1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.13.00 Kinematografiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
“OʻZBEKKINO” MILLIY AGENTLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
Qarori
YILLIK ISHLAB CHIQARISH HAJMLARINI SHAKLLANTIRISH, MOLIYALASHTIRISH HAMDA AJRATILGAN MABLAGʻLAR MAQSADLI VA SAMARALI SARFLANISHINI NAZORAT QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-iyulda 1385-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 33-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3594, 27.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-apreldan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 16-martdagi PF-3407-sonli “Kinomatografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 126-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-martdagi 126-sonli “Oʻzbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 128-modda) muvofiq, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Yillik ishlab chiqarish hajmlarini shakllantirish, moliyalashtirish hamda ajratilgan mablagʻlar maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.