T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbai | Masʼul ijrochilar |
1. | Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) ustavini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlash. | 1. Oliy maktab ustavi loyihasini ishlab chiqish. 2. Ustavni belgilangan tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish. | 2025-yil avgust | - | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov) |
2. | Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi oʻquvchilari oʻqishni Oliy maktabda davom ettirishini taʼminlash. | Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi oʻquvchilarini Oliy maktabga qabul qilish boʻyicha zarur choralar koʻrish. | 2025-yil avgust | - | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
3. | Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining malakali xodimlarini belgilangan tartibda ochiq tanlov asosida Oliy maktabga qabul qilish. | 1. Madaniyat vazirligi tomonidan respublika komissiyasini tuzish. 2. Respublika komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ochiq tanlov asosida xodimlarni ishga qabul qilish. | 2025-yil avgust | - | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
4. | Oliy maktabga oʻquvchilarni qabul qilish, ularning bilimini baholab borish hamda bitiruvchilarning oʻqishini keyingi taʼlim bosqichida davom ettirish tartibini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 1. Qaror loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil avgust | - | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Qaror loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil sentabr | ||||
3. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil oktabr | ||||
5. | Madaniyat va sanʼat sohasida kadrlar tayyorlashning uzviyligi va uzluksizligini, ijodiy jarayonlar bilan integratsiyasini taʼminlash, malaka oshirish tizimini isloh qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 1. Qaror loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | - | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Qaror loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. | 2025-yil noyabr-dekabr | ||||
3. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil 10-yanvar | ||||
6. | Oliy maktab uchun qoʻshimcha 200 oʻrinli oʻquv binosi, 300 oʻrinli oʻquvchilar turarjoyi binosi hamda zarur infratuzilma obyektlarini barpo etish. | 1. Oliy maktab uchun qoʻshimcha 200 oʻrinli oʻquv binosi, 300 oʻrinli oʻquvchilar turarjoyi binosi hamda zarur infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | Mahalliy budjet mablagʻlari | Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
2. Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 200 oʻrinli oʻquv binosi, 300 oʻrinli oʻquvchilar turarjoyi binosini qurish hamda zarur infratuzilma obyektlari bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2026-2027-yillar | 2026-2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida | |||
7. | Oliy maktab moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. | 1. Oliy maktab uchun zarur anjomlar roʻyxatini shakllantirish hamda texnik parametrlarini ishlab chiqish. | 2025-yil oktabr | Mahalliy budjet mablagʻlari | Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
2. Zarur anjomlarni belgilangan tartibda xarid qilish. | 2026-yil may | ||||
8. | Oliy maktab hududida Sherali Joʻrayev byustini oʻrnatish. | 1. Byustni oʻrnatish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. | 2026-yil aprel | Badiiy akademiya uchun ajratilgan budjet mablagʻlari | Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov) |
2. Byustni loyiha hujjatlari asosida oʻrnatish. | 2027-yil mart | ||||
9. | Har yili aprel oyida Sherali Joʻrayev tavalludi sanasini keng nishonlash. | 1. Sherali Joʻrayev tavalludi sanasini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Chora-tadbirlar rejasi asosida tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish. 3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish. | 2026-yildan boshlab har yili aprel oyida | Ijrochilar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov) |
10. | Yosh isteʼdodlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida milliy qoʻshiqchilik va ijro sanʼati boʻyicha Sherali Joʻrayev nomidagi televizion tanlovni tashkil etish va uni har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib borish. | 1. Televizion tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil oktabr | Ijrochilar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) |
2. Nizom asosida televizion tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish. 3. Televizion tanlovni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish. | 2026-yildan boshlab har yili mart-aprel oylarida | ||||
11. | Oliy maktabda Sherali Joʻrayev ijrosidagi qoʻshiqlarning “oltin fondi”ni yaratish. | 1. Sherali Joʻrayev ijrosidagi qoʻshiqlarning roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil sentabr | Ijrochilar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov) |
2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida Sherali Joʻrayev ijrosidagi qoʻshiqlarning “oltin fondi”ni yaratish. | 2026-yil yanvar | ||||
12. | Sherali Joʻrayev qoʻshiqlarini karaoke yordamida ijro qilishni ommalashtirish. | 1. Sherali Joʻrayev ijrosidagi qoʻshiqlarning roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil sentabr | Ijrochilar mablagʻlari | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida Sherali Joʻrayev qoʻshiqlarini karaoke yordamida ijro qilishga moslashtirish. | 2025-yil oktabr |