toggle_night_mode
Hujjat 29.07.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Mikromoliya tashkiloti va lombard faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 28-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3423-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/26-son “Mikromoliya tashkiloti va lombard faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3423, 2023-yil 7-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2023-y., 10/23/3423/0129-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-iyun,
12/15-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 19-may
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/15-son qaroriga
ILOVA
“Mikromoliya tashkiloti va lombard faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
2) 1-banddagi “Mikromoliya tashkiloti va lombard” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1) nomi, 2, 9 va 47-bandlardagi “Mikromoliya tashkiloti va lombard” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddimadagi “mikromoliya tashkiloti va lombard” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
nobank kredit tashkiloti — mikromoliya tashkiloti, faktoring tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti va lombard;”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “mikromoliya tashkiloti va lombard” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtishda mazkur bandda keltirilgan maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.”;
5) 2-bobning nomidagi “Mikromoliya tashkiloti hamda lombard” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 5 — 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Mikromoliya tashkilotining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining, kafolatlar berish tashkilotining yoki faktoring tashkilotining faoliyati u haqidagi maʼlumotlarni tegishincha mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestriga, kafolatlar berish tashkilotlari reyestriga yoki faktoring tashkilotlari reyestriga kiritish vositasida hisob roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin, lombard faoliyati esa lombard faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.
6. Nobank kredit tashkilotining firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakliga koʻrsatma, shuningdek tashkilotning turiga qarab “mikromoliya tashkiloti”, “faktoring tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish” yoki “lombard” degan soʻz yoki soʻz birikmasi, mikromoliya tashkilotining qisqartirilgan nomida esa (mavjud boʻlganda) “MMT” degan qisqartma soʻz boʻlishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilgari tashkil etilgan yoki tashkil etilayotgan banklarning yoxud nobank kredit tashkilotlarining firma nomlari bilan chalkashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan firma nomlaridan foydalanish taqiqlanadi, bundan quyidagi hollar mustasno:
nobank kredit tashkiloti tomonidan uni tashkil etgan bankning firma nomidan foydalanishi;
bankni tashkil etgan aksiyadorlar tomonidan bankning firma nomidan nobank kredit tashkiloti firma nomida foydalanishi;
oʻz faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirgan mikromoliya tashkiloti tomonidan mikromoliya tashkiloti nomidan foydalanishi.
7. Ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori:
kafolatlar berish tashkiloti uchun — yuz milliard soʻmni;
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti uchun — yigirma besh milliard soʻmni;
mikromoliya tashkiloti va faktoring tashkiloti uchun — ikki milliard soʻmni;
lombard uchun — besh yuz million soʻmni tashkil etadi.
8. Nobank kredit tashkiloti ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori hisob roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza berilgan yoki lombard faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan kunga qadar ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) pul mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi. Bunda, mazkur mablagʻlar mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti hisob roʻyxatidan oʻtkazilguniga qadar yoxud lombard faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilguniga qadar bank hisobvaragʻida saqlanishi lozim.”;
7) 10-bandning birinchi xatboshisidagi “mikromoliya tashkiloti va lombardning” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 11-bandning birinchi xatboshisi va 6-bobning nomidagi “Mikromoliya tashkiloti va lombardning” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 12-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“moliya (kredit) tashkilotining moliyaviy ahvoli yomonlashishiga yoki uning bankrot boʻlishiga yoxud amalga oshirayotgan faoliyatining tugatilishiga olib kelgan harakatlar sodir etishga va (yoki) harakatsizlikka rahbar xodimning aloqadorligi toʻgʻrisidagi dalillarning mavjud emasligi.”;
10) 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Nobank kredit tashkilotining mazkur Nizomning 11-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan rahbar xodimlari quyidagi malaka talablariga muvofiq boʻlishi lozim:
1) mikromoliya tashkiloti, faktoring tashkiloti yoki lombardning:
ijro etuvchi organ rahbari yoki yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organ vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsi — oliy iqtisodiy maʼlumotga yoki bank-moliya sohasida ikki yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlishi;
bosh buxgalteri yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxsi — oliy maʼlumotga yoki buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bogʻliq ikki yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlishi;
2) ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti yoki kafolatlar berish tashkilotining:
ijro etuvchi organ rahbari yoki yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organ vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsi — oliy iqtisodiy maʼlumotga va bank-moliya sohasida besh yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga, shundan ushbu sohalarda rahbarlik lavozimlarida kamida uch yil ish tajribasiga ega boʻlishi;
bosh buxgalteri yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxsi — oliy iqtisodiy maʼlumotga yoki buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bogʻliq uch yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlishi.
14. Lombard oʻz faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnomani yuborguniga qadar garovga olinadigan ashyolarning but saqlanishini, ularga zararli taʼsir koʻrsatilishi va begona shaxslar kirishini istisno etadigan shart-sharoitlarni taʼminlaydigan alohida kassa xonasiga ega boʻlishi lozim.”;
11) quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
“141. Lombardning kassa xonasi quyidagi talablarga javob berishi shart:
gʻishtli yoki temir beton devorlarga, mustahkam eshiklarga, pol va shiftlarga ega boʻlishi;
deraza oʻrinlari boʻlmasligi;
yonmaydigan seyflar bilan jihozlangan, shuningdek ular devorga yoki polga qotirilgan boʻlishi;
ishdan tashqari vaqtda qabul-nazorat uskunasi orqali texnik qoʻriqlash punktiga qoʻriqlashga topshiriladigan qoʻriqlash signalizatsiyasi vositalari, yongʻindan avtomatik xabar beruvchi qurilmalar (tutunli, issiqli va h.k.) bilan jihozlanishi hamda doimiy ishchi holatda boʻlishi;
kassirning ish joyi texnik qoʻriqlash punktiga ulanadigan tashvish tugmalari bilan jihozlangan boʻlishi.
Mazkur talablarni bajarish oʻrniga lombard oʻz faoliyatini kompleks sugʻurtalash polisini taqdim etishga haqli.”;
12) 15-bandning uchinchi xatboshisi “mazkur Nizomning 13-bandi” degan soʻzlardan keyin “1-kichik bandi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
13) 3-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-bob. Mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti va faktoring tashkilotini hisob roʻyxatidan oʻtkazish tartibi”;
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Hisob roʻyxatidan oʻtish uchun mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti (bundan buyon mazkur bobda ariza beruvchi deb yuritiladi) u davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka elektron platforma orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:”;
birinchi xatboshidagi “mikromoliya tashkilotining” degan soʻzlar “ariza beruvchining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardagi “maʼlumotlar” degan soʻz “maʼlumotlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
s) 3-kichik banddagi va 4-kichik bandning birinchi xatboshisidagi “mikromoliya tashkilotining” degan soʻzlar “ariza beruvchining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi “mikromoliya tashkilotini” degan soʻzlardan keyin “, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini, kafolatlar berish tashkilotini yoki faktoring tashkilotini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2-kichik bandning ikkinchi xatboshisi “mikromoliya tashkilotini” degan soʻzlardan keyin “, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini, kafolatlar berish tashkilotini yoki faktoring tashkilotini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
16) 18-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti norezidentlar tomonidan tashkil etilgan hollarda ushbu muddat oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin.”;
17) 19-banddagi “mikromoliya tashkilotiga” degan soʻzlar “ariza beruvchiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 20-banddagi “mikromoliya tashkiloti” degan soʻzlar “ariza beruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 21-banddagi “Mikromoliya tashkilotiga” degan soʻzlar “Ariza beruvchiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 22-banddagi “Mikromoliya tashkilotini” degan soʻzlar “Ariza beruvchini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 24 va 25-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
22) 5-bobning nomidagi “Mikromoliya tashkiloti va lombard” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari hamda ularga aloqador boʻlgan shaxslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek norezidentlar bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi):
oʻn va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan yigirma foizni tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olguniga qadar Markaziy bankni xabardor qilishi;
yigirma va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olguniga qadar Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini (bundan buyon matnda dastlabki ruxsatnoma deb yuritiladi) olishi shart.”;
birinchi xatboshidagi “mikromoliya tashkiloti yoki lombardning” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-kichik bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “mikromoliya tashkiloti yoki lombardning” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) quyidagi mazmundagi 321-band bilan toʻldirilsin:
“321.Ushbu Nizomning 31-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq xabardor etishda Markaziy bankka mazkur Nizomning 81-ilovasiga muvofiq shakldagi xabarnoma yuboriladi. Bunda, xabarnomaga nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning manbalari toʻgʻrisida hujjatlar bilan tasdiqlangan mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi axborot ilova qilinadi.”;
26) 33 va 34-bandlardagi “mikromoliya tashkiloti yoki lombardning” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 35-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilsa, nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun berilgan ariza Markaziy bank tomonidan monopoliyaga qarshi organning qarorini hisobga olgan holda koʻrib chiqiladi.”;
28) 37 va 39-bandlardagi “Mikromoliya tashkiloti yoki lombard” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Nobank kredit tashkilotining filiali (bundan buyon matnda filial deb yuritiladi) yuridik shaxs boʻlmagan, oʻz faoliyatini nobank kredit tashkiloti nomidan uning vakolatli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiradigan alohida boʻlinmasi hisoblanadi.”;
30) 40 va 41-bandlardagi “mikromoliya tashkiloti yoki lombard” degan soʻzlar “nobank kredit tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31) 7-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7-bob. Nobank kredit tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni reyestrdan chiqarish”;
32) 42 va 43-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Nobank kredit tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishincha mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan, kafolatlar berish tashkilotlari reyestridan, faktoring tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan (bundan buyon matnda tegishli reyestr deb yuritiladi) chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Markaziy bank tomonidan quyidagi hollarda qabul qilinadi:
nobank kredit tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunida hamda mazkur Nizomda taqiqlangan va (yoki) nazarda tutilmagan faoliyat amalga oshirilganda;
mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti oʻzi haqidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, shuningdek Markaziy bank lombardning faoliyati tugatilganligi haqida xabarnoma olganda;
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga nobank kredit tashkilotining faoliyati tugatilganligi haqida yozuv kiritilganda;
mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirilganda;
nobank kredit tashkiloti toʻlovga qobiliyatsiz boʻlib qolganda (kreditorlarning talablarini ularni bajarish muddatlari boshlangan kundan eʼtiboran uch oy ichida qanoatlantirishga qodir emasligi va (yoki) majburiyatlarning aktivlardan oshib ketganligi);
Markaziy bankning nazoratga doir vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilinganda;
ayrim operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha cheklovlarning amal qilish davrida nobank kredit tashkiloti tomonidan ushbu operatsiyalar amalga oshirilganda;
mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti, faktoring tashkiloti hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun arizada yoki lombardning faoliyati boshlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada soxta hujjatlardan foydalanganda — sud qaroriga asosan.
43. Markaziy bank quyidagi hollarda nobank kredit tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli:
nobank kredit tashkiloti nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etmaganda;
nobank kredit tashkiloti ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan miqdordan kam boʻlganda;
nobank kredit tashkilotining rahbar xodimlari ishchanlik obroʻsiga doir talablar hamda malaka talablariga muvofiq boʻlmaganda;
Oʻzbekiston Respublikasi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasida nazarda tutilgan faoliyat ketma-ket olti oydan ortiq vaqt davomida amalga oshirilmaganda;
lombard faoliyatini amalga oshirishi uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi toʻgʻrisida yolgʻon yoki ishonchsiz axborot berilganda.”;
33) quyidagi mazmundagi 431 va 432-bandlar bilan toʻldirilsin:
“431. Mikromoliya tashkiloti, faktoring tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti yoki kafolatlar berish tashkiloti uning vakolatli boshqaruv organi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Markaziy bankka elektron platforma orqali mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shaklda oʻzi haqidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi.
432. Markaziy bank ushbu Nizomning 431-bandida nazarda tutilgan ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida mikromoliya tashkiloti, faktoring tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti yoki kafolatlar berish tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Markaziy bank mikromoliya tashkiloti, faktoring tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti yoki kafolatlar berish tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida bu haqda mazkur tashkilotni elektron platforma orqali xabardor qiladi.”;
34) 45 va 46-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Nobank kredit tashkiloti oʻzi haqidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida Markaziy bankning xabarnomasini olgan sanadan eʼtiboran yangi xizmatlar koʻrsatishga haqli emas.
46. Nobank kredit tashkiloti oʻzi haqidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida Markaziy bank tomonidan qaror qabul qilinganidan keyin oʻttiz kun ichida oʻz firma nomidan “mikromoliya tashkiloti”, “faktoring tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish”, “lombard” degan soʻzni yoki soʻz birikmalarini, shuningdek “MMT” degan qisqartirma soʻzni hamda “kafolatlar berish” degan soʻz birikmasini (mavjud boʻlganda) chiqarib tashlashi yoxud faoliyatni tugatish yoki qayta tashkil etish natijasida tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.”;
35) 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA”;
1.1.-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.1. F.I.O. va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) _______________________________________”;
2.3.-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2.3. Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga egalik qilish uchun ishlatiladigan mablagʻlar manbasi va summasini koʻrsating __________________________________________
Agar nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga egalik qilish uchun likvid aktivlar yetarli boʻlmasa va shu maqsadda boshqa aktivlarni sotish zarur boʻlsa — rejalashtirilayotgan sotuvlar haqida batafsil maʼlumotni bering __________________________________”;
3.7.-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3.7. Boshqa shaxslar bilan birgalikda ishtirokchilar (aksiyadorlar) umumiy yigʻilishlarida ovoz berish huquqini, shu jumladan nobank kredit tashkilotining kuzatuv kengashi (mavjud boʻlganda) va ijro etuvchi organlari aʼzolarining koʻpchiligini tayinlash huquqini kelishilgan holda amalga oshirishni hamda nobank kredit tashkilotini yoki uni nazorat qiluvchi shaxslarni boshqarishda kelishilgan faoliyatni amalga oshirishni maqsad qilgan (maqsad qiladigan) yoki shunday oqibatga olib kelgan (olib keladigan) bitimning mavjudligi yoki uni tuzish niyatining, tuzish shaklidan qatʼi nazar, mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsating __________________________
Mavjud boʻlsa, shartnoma nusxasini ilova qiling (shartnoma loyihasi).”;
4.1. va 4.2.-bandlardagi “mikromoliya tashkiloti/lombard” degan soʻzlar “nobank kredit tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4.3.-banddagi “mikromoliya tashkilotini/lombardni” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Izohlarning 3-bandidagi “Mikromoliya tashkiloti va lombard” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2b-ILOVA”;
1.19. va 3.1.-bandlardagi “mikromoliya tashkilotining/lombardning” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2.4.-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2.4. Jamiyatning kuzatuv kengashi va (yoki) ijro etuvchi organi aʼzolari, moliyaviy boshqaruvchisi yoki bosh buxgalteri, direktori jamiyat tomonidan egalik qilish moʻljallanayotgan nobank kredit tashkilotining ulushlari (aksiyalari) egasi hisoblanadimi? Agar shunday boʻlsa, quyidagi jadvalni toʻldiring:

F.I.O.

Lavozimi

Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi

Qoʻshimcha maʼlumotlar yoki izohlar

soʻmda

foizda

.

2.6.-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2.6. Boshqa shaxslar bilan birgalikda aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida ovoz berish huquqini, shu jumladan nobank kredit tashkilotining kuzatuv kengashi yoki ijroiya organi aʼzolarining koʻpchiligini tayinlash huquqini kelishilgan holda amalga oshirishni hamda nobank kredit tashkilotini yoki uni nazorat qiluvchi shaxslarni boshqarishda kelishilgan faoliyatni amalga oshirishni maqsad qilgan (maqsad qiladigan) yoki shunday oqibatga olib kelgan (olib keladigan) bitimning mavjudligi yoki uni tuzish niyatining, tuzish shaklidan qatʼi nazar, mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsating. ____________________________________________________________
Mavjud boʻlsa, shartnoma nusxasini (shartnoma loyihasini) ilova qiling.”;
3.4. va 3.5.-bandlardagi “mikromoliya tashkiloti/lombard” degan soʻzlar “nobank kredit tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3.6-banddagi “mikromoliya tashkilotini/lombardni” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Izohdagi “Mikromoliya tashkiloti va lombard” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA”;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotining/Yuridik shaxsning rahbar xodimlari toʻgʻrisida MAʼLUMOT”;
1.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.1. F.I.O. va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) _____________________________________”;
1.11-banddagi jadvalning “Kirgan va tamomlagan yili” ustunidan keyin quyidagi mazmundagi ustun bilan toʻldirilsin:

Diplom raqami va sanasi

”.

Izohdagi “Mikromoliya tashkiloti va lombard” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
39) 4-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA”;
40) 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
41) 6-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA”;
42) 7-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA”;
ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA”;
nomidagi “Mikromoliya tashkilotining/Lombardning” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matndagi “mikromoliya tashkilotining/lombardning” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA”;
nomidagi “Mikromoliya tashkilotining/Lombardning” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matndagi “mikromoliya tashkilotining/lombardning” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
45) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 81-ilova bilan toʻldirilsin;
ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA”;
nomidagi “Mikromoliya tashkiloti/Lombard” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matndagi “mikromoliya tashkilotining/lombardning” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA”;
nomidagi “Mikromoliya tashkiloti/Lombard” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matndagi “mikromoliya tashkilotining/lombardning” degan soʻzlar “nobank kredit tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA”;
nomidagi “Mikromoliya tashkiloti/Lombard” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matndagi “mikromoliya tashkilotining/lombardning” va “Mikromoliya tashkiloti/Lombard” degan soʻzlar tegishli ravishda “nobank kredit tashkilotining” va “Nobank kredit tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
49) mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 13-ilova bilan toʻldirilsin.
“Mikromoliya tashkiloti va lombard faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Nobank kredit tashkilotini hisob roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida

ARIZA

Quyidagi rekvizitlar bilan _______________________________________________________ni
                                                                               (nobank kredit tashkilotining turi)

hisob roʻyxatidan oʻtkazishingiz soʻraladi:

1. Toʻliq firma nomi: ________________________________________;

2. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami: __________________________________;

3. Joylashgan yeri (pochta manzili): ________________________________________;

4. Bank hisobvaragʻi rekvizitlari: ________________________________________;

5. Arizaga ilova qilingan hujjatlar roʻyxati ______varaqda:

1) ______________________________;

2) ______________________________;

3) ______________________________;

...

Ushbu orqali Markaziy bank tomonidan hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan barcha qoʻshimcha maʼlumotlarning tegishli tashkilotlardan olinishiga rozilik beriladi.

Taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun muassislar toʻliq javobgar hisoblanadi.

“____” ______________ 20____ y.

Vakolatli shaxsning F.I.O.

                                                           _________________

(imzo)

.

“Mikromoliya tashkiloti va lombard faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
81-ILOVA

Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olish toʻgʻrisida

XABARNOMA

Ushbu orqali _______________________________________________________________________
                                                (jismoniy shaxsning F.I.O./yuridik shaxsning toʻliq firma nomi)

nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olish toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Xabardor qiluvchining maʼlumotlari:

1. JSHSHIR/STIR: _______________________________________________;

2. Doimiy yashash joyi/roʻyxatdan oʻtgan manzili: ______________________;

3. Bank hisobvaragʻi rekvizitlari: ____________________________________;

4. Bogʻlanish uchun telefon raqami: __________________________________.

Amalga oshiriladigan bitim haqida maʼlumotlar:

1. Nobank kredit tashkilotining toʻliq firma nomi: _______________________;

2. Egalik qilinadigan ulushning nominal qiymati (soʻmda va foizda): ________;

3. Egalik qilish turi (bevosita/bilvosita): _______________________________;

4. Ulush bilvosita olinadigan yuridik shaxs maʼlumotlari (toʻliq firma nomi va STIR): ________________________________________;

5. Bitim summasi: _________________________________________________.

Xabarnomaga ilova qilingan hujjatlar roʻyxati ______varaqda:

1) ______________________________;

2) ______________________________;

3) ______________________________;

Ushbu orqali Markaziy bank tomonidan zarur boʻlgan barcha qoʻshimcha maʼlumotlarning tegishli tashkilotlardan olinishiga rozilik beriladi.

Taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun xabardor qiluvchi toʻliq javobgar hisoblanadi.

“____” ______________ 20____ y.

Vakolatli shaxsning F.I.O.

_________________________

(imzo)

.

“Mikromoliya tashkiloti va lombard faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
“Nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA

Nobank kredit tashkilotini tegishli reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi

ARIZA

Sizdan __________________________________________________________________________ni

                                                      (nobank kredit tashkiloti turi)

_______________________________________________________________________________ reyestridan

                                                                            (tegishli reyestr nomi)

chiqarishni soʻraymiz:

1. Toʻliq firma nomi: ___________________________________________;

2. Joylashgan yeri (pochta manzili): ________________________________;

3. Bank hisobvaragʻi rekvizitlari: ________________________________;

4. Reyestr raqami va sanasi: _______________________________________;

5. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR): ________________;

6. Nobank kredit tashkilotini reyestrdan chiqarish uchun asos: __________.

Arizaga ilova qilingan hujjatlar roʻyxati (agar mavjud boʻlsa) _________ varaqda:

1) _______________________________;

2) _______________________________;

3) _______________________________;

“____” ________________ 20____ y.

Nobank kredit tashkiloti rahbari F.I.O.

_________________________

_________________

(imzo)

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 10/25/3423-1/0660-son)