Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika hamda “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-maydagi 326-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika va “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish, shuningdek, farmatsevtika yoʻnalishida yangi dori vositalarini yaratish boʻyicha tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash hamda ilmiy xodimlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika hamda “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika hamda “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-maydagi 326-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
1.
1-ilovaning “I. Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimi quyidagi mazmundagi 25 va 26-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
a) kuyidagi mazmundagi 214 va 215-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
b) “Jami” pozitsiyasining “Shtat birligi soni” ustunidagi “298” raqami “322” raqami bilan almashtirilsin;
v) “Jami tashkilotlar boʻyicha” pozitsiyasining “Shtat birligi soni” ustunidagi “361” raqami “385” raqami bilan almashtirilsin.