. Oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun qabul komissiyasi tuziladi. Tarkib Agentlik direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan oldin
Qabul komissiyasi
2. Kirish imtihonlarini oʻtkazish jadvallari tasdiqlanadi, Agentlikning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin
3. Oʻquvchilar tomonidan onlayn shaklda taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish jarayonida qabul qilinadi yoki tahrirga yuboriladi yoki rad etiladi.
20 kundan kam boʻlmagan muddatda
4. Sport maktablariga oʻquvchilarning kirish imtihonlari yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga maslahat berib boriladi.
Hujjatlarni qabul qilish davrida
2-bosqich
Qabul komissiyasi
1. Kirish imtihonlarini oʻtkazish joylari tayyorlanadi.
2. Kirish imtihonlari materiallari tayyorlanadi.
Kirish imtihonlari boshlanishidan oldin
3-bosqich
Qabul komissiyasi mahalliy tashkilot bilan birgalikda
1. Kirish imtihoni birinchi bosqichining umumjismoniy tayyorgarlik turi oʻtkaziladi.
2. Kirish imtihoni birinchi bosqichining texnik-taktik (umumkasbiy) tayyorgarlik turi oʻtkaziladi.
Tasdiqlangan jadval asosida
4-bosqich
Qabul komissiyasi mahalliy tashkilot bilan birgalikda
1. Kirish imtihonining ikkinchi (test) bosqichi oʻtkaziladi.
Tasdiqlangan jadval asosida
2. Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Test sinovlaridan keyin 20 kun ichida
5-bosqich
Apellyatsiya komissiyasi
1. Kirish imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan oʻquvchilarning arizalari qabul qilinadi.
Har bir bosqich imtihon natijalari eʼlon qilingandan soʻng 3 kun ichida
2. Oʻquvchilarning murojaatlari koʻrib chiqiladi, arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida murojaatchiga xulosa beriladi.
Ariza topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida
6-bosqich
Qabul komissiyasi
Imtihon natijalariga hamda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik xulosasiga asosan oʻquvchilarni maktabga oʻqishga qabul qilish haqida sport maktabi direktorining oʻqishga qabul qilish haqidagi buyrugʻi chiqariladi.
Yangi oʻquv yili boshlangunga qadar
7-bosqich
Qabul komissiyasi
Sinflarning har biridagi oʻquvchilar soni 24 nafardan kamaygan hollarda, mavjud boʻsh oʻrinlar tanlov asosida toʻldiriladi.
Boʻsh oʻrinlarni toʻldirishda Oʻzbekiston chempionati, kubogi hamda Respublika turnirlari gʻolib va sovrindorlariga ustunlik beriladi.
Oʻquv yili yakunlangandan soʻng
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/524/0759-son; 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)