1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
[TSZ:
1.Moliya / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun ssuda ajratish tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Oliy taʼlim tashkilotlari talaba yoshlarining taʼtil davrida xorijiy davlatlarda ishlash va sayohat qilish imkonini beruvchi “Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlash hamda ularning taʼlimdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
1. 2025-yil 15-maydan boshlab “Work and travel” xalqaro dasturlari doirasida xorijiy davlatlarda (Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya) ishlash va sayohat qilish uchun ushbu davlatlarga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda (keyingi oʻrinlarda — ssuda) ajratish tartibi joriy etilsin. Bunda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan har yili 2 000 nafargacha talaba yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida ssuda ajratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
ssuda ajratish haqidagi arizalar davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali qabul qilinadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
talaba yoshlar ajratilgan ssudani ishlash va sayohat qilish huquqini tasdiqlovchi vizada qayd etilgan xorijiy davlatda boʻlishning soʻnggi sanasidan boshlab bir oy muddatda Yoshlar ishlari agentligiga toʻliq qaytarish majburiyatini oladi.
2. “Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun ssuda ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yoshlar ishlari agentligi 2025-yil 15-mayga qadar:
a) Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
ssuda ajratish boʻyicha davlat xizmatlari YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
YIDXPda ssuda ajratish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda oʻz mablagʻi hisobidan “Yoshlar xizmatlari reyestri” axborot tizimida ssuda ajratish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestrini yuritish modulini yaratish hamda ushbu davlat xizmatini YIDXP bilan oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025-yil 15-mayga qadar quyidagi maʼlumotlar YIDXP bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin:
a) Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda jismoniy shaxslarning doimiy yashash manzili maʼlumotlari hamda jismoniy shaxslarning pasport maʼlumotlari (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami, jinsi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami);
b) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda:
“Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish (HEMIS)” axborot tizimidagi talaba taʼlim olayotgan oliy taʼlim tashkiloti nomi;
oliy taʼlim tashkilotining manzili, uning kodi va egalik turi (davlat, xususiy);
taʼlim yoʻnalishi (yoʻnalish kodi va nomi);
bosqichi (kurs);
taʼlim shakli (kunduzgi, sirtqi va kechki);
talabaning status maʼlumoti (oʻqiyotganligi yoki boshqa) hamda baholari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
5. Belgilansinki, ssuda Yoshlar ishlari agentligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ajratiladi.
6. Yoshlar ishlari agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-fevralga qadar ushbu qarorga muvofiq joriy etilgan ssuda ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq jarayonlarni puxta tahlil qilgan holda, uni takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 2-may,
290-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-son qaroriga ILOVA
“Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun ssuda ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Work and travel” xalqaro dasturlarida (keyingi oʻrinlarda — “Work and travel” dasturi) ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun foizsiz ssuda (keyingi oʻrinlarda — ssuda) ajratish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ariza beruvchi (ssuda oluvchi) — 16 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan, Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi, kechki (smenali) yoki sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim shakli boʻyicha tahsil olayotgan (bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan, “Work and travel” dasturi doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijiy davlatga borish va kelish bilan bogʻliq xarajat uchun ssuda ajratishni soʻrab belgilangan tartibda murojaat qilgan jismoniy shaxs;
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;
viza — ariza beruvchi “Work and travel” dasturi doirasida ishlash va sayohat qilish istagida boʻlgan xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasidan olingan, maʼlum muddat davomida oʻsha davlatda ishlash va sayohat qilish uchun berilgan hujjat;
ssuda — “Work and travel” dasturi doirasida xorijiy davlatga borish va kelish uchun aviachipta xarid qilish va boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida ariza beruvchi tomonidan qaytarish sharti bilan ajratiladigan qarz;
qarz shartnomasi — ssuda oluvchi va ssuda beruvchining huquq va majburiyatlari, ssuda miqdori, ssuda muddati, uni qaytarish shartlari, kafillik shartlari (agar kafil ishtirok etsa), nizolarni hal qilish tartibi va boshqa shartlarni belgilovchi huquqiy hujjat.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari]
3. Ssuda har yili arizalar topshirish ketma-ketligi boʻyicha mazkur Reglament talablariga toʻliq mos kelgan 2 000 nafargacha talaba yoshlarga ajratiladi.
Bir kalendar yil davomida 2 000 nafar ariza beruvchiga ssuda ajratish maʼqullangandan soʻng ssuda ajratish uchun ariza qabul qilish toʻxtatiladi.
Ssuda ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi boʻyicha ssuda ajratilgan ariza beruvchilardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun roʻyxatga qoʻyilmaydi hamda ssuda olish uchun kelgusi yilda qaytadan murojaat qiladi.
Ssuda ajratish maʼqullangan murojaatlar hamda ajratilgan ssudalar soni haqidagi maʼlumotlar vakolatli organning rasmiy veb-saytida doimiy ravishda eʼlon qilib boriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
4. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
5. Ssuda ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun vakolatli organ tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda malakali mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4008-son qarori.
Bunda ushbu mutaxassislar tomonidan arizalarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va asossiz rad etilmasligi vakolatli organ tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.
2-bob. Ssuda ajratish haqidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
6. Ssuda ajratish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
7. Ariza beruvchi ssuda olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi va ommaviy oferta shartlarini qabul qiladi.
8. Ariza beruvchi mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi. Bunda:
a) ariza beruvchining murojaatiga oid quyidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
shaxsiga doir maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining elektron axborot tizimi orqali;
doimiy yashash manzili — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining manzil-maʼlumot elektron axborot tizimi orqali;
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
ariza beruvchining oliy taʼlim tashkiloti talabasi ekanligi — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish (HEMIS)” axborot tizimi orqali. Agar oliy taʼlim tashkilotining maʼlumotlari ushbu axborot tizimida mavjud boʻlmasa, ariza beruvchi oliy taʼlim tashkilotida kunduzgi, kechki (smenali) va sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim shakli boʻyicha taʼlim olayotgani toʻgʻrisida ssuda ajratish haqidagi murojaat qilingan kundan 10 kalendar kundan oshmagan sanada berilgan maʼlumotnomani elektron shaklda (pdf formatda) ilova qiladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
agar ariza beruvchiga kafil boʻluvchi jismoniy shaxs kafil boʻlayotgan boʻlsa, taqdim etilgan uning maʼlumotlari soʻnggi 12 oylik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali;
b) ariza beruvchi quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
“Work and travel” dasturi mavjud boʻlgan xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi (pdf formatda);
ariza beruvchi tomonidan ssuda qaytarilmagan hollarda, ushbu mablagʻlarni qaytarish majburiyatini oʻz zimmasiga oluvchi kafil jismoniy shaxsning YIDXP orqali olingan soʻnggi 12 oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot va qarz shartnomasi boʻyicha kafil boʻlishga rozilik arizasi (pdf formatda) — agar mavjud boʻlsa;
Agar kafil boʻluvchi shaxsning maʼlumotlari taqdim etilmagan boʻlsa, ariza beruvchi ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan beriladigan sugʻurta polisini taqdim etishi haqida YIDXP orqali maʼlumot kiritadi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning xaqqoniyligiga ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
9. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning murojaati koʻrilmasdan qoldiriladi.
10. Mazkur Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
11. Ushbu Reglamentga muvofiq ssuda ajratish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
a) davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi kelib murojaat etganda, uning nomidan murojaatni vakolatli organga yuboradi;
b) vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlarning kelib tushish ketma-ketligi boʻyicha uch ish kuni ichida ariza beruvchining maʼlumotlari va taqdim etgan hujjatlari ushbu Reglamentning 8-bandi “a” va “b” kichik bandlariga muvofiqligini oʻrganadi va natijasi boʻyicha YIDXPga maʼlumot kiritadi. Bunda:
taqdim etilgan hujjatlar ushbu Reglamentning 8-bandi “a” va “b” kichik bandlari talablariga mos kelmagan taqdirda, ssuda ajratish rad etiladi va vakolatli organ tomonidan tegishli kamchiliklar koʻrsatilgan holda ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga maʼlumot kiritiladi hamda ariza beruvchiga bu haqida SMS-xabarnoma yuboriladi;
taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga mos kelgan taqdirda, tegishli hududdagi Yoshlar ishlari boshqarmasi vakili, ariza beruvchi va kafil (agar sugʻurta polisi taqdim etilmagan boʻlsa) tomonidan imzolangan, notarial tartibda tasdiqlangan qarz shartnomasi va kafillik shartnomasini besh ish kuni ichida YIDXP orqali vakolatli organga elektron shaklda (pdf formatda) yuborish haqida ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga maʼlumot kiritiladi va ariza beruvchiga bu haqida SMS-xabarnoma yuboriladi. Mazkur qarz shartnomasini tuzish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (davlat boji va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa toʻlovlar) ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi;
v) tegishli hududdagi Yoshlar ishlari boshqarmasi vakili ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan, uning xorijga chiqish biometrik pasportining asl nusxasidagi viza maʼlumotlarini ariza beruvchi ssuda ajratish haqida ariza yuborishda ilova qilgan viza maʼlumotlari bilan solishtirish orqali oʻrganadi hamda ariza beruvchining viza maʼlumotlari haqqoniy boʻlgan taqdirda, shuningdek, agar ariza beruvchi kafil boʻluvchi shaxsning maʼlumotlarini taqdim etmagan holatda ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan beriladigan sugʻurta polisini taqdim etgan taqdirda, qarz shartnomasini imzolaydi;
agar ariza beruvchining viza maʼlumotlari haqqoniy boʻlmagan taqdirda yoki agar ariza beruvchi kafil boʻluvchi shaxsning maʼlumotlarini taqdim etmagan holatda ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan beriladigan sugʻurta polisini taqdim etmagan taqdirda, Yoshlar ishlari boshqarmasi vakili bu haqida dalolatnoma rasmiylashtirib, bir ish kunida vakolatli organning masʼul xodimini xabardor qiladi;
g) ariza beruvchi tasdiqlangan qarz shartnomasini YIDXP orqali elektron shaklda (pdf formatda) yuborgandan soʻng vakolatli organ tomonidan ssuda ajratilishi haqida elektron shakldagi QR-kodli maʼlumotnoma ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga kiritiladi va ariza beruvchiga bu haqida SMS-xabarnoma yuboriladi;
ariza beruvchining viza maʼlumotlari haqqoniy boʻlmagan taqdirda, shuningdek, ariza beruvchi tasdiqlangan qarz shartnomasini ushbu bandning “b” kichik bandida belgilangan muddatda yubormasa, ssuda ajratish rad etiladi hamda vakolatli organ tomonidan tegishli kamchiliklar koʻrsatilgan holda ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga maʼlumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi.
3-bob. Ssuda ajratish va uni qaytarish tartibi
12. Ariza beruvchiga QR-kodli maʼlumotnoma yuborilgandan soʻng vakolatli organ uch ish kuni ichida ssudani tegishli hududdagi Yoshlar ishlari boshqarmasi hisobvaragʻiga, Yoshlar ishlari boshqarmasi esa uch ish kuni ichida qarz shartnomasida rekvizitlari koʻrsatilgan ariza beruvchining bank kartasiga oʻtkazadi.
13. Ariza beruvchi xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan ariza beruvchiga berilgan vizada qayd etilgan xorijiy davlatda boʻlishning soʻnggi sanasidan boshlab bir oy ichida, agar ariza beruvchi ajratilgan ssuda hisobidan xorijiy davlatga bormagan boʻlsa, unga vakolatli organ tomonidan ssudani qaytarish haqida talabnoma yuborilgan sanadan boshlab oʻn besh kun ichida ajratilgan ssudani qarz shartnomasida koʻrsatilgan vakolatli organning tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga toʻliq qaytarishi shart.
Ushbu mablagʻlar yuqorida belgilangan muddatda qaytarilmagan hollarda tegishli hududdagi Yoshlar ishlari boshqarmasi ariza beruvchiga va agar qarz shartnomasi kafil tomonidan imzolangan boʻlsa, unga ssudani oʻn besh kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatda qaytarish haqida notarius orqali yozma bildirishnoma yuboradi.
14. Ariza beruvchi yoki kafil jismoniy shaxs tomonidan yozma bildirishnoma talablari bajarilmaganda, tegishli hududdagi Yoshlar ishlari boshqarmasi ikki ish kuni ichida muddati oʻtgan qarzdorlik boʻyicha ijro xati yozib berishni soʻrab notariusga murojaat qiladi hamda ijro xatini yozib berganlik uchun Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan davlat bojini toʻlaydi.
15. Notarius tomonidan bir ish kuni ichida yozib berilgan ijro xati ijro harakatlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda — Majburiy ijro byurosi) hududiy boʻlinmasiga taqdim etiladi.
16. Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlinmasi belgilangan tartibda muddati oʻtgan qarzdorlikni undirish choralarini koʻradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
17. Majburiy ijro byurosi tomonidan undiruvni amalga oshirish imkoni boʻlmaganda, agar ariza beruvchi tomonidan sugʻurta polisi taqdim etilgan boʻlsa, qarzdorlik ushbu sugʻurta polisiga asosan sugʻurta tashkiloti tomonidan toʻlab beriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Ariza beruvchi vakolatli organning ssuda ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomasidan norozi boʻlgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
19. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddasi.
“Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun ssuda ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
“Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun ssuda ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
Ssuda ajratish boʻyicha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Vizada koʻrsatilgan xorijiy davlatda boʻlish sanasi boshlanishiga kamida 20 kalendar kun qolganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Murojaatni va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.
1. 10 daqiqa ichida
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
1. Taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganadi hamda muvofiqligi aniqlanganda, ariza beruvchiga tegishli hududdagi Yoshlar ishlari boshqarmasi vakili, ariza beruvchi va kafil tomonidan imzolangan, notarial tartibda tasdiqlangan qarz shartnomasini 5 ish kuni ichida YIDXP orqali elektron shaklda (pdf formatda) yuborish haqida ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga maʼlumot kiritadi hamda ariza beruvchiga bu haqida SMS-xabarnoma yuboradi.
2. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda, ssuda ajratishni rad etadi, ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga maʼlumot kiritadi va ariza beruvchiga bu haqida SMS-xabarnoma yuboradi.
3 ish kuni ichida
4-bosqich
Tegishli hududdagi Yoshlar ishlari boshqarmasi
1. Yoshlar ishlari boshqarmasi vakili ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan uning xorijga chiqish biometrik pasportining asl nusxasidagi viza maʼlumotlarini ariza beruvchi ssuda ajratish haqida ariza yuborishda ilova qilgan viza maʼlumotlari bilan solishtirish orqali oʻrganadi. Ushbu maʼlumotlar toʻgʻri boʻlgan taqdirda, shuningdek, agar ariza beruvchi kafil boʻluvchi shaxsning maʼlumotlarini taqdim etmagan holatda ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan beriladigan sugʻurta polisini taqdim etgan taqdirda, qarz shartnomasini imzolaydi.
2. Ariza beruvchining viza maʼlumotlari haqqoniy boʻlmagan taqdirda yoki agar ariza beruvchi kafil boʻluvchi shaxsning maʼlumotlarini taqdim etmagan holatda ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan beriladigan sugʻurta polisini taqdim etmaganda, Yoshlar ishlari boshqarmasi vakili bu haqida dalolatnoma rasmiylashtirib, 1 ish kuni ichida Yoshlar ishlari agentligi masʼul xodimini xabardor qiladi.
5 ish kuni ichida
5-bosqich
Ariza beruvchi
Tasdiqlangan qarz shartnomasini YIDXP orqali elektron shaklda (pdf formatda) Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.
5 ish kuni ichida
6-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
1. Ariza beruvchining viza maʼlumotlari haqqoniy boʻlmaganda, agar ariza beruvchi kafil boʻluvchi shaxsning maʼlumotlarini taqdim etmagan holatda ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan beriladigan sugʻurta polisini taqdim etmaganda, shuningdek, ariza beruvchi tasdiqlangan qarz shartnomasini 5 ish kuni ichida YIDXP orqali elektron shaklda (pdf formatda) yubormaganda ssuda ajratishni rad etadi, bu haqida ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga maʼlumot yuboradi va ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi.
2. Ariza beruvchi tasdiqlangan qarz shartnomasini 5 ish kun ichida YIDXP orqali elektron shaklda (pdf formatda) yuborganda, uning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga ssuda ajratilishi haqida elektron shakldagi QR-kodli maʼlumotnoma yuboradi va ariza beruvchiga bu haqida SMS-xabarnoma yuboradi.
1 ish kuni ichida
“Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun ssuda ajratish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
“Work and travel” xalqaro dasturlarida ishtirok etuvchi talaba yoshlarning ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga borishi va kelishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun ssuda ajratish boʻyicha
SOʻROVNOMA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
—
—
—
I. Ariza beruvchi (ssuda oluvchi) jismoniy shaxs haqida maʼlumot:
1.1. F.I.O.:
(avtomatik aniqlanadi)
1.2. Tugʻilgan sanasi:
(avtomatik aniqlanadi)
1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
(maʼlumot kiritiladi)
1.4. Telefon raqami:
(maʼlumot kiritiladi)
1.5. Yashash joyi:
(avtomatik aniqlanadi)
1.6. Oliy taʼlim tashkiloti talabasi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot
(avtomatik aniqlanadi)
1.7. “Work and travel” dasturi mavjud boʻlgan xorijiy davlatdagi ish beruvchi bilan ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi
(pdf formatda kiritiladi)
1.8. Ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan berilgan sugʻurta polisi (ariza beruvchiga kafil boʻluvchi jismoniy shaxs haqidagi maʼlumot kiritilmaganda, ushbu hujjat kiritiladi)
(pdf formatda kiritiladi)
1.9. “Work and travel” dasturi doirasida ariza beruvchi ishlash va sayohat qilish istagida boʻlgan xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasidan olingan, maʼlum muddat davomida oʻsha davlatda ishlash va sayohat qilish uchun berilgan viza
(pdf formatda kiritiladi)
II. Ariza beruvchiga kafil boʻluvchi jismoniy shaxs haqida maʼlumot:
(ssudani qaytarmaslik xavfini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi taqdim etilsa, toʻldirilmaydi)
2.1. F.I.O.:
(avtomatik aniqlanadi)
2.2. Tugʻilgan sanasi:
(avtomatik aniqlanadi)
2.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
(maʼlumot kiritiladi)
2.4. Telefon raqami:
(maʼlumot kiritiladi)
2.5. Yashash joyi:
(avtomatik aniqlanadi)
2.6. Soʻnggi 12 oylik ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot
(avtomatik aniqlanadi)
2.7. Qarz shartnomasi boʻyicha kafil boʻlishga rozilik arizasi
(pdf formatda kiritiladi)
III. Taqdim etilgan I va II boʻlimlardagi hujjatlar mazkur Reglament talablariga muvofiq boʻlganda taqdim etiladi:
3.1. Tegishli hududdagi Yoshlar ishlari boshqarmasi vakili, ariza beruvchi va kafil (agar sugʻurta polisi taqdim etilmagan boʻlsa) tomonidan imzolangan, notarial tartibda tasdiqlangan qarz shartnomasi
(pdf formatda kiritiladi)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/290/0407-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)