Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 11-iyundagi 13/8-son qarori (roʻyxat raqami 3269, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3269/1113-son) bilan tasdiqlangan Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2025-yil 24-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
2.
4-banddagi “bankining” degan soʻz “bankning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3.
17-banddagi “qaror nusxasidan koʻchirma yuboradi” degan soʻzlar “yozma ravishda xabardor qilishi shart” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Banklar kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda qarz oluvchining joriy qarz yuki koʻrsatkichini hisoblashlari kerak. Qarz yuki koʻrsatkichi Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) talablariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.”.
6.
36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Agar ipoteka predmeti bankning talablariga javob bersa, ipoteka kreditining individual parametrlarini aniqlash uchun bank kreditning garovga nisbati koʻrsatkichini hisoblaydi. Kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) talablariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.”.