Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/12-son qarori (roʻyxat raqami 3229, 2020-yil 13-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2020-y., 10/20/3229/0455-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 2-bandning
birinchi xatboshisi “Banklar” degan soʻzdan keyin “, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2.
33 va 49-bandlarning
ikkinchi xatboshilaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“d” kichik banddagi “bank hisobvaraqlariga.” degan soʻzlar “bank hisobvaraqlariga;” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan toʻldirilsin:
“e) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — davlat aktivlarini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomalari va davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlari tan olgan qarzdorliklarni undirish toʻgʻrisida.”.