OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-son “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;”;
3.
1a-ilovaning “Izohlar” qismi 3-bandidan “va qoʻshimcha masʼuliyatli” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.