1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xoʻjaligi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv xoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash toʻgʻrisida” 2024-yil 7-maydagi PF-74-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligining suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini (qoidalarini) buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik holatlari boʻyicha fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni yuborgan shaxslarni:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
tasdiqlangan har bir holat boʻyicha huquqbuzardan undirilgan mablagʻlar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh foizi miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish;
maʼmuriy jarima bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jazo chorasi qoʻllangan hollarda, Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 8-yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) xodimlariga xizmat majburiyatlarini bajarishda idoraviy formali kiyim-boshlar kiyib yurishiga va tegishli farqlash belgilarini taqishiga ruxsat etiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Inspeksiya xodimlari idoraviy formali kiyim-boshlar va farqlash belgilari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
3. Inspeksiya:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
idoraviy formali kiyim-boshlarni tikish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolari oʻtkazilishini;
2025-yil yakuniga qadar Inspeksiya xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari tayyorlanishini va ularga toʻliq oʻtilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi uch oy muddatda Inspeksiya xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlarni kiyib yurishi va farqlash belgilarini taqish tartibini tasdiqlasin.
5. Quyidagilar:
Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari hamda farqlash belgilari namunalari va tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-iyun,
352-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyundagi 352-son qaroriga 1-ILOVA
Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom jismoniy shaxslarning videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar (keyingi oʻrinlarda — videotexnika vositalari) orqali qayd etilgan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini (qoidalarini) buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar (keyingi oʻrinlarda — huquqbuzarlik) aks ettirilgan fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni (keyingi oʻrinlarda — foto va videomateriallar) qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 74-moddasining ikkinchi qismida (sunʼiy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini buzish, yaʼni suvdan xoʻjasizlarcha foydalanish, suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi gidrotexnika ishlarini oʻzboshimchalik bilan bajarish) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va videomateriallarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.14.00 Suvga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.08.00 Tabiiy muhitni himoya qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
4. Jismoniy shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etishi hamda 48 soat ichida foto va videomateriallarni elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) uning rasmiy “v-nadzor.gov.uz” veb-sayti orqali koʻrib chiqish uchun yuboradi.
Bunda yuborilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun ushbu maʼlumotni yuborgan jismoniy shaxs masʼul hisoblanadi.
5. Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va videomateriallarda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
sodir etilgan huquqbuzarlik;
huquqbuzarlik sodir etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);
huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, shuningdek, huquqbuzarlik aniqlangan sana va vaqt.
6. Huquqbuzarlik aks ettirilgan foto va videomaterialga har qanday tarzda oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi. Oʻzgartirish kiritilgan foto va videomateriallar koʻrib chiqilmaydi, hajmini qisqartirish maqsadida foto va videomateriallarning bevosita huquqbuzarlik aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno (qoida tariqasida, foto va videomateriallarning davomiyligi 120 soniyadan oshmasligi lozim).
7. Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan foto va videomateriallarni yuborishda ushbu Nizomning 5-bandida belgilangan maʼlumotlarga qoʻshimcha qilib, huquqbuzarlik toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etgan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, mobil telefon raqami, bank plastik kartasi raqami va elektron manzili toʻliq koʻrsatilishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
3-bob. Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlikni koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.14.00 Suvga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.08.00 Tabiiy muhitni himoya qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
8. Huquqbuzarlik qayd etilgan foto va videomateriallar kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun muddatda Inspeksiyaning masʼul xodimi tomonidan koʻrib chiqiladi, huquqbuzarlik holatlari oʻrganiladi va huquqbuzarning shaxsi aniqlanadi.
Huquqbuzarlik birinchi marotaba sodir etilgan boʻlsa, huquqbuzarga pochta aloqasi yoki elektron axborot tizimlari orqali suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi (qoidalari) takroran buzilishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar yuboriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.14.00 Suvga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.08.00 Tabiiy muhitni himoya qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanganidan keyin bir yil davomida huquqbuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda, ushbu Nizom qoidalari tatbiq etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solishga sabab boʻladi.
9. Inspeksiyaning masʼul xodimi besh kun muddatda:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.14.00 Suvga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.08.00 Tabiiy muhitni himoya qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan belgilangan shakldagi maʼmuriy bayonnoma yoki maʼmuriy jazoni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi yagona elektron ish yurituv tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-maʼmuriy ish” tizimi) orqali rasmiylashtiradi;
jarima solish toʻgʻrisidagi tegishli qaror va tayinlangan jarimani toʻlash uchun toʻlov varaqasini (kvitansiyani) huquqbuzarning telefon raqamiga “SMS” xabarnoma shaklida yoki yashash manziliga pochta orqali yuboradi yoxud huquqbuzarga bevosita taqdim etadi.
10. Sodir etilgan huquqbuzarlik holatini koʻrib chiqish Inspeksiya vakolati doirasida boʻlmasa, masʼul xodim uch kun muddatda hujjatlarni tegishli sudga yoki boshqa vakolatli organga belgilangan tartibda yuboradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21, 24, 25, 27 va 28-moddalari.
agar sodir etilgan huquqbuzarlikda jinoyat alomatlari aniqlansa, foto va videomateriallarni bir kun muddatda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboradi.
11. Quyidagi hollarda videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va videomateriallar asosida ish yuritish tugatiladi hamda bu haqida tegishli qaror qabul qilinadi:
foto va videomateriallar ushbu Nizomning 5-bandi talablariga javob bermasligi natijasida huquqbuzarlikni aniqlash imkoni boʻlmaganda;
foto va videomateriallarga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
foto va videomateriallarda aks ettirilgan huquqbuzarning shaxsini aniqlash imkoni boʻlmaganda;
foto va videomateriallarda qayd etilgan huquqbuzarlik boʻyicha tegishli qaror qabul qilinganda yoki maʼmuriy ish yuritilayotganda.
12. Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va videomateriallarni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan uni yuborgan shaxsga tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun muddatda yashash yoki elektron pochta manziliga javob yuboriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Foto va videomateriallarni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 27, 29 —31-moddalari.
4-bob. Huquqbuzarlik aks ettirilgan foto va videomateriallarni yuborgan shaxslarni ragʻbatlantirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
13. Huquqbuzarlik aks ettirilgan foto va videomateriallarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh foizi miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
Huquqbuzarlik boʻyicha maʼmuriy jarima bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jazo chorasi qoʻllangan hollarda, foto va videomateriallarni yuborgan shaxslar Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 8-yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq ragʻbatlantiriladi.
14. Huquqbuzarlik aks ettirilgan foto va videomateriallarni yuborgan shaxslar mobil telefon raqamini yoki bank plastik kartasi raqamini koʻrsatish orqali ragʻbatlantirish puli qanday usulda qabul qilib olinishini koʻrsatib oʻtadi.
15. Ragʻbatlantirish:
huquqbuzarlik boʻyicha foto va videomateriallarni birinchi yuborgan shaxsga nisbatan qoʻllanadi;
huquqbuzarlik boʻyicha tegishli qaror qabul qilinganda yoki maʼmuriy ish yuritilayotganda, shuningdek, ushbu Nizomning 11-bandiga asosan ish yuritish tugatilganda amalga oshirilmaydi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
jarima undirilgan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
16. Ragʻbatlantirish mablagʻi huquqbuzardan jarima undirilgandan soʻng Inspeksiyaning rasmiy xatiga asosan fuqaroning mobil telefon raqami hisobiga yoki bank plastik kartasiga Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan oʻtkazib beriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Huquqbuzarlik aks ettirilgan foto va videomateriallarni taqdim etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Ushbu Nizomni qoʻllashda kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqidagi nizom.
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 72, 74 — 76-moddalari.
Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqidagi nizomga ILOVA
Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va videomateriallarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini (tartibini) buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni (keyingi oʻrinlarda — foto va videomateriallar) yuboradi.
Huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab 48 soat ichida
2-bosqich
Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
1. Jismoniy shaxs tomonidan yuborilgan huquqbuzarlik haqidagi foto va videomateriallarni qabul qiladi.
2. Huquqbuzarlik holatlarini oʻrganadi va huquqbuzarning shaxsini aniqlaydi.
Oʻn kun muddatda
3-bosqich
Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
1. Huquqbuzarga nisbatan belgilangan shakldagi maʼmuriy bayonnoma yoki maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali rasmiylashtiradi yoki ushbu tizim orqali tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun taalluqli sudga yuboradi.
Besh kun muddatda
2. Jarima solish toʻgʻrisidagi tegishli qaror va tayinlangan jarimani toʻlash uchun toʻlov varaqasini (kvitansiyani) telefon raqamiga “SMS” xabarnoma shaklida yoki yashash manziliga pochta orqali yuboradi yoxud huquqbuzarga bevosita taqdim etadi.
Besh kun muddatda
3. Sodir etilgan huquqbuzarlik holatini koʻrib chiqish vakolati mavjud boʻlmagan taqdirda, hujjatlarni tegishli sudga yoki boshqa vakolatli organga yuboradi.
Uch kun muddatda
4-bosqich
Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi,
Suv xoʻjaligi vazirligi
1. Huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va videomateriallarni yuborgan shaxslarni pul mukofoti bilan ragʻbatlantiradi.
2. Huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va videomateriallarni yuborgan shaxsga murojaati natijalari yuzasidan maʼlumotlarni yuboradi.
Huquqbuzarlik boʻyicha jarima undirilgandan soʻng oʻn besh kun muddatda
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyundagi 352-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari va farqlash belgilarining
NAMUNALARI VA TAVSIFI
I. Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari namunalari
Kundalik
idoraviy formali kiyim bosh
Dala
(kamuflyajli) formali kiyim bosh
Yozgi
Bahorgi-kuzgi
Qishki
Yozgi
Bahorgi-kuzgi
Qishki
Yozgi
Bahorgi-kuzgi
Qishki
Yozgi
Bahorgi-kuzgi
Qishki
Idoraviy formali kiyim-boshlar tavsifi:
Yozgi mavsumiy idoraviy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun idoraviy formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan toʻq yashil kepka;
b) kalta yengli, koʻkrak choʻntaklari tugmali, lavozimni farqlash belgili, yozuvli (nashivkali), shevronli toʻq yashil rangli koʻylak;
v) chap koʻkrak qismida Inspeksiya belgisi (logotip) tushirilgan qora rangli futbolka;
g) toʻq yashil shim;
d) shim uchun kamar;
e) qora rangli charm poyabzal.
2. Ayollar uchun idoraviy formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan toʻq yashil kepka;
b) kalta yengli, koʻkrak choʻntaklari tugmali, lavozimni farqlash belgili, yozuvli (nashivkali), shevronli toʻq yashil rangli bluzka;
v) chap koʻkrak qismida Inspeksiya belgisi (logotip) tushirilgan qora rangli futbolka;
g) toʻq yashil yubka;
d) qora rangli charm poyabzal.
Kuzgi va bahorgi mavsumiy idoraviy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun idoraviy formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan toʻq yashil kepka;
b) yenglari uzun, koʻkrak choʻntaklari tugmali, lavozimni farqlash belgili, yozuvli (nashivkali), shevronli oq rangli koʻylak;
v) qora rangli boʻyinbogʻ (regat);
g) yenglari ajratib olinadigan, toʻq yashil rangli, ikkita koʻkrak choʻntakli, lavozimni farqlash belgili, yozuvli (nashivkali), yon pastki tomonlari choʻntakli, chiziqli, shevronli yengil kurtka;
d) toʻq yashil shim;
e) shim uchun kamar;
j) qora rangli charm poyabzal.
2. Ayollar uchun idoraviy formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan toʻq yashil kepka;
b) yenglari uzun, koʻkrak choʻntaklari tugmali, lavozimni farqlash belgili, yozuvli (nashivkali), shevronli oq rangli bluzka;
v) qora rangli boʻyinbogʻ;
g) yenglari ajratib olinadigan, toʻq yashil rangli, ikkita koʻkrak choʻntakli, lavozimni farqlash belgili, yozuvli (nashivkali), yon pastki tomonlari choʻntakli, chiziqli, shevronli yengil kurtka;
d) toʻq yashil yubka;
e) qora rangli charm poyabzal.
Qishki mavsumiy idoraviy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun idoraviy formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan qishki toʻq yashil moʻynali telpak;
b) yenglari uzun, koʻkrak choʻntaklari tugmali, lavozimni farqlash belgili, yozuvli (nashivkali), shevronli oq rangli koʻylak;
v) qora rangli boʻyinbogʻ;
g) yenglari ajratib olinadigan, toʻq yashil rangli, ikkita koʻkrak choʻntakli, lavozimni farqlash belgili, yozuvli (nashivkali), yon pastki tomonlari choʻntakli, shevronli yengil kurtka;
d) kamarli, toʻq yashil rangli, yoqa qismi moʻynali, koʻkrak yozuv va lavozimni farqlash belgili, shevronli, chap yengi shevron ostida choʻntakli, plashsifat issiq kurtka;
e) toʻq yashil issiq shim;
j) qora charmdan shim kamari;
z) qora rangli etik.
2. Ayollar idoraviy formasi:
a) old qismida kokardasi boʻlgan qishki toʻq yashil moʻynali kepka;
b) yenglari uzun, koʻkrak choʻntaklari tugmali, lavozimni farqlash belgili, yozuvli (nashivkali), shevronli oq rangli bluzka;
v) qora rangli boʻyinbogʻ;
g) yenglari ajratib olinadigan, toʻq yashil rangli, ikkita koʻkrak choʻntakli, lavozimni farqlash belgili, yozuvli (nashivkali), yon pastki tomonlari choʻntakli, shevronli yengil kurtka;
d) kamarli, toʻq yashil rangli, yoqa qismi moʻynali, koʻkrak yozuv va lavozimni farqlash belgili, shevronli, chap yengi shevron ostida choʻntakli, plashsifat issiq kurtka;
e) toʻq yashil yubka;
j) qora rangli etik.
Dala (kamuflyajli) formali kiyim-bosh
1. Erkaklar va ayollar uchun idoraviy formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan och yashil rangli yozgi, bahorgi-kuzgi kepka va qishki moʻynali kepka;
b) kalta va uzun yengli, koʻkrak choʻntaklari tugmali, lavozimni farqlash belgili, yozuvli (nashivkali), shevronli och yashil rangdagi koʻylak;
v) qora rangdagi Inspeksiya belgisi (logotipi) tushirilgan futbolka;
g) yenglari ajratib olinadigan, och yashil rangli, ikkita koʻkrak choʻntakli, lavozimni farqlash belgili, yozuvli (nashivkali), yon pastki tomonlari choʻntakli, chiziqli, shevronli yengil kurtka;
d) och yashil rangli, yozuvli (nashivkali) va lavozimni farqlash belgili, shevronli, yon pastki tomonlari choʻntakli issiq kurtka;
e) erkaklar va ayollar uchun yil fasllariga mos och yashil rangli shim;
j) shim uchun qora rangli charm kamar;
z) qora charmdan tikilgan dala uchun maxsus botinka.
II. Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining farqlash belgilari namunalari
Kokarda
Inspeksiya belgisi
(logotip)
Shevron
Yozuv (nashivka)
1. Kokarda
Kokarda toʻq yashil (haqi) rangdagi alyumin metalldan yasalgan, bosh kiyim uchun kokardada qirrali yorqinlik bilan oʻralgan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi aks ettirilgan boʻladi.
Orqa tomonida 0,8 — 1 mm qalinlikdagi poʻlat sim boʻlib, ular yordamida kokarda bosh kiyimning oʻrtasiga oʻrnatiladi. Kokardaning markazi burun koʻprigidan yuqorida boʻlishi kerak.
2. Inspeksiya belgisi (logotip):
Inspeksiya belgisi (yeng tikilgan tikuvdan 120 mm masofada) 90x75 mm oʻlchamdagi toʻq koʻk-yashil qalqon shakliga ega.
Qalqon ichida markazda davlat ramzi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Qalqonning ichidagi gerb ustki qismida lotin alifbosida bir qatorli harf ranglari oq rangda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ushbu soʻzlarning ostida choʻziq shaklda harf ranglari oq rangda “SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI” lotin alifbosida yoziladi, gerbning pastki qismida choʻziq shaklda lotin alifbosida oq rangda “SUVXOʻJALIKNAZORATINSPEKSIYASI” yozuvlari joylashgan.
Ramka tilla rangdan iborat.
Belgi matoga tushirilgan holda tayyorlanadi. Belgi matosi toʻq koʻk-yashil rangda.
3. Shevron
Shevron idoraviy formaning chap yengida (yeng tikilgan tikuvdan 120 mm masofada) 90x75 mm oʻlchamdagi yashil dumaloq shaklga ega boʻladi.
Shevronda davlat ramzlari — oʻrtada Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi va gerbning chap hamda oʻng tomoni bayroq bilan tasvirlangan. Shevronning ichidagi gerb ustki qismida lotin alifbosida choʻziq shaklda “OʻZBEKISTON”, pastki qismida bir qatorli lotin alifbosida “SUVXOʻJALIKNAZORAT” INSPEKSIYASI yozuvlari joylashgan.
Ramka naqshinkor sariq rangdan iborat.
Shevron matoga tushirilgan holda tayyorlanadi. Shevron matosi qora rangda.
4. Yozuv (nashivka)
Oʻng choʻntak tepasida joylashtiriladi, yozuv (nashivka) oʻng tomonida gidrotexnika inshooti tasviri tushirilgan boʻlib, SUVXOʻJALIKNAZORAT” INSPEKSIYASI yozuvi 125x25 mm toʻgʻri burchakli, chetki qismi sariq, toʻq koʻk rangli matoga yozuvi tilla rangli ip bilan lotin alifbosida tikiladi.
Chap choʻntak tepasida “F.I.O” yozuvi 125x25 mm toʻgʻri burchakli, chetki qismi sariq, toʻq koʻk rangli matoga yozuvi tilla rangli ip bilan lotin alifbosida tikiladi.
Yozuv (nashivka) idoraviy formaning koʻkrak choʻntaklariga tikiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyundagi 352-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 27-sentabrdagi 500-son qarorida:
8-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) “Suvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining joylashgan joyi (pochta manzili): 100128, Toshkent shahri Shayxontohur tumani Turkqoʻrgʻon koʻchasi 26-uy”;
10-bandning yettinchi xatboshisidagi “ishlar yuritilishini nazorat qilish” soʻzlari “ishlarni koʻrib chiqish, jumladan, vakolat doirasida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomalarni rasmiylashtirish hamda aybdor shaxslarni jarimaga tortish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Inspeksiya xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi”;
1-pozitsiyadagi “Z. Irisboyev — Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi v.v.b.” soʻzlari “R.B. Raximov — Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-pozitsiyadagi “A.S. Nazarov — Suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “Z.E. Ishpulatov — Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi toʻgʻrisida nizomning 42-bandi ikkinchi xatboshisidagi “oʻz maqomiga koʻra” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2025-y., 09/25/352/0502-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)