1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-maydagi PQ-171-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-maydagi PQ-171-son qaroriga muvofiq:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
a) 2025-yil 1-iyundan boshlab oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qoʻllab quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) joriy etilishi;
b) Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyilishi:
uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati;
uy sharoitida qarab turish xizmati;
tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
shaxsiy yordamchi xizmati;
v) Dastur doirasida yoʻlga qoʻyiladigan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismini vaucher asosida qoplab berish tizimi joriy etilishi. Bunda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
vaucher qiymati Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar va Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda subsidiya shaklida toʻlanishi;
yoʻlga qoʻyiladigan ijtimoiy xizmatlar Agentlikning “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va tizim tashkilotlari bilan bir qatorda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan koʻrsatilishi;
vaucher berish va uning qiymatini toʻlash hamda ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchilar bilan shartnomalar imzolash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
a) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab Dastur doirasida yoʻlga qoʻyiladigan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi shaxslar uchun Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi. Bunda:
qisqa muddatli oʻquv kurslari 36 soatdan kam boʻlmagan oʻquv dasturi (onlayn yoki oflayn shaklda) boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdoridagi toʻlov-shartnoma asosida, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari xodimlari uchun esa bepul tashkil etiladi;
qisqa muddatli oʻquv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan shaxslarga amal qilish muddati uch yil boʻlgan mazkur qarorga 2-ilovada belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. Bunda Dastur doirasida yoʻlga qoʻyiladigan ijtimoiy xizmatlar ushbu sertifikatga ega boʻlgan shaxslar tomonidan koʻrsatiladi;
qisqa muddatli oʻquv kursida oʻquv jarayoni Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan tasdiqlangan oʻquv reja va dasturga muvofiq tashkil etiladi;
b) Agentlik va uning tizim tashkilotlariga tegishli, shuningdek mahalla hududida joylashgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari Toshkent shahrida ijara toʻlovining eng kam miqdoriga 0,25 koeffitsiyent qoʻllangan holda, qolgan hududlarda ijara toʻlovining eng kam miqdorida balansda saqlovchi tomonidan Dastur doirasida hamda boshqa ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi nodavlat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berishga ruxsat beriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
v) Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va xizmatlardan foydalanish jarayonida SMS-xabar yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasi, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi.
4. Agentlik:
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2025-yil 1-iyulga qadar “Ijtimoiy himoya” ATda Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, boshqarish, ularga ishlov berish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda zarur hollarda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini taʼminlash, shuningdek ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini nazorat qilish imkoniyatlariga ega boʻlgan “Oila hamkori” platformasi ishga tushirilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari]
uch oy muddatda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxslar uchun masofadan turib Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Ijtimoiy himoya” AT orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratsin;
b) ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
istisno tariqasida, uyda ijtimoiy-maishiy xizmatlar koʻrsatilayotgan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestridagi shaxslarni murojaat talab etmagan hamda shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi hamda yashash sharoitlarini baholashdan oʻtkazmagan holda, mazkur xizmatlardan foydalanish xarajatlarini vaucher asosida qoplash tizimiga oʻtkazilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi xodimlarda professional ish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestridagi shaxslarga uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati uchun budjetdan ajratiladigan subsidiyalarni bir satrda rejalashtirilishini taʼminlasin;
g) 2025-yil 1-oktabrga qadar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan koʻrsatiladigan Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlarni bosqichma-bosqich tadbirkorlik subyektlari yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar orqali koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
5. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-iyun,
376-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 376-son qaroriga 1-ILOVA
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom oʻzgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarga “Faol hayotga qadam” dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) doirasida belgilangan ijtimoiy xizmatlardan (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy xizmatlar) foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) tomonidan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxslarning quyidagi ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlari baholanadi va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) vaucher shakllantiriladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.03.00 Uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.03.00 Uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
uy sharoitida qarab turish xizmati;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.03.00 Uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari]
shaxsiy yordamchi xizmati.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
3. “Inson” markazi tomonidan beriladigan vaucher bilan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari mazkur Nizomga 2a — 2d-ilovalarga muvofiq subsidiya shaklida qoplab beriladi.
Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari vaucherda belgilangan xizmat koʻrsatish hajmi (soati)dan kelib chiqib qoplab beriladi.
4. Ijtimoiy xizmatlar “Inson” markazlari va (yoki) tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan koʻrsatiladi.
5. Koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar haqidagi maʼlumotlar hamda ushbu xizmatlardan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari xizmat koʻrsatilgan kunda xizmat koʻrsatuvchi tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib boriladi.
2-bob. Murojaat qilish va murojaatni koʻrib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
7. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs yoki uning vakili “Inson” markaziga oʻzi kelgan holda yoki oʻzi yashaydigan hududda faoliyat yurituvchi “Inson” markazining ijtimoiy xodimiga yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Ijtimoiy himoya” AT orqali murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Bunda murojaat qilgan shaxs ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxsda yuqumli kasallik bilan kasallanish holatlarining mavjud emasligi toʻgʻrisida oilaviy poliklinikadan berilgan maʼlumotnomani taqdim etishi yoki tegishli axborot portaliga biriktirishi lozim.
8. “Inson” markazining operatori yoki ijtimoiy xodimi mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq ijtimoiy xizmatlardan foydalanish uchun murojaatni qabul qilish boʻyicha soʻrovnomani “Ijtimoiy himoya” ATda rasmiylashtirish orqali murojaatni qabul qiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
9. Murojaat qilgan shaxs rasmiylashtirilgan soʻrovnomadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi hamda oʻzi tomonidan maʼlum qilingan mobil telefon raqamiga SMS-xabar orqali yuboriladigan maxsus kodni maʼlum qilish, Face-ID yoxud imzoni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) yoxud imzo qoʻyish yoʻli bilan uni tasdiqlaydi.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat qilinganda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
10. Tasdiqlangan soʻrovnoma “Ijtimoiy himoya” ATda real vaqt rejimida tegishli hududdagi “Inson” markazi direktoriga masʼul xodimni (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazining masʼul xodimi) biriktirish uchun yuboriladi.
11. “Inson” markazining masʼul xodimi “Ijtimoiy himoya” AT orqali kelib tushgan soʻrovnomani yetti ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi.
12. “Inson” markazining masʼul xodimi tomonidan soʻrovnomani koʻrib chiqishda “Ijtimoiy himoya” ATda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxsning:
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestri (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestri) yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilganligi holati yoxud “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila) ekanligi oʻrganiladi;
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni eʼtirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda Bartel va Lauton shkalalarini rasmiylashtirish orqali oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi baholanadi;
mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq soʻrovnomani rasmiylashtirish orqali oilasi yoki oʻzini ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji aniqlanadi.
13. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs mazkur Nizomga 2a — 2d-ilovalarga muvofiq pasportlarning “Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi” pozitsiyasida belgilangan mezonlarga mos boʻlmaganda vaucher berish rad etiladi.
3-bob. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga vaucher berish tartibi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
14. Soʻrovnomani koʻrib chiqish natijalari mazkur Nizomga 2a — 2d-ilovalarda tegishli ijtimoiy xizmatlar uchun belgilangan mezonlarga mos boʻlgan taqdirda, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs uchun taqdim etilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy xizmatlar turlari, xizmat koʻrsatish muddatlari, vaqti va davriyligi “Ijtimoiy himoya” ATda avtomatik tarzda shakllanadi.
Bunda “Inson” markazining masʼul xodimi tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda shakllangan ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxsga taklif qilinadi.
15. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs oʻz xohishiga koʻra, unga taklif etilgan ijtimoiy xizmatlardan birini tanlaydi.
16. Agentlikning tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarma) hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs oʻrtasida tanlangan ijtimoiy xizmatdan foydalanish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish boʻyicha vaucher berishni nazarda tutuvchi tuziladigan shartnoma loyihasi “Ijtimoiy himoya” ATda avtomatik tarzda shakllanadi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
17. Imzolangan shartnoma “Ijtimoiy himoya” ATda elektron shaklda tuzilgan hollarda, undagi tegishli maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasiga yuboriladi.
18. Shartnoma maʼlumotlari asosida “Ijtimoiy himoya” ATda tegishli ijtimoiy xizmatdan 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda foydalanish huquqi bilan vaucher shakllanadi.
19. “Ijtimoiy himoya” ATda vaucher shakllantirilganligi haqida shu kunning oʻzida ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining mobil telefon raqamiga hamda YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga SMS-xabar yuboriladi yoki ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi bir ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda “Inson” markazining ijtimoiy xodimi tomonidan xabardor qilinadi.
20. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi vaucher berilganligi haqida mobil telefon raqamiga SMS-xabar kelib tushgan yoki “Inson” markazining ijtimoiy xodimi tomonidan xabardor qilingan vaqtdan boshlab oʻn ish kuni ichida oʻz xohishiga koʻra “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida xizmat koʻrsatuvchini tanlashi lozim.
Xizmatdan foydalanuvchi mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddat ichida “Ijtimoiy himoya” AT orqali xizmat koʻrsatuvchini tanlamagan taqdirda, unga berilgan vaucher bekor qilinadi va bu haqida xizmatdan foydalanuvchiga xabar beriladi.
4-bob. Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchiga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
21. Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish bilan shugʻullanish istagidagi “Inson” markazlari, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ixtiyoriy ravishda elektron ofertani tasdiqlash orqali “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan oʻtadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
22. Agentlik tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchilarning yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr) yuritiladi.
23. Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish bilan shugʻullanish istagidagi “Inson” markazlari, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi maʼlumotlarni kiritish orqali soʻrovnoma toʻldiriladi:
yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda telefon raqami;
yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami hamda telefon raqami;
tadbirkorlik subyekti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning yuridik manzili, hisobvaragʻi, bank rekvizitlari;
tadbirkorlik subyekti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish hududi;
koʻrsatilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy xizmat turlari va qamrovi bilan bogʻliq maʼlumotlar;
ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishga moʻljallangan bino va inshootning mavjudligi hamda uning mulk huquqi yoki boshqa huquq asosida unga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi (xizmatdan foydalanuvchining yashash joyiga borgan holda xizmat koʻrsatiladigan hollarda talab etilmaydi);
ijtimoiy xizmatlar xizmatdan foydalanuvchining yashash joyidan tashqarida koʻrsatilgan hollarda, ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishga moʻljallangan bino va inshootning yongʻin xavfsizligi talablariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi xulosalar;
ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishda yoki ularni koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va tadbirlarni amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari talab etiladigan hollarda tegishli hujjatning mavjudligi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yagona nizom.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
24. “Inson” markazlari, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soʻrovnomasi tegishliligi boʻyicha hududiy boshqarmada kamida uch kishidan iborat tarkibda tuziladigan oʻrganish guruhi (keyingi oʻrinlarda — oʻrganish guruhi) tomonidan soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq minimal talablarga muvofiqligi oʻrganib chiqiladi.
Bunda oʻrganish natijasi boʻyicha oʻrganish guruhi tomonidan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchining ijtimoiy xizmatni (xizmatlarni) koʻrsatishga tayyor yoki tayyor emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiriladi va elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishiladi hamda hududiy boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
25. Oʻrganish guruhi tomonidan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish bilan shugʻullanish istagidagi “Inson” markazlari, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ijtimoiy xizmatni (xizmatlarni) koʻrsatishga tayyorligi toʻgʻrisida xulosa bilan birga “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan oʻtish uchun soʻrovnoma tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Oʻrganish natijasi boʻyicha oʻrganish guruhi tomonidan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish bilan shugʻullanish istagidagi “Inson” markazlari, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ijtimoiy xizmatni (xizmatlarni) koʻrsatishga tayyor emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtirilganda, uning “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasida roʻyxatdan oʻtish uchun yuborilgan soʻrovnomasini tasdiqlash rad etiladi va bu haqida ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish bilan shugʻullanish istagidagi subyektga xabar beriladi.
5-bob. Ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini baholash
26. Ijtimoiy xizmatlarning samaradorligi Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlari hamda markaz mavjud boʻlmagan hududlarda Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli hududdagi “Inson” markazi bilan birgalikda ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tuzgan holda xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan vaqtdan boshlab har olti oyda bir marotaba baholab boriladi.
29. Ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini baholash mazkur Nizomga 2a — 2d-ilovalarga muvofiq mezonlar asosida Ishchi guruh tomonidan oʻrganish va tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
30. Koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlardan foydalanuvchi shaxsning qoniqish darajasi quyidagi tartiblardan biriga muvofiq bir oyda kamida bir marotaba ushbu shaxs tomonidan mazkur Nizomga 2a — 2d-ilovalarga muvofiq baholab boriladi:
“Ijtimoiy himoya” ATdagi xizmatdan foydalanuvchining shaxsiy kabinetida taqdim etiladigan soʻrovnoma asosida;
“Inson” markazi tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga SMS-xabarnoma yuborish orqali.
6-bob. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismini vaucher asosida qoplab berish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
31. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish yuzasidan vaucherning foydalanilgan qismi boʻyicha subsidiya uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan va qolgan ijtimoiy xizmatlar uchun Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali Dastur doirasida ijtimoiy xizmatlardan foydalanish boʻyicha vaucherning foydalanilgan qismi miqdorida toʻlovlarni amalga oshirish va hisobini yuritish Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar uchun Agentlikning hududiy boshqarmalaridagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida, Jamgʻarmadan ajratiladigan subsidiyalar Jamgʻarmada alohida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida yuritiladi.
32. Koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar haqidagi maʼlumotlar hamda ushbu xizmatlardan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari “Ijtimoiy himoya” ATga kiritish orqali ushbu maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda elektron davomat tabeli shakllanadi va elektron davomat tabeli asosida ajratiladigan subsidiyaning oylik miqdori avtomatik hisob-kitob qilinadi.
Bunda davomat mobil ilova yoki maxsus qurilmalar yordamida jismoniy shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali yuritiladi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
33. Axborot modulining mobil ilovasidan yoki maxsus qurilmalardan Internet jahon axborot tarmogʻisiz (offlayn rejimda) foydalanilgan hollarda, ijtimoiy xizmatlar davomati boʻyicha qayd etilgan maʼlumotlar “Inson” markazlari tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechikmasdan Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan holda (onlayn rejimda) offlayn rejimda kiritilgan maʼlumotlarni axborot moduliga uzatilishini (yangilanishini) taʼminlaydi.
34. Axborot moduliga maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etmaganda, shu jumladan, uzatilishini (yangilanishini) taʼminlamaganda ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchilarga subsidiya hisoblanmaydi va toʻlanmaydi.
35. “Ijtimoiy himoya” ATda shakllangan elektron davomat tabeliga asosan vaucher asosida subsidiya shaklidagi toʻlovlar hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar shakllantiriladi va maxsus gʻazna hisobvaraqlaridan ikki ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali xizmat koʻrsatuvchining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga, Agentlikning hududiy boshqarmalari yoki Agentlikning tizim tashkilotlarining esa budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hamda tijorat bankidagi hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
36. “Ijtimoiy himoya” ATda xizmat koʻrsatuvchining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga yoki budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilgan toʻlovlar haqidagi maʼlumotlar shakllantirib boriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
37. Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi “Inson” markazlari, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, shuningdek oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchilarning shaxsiga doir maʼlumotlardan xabardor boʻlib qolgan shaxslar, shu jumladan, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham ushbu maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi shart.
38. Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchilar tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
39. Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchilar axborot moduliga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
40. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasi.
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs yoki uning vakili
“Inson” markaziga oʻzi kelgan holda yoki oʻzi yashaydigan hududda faoliyat yurituvchi “Inson” markazining ijtimoiy xodimiga yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
“Inson” markazining operatori yoki ijtimoiy xodimi
1. Murojaatni qabul qilish boʻyicha soʻrovnomani “Ijtimoiy himoya” ATda rasmiylashtirish orqali murojaatni qabul qiladi.
1. Murojaat qilingan vaqtda
2. Tasdiqlangan soʻrovnomani “Inson” markazi direktoriga masʼul xodimni biriktirish uchun yuboradi.
2. Real vaqt rejimida
3-bosqich
“Inson” markazining masʼul xodimi
“Ijtimoiy himoya” AT orqali kelib tushgan soʻrovnomani koʻrib chiqib, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxsning:
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestri (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestri) yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilganligi holati yoxud “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila) ekanligi oʻrganiladi;
oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasini baholaydi;
oilasi yoki oʻzini ijtimoiy xizmatlarga ehtiyojini oʻrganadi.
7 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda
4-bosqich
“Ijtimoiy himoya” AT
Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs uchun taqdim etilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy xizmatlar turlari, xizmat koʻrsatish muddatlari, vaqti va davriyligi shakllanadi.
Avtomatik tarzda
5-bosqich
“Inson” markazining masʼul xodimi
“Ijtimoiy himoya” ATda shakllangan ijtimoiy xizmatlarni ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxsga taklif qiladi.
Shu vaqtning oʻzida
6-bosqich
Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs
Ijtimoiy xizmatlardan birini tanlaydi.
Taklif etilgan vaqtda
7-bosqich
“Ijtimoiy himoya” AT
Tanlangan ijtimoiy xizmat narxining tegishli qismini davlat tomonidan qoplab berish boʻyicha vaucher taqdim etilishini nazarda tutuvchi shartnoma loyihasini shakllantiradi.
Avtomatik tarzda
8-bosqich
“Inson” markazining masʼul xodimi
Shartnoma loyihasini imzolash uchun tomonlarga taqdim etadi.
“Ijtimoiy himoya” ATda shartnoma shakllangan vaqtning oʻzida
9-bosqich
“Ijtimoiy himoya” AT
Ijtimoiy xizmat narxini toʻliq yoki qisman qoplab berishni nazarda tutuvchi vaucher shakllantiradi.
Avtomatik tarzda
10-bosqich
“Ijtimoiy himoya” AT yoki “Inson” markazining ijtimoiy xodimi
Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining mobil telefon raqamiga hamda YIDXPdagi kabinetiga SMS-xabar yuboriladi yoki ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi “Inson” markazining ijtimoiy xodimi tomonidan xabardor qilinadi.
Avtomatik tarzda yoki 1 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda
11-bosqich
Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi
“Ijtimoiy himoya” AT orqali xizmat koʻrsatuvchini tanlaydi.
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2a-ILOVA
Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati
PASPORTI
1.
Ijtimoiy xizmat nomi
Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati.
2.
Ijtimoiy xizmat tarkibi
Maishiy yumushlarda koʻmaklashish (ovqat tayyorlash, supurish-yigʻishtirish, kiyim-kechaklarni yuvish, zarur oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini uyga yetkazib berish);
tyutorlik (shaxsni oʻz-oʻziga xizmat qilishga oʻrgatish, gadjetlardan mustaqil foydalanishga, shu jumladan, elektron kitoblar va soʻnggi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bilan tanishish, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqalarga oʻrgatish).
3.
Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari;
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
yuridik shaxslar;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.
4.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 116 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi shaxs.
5.
Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi:
54 balldan 62 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 3-marta 2 soatdan;
63 balldan 87 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 2-marta 2,5 soatdan;
88 balldan 116 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 1-marta 2 soatdan.
6.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati
Ijtimoiy xizmat:
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 foizi*;
yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 foizi;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi.
Bunda yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda;
Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda.
7.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos
Shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 116 ballgacha baholanganligi.
8.
Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli
Xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida.
9.
Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari
“Ijtimoiy himoya” ATga quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:
koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar;
ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari.
10.
Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari
a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi:
3 — 5 ball boʻlganda — samarali;
1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz;
b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan:
shikoyati kelib tushmaganligi — samarali;
asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz;
v) tanlov asosida koʻrilganda xizmatdan foydalanuvchi xonadonining holati:
toza boʻlganda — samarali;
tozalanmagan boʻlganda — samarasiz.
11.
Izoh
Xizmat koʻrsatuvchi xizmatdan foydalanuvchiga xizmat koʻrsatilishini tashkil etish uchun reja-grafik asosida tegishli xodimni biriktiradi.
* “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun Agentlikning hududiy boshqarmalari va Agentlikning tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari alohida ochilgan gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi. Bunda:
ijtimoiy xodim assistentlariga 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizigacha ish haqi va ijtimoiy soliq, bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi miqdorida yoʻl haqi uchun kompensatsiya, maxsus xoʻjalik sumkasi, maxsus kiyim-bosh (yozgi, qishki) va xoʻjalik qoʻlqoplari bilan taʼminlash boʻyicha kompensatsiya xarajatlari uchun toʻlab beriladi.
Uyda ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim assistentlarining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) Agentlik tomonidan baholanadi va baholash natijalariga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi hisobidan quyidagicha toʻlovlar amalga oshiriladi:
faoliyat samaradorligi “aʼlo” deb topilganda — 100 foiz;
faoliyat samaradorligi “yaxshi” deb topilganda — 90 foiz;
faoliyat samaradorligi “qoniqarli” deb topilganda — 80 foiz;
faoliyat samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilganda — 70 foiz.
Iqtisod qilingan mablagʻlar ijtimoiy xodim assistentlarini moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlash uchun sarflanadi.
Ijtimoiy xodim assistentlariga Bartel va Lauton shkalasi boʻyicha 54 — 62 ball toʻplagan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga bir oyda koʻpi bilan 3-marta hamrohlik xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida qoʻshimcha kompensatsiya toʻlanadi.
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2b-ILOVA
Uy sharoitida qarab turish xizmati
PASPORTI
1.
Ijtimoiy xizmat nomi
Uy sharoitida qarab turish xizmati.
2.
Ijtimoiy xizmat tarkibi
Shaxsga qarab turish (yiqilish va jarohatlanishlarning oldini olish);
shaxsni parvarishlash (ovqatlantirish, gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish);
shaxs bilan muloqot qilish;
tyutorlik (shaxsni oʻz-oʻziga xizmat qilishga oʻrgatish, gadjetlardan mustaqil foydalanishga, shu jumladan, elektron kitoblar va soʻnggi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bilan tanishish, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqalarga oʻrgatish).
3.
Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari;
Oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 53 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan shaxs (oila):
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan shaxs (oila);
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila).
5.
Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi
Haftada 5 ish kuni davomida kuniga 3 soatgacha, biroq 1 yildan koʻp boʻlmagan davrda.
6.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati
Ijtimoiy xizmat:
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 foizi*;
yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi, birga yashaydigan oila aʼzosiga uy sharoitida qarab turish xizmatining 1 soati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi.
Bunda yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi**:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda;
Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda.
7.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos
Shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 53 ballgacha baholanganligi;
oila yoki shaxsning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligi;
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilganligi yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila) ekanligi;
oilada mehnatga layoqatli shaxs uch oy ichida band boʻlish yoki taʼlim olish majburiyatini olganligi***.
8.
Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli
Xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida.
9.
Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari
“Ijtimoiy himoya” ATga quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:
koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar;
ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari;
amalga oshirilgan tadbirlar va shaxs haqidagi maʼlumotni xizmat koʻrsatuvchi tomonidan har kuni “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasiga kiritib borish.
10.
Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari
a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi:
3 — 5 ball boʻlganda — samarali;
1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz;
b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan:
shikoyati kelib tushmaganligi — samarali;
asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz;
v) xizmatdan foydalanuvchining oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi boʻyicha 6 oylik koʻrsatkichi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha (balli):
qayta baholashdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamaymaganda yoki oshganda — samarali;
qayta baholashdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamayganda — samarasiz.
11.
Izoh
Xizmat koʻrsatuvchi xizmatdan foydalanuvchiga xizmat koʻrsatilishini tashkil etish uchun reja-grafik asosida tegishli xodimni biriktiradi.
* “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun Agentlikning hududiy boshqarmalarining va Agentlikning tizim tashkilotlarining budjetdan tashqari alohida ochilgan gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi. Bunda:
ijtimoiy xodim assistentlariga 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizigacha ish haqi va ijtimoiy soliq, bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi miqdorida yoʻl haqi uchun kompensatsiya, maxsus xoʻjalik sumkasi, maxsus kiyim-bosh (yozgi, qishki) va xoʻjalik qoʻlqoplari bilan taʼminlash boʻyicha kompensatsiya xarajatlari uchun toʻlab beriladi.
Uyda ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim assistentlarining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) Agentlik tomonidan baholanadi va baholash natijalariga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi hisobidan quyidagicha toʻlovlar amalga oshiriladi:
faoliyat samaradorligi “aʼlo” deb topilganda — 100 foiz;
faoliyat samaradorligi “yaxshi” deb topilganda — 90 foiz;
faoliyat samaradorligi “qoniqarli” deb topilganda — 80 foiz;
faoliyat samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilganda — 70 foiz.
Iqtisod qilingan mablagʻlar ijtimoiy xodim assistentlarini moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlash uchun sarflanadi.
** Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga birga yashaydigan oila aʼzosi boʻlgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan uy sharoitida qarab turish xizmati koʻrsatilganda vaucher qiymatiga koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanilmaydi.
*** Oʻzini oʻzi band qilganligi yoki uch oy ichida ishga joylashganligi soliq organlarining axborot tizimlari orqali tekshiriladi.
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2v-ILOVA
Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati
PASPORTI
1.
Ijtimoiy xizmat nomi
Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati.
2.
Ijtimoiy xizmat tarkibi
Shaxslarning yoʻqotilgan funksional imkoniyatlari va harakat faolligini qayta tiklash;
jismoniy faollik yoʻqotilishi bilan rivojlanish xavfi yuqori boʻlgan asoratli kasallanish holatlarini oldini olish va oila aʼzolarini parvarish koʻnikmalariga oʻrgatish.
Shifokor tomonidan qoʻshimcha reabilitatsiya tadbirlari belgilanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari*;
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
yuridik shaxslar.
4.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan hamda oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi shaxs;
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila) boʻlgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi jarohatlanish va bosh miya qon aylanishi buzilishi (insult) tashxisi qoʻyilgan shaxs.
5.
Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan:
oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 53 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 3-marta 2 soatdan;
oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 54 balldan 62 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 2-marta 2 soatdan;
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila) boʻlgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan jarohatlanish va bosh miya qon aylanishi buzilishi (insult) tashxisi qoʻyilgan shaxsga haftada 3-martagacha 1 soatdan, biroq 1 ta shaxs uchun bir marta 6 oydan koʻp boʻlmagan davrda.
6.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati
Ijtimoiy xizmat:
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;
yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 11 foizi.
Bunda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda;
Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda.
7.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos
Shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha baholanganligi;
oilaning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligi;
jarohatlanish va bosh miya qon aylanishi buzilishi (insult) tashxisi toʻgʻrisidagi oilaviy shifokorning xulosasi.
Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari
“Ijtimoiy himoya” ATga quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:
koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar;
ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari.
10.
Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari
a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi:
3 — 5 ball boʻlganda — samarali;
1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz;
b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan:
shikoyati kelib tushmaganligi — samarali;
asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz;
v) xizmatdan foydalanuvchining oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi boʻyicha 6 oylik koʻrsatkichi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha (balli):
qayta baholashdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamaymaganda yoki oshganda — samarali;
qayta baholashdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamayganda — samarasiz;
g) ijtimoiy xizmat koʻrsatilishi boʻyicha individual reabilitatsiya rejasining mavjudligi va koʻrsatilgan xizmatning individual reabilitatsiya rejasiga muvofiqligi:
reabilitatsiya rejasi mavjud va koʻrsatilgan xizmat individual reabilitatsiya rejasiga muvofiq boʻlganda — samarali;
reabilitatsiya rejasi mavjud boʻlmaganda yoki koʻrsatilgan xizmat individual reabilitatsiya rejasiga muvofiq boʻlmaganda — samarasiz.
11.
Izoh
Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchining shifokori tomonidan xizmatdan foydalanuvchining yashash joyiga borgan holda yoki ijtimoiy xizmat kunduzgi qatnov asosida tashkil etilgan binoda uni tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi va reabilitatsiya tadbirlariga ehtiyojlari asosida individual reabilitatsiya rejasi tuziladi.
Koʻrsatilgan tibbiy ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarining samaradorligi har olti oyda Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan baholab boriladi.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati koʻrsatilishini tashkil etish uchun xizmat koʻrsatuvchi tomonidan reja-grafik asosida tegishli xodim biriktiriladi.
* Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan viloyatlarda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlari “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatilishi mumkin.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlarida koʻrsatilgan xizmatlar uchun mehnatga haq toʻlash shartlari va miqdorlari Agentlikning hududiy boshqarmalari va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan mustaqil belgilanadi.
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2g-ILOVA
Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatini koʻrsatish
PASPORTI
1.
Ijtimoiy xizmat nomi
Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati.
2.
Ijtimoiy xizmat tarkibi
a) Shaxsga qarab turish (yiqilish va jarohatlanishlarning oldini olish);
shaxsni parvarishlash (ovqatlantirish, gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish);
shaxs bilan muloqot qilish;
shaxsni oʻz-oʻziga xizmat qilishga oʻrgatish;
tyutorlik (gadjetlardan mustaqil foydalanishga, shu jumladan, elektron kitoblar va soʻnggi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bilan tanishish, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqalarga oʻrgatish);
b) 1 mahal issiq ovqat va 2 mahal yengil ovqat bilan taʼminlash;
v) 10 kmgacha boʻlgan masofa doirasida xizmatdan foydalanuvchini olib borish va olib kelishda transport xizmatini koʻrsatish.
3.
Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari;
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
yuridik shaxslar.
4.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi
Oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila).
5.
Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi
Haftada 5 ish kuni davomida kuniga 8 soatgacha, biroq 1 yildan koʻp boʻlmagan davrda.
6.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati
Ijtimoiy xizmat:
Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilganda — 1 kun uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 kun uchun bazaviy hisoblash miqdorining 24 foizi.
Bunda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda;
Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda.
7.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos
Shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha baholanganligi;
oilaning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligi;
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilganligi yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila) ekanligi;
oilada mehnatga layoqatli shaxs uch oy ichida band boʻlishi yoki taʼlim olish majburiyatini olganligi*.
8.
Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli
Oila tipidagi xonadonda — 7 nafargacha shaxslarga;
Markaz tipida alohida binoda — kamida 7 nafar shaxslarga.
9.
Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari
“Ijtimoiy himoya” ATga quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:
koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar;
ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari;
amalga oshirilgan tadbirlar va shaxs haqidagi maʼlumotni xizmat koʻrsatuvchi tomonidan har kuni “Ijtimoiy himoya” ATning Oila hamkori platformasiga kiritib borish.
10.
Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari
a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi:
3 — 5 ball boʻlganda — samarali;
1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz;
b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan:
shikoyati kelib tushmaganligi — samarali;
asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz;
v) xizmatdan foydalanuvchining oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi boʻyicha 6 oylik koʻrsatkichi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha (balli):
qayta baholashdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamaymaganda yoki oshganda — samarali;
qayta baholashdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamayganda — samarasiz.
11.
Izoh
Ijtimoiy xizmat koʻrsatilishini tashkil etishda har 7 nafar xizmatdan foydalanuvchiga qarab turish uchun kamida 1 nafar xodim biriktirilishi tavsiya etiladi.
Xizmat markaz tipida tashkil etilganda kamida 1 nafar hamshira faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati markaz tipida tashkil etilgan hollarda uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati doirasida koʻrsatiladigan tadbirlar ham ushbu muassasada koʻrsatilishi mumkin.
* Oʻzini oʻzi band qilganligi yoki uch oy ichida ishga joylashganligi soliq organlarining axborot tizimlari orqali tekshiriladi.
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2d-ILOVA
Shaxsiy yordamchi xizmati
PASPORTI
1.
Ijtimoiy xizmat nomi
Shaxsiy yordamchi xizmati.
2.
Ijtimoiy xizmat tarkibi
Mehnat qilish yoki taʼlim olish joylariga borish va kelishda hamrohlik qilish;
zarur maʼlumotlarni topishda, surdotarjimon biriktirishda, Brayl alifbosini oʻrganishini tashkil qilishda koʻmaklashish;
hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashish;
xizmatlardan va tegishli imtiyozlardan foydalanishda yordam koʻrsatish;
mustaqil harakatlanishi uchun yashash joyi, ish oʻrnini va taʼlim olish joyini moslashtirishni tashkil etish.
3.
Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari;
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
yuridik shaxslar;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.
4.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi
18 yoshdan 55 yoshgacha ayollar yoki 60 yoshgacha erkaklar boʻlgan:
koʻzi ojizlik boʻyicha I guruh nogironligi birinchi marotaba belgilangan shaxslar nogironlik belgilangan vaqtdan boshlab 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda murojaat qilganda;
birinchi marta aravachadan foydalanish belgilangan shaxs, birinchi marta aravachadan foydalanish belgilangan vaqtdan boshlab 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda murojaat qilganda.
5.
Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi
Haftada 5 ish kuni davomida kuniga 3 soatgacha, biroq 2 haftadan koʻp boʻlmagan davrda.
6.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati
Ijtimoiy xizmat:
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 foizi;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi.
Bunda yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda;
Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda.
7.
Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos
Koʻzi ojizlik boʻyicha I guruh nogironligi birinchi marotaba belgilanganligi;
birinchi marta aravachadan foydalanish belgilanganligi;
ijtimoiy shartnoma bilan xizmatdan foydalanuvchi mehnat qilish yoki taʼlim olish majburiyatini olganligi*.
8.
Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli
Xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida.
9.
Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari
“Ijtimoiy himoya” ATga quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi:
koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar;
ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari;
amalga oshirilgan tadbirlar va shaxs haqidagi maʼlumotni xizmat koʻrsatuvchi tomonidan har kuni “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasiga kiritib borish.
10.
Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari
a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi:
3 — 5 ball boʻlganda — samarali;
1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz;
b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan:
shikoyati kelib tushmaganligi — samarali;
asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz.
* Oʻzini oʻzi band qilganligi yoki ishga joylashganligi soliq organlarining axborot tizimlari orqali tekshiriladi.
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish uchun murojaatni qabul qilish boʻyicha
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs oilasining ijtimoiy xizmatga ehtiyojini aniqlash boʻyicha
SOʻROVNOMA
T/r
Oilaning xizmat olishdan maqsadi
Savollar
Oʻrganishda aniqlangan holat
Kambagʻallikdan chiqish
Oilada ishlash istagi boʻlgan mehnatga layoqatli shaxsning mavjudligi
□ mavjud
□ mavjud emas
Oilada taʼlim olish istagi boʻlgan mehnatga layoqatli shaxsning mavjudligi
□ mavjud
□ mavjud emas
Oiladagi ishlash istagi boʻlgan mehnatga layoqatli shaxsning doimiy parvarish bilan bandligi
□ mavjud
□ mavjud emas
Oiladagi taʼlim olish istagi boʻlgan mehnatga layoqatli shaxsning doimiy parvarish bilan bandligi
□ mavjud
□ mavjud emas
Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish
Oilada taʼlim olish istagida boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxsning mavjudligi
□ mavjud
□ mavjud emas
Oilada mehnat qilish istagida boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxsning mavjudligi
□ mavjud
□ mavjud emas
Nogironlikning oldini olish
Oilada soʻngi bir oy ichida jarohatlanish natijasida oʻzgalar parvarishiga muhtojligi yuzaga kelgan shaxsning mavjudligi
□ mavjud
□ mavjud emas
Oilada soʻngi bir oy ichida jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishi natijasida oʻzgalar parvarishiga muhtojligi yuzaga kelgan shaxsning mavjudligi
□ mavjud
□ mavjud emas
Oilada soʻngi bir oy ichida bosh miya qon aylanishining buzilishi natijasida oʻzgalar parvarishiga muhtojligi yuzaga kelgan shaxsning mavjudligi
“Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlardan imtiyozli shartlarda foydalanish uchun vaucher berish hamda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va koʻrsatish uchun qoʻyiladigan minimal talablar
1. Uy sharoitida qarab turish xizmati, uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati hamda shaxsiy yordamchi xizmatini tashkil etish va koʻrsatish uchun qoʻyiladigan minimal talablar
Xizmat koʻrsatishda ishtirok etuvchi xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida qisqa muddatli oʻquv kursini oʻtganligi.
2. Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatini tashkil etish va koʻrsatish uchun qoʻyiladigan minimal talablar
1. Kunduzgi qatnov asosida yoki xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida xizmat koʻrsatishda shifokor va hamshira faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi.
2. Xizmat koʻrsatishda ishtirok etuvchi xodimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida qisqa muddatli oʻquv kursini oʻtganligi.
3. Xizmatdan foydalanuvchilar uchun 10 km gacha boʻlgan masofa doirasida transport xizmatining mavjudligi.
4. Xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan portativ jihozlarning mavjudligi.
5. Nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz kirishi va chiqishi, shuningdek harakatlanishi uchun sharoitlar, bunda, kirish qismidagi zinalarda 1:12,5 nisbatdagi pandus va tutqichlar, kamida 0,90 metr kenglikdagi (kesaki-ostonalarsiz) eshiklar, hojatxonalarda maxsus jihoz va tutqichlar mavjudligi.
6. Yongʻin xavfsizligi talablari hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etilishi.
7. Isitish va sovitish tizimining mavjud va soz holatda boʻlishi.
8. Xonalar tabiiy va (yoki) sunʼiy yoritish vositalari orqali zarur yorugʻlik bilan taʼminlanganligi.
3. Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatini tashkil etish va koʻrsatish uchun qoʻyiladigan minimal talablar
1. Xizmat koʻrsatish joyi markaz tipida alohida binoda yoki koʻp qavatli binoning 1-qavatida boʻlishi, oila tipida esa, xonadonda tashkil etilishi.
2. Nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz kirishi va chiqishi, shuningdek harakatlanishi uchun sharoitlar, bunda, kirish qismidagi zinalarda 1:12,5 nisbatdagi pandus va tutqichlar, kamida 0,90 metr kenglikdagi (kesaki-ostonalarsiz) eshiklar, hojatxonalarda maxsus jihoz va tutqichlar mavjudligi.
3. Yongʻin xavfsizligi talablari hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etilishi.
4. Isitish va sovitish tizimining mavjud va soz holatda boʻlishi.
5. Guruhli mashgʻulotlar va davolovchi jismoniy tarbiya xonasi, ovqat tayyorlash va ovqatlanish xonasi, erkaklar va ayollar uchun alohida dam olish xonalari hamda hojatxona va yuvinish xonasining mavjudligi.
6. Kompyuter toʻplami va boshqa texnik jihozlar (printer, skaner, videoda qayd etish vositalari), internet aloqa tizimi hamda interaktiv panelning (monitor) mavjudligi.
7. Ish vaqti, ijtimoiy xizmatlar turlari, mashgʻulotlarning kunlik shugʻullanish grafigi, ijtimoiy xizmatlar narxlari va ish tartibi toʻgʻrisida axborotlar koʻrsatilgan peshlavha yoki elektron axborot beruvchi vositalarning mavjudligi.
8. Xonalar tabiiy va (yoki) sunʼiy yoritish vositalari orqali zarur yorugʻlik bilan taʼminlanganligi.
9. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchilarning sigʻimidan kelib chiqqan holda yetarli maydon, har bir xona uchun mebel (karavot, stol va stul, shkaf, divan va boshqalar) va texnika jihozlari (televizor, muzlatkich, mikrotoʻlqinli pech va boshqalar), idish-tovoqlarning mavjudligi.
10. Guruhli mashgʻulotlar va davolovchi jismoniy tarbiyani tashkil etish va oʻtkazish uchun yetarli anjomlarning (sport, aqliy va mehnat mashgʻulotlari uchun) mavjudligi.
11. Xizmatdan foydalanuvchilar uchun 10 kmgacha boʻlgan masofa doirasida transport xizmatining mavjudligi.
12. Xizmat koʻrsatishda ishtirok etuvchi xodimlarning tibbiy maʼlumotga ega boʻlishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida qisqa muddatli oʻquv kursini oʻtganligi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi qisqa muddatli oʻquv kursini tugatganlik haqida sertifikat tavsifi
Qisqa muddatli oʻquv kurslarini tugatganlik haqidagi Sertifikat ofset usulida A4 formatdagi oq qogʻozda beshta boʻyoqdan: qora rang — matn uchun, yashil, koʻk, qizil rang — rasmlar tasviri uchun, och kul rang — fon uchun foydalanib bosiladi.
Varaqning chap tomonida chetidan 10 mm qoldirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri bilan 32 mm kenglikdagi hoshiya joylashtiriladi. Hoshiyaning yuqori qismida 30 mm diametrli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, pastki qismida — 35 mm hajmdagi ikkita tutash toʻrtburchakdan tashkil topgan sakkizburchakli yulduz joylashadi, yulduz markazida muhr uchun diametri 25 mm boʻlgan oq doira bor.
Varaqning oʻng tomonida chetidan 30 mm qoldirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining rasmiy logotipi joylashtiriladi.
Varaqning qolgan qismining yuqorisida davlat tilida lotin grafikasida quyidagi soʻzlar bosiladi:
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi qisqa muddatli oʻquv kursini tugatganlik haqida
SERTIFIKAT
Sertifikat ikki lotin harfi “KP” va olti sondan iborat tartib raqamiga ega. Matn och kul rang fonda guldor naqsh bilan bosiladi.
Sertifikat olti karra himoyalangan boʻlib, quyidagilardan foydalanilgan:
bosishning ikki — ofset va yuqori usuli;
nur orqali nusxa koʻchirishni murakkablashtirish uchun yorqin ranglar;
guldor naqsh;
turli rangli naqshlar toʻrlaridan foydalanish yoʻli bilan har xil ranglar hosil qilish;