1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Toshkent” Respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va qimmatli qogʻozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 15-martdagi PF-789-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.06.00 Qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish]
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.07 Depozitariy;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Toshkent” respublika fond birjasining ular tomonidan “VAQT” Oʻzbekiston axborot kompaniyasi” aksionerlik jamiyati bazasida “Milliy depozitariy” ochiq aksiyadorlik jamiyati taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-maydagi 263-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.08.00 Qimmatli qogʻozlar bozoriga oid axborotning oshkor qilinishi va axborot bilan taʼminlanishi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.03.00 Investitsiya (xususiylashtirish) jamgʻarmalari]
fond bozorini va xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish uchun axborot bazasini oldindan shakllantirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-martdagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha Davlat dasturiga muvofiq (4.1-band) respublika depozitlar tarmoqlarining moddiy-texnika bazasini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismi hisobiga mablagʻ bilan taʼminlasinlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Milliy depozitariy va “Toshkent” respublika fond birjasi brokerlik idoralarining filiallarini tashkil etish va joylashtirishda amaliy yordam koʻrsatsinlar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.07 Depozitariy]
Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda depozitar texnologiya va fond bozorining infrastrukturasini rivojlantirish mavzuyi boʻyicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlari uchun grantlar boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlash hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki:
bir oy muddatda “Milliy depozitariy” orqali naqd pulga va naqd pulsiz qimmatli qogʻozlar chiqarish, ularni roʻyxatga olish va ularning muomalasini hisobga olish qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.07 Depozitariy;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.03.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi chiqarilishi va prospektini roʻyxatdan oʻtkazish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.05.00 Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish]
uch oy muddatda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar emissiyasining elektron texnologiyalar qoʻllangan holda va emitentlar va aksionerlarning tegishli kompyuter banklari tashkil etilgan holda Milliy depozitariyda majburiy joylashtirilishini joriy etsinlar;
bir oy muddatda umumiy qoidalarni, har yilgi kvotalarni, ham Oʻzbekiston Respublikasi tasarrufida, ham uning tashqarisida boʻlgan emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarishga ruxsat berish tartibini belgilash yuzasidan taklif kiritsinlar;
ikki hafta muddatda Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini tayyorlovchi Milliy markazni hamda Fond bozorining davlat axborot-telekommunikatsiya tizimini tashkil etish va ularning samarali faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar;
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar, va muassasalar bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish]
davlat korxonalar korxonalari va tashkilotlari bazasida taʼsis etiladigan aksionerlik jamiyatlari aksiyalari erkin sotish uchun “Toshkent” respublika fond birjasiga qoʻyilishini taʼminlasin;
(6-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.08.00 Qimmatli qogʻozlar bozoriga oid axborotning oshkor qilinishi va axborot bilan taʼminlanishi]
birjalar va fond bozorining boshqa tashkilotlari ishlarining tashkil etilishini ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 230-modda)
9. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov) “Toshkent” respublika fond birjasi va “Milliy depozitariy” aksionerlik jamiyatining ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida ularning buyurtmanomalariga koʻra zarur inventar va asbob-uskunalar ajratsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.07 Depozitariy;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Toshkent” respublika fond birjasi va “Milliy depozitariyning buyurtmanomalariga koʻra ularni zarur, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli normativ hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Chjen, B.S. Hamidovlar zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro qonunchiligida nazarda tutilgan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini saqlab qolgan holda qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq bitishuvlarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
aksionerlik jamiyatlarining aksiyalari, ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar, shuningdek, qiymatli qogʻozlar hosilalari oldi-sotdisining birja va birjadan tashqari bitishuvlariga;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-noyabrdagi 234-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 45-son, 448-modda)
(2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
22. Agar birja va birjadan tashqari savdolar qoidalari bilan boshqa taʼrif usuli belgilanmagan boʻlsa, aksiyaning kurs qiymati (aksiya kursi) birja va birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorida tuzilgan bitishuvning yakuniy qiymati sifatida belgilanadi (bitishuvlarning miqdoriy hajmi emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning umumiy sonining kamida 5 foizini tashkil etgan taqdirda).
(21 va 22 bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan kiritilgan— OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
5. Qiymatli qogʻozlar oldi-sotdi bitishuvlari (bundan keyin qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar deb ataladi), vositachisiz tuziladigan hamda ularni tuzishda bajariladigan bitishuvlardan tashqari, koʻrsatuvchiga beriladigan qiymatli qogʻozlar bilan yozma shaklda tomonlarning bitta shartnoma-hujjatni imzolashlari yoʻli bilan ham, shuningdek, tomonlarning amalga oshgan istaklarini hujjatli shaklda qayd etish imkonini beradigan usullar (yuboruvchi tomon imzolaydigan xatlar, telegrammalar almashish, faksimil va boshqa aloqa vositalari) bilan ham amalga oshiriladi. Biroq qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari qonunchilikka muvofiq tasdiqlaydigan qiymatli qogʻozlar bilan ishlash qoidalarida va boshqa hujjatlarda investitsiya vositachilarining ishtirokida tuziladigan bitishuvlarning shakliga nisbatan boshqacha talablar bayon etilgan boʻlsa, bunday holda bitishuvlar tuzilayotganda yuqoridagi talablar qoʻllaniladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
LexUZ sharhi
5-bandning birinchi xatboshiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-oktabrdagi 272-sonli qaroriga muvofiq oʻzgartirish kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olish-sotish boʻyicha ikkilamchi bozordagi bitishuvlar faqat qimmatli qogʻozlarning birja bozorlari va uyushgan birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olish boʻyicha uyushmagan birjadan tashqari bozorlarda tuzilishi mumkin boʻlgan bitishuvlar bundan mustasno.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 307-sonli qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2003-y., 13-son, 108-modda)
6. Qimmatli qogʻozlar xarid qilish va (yoki) sotish narxini ommaviy eʼlon qilish yoʻli bilan oʻz nomidan va oʻz hisobidan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitishuvini sodir etadigan diler oldindan eʼlon qilingan oxirgi qatʼiy (qatʼiy belgilangan) narxlarga va qimmatli qogʻozlar soniga aniq muvofiq unga qimmatli qogʻozlar xarid qilish yoki sotish toʻgʻrisidagi takliflar bilan murojaat qilgan shaxslar bilan bitim tuzishi va bunday bitishuvlar tuzishdan bosh tortmasligi shart.
Diler qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlarini ommaviy eʼlon qilish huquqiga ega. Bular: xarid qilinadigan va (yoki) sotiladigan qimmatli qogʻozlarning eng kam va eng koʻp soni, shuningdek eʼlon qilinadigan narxlar amal qiladigan muddat. Ushbu eʼlonda qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlariga koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, diler unga mijoz tomonidan taklif qilingan muhim shartlarda shartnoma tuzishga majbur. Diler qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga nisbatan bunday shartnomani majburiy tuzish va (yoki) mijozga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
7. Broker qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni sodir etishda mijozlarning topshirigʻiga koʻra quyidagilarga majbur:
a) mijoz bitishuvni toʻlash qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch boʻlmagan taqdirda qiymatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha topshiriqlarni qabul qilishdan voz kechishga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.01 Investitsiya vositachisi]
b) mijoz qiymatli qogʻozlarga ega ekanligi va u topshiriq berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida ularni qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi ixtiyoriga taqdim etishga qodir ekanligi toʻgʻrisida kafolat boʻlmagan holda qiymatli qogʻozlarni sotish boʻyicha topshiriqnomani qabul qilmaslikka;
v) bitishuvlar tuzilgandan keyin yoki topshiriqnomaning amal qilish muddati tugashi bilanoq zudlik bilan mijozga qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzilganligi yoki tuzilmaganligi va ularning natijalari haqida xabar qilib turishga;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
g) mijozdan uning nomidan qiymatli qogʻozlar bilan operatsiyalar turkumini amalga oshirish yoki mijoz pul mablagʻlarini boshqarish toʻgʻrisida ishonchnoma olinganda mijoz va broker oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning barcha shartlari belgilanishi kerak boʻlgan ishonchnomada qayd etilgan vakolatlar doirasida amal qilishga majburdirlar.
d) har bir mijozning pul mablagʻlari hisobini yuritishga, qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar va operatsiyalarni faqat mijozning topshirigʻi boʻyicha va ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirishga, sodir etilgan bitishuvlar va operatsiyalar toʻgʻrisida mijoz oldida hisobot berishga majburdirlar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.01 Investitsiya vositachisi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.07 Depozitariy]
Mijozlarning bitishuvlar sodir etish uchun brokerga berilgan qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari, shuningdek mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida broker tomonidan sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha olingan qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari broker tomonidan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida va tegishli ravishda bankda ochiladigan alohida hisob raqamida (hisob raqamlarida) turishi kerak.
Agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, broker mijozga uning topshiriqlarini koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari hisobiga bajarishni yoki mijozning talabiga koʻra ularni qaytarishni kafolatlab unga mijoz tomonidan berilgan pul mablagʻlaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishga haqlidir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.01 Investitsiya vositachisi]
Pul mablagʻlaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanish huquqini brokerga bergan mijozlarning pul mablagʻlari brokerga bunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablagʻlari turgan hisob raqami (hisob raqamlari)dan alohida hisob raqamida (hisob raqamlarida) turishi kerak. Broker oʻz pul mablagʻlarini ushbu hisob raqamiga (hisob raqamlariga) qoʻyishga haqli emas, ular mijozlarga qaytarilishi va (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mijozlarga qarz berilishi hollari bundan mustasno.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
8. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi masalalari, qimmatli qogʻozlar bozori va uning ishtirokchilari holati tahlili va prognozi boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatadigan, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan investitsiya maslahatchisi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha investitsiya tavsiyalarini berishda quyidagilarga majbur:
(8-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
a) mijozning investitsiya maqsadlari va vazifalarini mumkin qadar toʻliqroq aniqlashga urinishga;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]
b) mijozlar tomonidan tuzilayotgan barcha bitishuvlar haqidagi tijorat sirlarini saqlashga hamda ushbu maʼlumotlar haqida uchinchi shaxslarning xabardor boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikka majburdirlar.
9. Qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlar tuzilgunga hamda ular boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgunga qadar oʻz mijozlariga yozma ravishda quyidagilar toʻgʻrisida:
a) aniq bitishuvlarning va xizmatlar koʻrsatishning amalga oshirilishi munosabati bilan oʻzi shugʻullanadigan professional faoliyat;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.02 Investitsiya maslahatchisi]
b) dilerlik yigʻimlari, vositachilik haqlari, maslahat berish xizmatlari uchun toʻlovlar, qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni amalga oshirganlik va boshqa xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻimlar va toʻlovlar miqdorlari (stavkalari);
v) qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun u olgan litsenziyaning nomeri va berilgan sanasi hamda oʻzining malakasi haqida maʼlumot berishga majburdir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.08.00 Qimmatli qogʻozlar bozoriga oid axborotning oshkor qilinishi va axborot bilan taʼminlanishi]
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni ham ochishi shart.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
10. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari faqat qonun hujjatlarida belgilangan shaklda tuzilgan vositachilik shartnomalari yoki qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar sodir etishga topshiriq yoxud ishonchnoma asosida mijozlar hisobiga ularda koʻrsatilgan barcha shartlarga aniq muvofiq ravishda ularni bajarish mobaynida mijoz bitishuvlarni tuzish mumkin deb hisoblaydigan barcha zarur shartlarga muvofiq ravishda bitishuvlar tuzishlari mumkin.
Mijoz shartnoma bajarilgunga qadar uning amal qilishini bir tomonlama toʻxtatish huquqiga ega. Xuddi shunday huquqqa topshiriq shartnomasi boʻyicha ishonchli vakil va vositachilik shartnomasi boʻyicha komissioner ham ega.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
11. Qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlar tuzilayotganda tomonlar quyidagi shartlar boʻyicha kelishuvga erishishlari shart:
qiymatli qogʻozlarning turi va toʻliq nomi (qiymatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish nomerini qoʻshib qoʻyish tavsiya etiladi);
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.02.00 Chiqarish toʻgʻrisidagi qaror]
qiymatli qogʻozlarni berish muddati va ularni toʻlash usuli, hamda bitishuv boʻyicha tijorat tavakkalchiligini sugʻurta qilish shartlari (agar bunday shartlar mavjud boʻlsa);
bitishuvni bajarganlik uchun vositachilik haqi miqdori.
Oʻzaro kelishuv boʻyicha tomonlar bitishuv tuzish shartiga qonunchilikda zid boʻlmagan boshqa istalgan shartlarni kiritishadi.
(11-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
Qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilarining investorlar bilan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan investorlar huquqlarini cheklaydigan shartnomalar tuzish taqiqlanadi.
(11-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
12. Qiymatli qogʻozlar bozori professional qatnashchisi mijozni bitishuv tuzilganligi toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatda xabardor qilishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.01 Investitsiya vositachisi]
13. Qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari oʻz mijozlarining ularning topshiriqlari boʻyicha tuzilgan qiymatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomalarining nusxalarini, shu jumladan, quyidagilarni ularning birinchi talabidayoq taqdim qilishlari shart:
(13-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
sotib olingan yoki sotilgan qiymatli qogʻozlarning toʻliq nomini, ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi nomerini;
sotib olingan yoki sotilgan qiymatli qogʻozlarning soni va ularning nominal qiymatini;
bitishuv narxini;
dilerlik yigʻimining, vositachilik (brokerlik) haqining, maslahat berish xizmati uchun toʻlovning hamda bitishuvlar tuzilishida koʻrsatiladigan boshqa xizmatlar uchun boshqa yigʻimlar va toʻlovlarning haqiqiy summasini;
bitishuvlar tuzilishi amalga oshirilishi munosabati bilan toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini;.
bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda xaridorlarga sotib olingan qiymatli qogʻozlarni yetkazib berish tartibi, vaqti va usullarini;
bitishuvlarni tuzish shartlari bilan bogʻliq boshqa barcha maʼlumotlarni.
III. QIYMATLI QOGʻOZLAR BILAN BITISHUVLAR TUZILAYOTGANDA ZAYOM MABLAGʻLARIDAN FOYDALANISH
14. Qiymatli qogʻozlarni sotib olish uchun jalb qilinadigan zayom mablagʻlari hissasi sotib olinayotgan qiymatli qogʻozlarning umumiy qiymatining 50 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak, xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalarini sotib olish uchun xususiylashtirish investitsiya fondlariga berilgan davlat zayomi mablagʻlari bundan mustasno.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.01 Investitsiya vositachisi]
15. Qiymatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha topshiriq beradigan mijozlar unga xizmat koʻrsatuvchi qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisidan qiymatli qogʻozlarni sotib olish uchun qarz olishlari mumkin.
(15-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Qiymatli qogʻozlarni bank kreditidan foydalangan holda sotib olinganda bu haqda mijoz qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisini xabardor qilishi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.03 Ushlab qolish]
16. Qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi mijozga u qiymatli qogʻozlar sotib olish uchun olgan qarzini toʻliq uzmagunga qadar oʻzida saqlanayotgan mijozga tegishli boʻlgan qiymatli qogʻozlarni bera olmaydi.
IV. QIYMATLI QOGʻOZLAR BILAN BITISHUVLARNI ROʻYXATGA OLISH TARTIBI
17. Mazkur Nizomning talablariga muvofiq qiymatli qogʻozlar bilan tuzilgan bitishuvlar (qiymatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan hollar bundan mustasno) roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
savdo maydonchalarida sodir etilgan bitishuvlar boʻyicha – qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdo tashkilotchilari, fond birjasi va boshqa birjalarning fondli boʻlimlari tomonidan;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 230-modda)
qimmatli qogʻozlarning boshqa bitishuvlari boʻyicha — qimmatli qogʻozlarni begonalashtiruvchiga xizmat koʻrsatadigan depozitariylar tomonidan amalga oshiriladi.
Qimmatli qogʻozlar bilan birja va birjadan tashqari savdo tashkilotchilarining savdo maydonchalarida faqat qimmatli qogʻozlar va ularning hosilalari oldi-sotdisi boʻyicha bitishuvlar sodir etilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
19. Roʻyxatga olish uchun faqat belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qiymatli qogʻozlar boʻyicha tuzilgan bitishuvlar qabul qilinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
20. Qiymatli qogʻozlar boʻyicha tuzilgan bitishuvlarning roʻyxatdan oʻtkazilishi bitishuvlar tuzilganligini tasdiqlovchi shartnoma yoki boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
201. Sotuvchi yoki sotib oluvchi yoki ularning vakillari — qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish, oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha tomonlar sifatida ishtirok etish va agar ushbu bitishuvlarning yakuni qonun hujjatlari buzilishiga olib kelgan taqdirda, uni imzolashga haqli emas.
Qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni amalga oshirishda roʻyxatga oluvchi sifatida ishtirok etayotgan qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilari, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, agar ular qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirilgan yoki ularning yakuni qonun hujjatlari buzilishiga olib kelgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazmasligi shart.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan kiritilgan— OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
21. Egasining nomi yozilgan qiymatli qogʻozning yangi egasi yoki uning vakili bitishuv roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin emitentni bitishuv tuzilganligi, shuningdek, oʻzining qiymatli qogʻozga egalik qilish huquqlari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
(21-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividentlar]
Qiymatli qogʻozlarning yangi egasi yoki uning vakili oʻzining qiymatli qogʻozlarga egalik qilish huquqlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilmagan taqdirda emitent qiymatli qogʻozlar boʻyicha daromadlar toʻlash uchun javobgar boʻlmaydilar.
22. Mazkur Nizom bilan belgilangan qoidalar buzilgan holda tuzilgan bitishuvni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi tashkilotlar uni roʻyxatdan oʻtkazmaslik huquqiga egadirlar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
23. Roʻyxatdan oʻtkazish shart boʻlgan bitishuv qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun har ikkala taraf yoxud bitishuv tarafi yoki ularning vakolatli vakillari tomonidan taqdim etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
24. Qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarning roʻyxatdan oʻtkazilishi belgilangan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda maxsus hisobga olish registrida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.07 Depozitariy]
Qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi har bir tashkilot bitishuvlarning barcha turlari boʻyicha yagona hisobga olish registrini yuritadi.
Hisobga olish registri bilan tanishishga faqat qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi va huquqni muhofaza qilish organlari vakiliga yoʻl qoʻyiladi. Hisobga olish registrlari yuritilishini nazorat qilish Qiymatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
25. Bitishuv tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatda, roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgan sanani va joyni belgilaydi, shuningdek, qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni hisobga olish registrlari boʻyicha tartib raqamini koʻrsatib oʻtadi. Belgi imzo bilan tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi tashkilotning muhri qoʻyiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
bitishuvlar qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirilgan yoki ularning yakuni qonun hujjatlari buzilishiga olib kelgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazmaslikka va “depo” hisob raqamlariga pul oʻtkazmaslikka;
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining natijasi qonun hujjatlari buzilishiga olib keladigan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish, “depo” hisob raqamlariga pul oʻtkazish haqidagi murojaatlari toʻgʻrisida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga zudlik bilan xabar berishga.
(251-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan kiritilgan— OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
26. Qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlar birja, shuningdek birjadan tashqari qiymatli qogʻozlar bozorlarida ham amalga oshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.08.00 Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari bozori]
“Toshkent” Respublika fond birjasining yoki boshqa qiymatli qogʻozlar savdolari tashkilotchisining rasmiy listing roʻyxatiga kiritilgan qiymatli qogʻozlarni ikkilamchi bozorda sotish-xarid qilish boʻyicha bitishuvlar faqat koʻrsatilgan qiymatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilarining savdo maydonlarida amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Respublika fond birjasi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining yumaloq muhriga, hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlariga, roʻyxatdan oʻtkazilgan firma belgisiga ega boʻladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
27. “Toshkent” Respublika fond birjasi daromadlari aʼzolik badallari, koʻrsatiladigan xizmatlardan tushumlar va birjaning qiymatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha yigʻimlari hisobiga shakllantiriladi, ularning miqdori birja kuzatuv kengashining umumiy yigʻilishi tomonidan, biroq bitishuvning har bir tomonidan (xaridor va sotuvchidan) undiriladigan bitishuv qiymatining 1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
28. Birja daromadlari birja xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish, moddiy-texnik bazasini kengaytirish hamda birja faoliyatini takomillashtirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiradi.
qimmatli qogʻozlarning normal muomalada boʻlishi, ularning bozor narxlarini belgilash va ular toʻgʻrisida zarur axborotni tarqatish, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining yuqori professionallik darajasini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.06.00 Qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish]
savdoga qoʻyiladigan qimmatli qogʻozlarni ekspertizadan oʻtkazishga, unda birja tomonidan belgilangan talablarga emitentlarning moliya-xoʻjalik va boshqa koʻrsatkichlari muvofiqligini tahlil qilish, emitentning ishchanlik obroʻsini va uning moliyaviy ishonchliligi toʻgʻrisida axborot beradigan boshqa maʼlumotlarni baholash nazarda tutiladi;
savdoga qoʻyiladigan, moliyaviy barqaror emitentlarning muomalada boʻlgan aksiyalari roʻyxatini oʻz ichiga oladigan qimmatli qogʻozlarning birja listingini doimiy ravishda yuritishga;
qimmatli qogʻozlar birja savdolari yakunlari asosida qimmatli qogʻozlarning kotirovkasini belgilashga (aksiyalar kursini, eng kam va eng yuqori narxlarni, kurs qiymatidagi oʻzgarishlar va boshqalarni belgilash);
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari boʻlgan birja savdolari operatorlarini (treyderlarni) oʻqitishga;
qimmatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha nizolarni oʻz vaqtida koʻrib chiqishga.
282. Bitishuvlarning barcha ishtirokchilari qonun hujjatlari buzilishi holatlari toʻgʻrisida ular aniqlangan vaqtdan boshlab ikki kun mobaynida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.
(281 va 282-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan kiritilgan— OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
(V-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
VI. BITISHUVLARNI TUZISH VA ULARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISH QOIDALARIGA RIOYA QILMASLIK UCHUN JAVOBGARLIK
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.09.00 Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
31. Qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalariga rioya qilmaganligi uchun qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilarining mutaxassislari va shaxslari qiymatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan malaka attestatlaridan mahrum etilishi mumkin, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari esa qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari sifatida faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalardan mahrum etiladilar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.03.00 Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi organ]
32. Bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazishdan bir necha bor asosli ravishda bosh tortilgan hollarda (agar bunday rad etishlar qiymatli qogʻozlar bozorida harakat qiluvchi shaxslarning yetarli darajada vakolatli emasligi va vijdonsizligidan guvohlik bersa) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni qoʻllashi mumkin.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)