T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Tashkiliy-huquqiy taʼminot | |||||
1. | Bolalar saratoni bilan kurashish boʻyicha milliy rejani tasdiqlash. | 1. 2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasi konsepsiyasi asosida Bolalar saratoniga qarshi kurashishning 2026 — 2035-yillarga moʻljallangan milliy rejani ishlab chiqish. | 2025-yil avgust | – | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) |
2. Milliy rejani Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida xalqaro standartlarga muvofiq shaklda tasdiqlash hamda vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtirish | 2026-yil iyun |
| |||
2. | Palliativ va xospis yordami koʻrsatishning huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga palliativ va xospis yordami koʻrsatishning huquqiy va tashkiliy asoslarini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | – | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Markaz |
2. Palliativ yordam shifokori va palliativ yordam hamshirasi lavozimlarini joriy etish maqsadida Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga oʻzgartirish kiritish. | |||||
3. | 2025-2026-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish. | 2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini 2025-2026-yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanida joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil may | – | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Markaz |
4. | Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab tashkil etish va uning faoliyat yuritishi uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish. | 1. Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda quyidagilarni belgilash: (a) vazifalar va funksiyalar; (b) bino bilan taʼminlash va jihozlashni oʻz ichiga olgan moddiy-texnik bazani yaratish; (v) boshqa tashkiliy masalalar. | 2025-yil may | – | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaz, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. Akademik xabni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil sentabr | ||||
5. | Ambulator darajada palliativ yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish. | Bemorlarni uyda parvarish qilish, ularga palliativ va xospis yordami koʻrsatish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil dekabr | – | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaz |
II. Bolalar saratonini profilaktika qilish, tashxislash va davolash tizimini takomillashtirish | |||||
6. | Milliy standartlar va klinik protokollarni tasdiqlash. | 1. Xalqaro tavsiyalarga muvofiq bolalar saratonini tashxislash va davolash boʻyicha standartlar va milliy klinik protokollarni tasdiqlash. | 2025-yil dekabr | – | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaz |
2. Shubhali alomatlar aniqlanganda, bemorlarni yoʻnaltirishda va tibbiyot muassasalari oʻrtasidagi oʻzaro aloqada tibbiyot xodimlarining faoliyatini tartibga soluvchi standart operatsion tartiblarni ishlab chiqish va joriy etish. | |||||
3. JSST tomonidan tavsiya etilgan xalqaro mezonlar asosida bolaning funksional holatini baholash tizimini joriy etish. | |||||
7. | 2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini 2025-2026-yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanida joriy etish loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish. | 1. Markaz qoshida Loyihani amalga oshirish guruhini tuzish. | 2025-yil iyun | Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Samarqand viloyatida Loyihani amalga oshirish guruhi aʼzolarining samarali ishlashi uchun sharoitlar yaratish choralarini koʻrish. | 2025-yil iyul | ||||
3. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimi tibbiyot xodimlarini oʻqitish orqali ularning onkologik va onkogematologik hushyorligini oshirish. | Reja-grafik asosida | ||||
4. Shahar, viloyat va respublika darajasidagi tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. | |||||
5. Ambulator darajada palliativ yordam koʻrsatishni joriy etish, bemorlarni uyda parvarish qilish, ularga palliativ va xospis yordami koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. | |||||
9. | Loyihaning amaliyotga joriy etilishi va uning ijrosini nazorat qilish. | Loyihaning implementatsiyasi boʻyicha monitoring rejasini ishlab chiqish va uning nazoratini taʼminlash. | 2026-yil iyun | – | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Strategik islohotlar agentligi, “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi |
III. Reabilitatsiya va palliativ yordam hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish | |||||
10. | Onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarni tibbiy reabilitatsiya qilish tizimini rivojlantirish. | 1. Hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarni reabilitatsiya qilish uchun 5 — 10 oʻrinli boʻlimlar tashkil etish. | 2025-2026-yillar | Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, xalqaro grantlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi |
2. Hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini reabilitatsiya uskunalari va texnologiyalari bilan jihozlash. | |||||
3. Onkologik va onkogematologik tashxis bilan davolash kurslaridan soʻng davomli tibbiy reabilitatsiyaga muhtoj bemor bolalar uchun maxsus muassasalarda sanator-sogʻlomlashtirishni tashkil qilish. | |||||
11. | Bolalarni reabilitatsiya qilish boʻyicha milliy standartlarni ishlab chiqish va joriy etish. | 1. Standartlar, klinik protokollar va tavsiyalar, jismoniy, psixologik va nutritiv reabilitatsiya dasturlarini tayyorlash. | 2025-2026-yillar | – | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Markaz |
2. Xalqaro amaliyotlarni joriy qilish va fanlararo yondashuvni taʼminlash. | |||||
12. | Bolalarga palliativ yordam koʻrsatish boʻyicha standartlar va klinik protokollarni ishlab chiqish va joriy etish. | Bolalarga sifatli palliativ yordam koʻrsatishni taʼminlaydigan standartlar va milliy klinik protokollar hamda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | – | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaz |
13. | Palliativ va xospis yordami koʻrsatishni takomillashtirish. | 1. Davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirokida “Palliativ va xospis yordamini qoʻllab-quvvatlash assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini tuzish. | 2025-yil noyabr | – | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Assotsiatsiyaning davlat va xususiy tibbiyot muassasalari bilan oʻzaro hamkorligi boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | |||||
14. | Farzandiga saraton tashxisi qoʻyilgan oilalarni ijtimoiy himoya bilan qamrab olish. | Nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda saraton tashxisi qoʻyilgan bolalarning oilalarni ijtimoiy uy, ijtimoiy transport bilan taʼminlash va ularga psixologik yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil noyabr | – | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
IV. Raqamli texnologiyalar va bemorlarni yoʻnaltirishning integratsiyalashgan tizimini joriy etish | |||||
15. | Bemorlarni raqamli yoʻnaltirish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish. | 1. Loyiha doirasida sunʼiy intellektni joriy etish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. | 2025-yil iyul | Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaz |
2. “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarni roʻyxatga olish, tashxislash, davolash, dispanser kuzatish va yoʻnaltirish jarayonlarini avtomatlashtirishni taʼminlaydigan, shu jumladan, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali bemorlarni yoʻnaltirish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish. | |||||
3. Tibbiy maʼlumotlarni qayta ishlash va davolashning maqbul yoʻnalishini prognoz qilish uchun intellektual algoritmlarni joriy etish orqali bemorlarni yoʻnaltirish jarayonlarining samaradorligi va shaffofligini oshirish. | |||||
4. Tibbiy yordamning qulayligini oshirish va sogʻliqni saqlash muassasalariga tushadigan yuklamani kamaytirish maqsadida shifokor qabuliga masofadan yozilish va onlayn maslahatlar oʻtkazish funksiyasini ishga tushirish. Bunda bemor bolalar va ularning yaqin qarindoshlari uchun masofadan turib sogʻligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uzatish, shikoyatlar asosida keyingi qadamlar toʻgʻrisida koʻrsatmalar olish (onkonavigator) imkoniyatlarini yaratish. | |||||
5. Koʻrsatilgan raqamli yechimlarni tegishli darajada ishlatishni taʼminlash uchun tibbiy, maʼmuriy va texnik xodimlarni oʻqitishni tashkil etish. | Reja-grafik asosida | ||||
6. Tibbiyotning barcha boʻgʻinlarida onkologik va onkogematologik kasalliklarga tashxis qoʻyish, shubhali holatlarga aniqlik kiritish maqsadida masofadan turib (teletibbiyot orqali) malakali mutaxassislardan iborat konsilium yigʻilishlarini tashkil qilish. | |||||
16. | Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektdan foydalangan holda bolalarda onkologik va onkogematologik kasalliklarni tashxislash va davolash samaradorligini monitoring qilish uchun raqamli vositalarni ishlab chiqish va joriy etish. | 1. Tashxislash, yoʻnaltirish qoidalariga rioya qilish va davolash natijalarini baholash uchun raqamli tahliliy boshqaruv panellari va avtomatlashtirilgan hisobotlarni yaratish. | 2025-2026-yillar | Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaz |
2. Monitoring markazini “Onkologik yoʻnaltirish” moduli va “Kanser-registr” bilan integratsiya qilish. | |||||
3. Standartlardan chetga chiqishlarga tezkor munosabat bildirish uchun xabar berish va qayta aloqa tizimini shakllantirish. | |||||
V. Tibbiyot muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish | |||||
17. | Oʻzbekistonda bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmatini takomillashtirish boʻyicha master rejani amalga oshirish. | 1. Vena tibbiyot universiteti va “AME International” kompaniyasi bilan Loyihani samarali boshqarish va amalga oshirish boʻyicha EPC shartnomasini tuzish. Bunda: (a) xalqaro standartlarga muvofiq bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi milliy xizmatining butun vertikal boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, jumladan, oʻqitish va tibbiyot muassasalarini kadrlar salohiyati bilan taʼminlash, mutaxassislarning xorijiy klinikalarda stajirovkadan oʻtashini va boshqa oʻquv tadbirlarini tashkil etish hamda tajriba almashish; (b) master-rejaga muvofiq, Markaz hududidagi barcha rejalashtirilgan binolar (simulyatsiya markazi joylashgan aseptik blok, laboratoriya-tashxis bloki, radiologiya bloki va nur terapiyasi boʻlimi, poliklinika bloki, maʼmuriyat binosi)ni loyihalash, qurish, renovatsiya qilish va jihozlash. | 2025-yil iyul | Davlat budjetidan ajratilgan xalqaro moliya institutlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Markaz |
2. Imtiyozli uzoq muddatli kreditlar berish orqali Loyihani hamkorlikda moliyalashtirish masalasini Avstriya va Yevropa Ittifoqining tegishli organlari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari, jumladan, Islom taraqqiyot banki bilan ishlab chiqish. | |||||
3. Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmatini takomillashtirish master-rejasini amalga oshirish. | 2025 — 2027-yillar | ||||
18. | Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, bolalar shifoxonalari, shuningdek, tuman tibbiyot birlashmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. | 1. Samarqand viloyati tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan, tibbiyot muassasalarini qurish, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish hamda jihozlash. | 2025-2026-yillar | Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Samarqand viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaz Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaz Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaz Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaz Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Xalqaro standartlarga muvofiq, hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari bazasida 110 oʻringacha bloklarning namunaviy loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil avgust | ||||
3. Hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari bazasida (ambulator, statsionar davolash, palliativ parvarishlash va reanimatsiya uchun) 110 oʻringacha boʻlinma tashkil etish (qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash). | 2025 — 2027-yillar | ||||
4. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qurilayotgan onkogematologiya boʻlimlari loyihalarini xalqaro standartlar talablariga moslashtirish. | 2025 — 2027-yillar | ||||
5. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, shahar va respublika bolalar shifoxonalari, shuningdek, tuman tibbiyot birlashmalarini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash. | 2025 — 2027-yillar | ||||
VI. Kadrlar salohiyatini mustahkamlash, ilmiy faoliyatni rivojlantirish va xalqaro hamkorlik | |||||
19. | Tibbiyot muassasalarini zarur kadrlar bilan taʼminlash. | Samarqand viloyati va boshqa hududlarda 2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini joriy etish jarayonida tibbiyot muassasalarining shtat normativlarini qayta koʻrib chiqish, zaruratga koʻra, tor soha (bolalar onkolog-gematologi, palliativ yordam shifokori, palliativ yordam hamshirasi va boshqalar) mutaxassislari shtat birliklarini kiritish. | 2025-2026-yillar | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
20. | Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari uchun “Onkologik hushyorlik” oʻquv dasturini amalga oshirish. | 1. Tibbiyot xodimlarining onkologik hushyorligini oshirish boʻyicha kompleks taʼlim dasturini ishlab chiqish va ularni oʻqitish. | 2025-2026-yillar | Davlat budjetidan ajratilgan xalqaro grantlar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaz |
2. Bolalarda xavfli oʻsmalarga shubha boʻlganda klinik fikrlash boʻyicha raqamli oʻquv modullari, chek-listlari va algoritmlarini yaratish. | |||||
3. Oʻzlashtirilgan material samaradorligini baholash va olingan bilimlarni klinik amaliyotda qoʻllashni nazorat qilish. | |||||
21. | Bolalarni tibbiy reabilitatsiya qilish va palliativ yordam koʻrsatish sohasida mutaxassislar tayyorlash. | Pediatriya xizmati hamda bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmati uchun tiklovchi tibbiyot va palliativ yordam yoʻnalishlarida tibbiyot xodimlari uchun kurslar, malaka oshirish dasturlari va sertifikatlashni tashkil etish. | Reja-grafik asosida | Davlat budjeti mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaz |
22. | Bolalar onkologiyasi va onkogematologiyasi sohasidagi mintaqaviy darajadagi kadrlarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish. | 1. Bolalar onkologiyasi va onkogematologiyasi sohasidagi kadrlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va faoliyat natijadorligidan (KPI) kelib chiqib, moddiy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash. | 2025-yil dekabr | – | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Markaz |
2. Bolalar onkologiyasi va onkogematologiyasi sohasidagi kadrlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini raqamlashtirish. | 2026-yildan boshlab | ||||
3. Kadrlarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish. | |||||
VII. Aholining bolalar saratoni masalalari boʻyicha xabardorligini oshirish | |||||
23. | Bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha axborot-maʼrifiy kampaniya olib borish. | 1. Aholining bolalardagi onkologik va gematologik kasalliklar belgilari haqida xabardorligini oshirish va oʻz vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilish zarurligi masalasida kompleks muloqot strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunda videoroliklar, bukletlar, infografika kabi multimediali axborot materiallarini tayyorlash hamda internet platformalari, televideniye, radio va bosma nashrlar orqali maʼlumotlarni tarqatish. | 2025-2026-yillar | Ijrochilar mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, OʻzA, OʻzMTRK, Markaz, ommaviy axborot vositalari |
2. Milliy strategiyaning maqsad va vazifalari, shuningdek, uning amalga oshirilishi jarayoni va maqsadli koʻrsatkichlarga erishish haqidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash. | |||||
24. | Maktab oʻquvchilarida tibbiy yordamga erta murojaat qilish madaniyatini va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish. | 1. Bolalarning salomatligi boʻyicha profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish. | 2025-2026-yillar | Davlat budjetidan ajratilgan hamkorlik dasturlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
2. Salomatlik va oʻz sogʻligʻi haqida gʻamxoʻrlik qilish madaniyatini oshirish boʻyicha maktablarda maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish. | |||||
25. | Palliativ yordam boʻyicha jamoatchilikning xabardorligini oshirish va koʻngillilar harakatini rivojlantirish. | Palliativ yordamning maqsadlari, vazifalari va ahamiyati haqida axborot-maʼrifiy kampaniyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Jamiyatda palliativ yordam koʻrsatish toʻgʻrisida ijobiy tasavvurni shakllantirish. Koʻngillilarni jalb qilish, ularni etika asoslari, bemorlar oilalarini kuzatish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻqitish. | 2025-2026-yillar | Davlat budjeti mablagʻlari, hamkorlik dasturlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, Markaz |
T/r | Maqsadli koʻrsatkichlar | Oʻlchov birligi | 2025 | 2026 | 2027 | 2028 | 2029 | 2030 |
1. | Onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarning bir yil davomida yashovchanlik darajasi | Foiz | 34 | 40 | 50 | 65 | 80 | 90 |
2. | Onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarning 5 yil davomida yashovchanlik darajasi | Foiz | 17 | 22,5 | 27 | 33 | 45 | 60 |
3. | Erta bosqichlarda aniqlangan holatlar ulushi | Foiz | 25 | 30 | 35 | 45 | 55 | 65 |
4. | Onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarni autologik transplantatsiya bilan qamrab olish | Nafar | 20 | 29 | 36 | 44 | 49 | 54 |
5. | Onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarni allogen transplantatsiya bilan qamrab olish | Nafar | 2 | 4 | 6 | 8 | 10 | 15 |
6. | Onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarni molekulyar-genetik tashxis usullari bilan qamrab olish | Foiz | 30 | 45 | 60 | 75 | 85 | 90 |
7. | Onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bemor (bolalar)larni sitofloumetrik tashxis usullari bilan qamrab olish | Foiz | 85 | 85 | 88 | 90 | 92 | 95 |
T/r | Hududlar | Bino quvvati (shifo oʻrni) | |||
Jami | 2025-yil | 2026-yil | 2027-yil | ||
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 80 | 80 | ||
2. | Andijon viloyati | 80 | 80 | ||
3. | Buxoro viloyati | 40 | 40 | ||
4. | Jizzax viloyati | 30 | 30 | ||
5. | Navoiy viloyati | 30 | 30 | ||
6. | Namangan viloyati | 50 | 50 | ||
7. | Samarqand viloyati | 80 | 80 | ||
8. | Sirdaryo viloyati | 30 | 30 | ||
9. | Toshkent viloyati | 50 | 50 | ||
10. | Fargʻona viloyati | 50 | 50 | ||
11. | Xorazm viloyati | 40 | 40 | ||
JAMI | 560 | 80 | 120 | 360 | |
T/r | Tibbiy asbob-uskunalar nomi | JAMI | 2025-yil | 2026-2027-yillar | |||||||||||||||||||||||||||
Samarqand viloyati TTBlar | Qoraqalpogʻiston | Andijon viloyati TTBlar | Buxoro viloyati TTBlar | Jizzax viloyati TTBlar | Qashqadaryo viloyati TTBlar | Navoiy viloyati TTBlar | Namangan viloyati TTBlar | Surxondaryo viloyati TTBlar | Sirdaryo viloyati TTBlar | Toshkent viloyati TTBlar | Fargʻona viloyati TTBlar | Xorazm viloyati TTBlar | Andijon shahar bolalar shifoxonasi | Shahrisabz tumani bolalar shifoxonasi | Kitob tumani bolalar shifoxonasi | Koson tumani bolalar shifoxonasi | Namangan shahar bolalar shifoxonasi | Samarqand shahar bolalar shifoxonasi | Angren shahar bolalar shifoxonasi | Bekobod shahar bolalar shifoxonasi | Fargʻona shahar bolalar shifoxonasi | Qoʻqon shahar bolalar shifoxonasi | Margʻilon shahar bolalar shifoxonasi | Toshkent shahar 1-sonli bolalar shifoxonasi | Toshkent shahar 2-sonli bolalar shifoxonasi | Toshkent shahar 3-sonli bolalar shifoxonasi | Toshkent shahar 4-sonli bolalar shifoxonasi | Toshkent shahar 5-sonli bolalar shifoxonasi | |||
1. | Raqamli rentgen apparati | 34 | 4 |
| 7 |
| 1 | 6 | 3 | 2 |
|
| 10 |
| 1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2. | Exo-KG | 117 | 3 | 12 | 17 | 6 | 8 | 1 | 11 | 8 | 8 | 7 | 16 | 14 | 6 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3. | EKG | 20 | 5 |
|
| 3 |
|
|
| 2 | 1 | 2 | 2 | 5 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4. | EEG | 4 | 2 |
|
|
| 1 |
| 1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5. | EFGD | 22 |
|
|
|
|
| 1 | 4 |
| 5 |
| 5 | 7 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6. | Neonatal jarrohlik asbob-uskunalari toʻplami | 16 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
7. | Laparoskopik ustun | 15 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
| 1 | 1 |
8. | SRAR apparati (yangi tugʻilganlar uchun) | 25 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 2 | 1 | 1 | 1 | 0 | 2 | 2 | 2 | 0 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 |
9. | Yangi tugʻilganlar uchun inkubator (kyuvez) | 17 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 2 | 1 | 1 | 1 | 0 | 1 | 1 | 1 | 1 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
10. | Bemor monitori | 96 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 6 | 6 | 6 | 6 | 6 | 6 | 6 | 6 | 6 | 6 | 6 | 6 | 6 | 6 | 6 | 6 |
11. | Reanimatsion stol (isitish tizimi bilan) | 34 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 4 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 |
12. | Videolaringoskop toʻplami | 16 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
13. | Defibrillyator | 16 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
14. | Portativ kislorod konsentratori | 34 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 4 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 |
15. | Oʻpka sunʼiy ventilyatsiyasi (IVL) apparati (kattalar, bolalar, yangi tugʻilganlar uchun) | 66 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 4 | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 | 6 | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 |
16. | Bolalar jarrohligi asbob-uskunalari toʻplami | 32 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 |
17. | LOR jarrohligi endoskopik ustuni | 15 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
| 1 | 1 |
18. | Mobil rentgen | 16 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
19. | MRT (1,5T va 3,0T) | 1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 1 |
|
|
|
|
20. | Navigatsion jarrohlik va unga oid boʻlgan zaruriy tibbiy jihozlar | 259 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 16 | 16 | 16 | 16 | 16 | 16 | 16 | 16 | 16 | 19 | 16 | 16 | 16 | 16 | 16 | 16 |
21. | Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun reanimatsion, intensiv va shoshilinch yordamga oid tibbiy jihoz, asbob-uskunalar toʻplami | 738 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 47 | 47 | 47 | 45 | 48 | 45 | 45 | 45 | 45 | 52 | 45 | 46 | 46 | 45 | 45 | 45 |
Jami | 1 593 | 14 | 12 | 24 | 9 | 10 | 8 | 19 | 12 | 14 | 9 | 33 | 26 | 7 | 89 | 87 | 87 | 85 | 86 | 86 | 86 | 86 | 84 | 103 | 86 | 88 | 87 | 84 | 86 | 86 | |
T/r | Tibbiy asbob-uskunalar nomi | Oʻlchov birligi | JAMI | 2025-yil | 2027- 2028-yillar | ||||||||||||||
Samarqand | RIPIATM | Toshkent davlat tibbiyot universitetining | RBKIXIATM | Qoraqalpogʻiston | Andijon VBKTTM | Qashqadaryo VBKTTM | Buxoro VBKTTM | Jizzax VBKTTM | Navoiy VBKTTM | Namangan VBKTTM | Sirdaryo VBKTTM | Surxondaryo VBKTTM | Toshkent viloyati | Fargʻona VBKTTM | Xorazm VBKTTM | ||||
1. | Neonatal jarrohlik asbob-uskunalari toʻplami | dona | 33 | 2 | 3 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 |
2. | Otoxirurgiya jarrohlik asbob-uskunalari toʻplami | dona | 36 | 3 | 4 | 1 |
| 2 | 3 | 3 | 3 | 1 | 2 | 3 | 2 | 2 | 3 | 2 | 2 |
3. | Rinoxirurgiya jarrohlik asbob-uskunalari toʻplami | dona | 32 | 2 | 4 | 1 |
| 2 | 3 | 2 | 3 | 1 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 |
4. | Laparoskopik ustun | dona | 31 | 2 | 2 | 1 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 |
5. | SRAR apparati (yangi tugʻilganlar uchun) | dona | 102 | 8 | 6 | 4 | 4 | 6 | 8 | 8 | 8 | 5 | 5 | 8 | 5 | 8 | 5 | 8 | 6 |
6. | Yangi tugʻilganlar uchun inkubator (kyuvez) | dona | 97 | 8 | 6 | 2 | 2 | 6 | 8 | 8 | 8 | 5 | 5 | 8 | 4 | 8 | 5 | 8 | 6 |
7. | Bemor monitori | dona | 604 | 80 | 40 | 4 | 10 | 60 | 80 | 30 | 80 | 30 | 25 | 30 | 25 | 30 | 20 | 30 | 30 |
8. | Reanimatsion stol (isitish tizimi bilan) | dona | 96 | 5 | 8 | 2 | 2 | 6 | 8 | 8 | 8 | 5 | 5 | 8 | 4 | 8 | 5 | 8 | 6 |
9. | Videolaringoskop toʻplami | dona | 58 | 4 | 6 | 2 | 2 | 4 | 4 | 3 | 4 | 2 | 3 | 4 | 3 | 6 | 4 | 4 | 3 |
10. | Defibrillyator | dona | 56 | 4 | 4 | 2 | 1 | 4 | 4 | 4 | 4 | 2 | 3 | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 |
11. | Portativ kislorod konsentratori | dona | 56 | 4 | 4 | 2 | 2 | 4 |
| 4 | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 | 4 |
12. | Oʻpkaning sunʼiy ventilyatsiyasi (IVL) apparati (kattalar, bolalar, yangi tugʻilganlar uchun) | dona | 195 | 13 | 17 | 4 | 16 | 4 | 9 | 15 | 15 | 11 | 17 | 10 | 13 | 15 | 15 | 17 | 4 |
13. | Bolalar jarrohligi asbob-uskunalari toʻplami | dona | 48 | 4 | 4 | 2 | 2 | 4 | 4 | 4 | 4 | 2 | 2 | 4 | 2 | 2 | 4 | 2 | 2 |
14. | LOR jarrohligi endoskopik ustuni | dona | 16 | 1 | 2 | 1 |
| 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
15. | Mobil rentgen | dona | 15 | 1 | 1 |
| 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
16. | MRT (1,5T va 3,0T) | dona | 8 |
| 1 |
|
| 1 |
| 1 | 1 | 1 |
| 1 |
|
|
| 1 | 1 |
17. | MSKT 128 kesimlik | dona | 10 | 1 |
|
|
| 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
| 1 |
|
| 1 | 1 | 1 |
18. | Funksional terapiya uchun robot tizimi, bolalarda oyoq-qoʻllarining motorikasi buzilishlarini tiklash uskunasi | dona | 14 | 1 | 1 |
|
| 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
19. | Klinik diagnostika, gistologiya, genetik, mikrobiologik avtoanalizator, sekvenser, mikroskop, gazli xromatogrof, skrining audiometri | dona | 63 | 2 | 36 | 1 |
| 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 |
20. | Turli yoshdagi bolalar uchun perkusionator va vibrauqalash nimchalari toʻplami | dona | 52 | 4 | 4 | 2 |
| 4 | 4 | 3 | 4 | 4 | 3 | 3 | 3 | 4 | 3 | 4 | 3 |
21. | Bosh miya kasalliklarini davolashdagi lazer va nur uskunalari | dona | 50 | 3 | 3 | 8 |
| 3 | 3 | 3 | 3 | 3 | 3 | 3 | 3 | 3 | 3 | 3 | 3 |
22. | Barcha turdagi jarrohlik boʻlimlari uchun zaruriy tibbiy jihoz va asbob-uskunalar toʻplami | dona | 1 547 | 108 | 221 |
|
| 107 | 38 | 108 | 108 | 107 | 107 | 108 | 107 | 107 | 107 | 107 | 107 |
23. | Perinatal dializ, plazmaferez | dona | 250 | 17 | 23 |
| 2 | 27 | 11 | 17 | 17 | 17 | 17 | 17 | 17 | 17 | 17 | 17 | 17 |
24. | Navigatsion jarrohlik va unga oid boʻlgan zaruriy tibbiy jihozlar | dona | 573 | 43 | 53 | 28 | 21 | 35 | 43 | 43 | 42 | 27 | 31 | 41 | 28 | 31 | 40 | 34 | 33 |
25. | Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun reanimatsion, intensiv va shoshilinch yordamga oid tibbiy jihoz, asbob-uskunalar toʻplami | dona | 6 456 | 600 | 506 | 148 | 148 | 515 | 543 | 453 | 543 | 257 | 290 | 453 | 288 | 428 | 448 | 450 | 386 |
26. | Kompyuterlar | dona | 440 | 30 | 40 |
| 10 | 30 | 30 | 30 | 30 | 30 | 30 | 30 | 30 | 30 | 30 | 30 | 30 |
27. | Kimyoviy preparatlarni eritish uchun yarimavtomat apparat | dona | 13 | 1 |
|
|
| 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
28. | Oftalmologik jihozlar (Oftalmoskop va tirqishli lampa) | dona | 3 |
|
|
|
|
|
|
| 1 | 1 |
|
|
|
| 1 |
|
|
29. | Exo-KG | dona | 8 | 1 |
|
|
|
|
|
|
| 1 | 1 | 1 | 1 |
| 1 | 1 | 1 |
30. | EFGDS | dona | 2 | 1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| 1 |
|
|
|
|
31. | Kimyoterapiya kreslosi | dona | 89 | 10 |
|
|
| 10 | 10 |
| 8 | 5 | 5 | 8 | 5 |
| 10 | 10 | 8 |
32. | Infuzomat | dona | 111 | 15 |
|
|
| 15 | 15 |
| 8 | 10 | 5 | 10 | 5 |
| 10 | 10 | 8 |
33. | Chiziqli tezlatkich* | dona | 4 | 1 |
|
|
| 1 | 1 | 1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
34. | PET-KT* | dona | 4 | 1 |
|
|
| 1 | 1 | 1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
35. | Siklotron* | dona | 4 | 1 |
|
|
| 1 | 1 | 1 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| Jami | 0 | 11 164 | 978 | 999 | 217 | 227 | 860 | 839 | 758 | 917 | 542 | 575 | 771 | 566 | 719 | 752 | 767 | 677 |
1. | O.Q. Abduraxmanov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Ishchi guruh rahbari |
2. | A.A. Xudayarov | — | sogʻliqni saqlash vaziri |
3. | E.M. Borisova | — | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, qoʻmita raisi oʻrinbosari |
4. | L.Sh. Kudratov | — | investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri |
5. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
6. | X.U. Umarova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
7. | K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
8. | A.A. Abduxakimov | — | ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri |
9. | A.I. Ikramov | — | sport vaziri |
10. | F.M. Toshpoʻlatov | — | sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari |
11. | E.I. Basitxanova | — | sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari |
12. | O.R. Fazilkarimov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
13. | E.E. Adilov | — | “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi direktori |
14. | A.A. Azizov | — | Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori |
15. | B.K. Yusupaliyev | — | Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi |
16. | A.A. Abduqayumov | — | Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori |
17. | U.A. Gʻoziyeva | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi departament boshligʻi |
18. | U.A. Abdugʻaniyev | — | Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi |
19. | D.Sh. Polatova | — | Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, Ishchi guruh kotibi |
1. | O.Q. Abduraxmanov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Kuzatuv kengashi raisi |
2. | A.A. Xudayarov | — | sogʻliqni saqlash vaziri |
3. | B.J. Aʼloyev | — | tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
4. | O.R. Fazilkarimov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
5. | Sh.X. Gulamov | — | investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari |
6. | N.U. Muxammadiyev | — | adliya vaziri oʻrinbosari |
7. | D.K. Adilov | — | qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari |
8. | A.A. Abduqayumov | — | Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori |
9. | T.U. Aripova | — | Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori |
10. | D.A. Agzamxodjayeva | — | Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi kotibi |