1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Futbol-taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 3-noyabrdagi PQ-355-son qarori ijrosini taʼminlash hamda sport sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
a) Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etilganligi;
bolalar va oʻsmirlar sport maktablari negizida sport maktablari tashkil etilganligi;
ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar maktablari negizida ixtisoslashtirilgan sport maktablari tashkil etilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish;
b) sport-taʼlim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini belgilash;
v) sport-taʼlim muassasalarining ayrim shtat birliklarini maqbullashtirish.
2. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 29-aprel,
275-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarorida:
4-banddagi “Moliya vazirligining Gʻaznachiligida” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “bolalar va oʻsmirlar sport maktabi” soʻzlari “sport maktabi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi” soʻzlari “ixtisoslashtirilgan sport maktabi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
toʻrtinchi xatboshidagi “Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi”, “ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi”, “Jismoniy tarbiya va sport vazirligining” soʻzlari tegishlicha “Sport maktabi”, “ixtisoslashtirilgan sport maktabi”, “Sport vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” soʻzlari “Sport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
30-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” soʻzlari “Sport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“61. Sport maktablarida direktor futbolni rivojlantirish boʻyicha alohida oʻrinbosarga ega boʻladi.
Direktorning futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari oliy maʼlumotli, futbol sohasida uch yillik amaliy ish tajribasiga va Osiyo futbol konfederatsiyasining “S” litsenziyasiga ega boʻlgan mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
Direktorning futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari:
hududda ommaviy va professional futbolni rivojlantirish, mavjud futbol infratuzilmasidan samarali foydalanishni tashkil etadi;
tumanda oʻtkaziladigan ommaviy va professional futbol tadbirlarining kalendar — rejasini shakllantirish, yillik futbol tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, futbolchilarning turli musobaqalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun budjetning orttirilgan qismi va homiylik mablagʻlarining ajratilishi boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
oʻzi faoliyat yuritayotgan sport maktabidagi futbol guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda iqtidorli futbolchilarni futbol maktablari va futbol akademiyalariga yoʻnaltirib boradi;
oʻz hududida mavjud futbol trenerlarining doimiy malakasini oshirib borishlari uchun sharoitlarni yaratadi va monitoring yuritadi;
mahalla yoshlari orasidan iqtidorli bolalarni saralab oladi;
hududda futbolni rivojlantirish holati hamda hal etilishi lozim boʻlgan dolzarb masalalar boʻyicha tuman (shahar) hokimlariga axborot kiritib borilishini tashkil etadi;
hududlardagi barcha futbol maydonlarini xatlovdan oʻtkazadi, ularni taʼmirlash va ulardan maqsadli foydalanilishini tashkil etadi”;
“Shuningdek, trener-oʻqituvchilar tarkibi sportning olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklarining trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun tegishli malaka sertifikatiga ega boʻlgan gʻolib va sovrindor sportchilaridan butlanishi mumkin.
Trenerlik, shuningdek, paralimpiya sport turlari boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun tegishli malaka sertifikatiga ega boʻlgan umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari davlat sport-taʼlim muassasalariga oʻrindoshlik asosida ommaviy sport boʻyicha trener-seleksioner lavozimiga ishga qabul qilinishi mumkin.
Sport maktabining trener-oʻqituvchilari har toʻrt yilda bir marta Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (yoki uning filiallarida) belgilangan tartibda malaka oshirishi lozim”;
“Sport maktabiga ishga qabul qilinadigan futbol, regbi hamda 5x5 futbol va pararegbi boʻyicha trenerlikka nomzodlar majburiy tartibda tegishlicha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan kelishiladi”;
“68. Sport maktabining barcha xodimlariga qoʻyiladigan malaka tavsiflari, lavozim talablari, ularning huquq va majburiyatlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
oliy taʼlim tashkilotlari hamda Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari xodimlari;
xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi va shartlari alohida qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa sport taʼlim muassasalari;
sport maktablarining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari mehnatiga haq toʻlashga tatbiq etilmaydi.
Sport maktablarining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari mehnatiga Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi asosida haq toʻlanadi”;
“Bunda ayrim ixtisoslashtirilgan sport maktablarida, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarida, oliy sport mahorati maktablarida va Respublika oliy sport mahorati maktablarida trener-oʻqituvchilar mehnatiga Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining buyrugʻi asosida bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun normativlar boʻyicha haq toʻlanishi mumkin”;
8-banddagi jadvalning I boʻlimi “Oʻquvchi-sportchilarni tayyorlash darajasi va bosqichlari” ustunidagi “Terma jamoa stajyorlari”, “Olimpiya oʻyinlari” hamda “Osiyo oʻyinlari” soʻzlari tegishlicha “Terma jamoaning zaxira tarkibi”, “Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari” hamda “Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “asosiy tarkibiga va stajyorlarini” soʻzlari “asosiy va zaxira tarkibiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” soʻzlari “Sport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“13. Bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun mehnatga haq toʻlash normativi miqdori sport maktabining trener-oʻqituvchisiga:
Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy va zaxira tarkibiga sportchilar tayyorlaganlik uchun — oʻquvchi-sportchi Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va oʻquvchi-sportchi jamoa tarkibida boʻladigan butun davrda saqlanib qoladi;
Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi-sportchi tomonidan erishilgan natija (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro sport musobaqalari (keyingi Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va kuboklari va shu kabilar) oʻtkazilgungacha saqlanib qoladi;
Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida oʻquvchi-sportchi tomonidan erishilgan natija (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oy boshidan eʼtiboran belgilanadi va shu kabi keyingi Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari oʻtkazilgungacha saqlanib qoladi, biroq bir yildan koʻp boʻlmagan davrga”;
14-bandning birinchi xatboshisidagi “Osiyo oʻyinlari” soʻzlari “Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “asosiy tarkibiga sportchilar (stajyorlar)” soʻzlari “asosiy va zaxira tarkibiga sportchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Olimpiya va Osiyo oʻyinlari,” soʻzlari “Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-banddan “bolalar va oʻsmirlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
21-banddagi “direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlari “direktorning oʻquv ishlari, sport, ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya, futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“III. Sport maktablarining direktorlari, direktorlarning oʻquv ishlari, sport, ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya, futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarlari, instruktor-metodistlari, trener-oʻqituvchilari, raqamlashtirishni joriy qilish boʻyicha mutaxassislari, buxgalterlari, kadrlar boʻyicha (xodimlar bilan ishlash boʻlimi) inspektorlari, tibbiyot xodimlari va xoʻjalik mudirlariga qoʻshimcha haq va ustamalar”;
22-banddagi “bolalar va oʻsmirlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“23. Sport maktablarining direktorlari, direktorlarning oʻquv ishlari, sport, ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya, futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarlari, instruktor-metodistlari, trener-oʻqituvchilari, raqamlashtirishni joriy qilish boʻyicha mutaxassislari, buxgalterlari, kadrlar boʻyicha (xodimlar bilan ishlash boʻlimi) inspektorlari, tibbiyot xodimlari va xoʻjalik mudirlari mehnatini ragʻbatlantirish maqsadida ularga oʻquvchi-sportchilar yuqori sport natijalariga erishgan taqdirda, bazaviy tarif stavkasiga quyidagi har oylik ustamalar belgilanadi:
Oʻquvchi-sportchilarning sportdagi natijalari
Oʻquvchi-sportchini tayyorlashda bevosita qatnashgan xodimlarga bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun ustama haq miqdori, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda
Trenerga
Direktorga
Direktorning oʻquvishlari, sport, ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya, futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarlari, instruktor-metodistlari, raqamlashtirishni joriy qilish boʻyicha mutaxassislari, buxgalterlari, kadrlar boʻyicha (xodimlar bilan ishlash boʻlimi) inspektorlari, tibbiyot xodimlari va xoʻjalik mudirlariga
I. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlari
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, Jahon chempionati va kubogi gʻoliblari hamda sovrindorlari (I — III oʻrinlar)
50
10
8
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, Osiyo chempionati va kubogi gʻoliblari hamda sovrindorlari (I — III oʻrinlar)
40
7
6
Oʻzbekiston chempionati va kubogi gʻoliblari hamda sovrindorlari (jamoaviy sport turlaridan tashqari) (I — III oʻrinlar)
10
6
5
Jamoaviy sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati va kubogi gʻoliblari hamda sovrindorlari (I — III oʻrinlar)
20
6
5
Jamoaviy sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionati va kubogining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻoliblari hamda sovrindorlari (I — III oʻrinlar)
5
-
-
II. Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturlariga kiritilmagan sport turlari
Jahon chempionati va kubogi gʻoliblari hamda sovrindorlari (I — III oʻrinlar)
25
5
4
Osiyo chempionati va kubogi gʻoliblari hamda sovrindorlari (I — III oʻrinlar)
20
4
3
Oʻzbekiston chempionati va kubogi gʻoliblari hamda sovrindorlari (I — III oʻrinlar)
5
3
3
III. Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoasi aʼzosi
Asosiy tarkib aʼzosi
5
3
3
Zaxira tarkib aʼzosi
3
2
2
Izoh. Direktorning futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimi sport maktablarida joriy etiladi hamda ularga har oylik ustamalar faqat futbol boʻyicha erishilgan yuqori sport natijalari uchun belgilanadi.
Trener-oʻqituvchilar mehnatiga bir nafar oʻquvchi-sportchi uchun normativlar boʻyicha haq toʻlanadigan sport maktablarida jadvalda koʻrsatib oʻtilgan trener-oʻqituvchilarga ustamalar belgilanmaydi”;
“24. Agar sport tayyorgarligidan oʻtayotgan oʻquvchi-sportchi turli sport yutuqlariga ega boʻlsa, sport maktabining direktori, direktorning oʻquv ishlari, sport, ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya, futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarlari, instruktor-metodistlar, trener-oʻqituvchilar, raqamlashtirishni joriy qilish boʻyicha mutaxassislari, buxgalterlari, kadrlar boʻyicha (xodimlar bilan ishlash boʻlimi) inspektorlari, tibbiyot xodimlari va xoʻjalik mudirlariga ushbu oʻquvchi-sportchi uchun yutuqlar hisobga olingan holda, belgilangan ustamaning eng yuqori miqdori qoʻllanadi”;
sport maktabining direktori, direktorning oʻquv ishlari, sport, ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya, futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarlari, instruktor-metodistlari, trener-oʻqituvchilari, raqamlashtirishni joriy qilish boʻyicha mutaxassislari uchun — belgilangan bazaviy tarif stavkasining 200 foizidan;
sport maktabining buxgalterlari uchun — belgilangan bazaviy tarif stavkasining 150 foizidan;
sport maktabining kadrlar boʻyicha (xodimlar bilan ishlash boʻlimi) inspektorlari va tibbiyot xodimlari uchun — belgilangan bazaviy tarif stavkasining 100 foizidan;
sport maktabining xoʻjalik mudirlari uchun — belgilangan bazaviy tarif stavkasining 50 foizidan oshmasligi kerak.
Sport maktablarining yuqori toifali sportchilarni tayyorlashda salmoqli natijalarga erishgan ayrim trener-oʻqituvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining qarori bilan ustamalarning jami miqdori ularga belgilangan bazaviy tarif stavkasining 400 foizigacha miqdorda belgilanishi mumkin”;
“Sport maktabining direktori, direktorning oʻquv ishlari, sport, ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya, futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarlari, instruktor-metodistlari, trener-oʻqituvchilari, raqamlashtirishni joriy qilish boʻyicha mutaxassislari, buxgalterlari, kadrlar boʻyicha (xodimlar bilan ishlash boʻlimi) inspektorlari, tibbiyot xodimlariga va xoʻjalik mudirlariga ustamalar:
Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlashni taʼminlaganlik uchun — koʻrsatib oʻtilgan sport musobaqalarida sportchi tomonidan erishilgan natija (I — III oʻrinlar) sanasidan keyingi oyning boshidan eʼtiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro musobaqalar (keyingi Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda shu kabilar) oʻtkazilgunga qadar saqlab qolinadi”;
“28. Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasi asosiy va zaxira tarkibi aʼzolarini tayyorlaganlik uchun ustamalar ushbu oʻquvchi-sportchilarni tayyorlagan bevosita trener-oʻqituvchilarga belgilanadi”;
“29. Sport maktabining direktori, direktorning oʻquv ishlari, sport, ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya, futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarlari, instruktor-metodistlari, trener-oʻqituvchilari, raqamlashtirishni joriy qilish boʻyicha mutaxassislari, buxgalterlari, kadrlar boʻyicha (xodimlar bilan ishlash boʻlimi) inspektorlari, tibbiyot xodimlari va xoʻjalik mudirlariga ustamalar Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoasi asosiy va zaxira tarkibi aʼzolarini tayyorlashni taʼminlaganlik uchun belgilanadi va sport maktabining roʻyxatdagi tarkibida oʻquvchi-sportchilarning tegishli kontingenti mavjud boʻlgan taqdirda toʻlanadi.
Sport maktablarining direktoriga, direktorning oʻquv ishlari, sport, ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya, futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarlariga, instruktor-metodistlariga, raqamlashtirishni joriy qilish boʻyicha mutaxassislariga, buxgalterlariga, kadrlar boʻyicha (xodimlar bilan ishlash boʻlimi) inspektorlariga, tibbiyot xodimlariga va xoʻjalik mudirlariga oʻquvchi-sportchining sportdagi natijalari uchun ustamalarni toʻlash uning sport maktabining roʻyxatdagi tarkibidan rasman chiqib ketish (boshqa sport-taʼlim muassasasiga oʻtish, sport maktabidan chiqarilish, uni bitirish) sanasidan keyingi oyning boshidan eʼtiboran toʻxtatiladi”;
“31. Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalari asosiy va zaxira tarkiblari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va sport maktablariga yetkaziladi.
32. Sport maktablarining direktoriga, direktorning oʻquv ishlari, sport, ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya, futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarlariga, instruktor-metodistlariga, trener-oʻqituvchilariga, raqamlashtirishni joriy qilish boʻyicha mutaxassislariga, buxgalterlariga, kadrlar boʻyicha (xodimlar bilan ishlash boʻlimi) inspektorlariga, tibbiyot xodimlariga va xoʻjalik mudirlariga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblab chiqarish va toʻlashning toʻgʻriligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik ushbu sport maktablarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi.
33. Sport maktablarining direktoriga, direktorning oʻquv ishlari, sport, ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya, futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarlariga, instruktor-metodistlariga, trener-oʻqituvchilariga, raqamlashtirishni joriy qilish boʻyicha mutaxassislariga, buxgalterlariga, kadrlar boʻyicha (xodimlar bilan ishlash boʻlimi) inspektorlariga, tibbiyot xodimlariga va xoʻjalik mudirlariga qoʻshimcha haq va ustamalar ularning ish haqini toʻlash bilan bir vaqtda toʻlanadi”;
“35. Sport maktablarining direktoriga, direktorning oʻquv ishlari, sport, ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya, futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosarlariga, instruktor-metodistlariga, trener-oʻqituvchilariga, raqamlashtirishni joriy qilish boʻyicha mutaxassislariga, buxgalterlariga, kadrlar boʻyicha (xodimlar bilan ishlash boʻlimi) inspektorlariga, tibbiyot xodimlariga va xoʻjalik mudirlariga ish haqi hamda har oylik qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblash va toʻlashning toʻgʻriligi, xolisonaligi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi”.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 422-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi oʻninchi xatboshisi “taʼtil uchun kompensatsiya” soʻzlaridan keyin “, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qarorida:
a) 3-ilovaning 4-bandi ikkinchi xatboshisidagi “sport — sogʻlomlashtirish tayyorgarligidan” soʻzlari “boshlangʻich tayyorgarlik bosqichidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
* sport psixologlaridan bir nafari paralimpiya boʻlimi oʻquvchi-sportchilari uchun ajratiladi;
** Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining mavjud (8 ta instruktor-metodist va 3 ta buxgalter) shtat birliklari saqlab qolinadi;
*** ushbu lavozimlar autsorsing xizmatiga oʻtganda kiritilmaydi.
1. Ot sporti turi mavjud boʻlgan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining qoʻshimcha shtat birligi Sport vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
2. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida tibbiy xodimlar shtat birliklari doirasida sport farmakologi lavozimi kiritilishi mumkin.
3. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlar kiritish normalari ushbu namunaviy shtatlar ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi”;
ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining direktori, direktor oʻrinbosarlari, treneri, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va boshqa ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandida:
a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2024-2025 oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq”;
6. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi 583-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sport-taʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun 20-iyundan 20-iyulga (shu kuni ham) qadar;
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun yil davomida;
olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun 1-iyuldan 31-iyulga (shu kuni ham) qadar istalgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi”;
1-bosqich “Tadbirlar” ustunining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun”;
“Bajarish muddatlari” ustunidagi “Har yili 1-avgustdan 21-avgustga (shu kuni ham) qadar” soʻzlari “Yil davomida, Har yili 1-iyuldan 31-iyulga (shu kuni ham) qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)