1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.07.00 Elektron pochta;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining
buyrugʻi
“Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 13-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2219-17]
Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SHERMATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-aprel,
280-mh-son
Kelishildi:
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmita raisi H. TURAXUJAYEV
2025-yil 14-mart
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 280-mh-son buyrugʻiga ILOVA
“Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:”.
1) muqaddimadan “Umumjahon pochta ittifoqi aktlari, “Aloqa toʻgʻrisida”gi, “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi 339-son “Pochta aloqasi sohasida faoliyatni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 2-banddagi “Oʻz DSt 1225:2009” degan soʻzlar “Oʻz MSt 162:2024” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“3. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi xizmatlarini (pochta, kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish, qayta ishlash, tashish va yetkazib berish) koʻrsatish boʻyicha faoliyatni Umumjahon pochta ittifoqi aktlari, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va ushbu Qoidalar asosida amalga oshiradilar.
Pochta aloqasining milliy operatoriga (bundan buyon matnda milliy operator deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida universal pochta xizmatlarini majburiy ravishda koʻrsatish boʻyicha vazifalar yuklatiladi.
Milliy operator pochta aloqasining Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarini Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida bajarish uchun tayinlangan operatori maqomiga ega boʻladi.
Umumjahon pochta ittifoqining blanklari va hujjatlari faqat milliy operator tomonidan foydalanilishi mumkin.
Milliy operator oddiy xatlarni, pochta varaqchalarini va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari (bundan buyon matnda pul oʻtkazmalari deb yuritiladi)ni, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining yozma xat-xabarlarini, bildirishnomalarini, chaqiruv qogʻozlarini va boshqa yuridik ahamiyatga ega hujjatlarini Elektron pochta joʻnatmalarining yagona milliy tizimi orqali yetkazib berish (topshirish) boʻyicha pochta xizmatlarini koʻrsatishda mutlaq huquqga ega.
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari:
oʻzlariga tegishli transport vositalaridan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli, maxsus farqlash belgilariga ega boʻlgan transport vositalaridan shartnoma asosida foydalanadi;
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, pochta aloqasi normativlari hisobga olingan holda, pochta aloqasi obyektlari tomonidan koʻrsatiladigan pochta aloqasi xizmatlari roʻyxatini mustaqil belgilaydi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiradi.”;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul oʻtkazmalarini” degan soʻzlar “pochta va kuryerlik joʻnatmalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshidan “Shaharlarda va tuman markazlarida joylashgan pochta aloqasi obyektlari ichida, bundan tashqari, oddiy pochta varaqasini va oddiy xatlarni pochta konvertlarida joʻnatishga moʻljallangan pochta qutisi ham boʻlishi kerak.” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“7. Milliy operator foydalanuvchilar uchun qulay joylarda oddiy xatlar va pochta varaqchalarini yigʻish uchun pochta qutilarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, binolar va inshootlar mulkdorlari (egalari, foydalanuvchilari) bilan kelishgan holda joylashtiriladi.”;
“11. Pochta aloqasi operatorlari pochta aloqasi obyektlarini ilova qilinadigan hujjatlarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini rasmiylashtirish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan nomli buyumlar bilan taʼminlaydi.”;
birinchi xatboshidan “iz tushirish moslamalari, termopayvandlash mashinasining plastinalari, nazorat-geraldli muhrlar,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“15. Pochta xizmatlari jumlasiga pochta joʻnatmalarini joʻnatish, shu jumladan tezlashtirilgan pochta rejimida joʻnatish kiradi.
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan quyidagi turdagi pochta xizmatlari ham koʻrsatilishi mumkin:
pochta joʻnatmalarini qoʻshimcha joʻnatish va qaytarish;
yozma xat-xabarlar va posilkalarni oʻrash;
pochta joʻnatmalariga ilova qilinadigan manzil blanklarini, joylanma roʻyxatlarni, pul mablagʻlari pochta oʻtkazmalarining blankalarini va boshqa blankalarni toʻldirish;
manzillarni va yozma xabarlarni yozish;
pochta aloqasi xizmatlarini uyda koʻrsatish;
telegraf xabarlarni va boshqa xabarlarni amalga oshirish;
pochta toʻlovi davlat belgilarini va filateliya mahsulotlarini realizatsiya qilish;
“16. Oʻzbekiston Respublikasi hududida adresatga pochta joʻnatmalarini joʻnatish uchun qabul qilinadigan pochta joʻnatmalarining quyidagi turlari ichki pochta joʻnatmalariga kiradi:”;
“g” kichik banddagi “sekogrammalar” degan soʻz “koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“d” kichik banddagi “odatdagi” degan soʻz “oddiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“z” kichik banddagi “tegishlicha oʻramdagi bosma nashrlar” degan soʻzlar “pul oʻtkazmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“25. Xalqaro pochta joʻnatmalariga milliy operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga joʻnatiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga milliy operatorning manziliga keladigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan oʻtadigan pochta joʻnatmalariga quyidagilar kiradi:”;
“g” kichik banddagi “sekogrammalar” degan soʻz “koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“34. Koʻzi ojizlar uchun ichki va xalqaro joʻnatmalarda ularning koʻzi ojizligi bilan bogʻliq muammolarni bartaraf qilish maqsadida koʻzi ojizlar tashkiloti va koʻzi ojizlar, shuningdek koʻzi ojizlar oʻrtasida oʻzaro bir-biriga ishlab chiqarilgan yoki moslashtirilgan yozma xat-xabarlar, shaklidan qatʼi nazar adabiyotlar (shu jumladan, ovoz yozish), har qanday uskunalar va materiallar yuborilishi mumkin.
35. Banderollar belgilangan oʻlcham, ogʻirlik va oʻrovdagi bosma nashrlar, ish qogʻozlari, qoʻlyozmalar, fotosuratlar, albomlar, daftarlarni oʻz ichiga oladi.”;
“Tezkor pochtaning xalqaro joʻnatmalarini joʻnatish Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlariga muvofiq “EMS” tezkor pochta tizimi boʻyicha, “EMS” koʻp tomonlama namunali kelishuvi yoki ikki tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.”;
17) 40-bandning ikkinchi xatboshisidan “hamda yetkazib berish (topshirish)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“41. Quyidagilar universal pochta xizmatlari jumlasiga kiradi:
foydalanuvchilarning oddiy yozma xat-xabarlarni (pochta varaqchalarini, xatlarni, banderollarni va mayda paketlarni) joʻnatish boʻyicha ehtiyojlarini qanoatlantirishga doir pochta xizmatlari;
koʻzi ojizlar uchun joʻnatmalar almashinuvida koʻzi ojizlarning va koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan muassasalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish boʻyicha pochta xizmatlari.
Foydalanuvchilarga universal pochta xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi doirasida, maqbul narxlar boʻyicha koʻrsatiladi.
Universal pochta xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha namunaviy shartnoma (oferta) milliy operatorning rasmiy veb-saytida joylashtirilishi lozim.”;
“45. Roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalarini pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan pochta kuryeri orqali joʻnatish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmat kuryerlik xizmatidir.
Quyidagilar kuryerlik joʻnatmalariga kiradi:
a) hujjatlar mavjud boʻlgan joʻnatmalar;
b) tovar joylanmasi mavjud boʻlgan joʻnatmalar.
46. Ichki kuryerlik joʻnatmalari kuryerlik xizmatlarini koʻrsatadigan pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan belgilanadigan eng qisqa muddatlarda yuboriladi.
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari ikki tomonlama bitimlar bilan belgilangan muddatlarda joʻnatiladi.”;
22) 47-48-bandlardagi “pochta aloqasi operatorlari” degan soʻzlar “pochta aloqasi operatorlari va provayderlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) IV bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IV bob. Ichki va xalqaro pochta joʻnatmalarini, shu jumladan, tezkor pochta joʻnatmalarini, kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatish”;
“Pochta toʻlovi davlat belgilari bilan ichki va xalqaro oddiy va buyurtma xatlarni, pochta varaqchalarini, ichki oddiy va buyurtma banderollarni, ichki pochta joʻnatmalari olinganligi toʻgʻrisidagi oddiy va buyurtma bildirishnomalarni joʻnatish haqi toʻlanadi.”;
uchinchi xatboshidan “, oddiy mayda paketlarni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
25) 51-banddagi “plastik kartochkalar” degan soʻzlar “bank kartalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 56-bandning birinchi xatboshisidan “oddiy mayda paket,” va “yoki ichki pul oʻtkazmasi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
27) 57-bandning ikkinchi xatboshisidan “oddiy mayda paketlar,” va “yoki ichki pul mablagʻlari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“70. Roʻyxatga olinadigan ichki pochta joʻnatmalari joʻnatishga olinganlik toʻgʻrisidagi oddiy va buyurtma bildirishnomalar bilan qabul qilinishi mumkin.”;
“Pochta konvertlari, pochta varaqchalari Oʻz MSt 154:2024 “Pochta konvertlari. Texnik shartlar”, Oʻz DSt 1143:2008 “Pochta varaqchalari. Texnik shartlar”, “Pochta aloqasida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha talablar” maxsus texnik reglamenti va ushbu Qoidalar talablariga mos kelishi kerak.”;
“79. Banderollar va koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalarni oʻrab joylash uchun pochta konvertlari, gʻiloflar, karton qutilar, yogʻoch (faner) qutilar qoʻllaniladi. Banderollar va koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalarni oʻrab joylash uchun materiallar sifatida pishiq qogʻoz, poliyetilen plyonka, och rangdagi sidirgʻa gazlamadan va sertifikatlashtirilgan oʻrovlash materiallarining boshqa turlaridan foydalanish mumkin.
Agar banderolda yoki koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmada bir nechta predmet yuboriladigan boʻlsa, bu predmetlar oʻrovlashdan oldin shpagat bilan bogʻlanadi. Ogʻirligi 500 g dan ortiq boʻlgan oddiy va buyurtma banderollar va koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalar, bundan tashqari, oʻrov materiali ustidan xochsimon shaklda shpagat bilan bogʻlanadi.”;
uchinchi xatboshidagi “sekogramma” degan soʻz “koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Yuridik shaxs tomonidan pul oʻtkazmalari joʻnatilganda, joʻnatuvchining blankdagi manzilida yuridik shaxsning nomi, uning bank rekvizitlari va joylashgan yeri (pochta manzili), uning nomidan qatnashadigan vakolatli shaxsning maʼlumotlari (familiyasi, ismi, otasining ismi, ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan birining seriyasi va raqami) koʻrsatiladi.”;
“84. Pochta joʻnatmalari, posilkalarga ilova qilinadigan blanklardagi, shuningdek, pul oʻtkazmalari blanklaridagi barcha manzil maʼlumotlari (agar imkoni boʻlsa, bosma harflar bilan) aniq qilib yoziladi yoki zarur aniqlik bilan texnik vositalardan foydalanib yoziladi. Pul oʻtkazmasi blankida tuzatish, oʻchirib tashlash, raqamlar va harflarning ustidan takror boʻyashga, qalam bilan qilingan yozuvlarga, shuningdek, xalqaro pul oʻtkazmalari manzilida qisqartmalarga yoʻl qoʻyilmaydi. Blanklarda blanklar matniga kiritilgan belgilardan tashqari, har qanday belgilarni qoʻyish taqiqlanadi, xizmatga oid koʻrsatmalar bundan mustasno.”;
“Pochta joʻnatmalariga texnik vositalardan foydalanib bosilgan yoki qoʻlda yozilgan manzil yorliqlarini yopishtirish mumkin. Yorliqlar uchun oq qogʻozdan yoki och rangdagi qogʻozdan foydalaniladi.”;
39) 86-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tezkor (elektron) xalqaro” degan soʻzlar “Xalqaro” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“87. Pochta joʻnatmalari adresatning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda yoʻqlab olinadigan qilib yoʻllanishi mumkin. Bunday joʻnatmalar uchun initsiallar, raqamlar, faqat nomlar, soxta nomlar yoki biror shartli belgilarning koʻrsatilishiga ruxsat etilmaydi.”;
“b) oddiy (buyurtma) koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalarda — “Oddiy (buyurtma) koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatma” — “Prostoye (zakaznoye) otpravleniye dlya slepix”;”;
“d) olinganlik toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan qabul qilingan joʻnatmalarda va pul oʻtkazmalari blanklarida — “Oddiy (buyurtma) bildirishnoma bilan” — “S prostim (zakaznim) uvedomleniyem”. Bu belgi, shuningdek, posilkalarga ilova qilinadigan blanklarda ham qoʻyiladi;”;
“e” kichik banddagi “Eltib” degan soʻz “Yetkazib” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“90. Joʻnatuvchi xalqaro pochta joʻnatmalarining turi, toifasi va turkumiga bogʻliq ravishda, ularning manzilli tomonida quyidagi belgilarni qoʻyadi:”;
“b” kichik band “pochta varaqchalarida” degan soʻzlardan keyin “va banderollarda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin”;
“g” kichik banddagi “sekogrammalarda — “Cecogrammes” (Sekogramma)” degan soʻzlar “koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalarda — “Envois pour les aveugles” (Otpravleniye dlya slepix)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
43) 91-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “sekogrammalar” degan soʻz “koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“99. Oddiy pochta joʻnatmasi (bundan posilka mustasno) joʻnatuvchiga onlayn nazorat kassa mashinasi cheki berilmasdan qabul qilinadi, unga ilova qilingan hujjatlarga qoʻshimcha yozuvlar yozilmasdan joʻnatiladi va adresatga tilxatsiz topshiriladi.
Roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalarini joʻnatish pochta joʻnatmasini qabul qilishni hujjatli yoki elektron tasdiqlash, joʻnatuvchiga tasdiqlovchi hujjatni qogʻoz (taqvim shtempeli izi tushirilgan onlayn nazorat kassa mashinasining cheki) koʻrinishida yoki pochta joʻnatmasiga pochtani roʻyxatga olish raqami (shtrixli pochta identifikatorini) berish, shuningdek pochta joʻnatmasini adresatga imzo qoʻydirib yoki boshqacha tarzda yetkazib berishni tasdiqlovchi avtomatlashtirilgan (elektron) qurilmalar, uskunalar, axborot tizimlaridan foydalangan holda topshirish orqali amalga oshiriladi. Roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalari yuboruvchining manzili majburiy tartibda koʻrsatilgan holda qabul qilinadi.
Roʻyxat boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslardan qabul qilingan pochta joʻnatmalariga bitta onlayn nazorat kassa mashinasi cheki beriladi. Bitta joʻnatuvchi tomonidan joʻnatiladigan, bir vaqtda bir nechta roʻyxat boʻyicha qabul qilinadigan pochta joʻnatmalariga bitta umumiy yoki har bir roʻyxatga alohida onlayn nazorat kassa mashinasi cheklari beriladi.
Pochta joʻnatmasi qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi onlayn nazorat kassa mashinasi chekining dublikati berilmaydi.”;
“Bank kartalardan foydalanib, jismoniy shaxslardan qabul qilingan pul oʻtkazmalari yuborilayotgan summani naqd pul bilan yoki oluvchining bank kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi.”;
oltinchi xatboshidagi “plastik kartochkasiga” degan soʻzlar “bank kartasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“105. Harbiy xizmatchilar nomiga yoʻllanadigan harbiy pochta joʻnatmalarini qabul qilish pochta aloqasi obyektlari tomonidan quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:”;
ikkinchi xatboshidan “va pul oʻtkazmalari, shu jumladan, tezkor pul oʻtkazmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“a) pochta varaqchalari, oddiy va buyurtma xatlar va banderollar, ogʻirligi 500 g gacha boʻlgan oddiy va buyurtma mayda paketlar, pochta joʻnatmalarini olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomalar;”;
“v” kichik banddan “va pul oʻtkazmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“114. Abonent pochta javonlari koʻp qavatli uylarning birinchi qavatlarida qurilish tashkilotlari tomonidan oʻrnatiladi. Abonent pochta javonlarini sotib olish va oʻrnatish xarajatlari ushbu koʻp qavatli uylarni qurish smetasiga kiritiladi.
Aholi punktlarining yakka tartibdagi imoratlar qurilgan hududlarida pochta joʻnatmalarini yetkazib berish uchun qulay boʻlgan joylarda yakka tartibdagi pochta qutilari yakka tartibda qurilgan uylarning mulkdorlari tomonidan oʻz hisobidan oʻrnatiladi.
Abonent pochta javonlarini, yakka tartibdagi pochta qutilarini yaroqli holatda saqlab turish tegishincha uy-joy fondi tasarrufida boʻlgan tashkilotlar va (yoki) boshqaruvchi tashkilotlar (boshqaruvchi) tomonidan, uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki uylarning (koʻp kvartirali uylarning turar joylari) mulkdorlari tomonidan amalga oshiriladi.”;
“118. Buyurtma xatlar, pochta varaqchalari, banderollar, mayda paketlar, koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalari, “M” qoplari, pochta joʻnatmalarini olish toʻgʻrisidagi bildirishnomalar adresatning imzosini qoʻydirib adresatga topshiriladi.
Buyurtma xatlar, pochta varaqchalari, banderollar, mayda paketlar, pochta joʻnatmalari olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomalar (“Oʻz qoʻliga topshirilsin. Buyurtma bildirishnoma bilan” — “Vruchit lichno. S zakaznim uvedomleniyem” belgisi boʻlgan xatlar va pochta varaqchalaridan tashqari), tezkor pochta joʻnatmalari oilaning voyaga yetgan aʼzolariga ishonchnomasiz, ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan biri va ularning adresatga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinganda berilishi, adresatning yozma murojaati boʻyicha esa — uy boʻyicha qoʻshnilarga berilishi yoki abonent pochta javoni qutichalariga yoki yakka tartibdagi pochta qutilariga tashlanishi mumkin.
Adresat va oilaning voyaga yetgan aʼzolari boʻlmaganda, abonent pochta javoni qutichasida yoki yakka tartibdagi pochta qutisida adresat pochta joʻnatmasini olish uchun pochta aloqasi obyektiga taklif qilingan xabarnoma qoldiriladi.”;
57) 119-banddagi “abonent” degan soʻz “yakka tartibdagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“121. Talab qilib olinguncha manzillangan oddiy pochta joʻnatmalarini, roʻyxatdan oʻtgan pochta joʻnatmalarini topshirish ushbu Qoidalarning 136-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan biri taqdim etilganda yoki pochta operatori tomonidan belgilanadigan, pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ishonchli aniqlashni taʼminlaydigan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborotning elektron tashuvchilaridan foydalanib kodlar, parollar asosida, shuningdek boshqa texnik vositalardan foydalangan holda yoki ushbu Qoidalarning 137-138-bandlarida belgilangan tartibda boshqa usul yordamida amalga oshiriladi.
122. Baliqchilik xoʻjaliklari, geologik partiyalar (ekspeditsiyalar) ishchilariga, fermalarda, ishlab chiqarish uchastkalarida va brigadalardagi qishloq xoʻjalik tashkilotlarining ishchilariga, yaylovlardagi choʻponlarga, oʻrmon uchastkalari va yogʻoch-sanoat xoʻjaliklari, temir yoʻl razyezdlari ishchilariga, jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan shaxslarga va aholi punktlaridan tashqarida boʻlgan boshqa adresatlarga pochta joʻnatmalarini yetkazib berish adresatlar ishlayotgan (taʼminlanayotgan) tashkilotlarning kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi.”;
“126. Adresatning iltimosiga koʻra va pochta aloqasi operatori, provayderida ushbu Qoidalarning 125-bandi “a”, “b” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan imkoniyatlar boʻlganda, pochta joʻnatmalari qoʻshimcha haq evaziga uyga yetkazib berilishi mumkin.”;
“Ushbu Qoidalarning 186-bandida koʻrsatilgan saqlash muddati tugagandan keyin, adresatlar tomonidan olinmagan oddiy xatlar, pochta varaqchalari, koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalari, “M” qoplari, banderollar tarqatilmagan pochta joʻnatmalari qatoriga topshiriladi. Adresatlar tomonidan olinmagan roʻyxatga olinadigan pochta joʻnatmalari joʻnatuvchilarning hisobidan ularga qaytarib yuboriladi. Belgilangan saqlash muddati oʻtgandan keyin yoki joʻnatuvchi qaytarib yuborilgan pochta joʻnatmasini olish va qaytarib joʻnatish haqini toʻlashni rad etganda, ular vaqtincha saqlash uchun tarqatilmagan pochta joʻnatmalari qatoriga topshiriladi.”;
“128. Adresat kelib tushgan pochta joʻnatmalarini olishdan voz kechganda, u pochta joʻnatmasida va (yoki) xabarnomada bu toʻgʻrida belgi qoʻyishi kerak. Adresat bunday belgi qoʻyishni rad etganda, uni pochta aloqasi xodimi amalga oshiradi. Bunday joʻnatmalar qaytarilganligi uchun haq joʻnatuvchidan qaytarilgan pochta joʻnatmasini unga berish paytida olinadi.”;
“159. Ichki va xalqaro kuryerlik joʻnatmalari roʻyxatga olinadigan joʻnatmalar hisoblanadi va ushbu Qoidalarning 99-bandida belgilangan tartibda joʻnatuvchiga onlayn nazorat kassa mashinasining cheki berilgan holda qabul qilinadi.
Kuryerlik joʻnatmasi qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi onlayn nazorat kassa mashinasining chekining dublikati berilmaydi.”;
“168. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida universal pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanish;
oʻzlarining huquq va majburiyatlari, mazkur Qoidalar, koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisidagi va ushbu xizmatlarga doir tariflar haqidagi axborotdan erkin foydalanish;
pochta va kuryerlik joʻnatmalarini oʻzining pochta manzili boʻyicha, yoʻqlab olish tarzida yoki pochtomatdan olish;
pul oʻtkazmalarini pochta manzili boʻyicha yoki yoʻqlab olish tarzida olish;
oʻzining pochta manziliga kelib tushgan pochta yoki kuryerlik joʻnatmalaridan voz kechish;
qiymati eʼlon qilingan joʻnatma joylanmasining bahosi summasini joylanmaning haqiqiy qiymatiga muvofiq mustaqil ravishda aniqlash;
pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan oʻz vaqtida hamda sifatli xizmat koʻrsatilishi;
pochta yoki kuryerlik xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki lozim darajada koʻrsatilmaganligi natijasida yetkazilgan moddiy zararlarning oʻrni qoplanishi, maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi;
mansabdor shaxslarning foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan bevosita sudga yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat bilan murojaat etish.
Foydalanuvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.”;
“b) pochta, kuryerlik joʻnatmasini boshqa shaxsga va boshqa manzil boʻyicha berilishi yoki boshqa manzil boʻyicha aynan oʻsha adresatga yetkazib berilishi toʻgʻrisida farmoyish berish;
v) pochta, kuryerlik joʻnatmasining tayinlangan joydagi pochta aloqasi obyektida u kelib tushgan kundan boshlab ikki oygacha uzaytirish huquqiga ega.”;
“Ariza bilan birga onlayn nazorat kassa mashinasining cheki taqdim etiladi, agar bu joʻnatishga besh dona va undan ortiq miqdorda qabul qilingan roʻyxatga olinadigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari taalluqli boʻlsa, u holda ushbu pochta va kuryerlik joʻnatmalarining roʻyxati yoki ularning tasdiqlangan nusxalari ham taqdim etiladi.”;
“173. Joʻnatuvchi yozma ariza asosida, tayinlangan joyga hali joʻnatilib ulgurilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmasini qaytarib olish huquqiga ega. Bu holda joʻnatuvchiga pochta toʻlovi davlat belgilari bilan toʻlangan va koʻrsatilgan qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlovdan tashqari undan olingan toʻlov qaytariladi.
Pul oʻtkazmalari yuridik shaxslarga pul mablagʻlarini ularning hisob raqamlariga oʻtkazish yoʻli bilan qaytariladi, bu oʻtkazmalar joʻnatilganligi uchun toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.
Tayinlangan joyga joʻnatib ulgurilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini olish boʻyicha yozma ariza joʻnatuvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 172-bandi bilan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.”;
“175. Adresatga qoʻshimcha toʻlov evaziga quyidagilar toʻgʻrisida yozma farmoyish berish huquqi taqdim etilgan:
a) pochta aloqasi obyektida, oʻz nomiga kelgan pochta, kuryerlik joʻnatmalarining ular kelib tushgan kundan boshlab ikki oy mobaynida saqlanishi toʻgʻrisida;
b) oʻz nomiga kelgan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini boshqa manzil boʻyicha joʻnatish yoki yetkazib berish toʻgʻrisida;
v) oʻz nomiga yoʻqlab olish tarzida keladigan pochta joʻnatmalarini uyga yetkazib berish toʻgʻrisida, agar bunday pochta joʻnatmalarini uyga yetkazib berish mazkur Qoidalar bilan nazarda tutilgan boʻlsa.”;
Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va ushbu Qoidalarga rioya etishi;
oʻziga koʻrsatilgan pochta aloqasi xizmatlari uchun haq toʻlashi;
taqiqlangan moddalar va predmetlar joʻnatilishiga yoʻl qoʻymasligi;
pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining ish sifatini pasaytirishga qaratilgan xatti-harakatlar qilmasligi shart.
Foydalanuvchilar zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
178. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari quyidagi huquqlarga ega:
pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish;
qonunchilikka muvofiq autsorsing asosida bank xizmatlarini koʻrsatish va operatsiyalarini bajarish, elektron tijoratga, shu jumladan tovarlarni saqlash hamda yetkazib berishga doir faoliyatni amalga oshirish;
oʻz faoliyatida timsoldan foydalanish.
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan autsorsing asosida ayrim turdagi bank xizmatlarini koʻrsatish tartibi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilanadi.”;
“180. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi siriga rioya etilishini kafolatlaydi. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining barcha xodimlari pochta aloqasi sirini saqlashi shart.
Pochta aloqasi sirini taʼminlash maqsadida quyidagilar taqiqlanadi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno:
boshqa shaxsga pochta va kuryerlik joʻnatmalari haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek foydalanuvchilarning manzili va shaxsiga doir maʼlumotlarni maʼlum qilish;
pochta va kuryerlik joʻnatmalarini ochish;
foydalanuvchi hamda (yoki) uning pochta va kuryerlik joʻnatmalari tarkibi (joylanmasi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda yigʻish yoki tarqatish.”;
76) V bobning 3-paragrafi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-§. Pochta, kuryerlik joʻnatmalarini qayta joʻnatish va qaytarish shartlari”;
“183. Pochta, kuryerlik joʻnatmalari (pul oʻtkazmalaridan tashqari)ni yangi manzil boʻyicha qayta joʻnatish va qaytarish uchun toʻlov undiriladi, uning miqdori qaytarish (yangi manzilga qayta joʻnatish) sanasida amal qiladigan tariflar boʻyicha belgilanadi. Pul oʻtkazmalarini yangi manzil boʻyicha qayta joʻnatish va qaytarish uchun toʻlov undirilmaydi.”;
“186. Yetarlicha asoslar mavjud boʻlganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar qonunchilik hujjatlari bilan nazarda tutilgan tartibda pochta, kuryerlik joʻnatmalarini xatlab qoʻyish, shuningdek, ularni koʻzdan kechirish va olib qoʻyish huquqiga egadir.
Pochta, kuryerlik joʻnatmalarini xatlab qoʻyish faqat sudning ajrimiga muvofiq amalga oshiriladi.
Pochta, kuryerlik joʻnatmasini xatlab qoʻyish toʻgʻrisidagi ajrim tegishli pochta aloqasi obyekti rahbariga yuboriladi va uni bajarish mazkur boshliq uchun majburiydir.”;
“187. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini qidirish toʻgʻrisida arizalar kelib tushganda, pochta aloqasi operatorlari va provayderlari bu haqda joʻnatuvchi yoki adresatni faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ruxsati bilan xabardor qilishlari mumkin.”;
81) V bobning 5-paragrafi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-§. Pochta va kuryerlik joʻnatmalarini saqlash muddatlari”;
“188. Noaniqligi yoki foydalanuvchining zarur manzili boʻyicha maʼlumotlarning boʻlmasligi, adresatning joʻnab ketishi yoki pochta aloqasi operatori va provayderi tomonidan pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan boshqa holatlar sababli yetkazib berish mumkin boʻlmagan pochta, kuryerlik joʻnatmasi mazkur Qoidalarning 189-bandida belgilangan muddatlar tugagandan keyin joʻnatuvchiga qaytariladi.
Noaniqligi yoki foydalanuvchining zarur manzili boʻyicha maʼlumotlari boʻlmasligi sababli yetkazib berilmagan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatuvchiga qaytarish imkoni boʻlmaganda yoki joʻnatuvchi qaytarilgan pochta, kuryerlik joʻnatmalarini olishdan voz kechgan holda, ular pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan tarqatilmaganlar sifatida vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilinadi.”;
“190. Pochta aloqasi obyektlari tomonidan joʻnatuvchining manzili boʻyicha qaytarilgan ichki va xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalarini joʻnatuvchilarga topshirish mumkin boʻlmaganda yoki joʻnatuvchilar ularni olishdan voz kechgan holda, pochta aloqasi obyektlarida bir oy saqlanadi.”;
85) 193-bandning uchinchi xatboshisidan “, pul oʻtkazmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“194. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qonunchilikka muvofiq qoplaydi.
195. Foydalanuvchilarning talabiga koʻra pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatishda ularga yetkazilgan zararlar Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasida nazarda tutilgan holatlarda va miqdorlarda pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan qoplanadi.”;
“197. Pochta va kuryerlik joʻnatmalarining yoʻqotilganligi, buzilganligi (shikastlanganligi), topshirilmaganligi yoki ularni joʻnatish muddatlari buzilganligi uchun, agar bu kabilar yengib boʻlmas kuch yoki pochta, kuryerlik joʻnatmalari joylanmasining xususiyatlari tufayli sodir boʻlganligi isbotlansa, shuningdek pochta, kuryerlik joʻnatmalarini bojxona koʻrigidan oʻtkazish muddatlari buzilganligi yoxud ular bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilganligi uchun pochta aloqasi operatorlari va provayderlari zararlarning oʻrnini qoplamaydi.
198. Pochta aloqasi xizmatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha toʻlov pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan pochta, kuryerlik joʻnatmasini qabul qilish yoki topshirish joyida daʼvo qabul qilingan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.”;
“Pochta, kuryerlik joʻnatmalarida manzilning toʻgʻri va toʻliq yozilganligi uchun ushbu pochta, kuryerlik joʻnatmalarining joʻnatuvchilari javobgar boʻladilar.”;
“Pochta va kuryerlik joʻnatmalari topshirilmaganligi, oʻz vaqtida yetkazib berilmaganligi yoki yoʻqotilganligi, buzilganligi (shikastlanganligi) toʻgʻrisidagi talabnomalar, shu jumladan pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qidirish arizalari pochta, kuryerlik joʻnatmalari topshirilgan kundan eʼtiboran olti oy davomida taqdim etiladi.
Pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlariga daʼvolar roʻyxatga olinadigan pochta, kuryerlik joʻnatmasini qabul qilish joyida yoki yuborilishi moʻljallangan joyda taqdim etilishi mumkin.
Xalqaro pochta, kuryerlik joʻnatmalari boʻyicha daʼvolar Umumjahon pochta ittifoqi aktlari va ikki tomonlama bitimlar bilan belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.”;
oltinchi xatboshidagi “ogʻzaki, yozma yoki elektron shaklda” degan soʻzlar “yozma shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“204. Roʻyxatga olinadigan pochta, kuryerlik joʻnatmalariga nisbatan daʼvolar, shu jumladan, yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilish ularni qabul qilish paytida berilgan onlayn nazorat kassa mashinasining cheklar, ushbu Qoidalarning 108, 110-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda esa bundan tashqari, roʻyxatlar nusxasi taqdim etilganda qabul qilinadi.”;
“206. Agar pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta aloqasi obyektiga turli onlayn nazorat kassa mashinasining cheklar va roʻyxatlar boʻyicha topshirilgan boʻlsa, u holda yoʻqolgan pochta, kuryerlik joʻnatmalari, joylanmalarning yetishmasligi yoki buzilganligi (shikastlanganligi) uchun zararni qoplash toʻlovi toʻgʻrisidagi daʼvolar ular topshirilgan har bir onlayn nazorat kassa mashinasining cheki va roʻyxat boʻyicha alohida qabul qilinadi.”;
3-pozitsiyaning “Joʻnatma turi” ustunidagi “Sekogramma” degan soʻz “Koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-pozitsiyaning “Oʻrovdagi oʻlchamlari” ustunidagi “sekogrammalarga” degan soʻz “koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8-pozitsiyaning “Joʻnatma turi” ustunidagi “Tegishli oʻrovdagi bosma nashrlar” degan soʻzlar “Banderol” degan soʻz bilan almashtirilsin;
95) 3-ilovaning 2-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Banderollar va koʻzi ojizlar uchun moʻljallangan joʻnatmalar:”;
96) 4 va 5-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
“Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga 4-ILOVA
Ichki kuryerlik joʻnatmalarining cheklangan oʻlchamlari va ogʻirligi
T/r
Joʻnatma turi
Ogʻirligi (kg)
Oʻrovdagi oʻlchamlari
1.
Hujjatlar mavjud boʻlgan kuryerlik joʻnatmasi
2
Har qanday oʻlchami — 1500 mm dan ortiq emas. Uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda oʻlchangan eng katta aylana yigʻindisi — 3000 mm dan ortiq emas.
2.
Tovar joylanmasi mavjud boʻlgan kuryerlik joʻnatmasi
30
Eng koʻp: oʻlchamlardan biri uchun 1500 mm yoki uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana yigʻindisi 3000 mm. Eng kam: 2 mm dan ogʻish bilan, 90 x 140 mm (eng kam qalinligi 50 mm boʻlganda).
”.
“Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga 5-ILOVA
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalarining cheklangan oʻlchamlari va ogʻirligi
T/r
Joʻnatma turi
Ogʻirligi (kg)
Oʻrovdagi oʻlchamlari
1.
Hujjatlar mavjud boʻlgan kuryerlik joʻnatmasi
2
Har qanday oʻlchami — 1500 mm dan ortiq emas. Uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda oʻlchangan eng katta aylana yigʻindisi — 3000 mm dan ortiq emas.
2.
Tovar joylanmasi mavjud boʻlgan kuryerlik joʻnatmasi
30
Eng koʻp: oʻlchamlardan biri uchun 1500 mm yoki uzunligi va uzunlikdan boshqa yoʻnalishda olingan eng katta aylana yigʻindisi 3000 mm. Eng kam: 2 mm dan ogʻish bilan, 90 x 140 mm (eng kam qalinligi 50 mm boʻlganda).
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2025-y., 10/25/2219-17/0439-son)