1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Matbuot, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1038-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2018-y., 09/18/1038/0508-son)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 589-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi markaziy apparatining tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi matbuot va axborot agentligining tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga 4-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga 5-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari xodimlarining cheklangan soni
T/r
Mintaqalar
Xodimlarning cheklangan umumiy soni
Boshqaruv xodimlari soni
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar
1.
Andijon viloyati
8
6
2
2.
Buxoro viloyati
8
6
2
3.
Jizzax viloyati
8
6
2
4.
Qashqadaryo viloyati
8
6
2
5.
Navoiy viloyati
8
6
2
6.
Namangan viloyati
8
6
2
7.
Samarqand viloyati
8
6
2
8.
Sirdaryo viloyati
8
6
2
9.
Surxondaryo viloyati
8
6
2
10.
Toshkent viloyati
8
6
2
11.
Fargʻona viloyati
8
6
2
12.
Xorazm viloyati
8
6
2
13.
Toshkent shahri
8
6
2
Jami:
104
78
26
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda):
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirishlar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etish hamda tanlovlar oʻtkazish”;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “berish va ularni qaytarib olish toʻgʻrisida” soʻzlari “berish va ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “beradi va ularni qaytarib oladi” soʻzlari “beradi va ularning amal qilishini toʻxtatadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etish hamda tanlovlar oʻtkazish”;
toʻrtinchi xatboshidagi “toʻxtatib qoʻyish yoki qaytarib olish” soʻzlari “va ularning amal qilishini toʻxtatish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “Pochta va telekommunikatsiyalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” soʻzlari “aloqa va axborotlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etadi hamda tanlovlar oʻtkazadi”;
8-bandning ikkinchi xatboshidagi “berish va ularni qaytarib olish toʻgʻrisida” soʻzlari “berish va ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi, “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston mualliflik huquqi respublika agentligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “tayyorlash”, “toʻxtatib turish yoki qaytarib olish” soʻzlari tegishli ravishda “shakllantirish”, “va amal qilishini toʻxtatish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “tayyorlash”, “toʻxtatib turish yoki qaytarib olish” soʻzlari tegishli ravishda “shakllantirish”, “va amal qilishini toʻxtatish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“4. Xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazish va faoliyat turiga litsenziya olish uchun Axborot faoliyati hamda maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya huzuridagi ishchi guruhga davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya olish uchun tegishli qonun hujjatlarida belgilangan roʻyxat boʻyicha hujjatlarni beradi”;
(1-band “e” kichik bandining oltinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 415-modda)
(1-band “e” kichik bandining yettinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 415-modda)
j) 5-ilova 9-bandining oʻn birinchi xatboshidagi “qaytarib olish toʻgʻrisida” soʻzlari “amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-apreldagi 84-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 167-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 589-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1038-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2018-y., 09/18/1038/0508-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Noshirlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 57-modda):
a) 14-bandning ikkinchi xatboshi “qaror” soʻzidan keyin “tegishli faoliyat turlari boʻyicha Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasini hisobga olgan holda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 30-bandning birinchi xatboshi “tartibda” soʻzidan keyin “shuningdek tegishli faoliyat turlari boʻyicha Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasi asosida” soʻzlari qoʻshilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 109-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Asosiy faoliyati davlat televideniye va radiodasturlarini shakllantirish va tarqatish (translyatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondida mulkning davlat ulushi kamida 50 foizni tashkil etadigan korxonalarga radiochastotalar berish va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov oʻtkazilmasdan amalga oshiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda; 2006-y., 34-35-son, 346-modda; 41-son, 415-modda; 2012-y., 52-son, 589-modda; 2014-y., 15-son, 167-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2018-y., 09/18/1038/0508-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)