toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzoligiga erishish yanada jadallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-85-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil oʻtkazish hamda iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini yanada oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
bir qator davlat ishtirokidagi korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlarini bekor qilish;
bojxona yigʻimlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligini taʼminlash;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning tashkiliy-huquqiy shakllari va nomlariga oʻzgartirishlar kiritish;
oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari muvofiqligini deklaratsiyalash tartibini joriy etish;
respublika hududida maishiy elektr priborlarining energiya samaradorlik talabini xalqaro meʼyorlarga muvofiqlashtirish.
2. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.J. Tashkulov hamda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov belgilansin.
Farmon ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-aprel,
PF-74-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PF-74-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yildagi 27-apreldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-122-son Farmonida:
(a) 4-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bojxona organlari tuzilmalarining rivojlantirish jamgʻarmalaridagi mablagʻlar zaruratga koʻra Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilishi va qonunchilikda belgilangan tartibda sarflanishi mumkin”;
25-pozitsiya “Moliyalashtirish manbasi” ustunidagi “Bojxona qoʻmitasi maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
izoh qismining ikkinchi xatboshisidagi “2026-yil yakuniga qadar” soʻzlaridan keyin “bojxona organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-166-son Farmonida:
(a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzenergosotish” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzenergosotish” AJ) tashkil etish”;
3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2024-yil 1-iyuldan boshlab magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish funksiyasi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan toʻliq amalga oshiriladi”;
3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzenergosotish” AJ — elektr energetika korxonasi”;
1-bosqich sxemasidagi “Oʻzenergosotish” AJ (Yagona xarid qiluvchi)” soʻzlari “Oʻzenergosotish” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“elektr energiyasi bozorining barcha ishtirokchilari (shu jumladan, “Oʻzenergosotish” AJ, davlat chakana savdo korxonasi (“Energosavdo” korxonasi), taʼminotchilar, uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari)ga Regulator tomonidan litsenziya beriladi;”;
toʻrtinchi xatboshidagi “elektr energiyasini yagona xarid qiluvchi (“Oʻzenergosotish” AJ)ga” soʻzlari “Oʻzenergosotish” AJga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2-bosqich sxemasidagi “Oʻzenergosotish” AJ (kafolatlangan xarid qiluvchi)” soʻzlari “Elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“elektr energiyasi bozorining barcha ishtirokchilari (shu jumladan, ishlab chiqaruvchilar, “Oʻzenergosotish” AJ, “Energosavdo” korxonasi, taʼminotchilar, treyderlar, uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari)ga Regulator tomonidan litsenziya beriladi”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“DXSH tamoyili asosida faoliyat yuritadigan elektr stansiyalari elektr energiyasini elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli bitimlar asosida sotadi”;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshidagi “Oʻzenergosotish” AJ” soʻzlari “elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bosqich sxemasidagi “Oʻzenergosotish” AJ (kafolatlangan xarid qiluvchi)” soʻzlari “Elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“elektr energiyasi bozorining barcha ishtirokchilari (shu jumladan, ishlab chiqaruvchilar, “Oʻzenergosotish” AJ, “Energosavdo” korxonasi, taʼminotchilar, treyderlar, uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari)ga Regulator tomonidan litsenziya beriladi”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“DXSH tamoyili asosida faoliyat yuritadigan elektr stansiyalari elektr energiyasini elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli bitimlar asosida sotadi;
elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlari elektr energiyasini vakolatli isteʼmolchilarga, “Energosavdo” korxonasi va taʼminotchilarga talab va taklif asosida shakllangan narxlarda sotadi”;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasining 39-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

39.

Bolalarga korreksion-pedagogika va koʻp tarmoqli reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish qamrovini kengaytirish.

1. Andijon viloyatida:

“Andijon viloyati hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi” davlat muassasasini tashkil etish;

2025-yil mart

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hamda ijrochilar mablagʻlari

Andijon viloyati hokimligi

(Sh. Abduraxmonov),

Samarqand viloyati hokimligi

(A. Boboyev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

“Andijon viloyati hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi” davlat muassasasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil may

2. Samarqand viloyatida:

nogironligi boʻlgan bolalar uchun reabilitatsiya markaziga ega “Imkon” koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining bino-inshootlarini barpo etish loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;

2025-yil fevral

qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishni boshlash;

2025-yil aprel

zarur moddiy-texnik jihozlash ishlarini amalga oshirish;

2025-yil noyabr

bino-inshootlarni foydalanishga topshirish.

2025-yil noyabr

”.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 8-avgustdagi “Oʻztransgaz” aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-438-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “tabiiy gazni keyinchalik yagona operator sifatida yetkazib berish, jumladan” soʻzlari “tabiiy gazni yetkazib berish, shuningdek,” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3246-son qarorida:
(a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. “Oʻzkimyosanoat” AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 1-ilovaga muvofiq “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida tashqi savdo kompaniyasi — “Oʻzkimyosanoat” AJ tashkilotlari ishtirokida “Oʻzkimyoimpeks” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(v) 9 band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3351-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi ““Oʻztreyd” va “Oʻzsanoateksport” aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno” soʻzlari ““Oʻzsanoateksport” aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yildagi 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3512-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-fevraldagi “Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi PQ-3526-son qarorining rus tilidagi matnida:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soglasheniyu o prinyatii soglasovannix texnicheskix pravil Organizatsii Obyedinennix Natsiy dlya kolesnix transportnix sredstv, predmetov oborudovaniya i chastey, kotorie mogut bit ustanovleni i/ili ispolzovani na kolesnix transportnix sredstvax, i ob usloviyax vzaimnogo priznaniya ofitsialnix utverjdeniy, vidavayemix na osnove etix pravil Organizatsii Obyedinennix Natsiy (g. Jeneva, 20-marta 1958 goda), (daleye — Soglasheniye 1958 goda), so sleduyushey ogovorkoy k statye 10”;
toʻrtinchi xatboshidagi “svyazannoy s polojeniyami” soʻzlaridan keyin “punktov 1 — 3” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) 2-banddagi “Uzbekskoye agentstvo standartizatsii, metrologii i sertifikatsii” soʻzlari “Uzbekskoye agentstvo po texnicheskomu regulirovaniyu pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 3-banddagi “Uzbekskomu agentstvu standartizatsii, metrologii i sertifikatsii” soʻzlari “Uzbekskomu agentstvu po texnicheskomu regulirovaniyu pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʻini moliyaviy sogʻlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4388-son qarori 4-bandining “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “tabiiy gazni keyinchalik yagona operator sifatida yetkazib berish, jumladan” soʻzlari “tabiiy gazni yetkazib berish, shuningdek,” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4992-son qaroriga 5-ilovaning 2-bandi “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Tabiiy gaz bozorini isloh qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-280-son qarorida:
(a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi oʻrinlarda — “UzGasTrade” AJ) tashkil etish”;
(b) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tabiiy gazni respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan xarid qilish;
“Hududgaztaʼminot” AJga va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchilarga tabiiy gazni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotish funksiyalarini bajaradi”;
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar tegishincha toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-471-son qarorining 16-bandi ikkinchi xatboshisidagi “majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan” soʻzlari “majburiy yigʻimlar (bojxona yigʻimlari bundan mustasno), bojlar va jarimalar hisobidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-422-son qaroriga 6-ilovada:
(a) 20-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

20.

Koʻrsatilgan xizmatlar uchun bojxona yigʻimlari va toʻlovlar shaklidagi tushumlar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori

a.

100 foizi

Bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi

”;

(b) izoh qismining oʻn uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilaridagi “Bojxona qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasiga” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasining rivojlantirish jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-15-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. 2024-yil 1-apreldan boshlab elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan quyidagi miqdorlarda narx preferensiyasi beriladi:
uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda oʻn besh foiz;
ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda oʻn ikki foiz;
bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda sakkiz foiz miqdorida.
Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi”.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan Qozogʻiston Respublikasida tashkil etilgan savdo uylari orqali tovarlar eksportini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi F-4956-son farmoyishining 2-bandidan “Oʻztreyd” AJ,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Izohlar:
mazkur ilovaning 3 va 4-bandlari 2026-yil 1-iyuldan amalga kiritiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3512-son qarorining 1 va 2-ilovalari 2025-yil 19-iyulgacha amal qiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2025-y., 06/25/74/0404-son)