toggle_night_mode
Hujjat 16.08.2005 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AhOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGINING
Qarori
KADRLARNI DAVLAT GRANTLARI ASOSIDA MAQSADLI TAYYORLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-avgustda 1506-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi “2005/2006 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida”gi PQ-92-son qarorining 6-bandini bajarish maqsadida qaror qilamiz:
1. “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
58-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri R. QOSIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
154-1-son
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
19-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. AKBAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-iyul,
02/2658-son
Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
2005-yil 7-iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-92-son “2005/2006 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq, oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlangan kadrlarni kamida uch yil ishlab berish sharti bilan, taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash qoidalari va tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Barcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy taʼlim muassasalari bakalavr va magistrlari (keyingi oʻrinlarda matnda bitiruvchilar deb yuritiladi) 2005/2006 oʻquv yilidan boshlab majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan taʼlim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda matnda ish beruvchi deb yuritiladi) ishga taqsimlanadi.
2. Oliy taʼlim muassasalarini davlat grantlari asosida bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan taqdirda, kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan soʻng ushbu Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
3. Agar bitiruvchi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida davlat grantlari asosida oʻqigan taqdirda, uning ishlab berish majburiyati kamida uch yil deb hisoblanadi.
4. Oliy taʼlim muassasalarini toʻlov-kontrakt asosida bakalavriatni tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga davlat grantlari asosida oʻqishga qabul qilingan taqdirda kamida uch yil ishlab berish majburiyati magistraturani yakunlagandan soʻng ushbu Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
5. Bitiruvchilarni egallagan taʼlim yoʻnalishi va kasbiy tayyorgarligiga koʻra taqsimlashni muvofiqlashtirish uchun tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik, idoralar qoshida maxsus komissiyalar tuziladi.
II. Bitiruvchilarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va buyurtmalarni shakllantirish
6. Ish beruvchi kadrlarga boʻlgan ehtiyojni, mavjud boʻsh ish joylari haqidagi maʼlumotlarni har yili 1-aprelga qadar aniqlaydilar hamda maxsus komissiyaga ish joyi koʻrsatilgan holda, kafolatlangan talabnoma (buyurtma)ni taqdim etadilar.
7. Oʻz tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyoj hamda ularga boʻlgan buyurtmalarni yoʻnalishlar boʻyicha umumlashtirib, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari taqsimoti koʻrsatkichlarini shakllantiradi.
8. Maxsus komissiya tomonidan buyurtmalar asosida shakllantirilgan taqsimot koʻrsatkichlari tegishli oliy taʼlim muacsasalariga yuboriladi.
III. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash tartibi
9. Oliy taʼlim muassasalarida bitiruvchilarni ishga taqsimlash ular oliy taʼlim muassasasini bitirishidan kamida 1 oy oldin oʻtkaziladi.
10. Bitiruvchilarning taqsimoti oliy taʼlim muassasasi rektori tasdiqlagan oliy taʼlim muassasasining taqsimot komissiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda taqsimot komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi. Taqsimot komissiya tarkibiga: oliy taʼlim muassasasi rektori - komissiya raisi, fakultet dekani, kafedra mudirlari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar, ish beruvchilar vakillari aʼzo qilib kiritiladi.
11. Oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilarni ishga taqsimlanish jarayonidan oldin bitiruvchilardan qayerda ishlashni xohlashi toʻgʻrisida soʻrov-anketalari toʻldirib olinadi.
12. Oliy taʼlim muassasasi taqsimot komissiyasi:
a) bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasasida egallagan taʼlim yoʻnalishlari va malakasiga, kadrlarga boʻlgan buyurtmaga asosan hamda ularning reytingi, oilaviy sharoiti, doimiy yashash joyi va taklif etilayotgan ish joylarida ishlash istagini hisobga olgan holda ishga taqsimlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) har bir bitiruvchini taklif qilinayotgan ish joyi, mehnat va maishiy sharoitlar, lavozimi, ish haqi miqdori toʻgʻrisidagi va boshqa zarur maʼlumotlar bilan tanishtiradi;
v) majlis bayonnomasi va bitiruvchilar shaxsiy taqsimoti qaydnomasini yuritadi (1-ilova).
13. Yuqori reyting toʻplagan bitiruvchilar birinchilar qatorida mavjud boʻlgan ish joylariga oʻzlarining ixtiyori bilan joylashish huquqiga ega boʻladilar.
14. Oliy taʼlim muassasalarida oʻz hisobidan toʻlov-kontrakt boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilar oʻz ixtiyori bilan taqsimot komissiyasida ishtirok etishi va uning roziligi asosida komissiya qarori bilan taklif etilayotgan ish joylariga ishga yuborilishi mumkin.
15. Agar taqsimot komissiyasi bitiruvchini ish bilan taʼminlay olmasa, unga mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (2-ilova) taqdim etadi.
16. Taqsimot komissiyasi ishini tugatgandan soʻng bitiruvchilarni ularning salomatligi, oilaviy sharoiti oʻzgarishi asosida qayta taqsimlash masalasi oliy taʼlim muassasalarining taqsimot komissiyalari tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.
17. Oliy taʼlim muassasasi taqsimot komissiyasi ishi tugagandan soʻng bir haftadan, biroq bitiruvchi oʻqishni tugatgan kundan soʻng uch kundan kechiktirmay, ishga yuborilayotgan har bir bitiruvchiga quyidagi hujjatlarni beradi:
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomdan koʻchirma;
ishga yuborilganlik toʻgʻrisidagi yoʻllanma (3-ilova);
taqsimot komissiyasi qaroridan va taqsimot roʻyxatidan koʻchirma.
Mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilgan bitiruvchilarga mazkur bandda nazarda tutilgan muddatlarda mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning asl nusxasi beriladi.
Oliy taʼlim muassasasi rektori mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlarni bitiruvchiga oʻz vaqtida berilishiga shaxsan javobgardir. Bitiruvchiga belgilangan nusxadagi yoʻllanma oʻrniga boshqa hujjatlar berilishiga ruxsat etilmaydi.
18. Bitiruvchi mazkur Nizom talablari asosida taqsimot boʻyicha uch yil ishlab bergandan keyin unga oliy taʼlim muassasasi tomonidan bir hafta muddatda mehnat daftarchasiga muvofiq diplomning asl nusxasi beriladi.
IV. Taqsimot asosida yuborilgan bitiruvchilarni ishga qabul qilish va ularning mehnati
19. Bitiruvchilar oʻqishni tamomlagandan soʻng koʻpi bilan uch oygacha boʻlgan muddatda ish joyiga yetib kelishlari va ish boshlashlari lozim.
20. Ish beruvchi ish joyiga yetib kelgan bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan yoʻllanmani tasdiqlaydi va oʻn kun muddat ichida yoʻllanmani tegishli oliy taʼlim muassasasiga yuboradi.
21. Ish beruvchi oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilari bilan oʻrnatilgan tartibda ishga yuborilganlik toʻgʻrisidagi yoʻllanmaga muvofiq mehnat shartnomasi tuzadi.
Tanlov asosida ishga qabul qilinadigan lavozimlarga bitiruvchilar yoʻllanma asosida tanlovsiz qabul qilinadi.
22. Bitiruvchi tomonidan majburiy ishlab berilishi lozim boʻlgan uch yillik muddatga quyidagi muddatlar ham kiradi:
taʼlim muassasasi, korxona yoki tashkilotda turli lavozimlarda ishlagan muddat;
taʼlim muassasasi, korxonasi yoki tashkilot mansub boʻlgan tizimdagi (vazirlik, idora yoki boshqa xoʻjalik boshqaruvi organi) boshqa taʼlim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda ish beruvchining roziligiga koʻra ishlagan muddat;
mehnat taʼtilida, shu jumladan ijtimoiy taʼtillarda boʻlgan muddat;
muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat oʻtalgan muddat.
23. Bitiruvchi uch yil majburiy ishlagandan soʻng shu ish beruvchida ishni davom ettirish masalasi ish beruvchi va xodimning oʻzaro kelishuviga muvofiq mehnat qonunchiligi asosida hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi.
V. Bitiruvchilarga beriladigan imtiyozlar
24. Ishga taqsimlangan bitiruvchi taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarga ishga joylashgach, ish beruvchi unga mehnat qilishi uchun shart-sharoitlarni yaratadi, uy-joy bilan taʼminlash choralarini koʻradi.
25. Ish beruvchi yosh mutaxassislarning mehnatini ragʻbatlantirish va ularning lavozimlarini oshirish choralarini koʻradi, ularga ilmiy ish bilan shugʻullanish uchun imkoniyat yaratadi.
26. Oliy taʼlim muassasalarini tugatgan va ishga yuborilgan bitiruvchi taqsimot komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda oliy taʼlim muassasasi boʻysunadigan tegishli vazirlik yoki idoraga yoxud sudga murojaat etish huquqiga ega.
VI. Yakuniy qoidalar
27. 2005/2006 oʻquv yilidan boshlab, har oʻquv yilining boshida, yaʼni sentabr oyida, oliy taʼlim muassasalariga bakalavriat va magistratura boʻyicha davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida oʻqishni tamomlagandan soʻng taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarda kamida uch yil ishlab berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi lozim.
Bitiruvchi uzrsiz sabablarga koʻra taqsimlangan joyda ishlashni xohlamasa, unga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida choralar koʻriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 769-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
28. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. AZIZXOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Badiiy akademiya raisi T. QOʻZIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK raisi O. RAMATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2005-yil 4-iyul
Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎200___ y. ___________________ ni

‎‎(oliy taʼlim muassasasi nomi)‎


‎‎‎BITIRUVCHILAR SHAXSIY TAQSIMOTI QAYDNOMASI

T/r‎‏

Familiyasi, ismi sharifi

jinsi

Tugʻil gan yili

oilaviy ahvoli

doimiy yashash joyi (ota-onasining, turmush oʻrtogʻining manzili)

Bitiruvchi tugatgan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi)

‎‎qayerga ishga yuboriladi

Bitiruvchi imzosi‎‏

Taʼlim muassasasi, korxona va tashkilot nomi

lavozimi‎

Keyingi tahrirga qarang.
Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

MUSTAQIL ISHGA JOYLASHISH IMKONIYATI
‎BERILGANLIGI TOʻGʻRISIDA
‎ ___- SONLI MAʼLUMOTNOMA ‎‎


‎‎20___y. “__” _____________ da __________________________________________________ ni‎

(OTMning nomi toʻliq yoziladi)‎

______________________________________________________________________________‎
taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha tamomlagan _________________________________‎
______________________________________________________________________________‎‎

(ismi sharifi toʻliq yoziladi)‎

Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisida nizomning III boʻlimining 15-bandiga muvofiq mustaqil ishga joylashish imkoniyati beriladi.‎

Oliy taʼlim
‎muassasasi rektori ‎

_________________________
‎(imzo)‎

M.Oʻ‎
Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

(Vazirlik nomi)‎‎

‎‎

ISHGA YUBORILGANLIK
‎TOʻGʻRISIDA‎

(Bitiruvchi ish joyiga kelgach 10 kunlik muddatda toʻldirilib, oliy taʼlim muassasasiga kaytariladi.‎

№ yoʻllanma boʻlagi‎

ISHGA YUBORILGANLIK
‎TOʻGʻRISIDA‎

20_ y. “__”___________‎
_______________________________________‎

№ yoʻllanma‎

__________________________________‎_____ (Ish beruvchi:taʼlim muassasasi, korxona va tashkilot nomi) __________‎________________________________________
__________________________________‎_____ __________________________________________________‎‎

(oliy taʼlim muassasasi nomi toʻliq yoziladi‎)

__________________________________maʼlum kiladiki,‎
__________________________________‎_____ oliy taʼlim muassasasini tamomlagan nomi koʻrsatiladi) __________________________________________________‎
__________________________________‎_____ __________________________________________________‎

(ismi, sharifi toʻlik yoziladi)

(ismi sharifi toʻliq yoziladi)‎

__________________________________‎_____ 20____y “____”____________________da‎
___________________ lavozimida ishlash uchun ‎ ish joyiga yetib keldi va lavozimiga tayinlandi.‎
__________________________________‎‎_____

(taʼlim muassasasi, korxona va tashkilotning nomi)

_____________ixtiyoriga yuboriladi‎
Yetib kelish muddati: ___‎ Rahbar‎

(imzo)‎

M.Oʻ.


‎sana ‎
M.Oʻ.


‎sana‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 258-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)