1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI DEVONI IShLAR BOShQARMASI HUZURIDAGI “ShARQ” NAShRIYOT-MATBAA KONSERNINI “ShARQ” NAShRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI ETIB OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, respublikaning matbaa tarmogʻini rivojlantirishga, texnika bilan qayta qurollantirish va yangilashga xorijiy sarmoyalarni keng koʻlamda jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish asosida axborot-noshirlik faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2000-yil 3-apreldagi 159-f qarori bilan tuzilgan Ishchi komissiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi huzuridagi “Sharq” nashriyot-matbaa konsernini “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi etib oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
2. Quyidagilar “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
respublikada nashriyot-matbaa ishini yanada rivojlantirish va sifatini oshirish;
aholining yuqori sifatli matbuot mahsulotiga boʻlgan talab-ehtiyojlarini toʻliqroq qondirish, nashriyot-matbaa mahsuloti bozorini shakllantirishda faol ishtirok etish;
xoʻjalik yuritishning bozor usullarini keng joriy etish, kompaniyaning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli;
matbaa ishlab chiqarishini texnika bilan qayta qurollantirish va yangilashga xorijiy sarmoyalarni jalb etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni matbaa sohasiga tatbiq qilish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi:
ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida taʼsis etiladi va u yuridik shaxs sanaladi;
“Sharq” nashriyot-matbaa konserni tomonidan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
4. “Sharq” nashriyot-matbaa konsernini tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 5-noyabrdagi PF-286-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 411-sonli ““Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 16-oktabr,
PF-2737-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 9-10-son, 278-modda)