Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-son qarori (roʻyxat raqami 2709, 2015-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 32-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom tijorat banklarining, shu jumladan mikromoliya banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.”.
2.
43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Majburiyatlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlash maqsadida:
banklar (bundan mikromoliya banklari mustasno) lahzali likvidlilik, likvidlilikni qoplash, sof barqaror moliyalashtirish va yuqori likvidli aktivlarining jami aktivlardagi ulushiga oʻrnatilgan meʼyorlarni;
mikromoliya banklari likvidlilikni qoplash, sof barqaror moliyalashtirish va yuqori likvidli aktivlarining jami aktivlardagi ulushiga oʻrnatilgan meʼyorlarni bajarishlari lozim.”.
“LQMK 100 foizdan kam boʻlmasligi lozim. Ushbu koʻrsatkich banklar (bundan mikromoliya banklari mustasno) tomonidan:”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mikromoliya banki tomonidan ushbu koʻrsatkich barcha valyutalarda taʼminlanishi shart.”.
“banklarning” degan soʻzdan keyin “(bundan mikromoliya banklari mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mikromoliya banklari yuqori likvidli aktivlarining jami aktivlardagi ulushi kun oxiriga 5 foiz miqdordan kam boʻlmasligi lozim.”.
“SBMMK 100 foizdan kam boʻlmasligi lozim. Ushbu koʻrsatkich banklar (bundan mikromoliya banklari mustasno) tomonidan:”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mikromoliya banki tomonidan ushbu koʻrsatkich barcha valyutalarda taʼminlanishi shart.”;