1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining
Qarori
“Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3121-2]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank boshqaruvi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2018-yil 13-dekabrdagi 153, 350-V, 56-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3121, 2019-yil 15-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 10/19/3121/2483-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-iyun,
265-son
Markaziy banki Boshqaruvi raisi T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 5-iyun,
350-B-2-son
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2025-yil 29-may,
32-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston fermerlari kengashi Raisi A. XAITOV
2025-yil 9-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 265-son, Markaziy bank boshqaruvining 2025-yil 5-iyundagi 350-B-2-son va Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 29-maydagi 32-son qaroriga ILOVA
“Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“1. Fermer xoʻjaliklarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermerlari kengashiga oʻtkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
“Mazkur Nizom fermer xoʻjaliklarining aʼzolik badalini (bundan buyon matnda aʼzolik badali deb yuritiladi) Oʻzbekiston fermerlari kengashiga (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) oʻtkazib berish tartibini belgilaydi.”;
“1. Aʼzolik badallari Kengash tizimini moliyalashtirish uchun tuman fermer xoʻjaliklari kengashlarining (bundan buyon matnda tuman kengashi deb yuritiladi) asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi. Tuman kengashlari tomonidan kelib tushgan aʼzolik badallari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer xoʻjaliklari kengashlarining (bundan buyon matnda hududiy kengash deb yuritiladi) asosiy hisobvaragʻiga, hududiy kengashlar tomonidan esa Kengashning asosiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.”;
“paxta va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtiriladigan paxta xomashyosi boʻyicha birjada eʼlon qilinadigan boshlangʻich narxidan hamda donning shakllangan oʻrtacha narxidan 0,6 foiz miqdorida, bunda 2025-yil hosilidan boshlab paxtadan gektariga 50 sentnerdan va gʻalladan 80 sentnerdan yuqori hosil olgan fermer xoʻjaliklari uchun 0,3 foiz miqdorida;”;
“5. Tuman kengashlariga aʼzolik badallarini kirim qilish uchun tijorat banklarida ochilgan kengashlarning daromad va xarajatlari uchun 20212-son asosiy hisobvaraqlari ochiladi.
6. Aʼzolik badali har yili fermer xoʻjaliklari tomonidan oyma-oy fermer xoʻjaliklarining toʻlov topshiriqnomalari yoki tuman kengashlari tomonidan shartnomaga muvofiq qoʻyiladigan toʻlov talabnomalariga asosan tuman kengashlarining 20212-son asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
7. Tuman kengashlarining 20212-son asosiy hisobvaragʻiga aʼzolik badallari uchun kelib tushgan mablagʻlar keyingi ish kunidan kechikmagan holda bank hisobvaragʻi shartnomasiga asosan toʻlov topshiriqnomasi yoki memorial order orqali toʻliq hududiy kengashning 20212-son asosiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
8. Hududiy kengashning 20212-son asosiy hisobvaragʻiga tuman kengashlaridan kelib tushgan mablagʻlar keyingi ish kunidan kechikmagan holda bank hisobvaragʻi shartnomasiga asosan toʻlov topshiriqnomasi yoki memorial order orqali toʻliq Kengashning 20212-son asosiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.”;