Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi huzuridagi “Sharq” nashriyot-matbaa konsernini “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi etib oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2000-yil 16-oktabrdagi PF-2737-son
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasining dastlabki ustav sarmoyasi:
qayta oʻzgartirilayotgan “Sharq” konsernining mol-mulki,
3-ilovaga muvofiq Toshkent shahar hokimligi balansiga berilayotgan maʼmuriy binolar qiymati bundan mustasno;
kompaniya shuʼba aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalarining nazorat paketlari, shuningdek,
4-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari — kompaniyaning jalb qilingan qatnashchilaridagi davlatga tegishli aksiyalar paketlari unga berilishi hisobiga shakllantiriladi.
Belgilansinki, “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi shuʼba aksiyadorlik jamiyatlari yuridik shaxslar hisoblanadi.
3. Toshkent shahar hokimligi 3-ilovaga muvofiq maʼmuriy binolarni ijara haqi undirmasdan doimiy foydalanish uchun “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasiga bersin.
4. “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalari paketlarini joylashtirishning quyidagi tartibi belgilansin:
davlat mulki boʻlib qoladigan ulush — 51 foiz;
mehnat jamoasi aʼzolari oʻrtasida joylashtiriladigan ulush — 5 foiz;
erkin sotishga moʻljallangan ulush — 44 foiz, shu jumladan xorijiy investorga sotish uchun moʻljallangan ulush — kamida 25 foiz.
taʼsis hujjatlari asosida “Sharq Mir”, “Sharq elektroniks” va “Afrosiyob Grend Furnichur” qoʻshma korxonalari, ular egallab turgan joylar ijaraga berilgan holda, xorijiy korxonalarga aylantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
bir oy muddatda “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasining taʼsis yigʻilishi belgilangan tartibda oʻtkazilishini, uning rahbar organlari shakllantirilishini va ustavi tasdiqlanishini taʼminlasin;
2000-yil 1-dekabrgacha
4-ilovaga muvofiq davlat korxonalarini aksiyalashtirsin, ushbu korxonalarning davlatga tegishli aksiyalari paketlarini “Sharq” kompaniyasining ustav fondiga bersin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-fevraldagi 92-son
qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.