1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Toshkent” Respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va qimmatli qogʻozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 15-martdagi PF-789-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.06.00 Qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish]
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Toshkent” respublika fond birjasining ular tomonidan “VAQT” Oʻzbekiston axborot kompaniyasi” aksionerlik jamiyati bazasida ochiq turdagi “Milliy depozitariy” aksionerlik jamiyatini taʼsis etish, uning zimmasiga qimmatli qogʻozlarni roʻyxatga olish, saqlash va bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish vazifasini yuklash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.08.00 Qimmatli qogʻozlar bozoriga oid axborotning oshkor qilinishi va axborot bilan taʼminlanishi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.03.00 Investitsiya (xususiylashtirish) jamgʻarmalari]
fond bozorini va xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish uchun axborot bazasini oldindan shakllantirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-martdagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish boʻyicha Davlat dasturiga muvofiq (4.1-band) respublika depozitlar tarmoqlarining moddiy-texnika bazasini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismi hisobiga mablagʻ bilan taʼminlasinlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Milliy depozitariy va “Toshkent” respublika fond birjasi brokerlik idoralarining filiallarini tashkil etish va joylashtirishda amaliy yordam koʻrsatsinlar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.07 Depozitariy]
Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda depozitar texnologiya va fond bozorining infrastrukturasini rivojlantirish mavzuyi boʻyicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlari uchun grantlar boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlash hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki:
bir oy muddatda “Milliy depozitariy” orqali naqd pulga va naqd pulsiz qimmatli qogʻozlar chiqarish, ularni roʻyxatga olish va ularning muomalasini hisobga olish qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.07 Depozitariy;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.03.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi chiqarilishi va prospektini roʻyxatdan oʻtkazish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.05.00 Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish]
uch oy muddatda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar emissiyasining elektron texnologiyalar qoʻllangan holda va emitentlar va aksionerlarning tegishli kompyuter banklari tashkil etilgan holda Milliy depozitariyda majburiy joylashtirilishini joriy etsinlar;
bir oy muddatda umumiy qoidalarni, har yilgi kvotalarni, ham Oʻzbekiston Respublikasi tasarrufida, ham uning tashqarisida boʻlgan emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarishga ruxsat berish tartibini belgilash yuzasidan taklif kiritsinlar;
ikki hafta muddatda Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini tayyorlovchi Milliy markazni hamda Fond bozorining davlat axborot-telekommunikatsiya tizimini tashkil etish va ularning samarali faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar;
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar, va muassasalar bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish]
davlat korxonalar korxonalari va tashkilotlari bazasida taʼsis etiladigan aksionerlik jamiyatlari aksiyalari erkin sotish uchun “Toshkent” respublika fond birjasiga qoʻyilishini taʼminlasin;
“Toshkent” respublika fond birjasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, kompyuterlashtirish maqsadida uning ustav fondini 2000 mln soʻm kupongacha koʻpaytirish imkoniyatini koʻrib chiqsin;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.08.00 Qimmatli qogʻozlar bozoriga oid axborotning oshkor qilinishi va axborot bilan taʼminlanishi]
birjalar va fond bozorining boshqa tashkilotlari ishlarining tashkil etilishini ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borsin.
7. “Toshkent” respublika fond birjasining va Milliy depozitariyning daromadlariga solinadigan soliqlar stavkasi 18 foiz miqdorida belgilansin.
8. “Toshkent” respublika fond birjasi va “Milliy depozitariy” aksionerlik jamiyati Toshkent shahar, Oʻzbekiston shoh, koʻchasi, 45-uyga joylashtirilsin. Bunda ijara haqi Toshkent shahar hokimligi tomonidan turar joy boʻlmagan binolar uchun tavsiya etilgan miqdorlarda belgilansin.
9. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov) “Toshkent” respublika fond birjasi va “Milliy depozitariy” aksionerlik jamiyatining ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida ularning buyurtmanomalariga koʻra zarur inventar va asbob-uskunalar ajratsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.07 Depozitariy;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond boʻlimlari;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Toshkent” respublika fond birjasi va “Milliy depozitariyning buyurtmanomalariga koʻra ularni zarur, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli normativ hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlarni kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Chjen, B.S. Hamidovlar zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 8-iyun,
285-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
Ushbu Nizom “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”1994-yil 21-yanvardagi PF-745-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 15-martdagi PF-789-son farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga chiqarish tartibini boshqaradi.
1. Davlat korxonasini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan aksionerlik jamiyatini taʼsis qilishda aksiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida va uning joylardagi organlarida(bundan keyin roʻyxatdan oʻtkazish organlari deb ataladi) davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
2. Aksiyalarni roʻyxatga olishni quyidagilar amalga oshiradilar:
umumiy summasi 500 mln soʻm-kupongacha boʻlgan aksiyalarni chiqarishda –– Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari;
umumiy summasi 500 mln soʻm-kupondan ortiq boʻlgan aksiyalarni chiqarishda –– Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
LexUZ sharhi
2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevral 51-sonli qaroriga muvofiq yangi tahrirda bayon qilingan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
3. Aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun aksionerlik jamiyatlari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga quyidagi hujjatlarni va maʼlumotlarni taqdim etadilar:
qimmatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun emitentning arizasi;
4. Roʻyxatdan oʻtkazish organlarida aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish muddati belgilangan tartibda hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 20 kundan oshmasligi kerak.
5. Aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda emitentga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik sanasi va kodi koʻrsatilgan, aksiyalarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma, shuningdek, ip oʻtkazib bogʻlab qoʻyilgan va roʻyxatdan oʻtkazgan organning muhri bosilgan, “ROʻYXATDAN OʻTKAZILGAN” degan shtamp qoʻyilgan bir nusxa emissiya prospekti beriladi.
6. Aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq emasligi va ulardagi maʼlumotlarning nomuvofiqligi sabab boʻlishi mumkin. Aksiyalarni chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga boshqa asoslarning sabab boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
III. AKSIYALARNI MUOMALAGA CHIQARISH TARTIBI
7. Davlat korxonasini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatini taʼsis etishda aksiyalarni muomalaga chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) ilovada nazarda tutilgan asoslar va maʼlumotlar roʻyxatiga muvofiq emissiya prospektini tayyorlash va tasdiqlash;
b) ushbu Nizomning II boʻlimi talablariga muvofiq aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish;
v) ommaviy axborot vositalarida emissiya prospektini va aksiyalarga yozilish haqidagi xabarni eʼlon qilish;
g) emissiya prospektiga muvofiq aksiyalarni mehnat jamoasi, vakil qilingan davlat organi aʼzolari va investorlar oʻrtasida tarqatish.
IV. AKSIYALARNI TARQATISH TARTIBI
8. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq aksionerlik jamiyati aksiyalarini tarqatish va ularni muomalaga chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) bepul beriladigan aksiyalarni bunga huquqi boʻlgan xodimlar va shaxslar oʻrtasida tarqatish toʻgʻrisidagi qaror, berilgan imtiyozlarga muvofiq, mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi tomonidan, aksionerlik jamiyati roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn besh kun mobaynida qabul qilinadi;
b) qisman pul toʻlanadigan aksiyalarni bunga huquqi boʻlgan xodimlar va shaxslar oʻrtasida tarqatish toʻgʻrisidagi qaror mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi tomonidan, aksionerlik jamiyati roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn besh kun mobaynida qabul qilinadi;
v) aksiyalarni cheklanmagan sonli investorlar, shu jumladan, xorijiy investorlar oʻrtasida ochiq sotish birja va birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi.
9. Aksiya quyidagi rekvizitlarga ega boʻlishi kerak:
aksionerlik jamiyatining firmali nomi va uning joylashgan manzili;
qiymatli qogʻozning nomi –– “aksiya”;
aksiyaning tartib raqami, seriyasi, chiqarilgan sanasi;
aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisining va bosh buxgalterining imzolari;
aksiyaning sanasi va roʻyxatdan oʻtkazgan organ tomonidan berilgan kodi.
V. EMITENTNING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI
10. Emitentning huquqi.
Emitent roʻyxatdan oʻtkazgan organning yoki aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga chiqarishga daxldor boʻlgan boshqa organning noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlari yuzasidan sud yoʻli bilan shikoyat qilish huquqiga egadir.
11. Emitentning majburiyatlari.
Emitent quyidagilarga majburdir:
a) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ushbu Nizomning II boʻlimi 3-bandida nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish;
g) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Nizomning VII boʻlimida belgilangan tartibda hisobga olish va hisobot berishni amalga oshirish;
d) aksiyalarni chiqarish ushbu Nizomning VI boʻlimi 14-bandining 1 va 2-kichik bandlariga muvofiq toʻxtatib qoʻyilganda bunga sabab boʻlgan qoida buzishlarni bartaraf etish, shundan soʻng roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning maxsus yozma ruxsatnomasi boʻyicha aksiya chiqarishni davom ettirish mumkin.
12. Aksiyalarni chiqarish davlat roʻyxatidan oʻtkazilgungacha aksiyalarning reklama qilinishiga va tarqatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Aksiyalar emitentlari majburiyatlari boʻyicha emitentlarning oʻzlari javob beradilar.
VI. ROʻYXATDAN OʻTKAZUVCHI ORGANNING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI
14. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning huquqlari.
1) Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarga II boʻlimning 4-bandida belgilangan ularni koʻrib chiqish muddati mobaynida oʻzgartirishlar kiritishni talab qilishga haqlidir.
2) Aksiyalar amaldagi qonunchilikka xilof ravishda chiqarilgan, shuningdek, aksiyalar chiqarishning ushbu Nizomda belgilangan tartibi buzilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ emissiyani va aksiyalarni muomalaga chiqarishni toʻxtatib qoʻyishi yoki cheklashi mumkin.
3) Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ aksiyalar emissiyasiga berilgan ruxsatni quyidagi asoslarga binoan toʻxtatib qoʻyishi yoki bekor qilishi mumkin:
a) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan mustaqil ravishda, shuningdek, uchinchi shaxslardan olingan va tekshiruvda tasdiqlangan axborot roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning notoʻgʻriligini koʻrsatgan taqdirda;
b) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning qiymatli qogʻozlar chiqarishni amalga oshirish jarayonida amaldagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha talablarini hamda mazkur Nizom talablarini bajarishni rad etish.
4) Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qonunchilik, shuningdek, uning tomonidan berilgan ruxsatnomalarda belgilangan shartlar buzilgan taqdirda emitentlar faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida sud organlariga taqdimnoma kiritish mumkin.
a) investorlar manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida roʻyxatdan oʻtkazishga taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻliqligini, xolisligini va muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi;
b) taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirilishi boʻyicha eʼtirozlar boʻlganda, aniq kamchiliklar va noaniqliklarni yozma shaklda koʻrsatgan holda, hujjatlarni puxtalashtirishga yuboradi;
v) aksiyalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgungacha ularning chiqarilishini reklama qilishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ommaviy axborot vositalaridagi materiallarni nazorat qilib borishni amalga oshiradi;
g) emitentga aksionerlar emissiyasi boʻyicha ruxsat berish toʻxtatib turilganda va ruxsat bekor qilinganda ommaviy axborot vositalari orqali bu haqda investorlarni xabardor qiladi, hamda emitent faoliyatini toʻxtatish va investorlarga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisida sud organlariga taqdimnoma kiritadi.
16. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ mansabdor shaxslarining javobgarligi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagilar uchun javob beradilar:
roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilmaganligi uchun;
qiymatli qogʻozlar va mazkur Nizom yuzasidan emitent tomonidan amaldagi qonunchilik buzilganda aksionerlarning shikoyati va noroziligi oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi va ular boʻyicha choralar koʻrilmaganligi uchun.
VII. HISOBGA OLISH, HISOBOT BERISH VA NAZORAT QILISH TARTIBI
17. Hisobga olish tartibi.
Aksionerlik jamiyatlari chiqargan aksiyalar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan, belgilangan shakldagi maxsus reyestrlarda hisobga olib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar Yagona davlat reyestrini yuritishni amalga oshiradi. Aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazish reyestrlari nusxalari har yarim yilda bir marta, Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar Yagona davlat reyestriga kiritish uchun, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar tomonidan 1-fevral va 1-avgustdan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli qogʻozlar chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yarim yilda bir marta vaqtli matbuotda eʼlon qiladi.
Emitent yilning har bir choragida chorak boʻyicha hisobot tarkibida aksiyalar chiqarish yakunlari toʻgʻrisida hisobot tuzadi va uni roʻyxatdan oʻtkazuvchi hamda xususiylashtirishni amalga oshiruvchi organlarga taqdim etadi.
Emitent aksiyalar emissiyasi yakunlarini navbatdagi yillik hisobot bilan birga vaqtli matbuotda eʼlon qiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari, qiymatli qogʻozlarning muomalada boʻlishi va mazkur Nizom toʻgʻrisida amaldagi qonunchilikning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, roʻyxatdan oʻtkazilgan aksiyalar emissiyasining qanday borayotganini nazorat qilib borishni taʼminlashga majburdirlar.
Davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
EMISSIYANING NAMUNAVIY PROSPEKTI
BIRINCHI BOʻLIM I. Emitent rekvizitlari
1. Toʻliq va qisqartirilgan nomi:
2. Yuridik manzili (boʻlinmaning joylashgan oʻrni):
3. Emitentning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tartib raqami va sanasi:
4. Tashkiliy huquqiy shakli:
5. Tarkibiga emitent kiradigan birlashma (uyushma, konsern, korporatsiya va shu kabilar)ning toʻliq nomi va yuridik manzili:
6. Emitentning (boʻlinma)ning hisob-kitob (joriy) va boshqa schyotlari, banklarning xizmat koʻrsatuvchi muassasalari nomi va rekvizitlari:
II. Aksiyalarni taqsimlash tartibi
1. Boshlangʻich maʼlumotlar:
a) Ustav fondi ________________ ming soʻm;
b) Aksiyalar soni ______________ ta;
v) Bitta aksiyaning nominal qiymati ______________________ soʻm-kupon.
(barcha aksiyalar bir xil nominal qiymatga ega boʻladi).
2. Imtiyozli aksiyalar:
a) Aksiyalar ulushi ____________ foiz;
b) Aksiyalar summasi ______________ ming soʻm;
v) Aksiyalar soni ______________ ta.
3. Yopiq yozilish orqali aksiyalarning nominal qiymati boʻyicha sotib olingan oddiy aksiyalar:
a) Aksiyalar ulushi ____________ foiz;
b) Aksiyalar summasi ______________ ming soʻm;
v) Aksiyalar soni ______________ ta.
4. Egasi Davlat mulki qoʻmitasi boʻlgan oddiy aksiyalar:
a) Aksiyalar ulushi ____________ foiz;
b) Aksiyalar summasi ______________ ming soʻm;
v) Aksiyalar soni ______________ta.
5. Aksiyalarni chiqarish shakli: ____________________________
(schyotlardagi yozuvlar tarzida, yozuvlari markazlashtirilgan depozitlarda saqlanadigan, aksiyalarning maxsus blanklari tarzida)
6. Aksiyalarni tarqatish va sotish tartibi, miqdorlari, sotib olish muddatlari:
Mehnat jamoalari aʼzolariga beriladigan imtiyozlarning turli variantlarida aksiyalarni sotish usullari
Muddatlari
Aksiyalarning umumiy qiymati
Sotishning boshlanishi
Sotishning tugashi
Summa, ming soʻm
Ulush, aksiyalar umumiy sonidan % larda
1
2
3
4
5
1.1. Aksiyalar - jami:
X
X
100
1.2. Davlatda saqlanadigan aksiyalar
1.3. Imtiyozli aksiyalarni tarqatish
1.4. Mehnat jamoasi aʼzolari oʻrtasida yopiq yozilish boʻyicha oddiy aksiyalarni tarqatish
1.5. Shartnoma tuzish yoʻli bilan aksiyalarni xorijiy investorlarga va investitsiya fondlariga tarqatish
1.6. Erkin sotiladigan aksiyalar — jami (1.1. — 1.2 — 1.3 — 1.4 — 1.5 moddalar)
X
X
ulardan:
yirik investorlarga sotiladigan aksiyalar paketi:
— kim oshdi savdosida
— tanlov boʻyicha
— investitsiya savdolarida (sotishning tanlangan usullaridan biri koʻrsatiladi)
Imtiyozli shartlarda tarqatiladigan aksiyalarning sotilmaganlari Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoladi. Mazkur aksiyalarni qiymatli qogʻozlar bozorida sotishda ular oddiy aksiyalarga almashtiriladi. Aksiyalarning davlatga tegishli ulushi uchun aksiyalarning yagona sertifikati chiqariladi va u korxonalar tomonidan Davlat mulki qoʻmitasiga beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan fuqarolik huquqiy bitishuvlarni amalga oshirish qoidalari saqlanib qolgan holda pul bozorida qiymatli qogʻozlar muomalasi bilan bogʻliq bitishuvlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilayotgan:
aksionerlik jamiyatlarining aksiyalari, aksionerlik jamiyatlari va boshqa korxonalar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar, shuningdek, qiymatli qogʻozlar hosilalari oldi-sotdisining birja va birjadan tashqari bitishuvlariga;
birjalarda yoki investitsiya institutlarining vositachiligida amalga oshiriladigan davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar, xazina majburiyatlari va boshqa davlat qiymatli qogʻozlari oldi-sotdi bitishuvlariga;
ushbu bandning 2 va 3-xatboshlarida qayd etib oʻtilgan qiymatli qogʻozlarni saqlash shartnomalari, shuningdek, ushbu Nizomning IV va VI boʻlimlarida belgilangan qiymatli qogʻozlarni sovgʻa qilishga doir shartnomalar qoidalariga nisbatan tatbiq etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-fevraldagi 68-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
II. QIYMATLI QOGʻOZLARNING OLDI-SOTDI BITISHUVLARINI TUZISH TARTIBI
5. Qiymatli qogʻozlar oldi-sotdi bitishuvlari (bundan keyin qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar deb ataladi), vositachisiz tuziladigan hamda ularni tuzishda bajariladigan bitishuvlardan tashqari, yozma shaklda tomonlarning bitta shartnoma-hujjatni imzolashlari yoʻli bilan ham, shuningdek, tomonlarning amalga oshgan istaklarini hujjatli shaklda qayd etish imkonini beradigan usullar (yuboruvchi tomon imzolaydigan xatlar, telegrammalar almashish, faksimil va boshqa aloqa vositalari) bilan ham amalga oshiriladi. Biroq investitsiya idoralari va fond birjalari qonunchilikka muvofiq tasdiqlaydigan qiymatli qogʻozlar bilan ishlash qoidalarida va boshqa hujjatlarda professional vositachilarning ishtirokida tuziladigan bitishuvlarning shakliga nisbatan boshqacha talablar bayon etilgan boʻlsa, bunday holda bitishuvlar tuzilayotganda yuqoridagi talablar qoʻllaniladi.
6. Oʻz nomidan va oʻz hisobidan qiymatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari (investitsiya institutlari) qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni tuzishda:
a) qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzilishiga qadar qiymatli qogʻozlarni sotib olish va sotishning dastlabki qatʼiy narxlarini oshkora eʼlon qilishga;
b) qiymatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotish yuzasidan ularga murojaat qilgan shaxslar bilan ular tomonidan qiymatli qogʻozlarning oldindan eʼlon qilingan soʻnggi qatʼiy narxlari (belgilangan narxlari) va miqdorlariga aynan muvofiq ravishda bitishuvlar tuzishga hamda bunday bitishuvlarni tuzishdan bosh tortmaslikka majburdirlar.
7. Mijozlarning topshirigʻiga binoan qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni tuzishda vositachilik (brokerlik) faoliyatini amalga oshiruvchi qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari (investitsiya institutlari):
a) mijoz bitishuvni toʻlash qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch boʻlmagan taqdirda qiymatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha topshiriqlarni qabul qilishdan voz kechishga;
b) mijoz qiymatli qogʻozlarga ega ekanligi va u topshiriq berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida ularni qiymatli qogʻozlar bozori qatnashchisi (investitsiya instituti) ixtiyoriga taqdim etishga qodir ekanligi toʻgʻrisida kafolat boʻlmagan holda qiymatli qogʻozlarni sotish boʻyicha topshiriqnomani qabul qilmaslikka;
v) bitishuvlar tuzilgandan keyin yoki topshiriqnomaning amal qilish muddati tugashi bilanoq zudlik bilan mijozga qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzilganligi yoki tuzilmaganligi va ularning natijalari haqida xabar qilib turishga;
g) mijozdan uning nomidan qiymatli qogʻozlar bilan operatsiyalar turkumini amalga oshirish yoki mijoz aktivlarini boshqarish toʻgʻrisida ishonchnoma olinganda mijoz va broker oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning barcha shartlari belgilanishi kerak boʻlgan ishonchnomada qayd etilgan vakolatlar doirasida amal qilishga majburdirlar.
8. Qiymatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha investitsiya tavsiyanomalarini berishda maslahat berish faoliyatini amalga oshiruvchi qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari (investitsiya institutlari):
a) mijozning investitsiya maqsadlari va vazifalarini mumkin qadar toʻliqroq aniqlashga urinishga;
b) mijozlar tomonidan tuzilayotgan barcha bitishuvlar haqidagi tijorat sirlarini saqlashga hamda ushbu maʼlumotlar haqida uchinchi shaxslarning xabardor boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikka majburdirlar.
9. Qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi (investitsiya instituti) qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlar tuzilgunga hamda ular boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgunga qadar oʻz mijozlariga yozma ravishda qoʻyidagilar toʻgʻrisida:
a) aniq bitishuvlarning va xizmatlar koʻrsatishning amalga oshirilishi munosabati bilan qiymatli qogʻozlar boʻyicha oʻzi shugʻullanadigan professional faoliyat turi;
b) dilerlik yigʻimlari, vositachilik haqlari, maslahat berish xizmatlari uchun toʻlovlar, qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni amalga oshirganlik va boshqa xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻimlar va toʻlovlar miqdorlari (stavkalari);
v) qiymatli qogʻozlar boʻyicha professional faoliyatni amalga oshirish uchun u olgan litsenziyaning nomeri va berilgan sanasi hamda oʻzining malakasi haqida maʼlumot berishga majburdir.
10. Qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari (investitsiya idoralari) mijozlar hisobiga faqat qonunchilik bilan belgilangan shakli boʻyicha tuzilgan topshiriq yoki vositachilik shartnomalari asosida ularda koʻrsatib oʻtilgan barcha shartlarga muvofiq ularni bajarish mobaynida mijoz bitishuvini tuzish mumkin deb hisoblaydigan zarur shartlarga muvofiq ravishda bitishuvlar tuzishlari mumkin.
Shartnomaning bajarilishiga qadar mijoz bir tomonlama tartibda uning amal qilishini toʻxtatish huquqiga ega. Xuddi shunday huquqqa topshiriq shartnomasi boʻyicha ishonchli vakil ham ega boʻladi.
Mijozga brokerning bitishuv tuzganligi haqidagi rasmiy xabarnomasi yetkazilganida topshiriq yoki vositachilik shartnomasi bajarilgan deb hisoblanadi.
11. Qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlar tuzilayotganda tomonlar quyidagi shartlar boʻyicha kelishuvga erishishlari shart:
qiymatli qogʻozlarning turi va toʻliq nomi (qiymatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish nomerini qoʻshib qoʻyish tavsiya etiladi);
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.02.00 Chiqarish toʻgʻrisidagi qaror]
qiymatli qogʻozlarni berish muddati va ularni toʻlash usuli, hamda bitishuv boʻyicha tijorat tavakkalchiligini sugʻurta qilish shartlari (agar bunday shartlar mavjud boʻlsa);
bitishuvni bajarganlik uchun vositachilik haqi miqdori.
Oʻzaro kelishuv boʻyicha tomonlar bitishuv tuzish shartiga boshqa istalgan shartlarni kiritishlari mumkin.
13. Qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari (investitsiya institutlari) oʻz mijozlarining ularning topshiriqlari boʻyicha tuzilgan qiymatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomalarining nusxalarini, shu jumladan, quyidagilarni ularning birinchi talabidayoq taqdim qilishlari shart:
sotib olingan yoki sotilgan qiymatli qogʻozlarning toʻliq nomini, ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi nomerini;
sotib olingan yoki sotilgan qiymatli qogʻozlarning soni va ularning nominal qiymatini;
bitishuv narxini;
dilerlik yigʻimining, vositachilik (brokerlik) haqining, maslahat berish xizmati uchun toʻlovning hamda bitishuvlar tuzilishida koʻrsatiladigan boshqa xizmatlar uchun boshqa yigʻimlar va toʻlovlarning haqiqiy summasini;
bitishuvlar tuzilishi amalga oshirilishi munosabati bilan toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini;.
bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda xaridorlarga sotib olingan qiymatli qogʻozlarni yetkazib berish tartibi, vaqti va usullarini;
bitishuvlarni tuzish shartlari bilan bogʻliq boshqa barcha maʼlumotlarni.
14. Qiymatli qogʻozlarni sotib olish uchun jalb qilinadigan zayom mablagʻlari hissasi sotib olinayotgan qiymatli qogʻozlarning umumiy qiymatining 50 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak, xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalarini sotib olish uchun xususiylashtirish investitsiya fondlariga berilgan davlat zayomi mablagʻlari bundan mustasno.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda)
15. Qiymatli qogʻozlarni sotib olish boʻyicha topshiriq beradigan mijozlar unga xizmat koʻrsatuvchi qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisidan (uning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi boʻlgan taqdirda) qiymatli qogʻozlarni sotib olish uchun qarz olishlari mumkin.
Qiymatli qogʻozlarni bank kreditidan foydalangan holda sotib olinganda bu haqda mijoz qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisini xabardor qilishi shart.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.03 Ushlab qolish]
16. Qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi mijozga u qiymatli qogʻozlar sotib olish uchun olgan qarzini toʻliq uzmagunga qadar oʻzida saqlanayotgan mijozga tegishli boʻlgan qiymatli qogʻozlarni bera olmaydi.
IV. QIYMATLI QOGʻOZLAR BILAN BITISHUVLARNI ROʻYXATGA OLISH TARTIBI
17. Mazkur Nizomning talablariga muvofiq qiymatli qogʻozlar bilan tuzilgan bitishuvlar (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan hollar bundan mustasno) roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
18. Qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarning roʻyxatdan oʻtkazilishi barcha qimmatli qogʻozlar bilan ish olib borish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega boʻlgan investitsiya institutlari (investitsiya maslahatchilari bundan mustasno), banklar, fond birjalari, tovar birjalarining fondli boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
19. Roʻyxatga olish uchun faqat belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish nomerini olgan qiymatli qogʻozlar boʻyicha tuzilgan bitishuvlar qabul qilinadi.
20. Qiymatli qogʻozlar boʻyicha tuzilgan bitishuvlarning roʻyxatdan oʻtkazilishi bitishuvlar tuzilganligini tasdiqlovchi shartnoma yoki boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
21. Bitishuv roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng qimmatli qogʻozning yangi egasi yoki uning vakili bitishuv tuzilganligi, shuningdek, oʻzining qimmatli qogʻozga egalik qilish huquqiga ega ekanligi haqida qiymatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan daromadlarni toʻlash muddati rasmiy eʼlon qilinishidan 30 kun oldin xabardor qilishi shart.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.07 Qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividentlar]
Qiymatli qogʻozlarning yangi egasi yoki uning vakili oʻzining qiymatli qogʻozlarga egalik qilish huquqlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilmagan taqdirda emitent qiymatli qogʻozlar boʻyicha daromadlar toʻlash uchun javobgar boʻlmaydilar.
22. Mazkur Nizom bilan belgilangan qoidalar buzilgan holda tuzilgan bitishuvni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar uni roʻyxatdan oʻtkazmaslik huquqiga egadirlar.
23. Roʻyxatdan oʻtkazish shart boʻlgan bitishuv roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuridik shaxs yoki fuqaro, yoxud ularning vakolatli vakili (investitsiya institutlari) tomonidan taqdim etiladi.
24. Qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarning roʻyxatdan oʻtkazilishi belgilangan shakldagi maxsus hisobga olish registrida amalga oshiriladi.
Qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi har bir tashkilot bitishuvlarning barcha turlari boʻyicha yagona hisobga olish registrini yuritadi.
Hisobga olish registri bilan tanishishga faqat moliya, soliq va huquqni muhofaza qilish organlari vakiliga yoʻl qoʻyiladi. Hisobga olish registrlari yuritilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda mahalliy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
25. Bitishuv tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ roʻyxatdan oʻtkazilgan sanani va joyni belgilaydi, shuningdek, qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni hisobga olish registrlari boʻyicha tartib raqamini koʻrsatib oʻtadi. Belgi roʻyxatdan oʻtkazuvchining imzosi bilan tasdiqlanadi hamda unga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri qoʻyiladi.
26. Qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni tuzish Respublika fond birjasida amalga oshiriladi.
Respublika fond birjasi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining yumaloq muhriga, hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlariga, roʻyxatdan oʻtkazilgan firma belgisiga ega boʻladi.
27. Respublika fond birjasining daromadlari aʼzolik daromadlaridan, bitishuvlar qiymatidan 2 foizni tashkil etadigan (sotuvchidan 1 foiz oluvchidan 1 foiz) qiymatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha birja yigʻimlaridan hamda xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan boshqa tushumlardan shakllanadi.
28. Birja daromadlari birja xodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish, moddiy-texnik bazasini kengaytirish hamda birja faoliyatini takomillashtirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiradi.
29. Qiymatli qogʻozlar egalari qiymatli qogʻozlarini qiymatli qogʻozlar saqlanadigan ixtisoslashtirilgan saqlash joylariga –– depozitariylarga saqlash uchun berishlari mumkin. Depozitariylar mustaqil tashkilot sifatida tashkil etilishi mumkin yoki boʻlmasa kredit-moliya muassasalari hamda investitsiya institutlarining boʻlinmalari sifatida faoliyat koʻrsatishlari mumkin. Qiymatli qogʻozlarni saqlash uchun depozitariylarga topshirish amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladigan saqlash toʻgʻrisida shartnoma asosida amalga oshiriladi.
30. Saqlash toʻgʻrisida shartnoma tuzilayotganda qiymatli qogʻozlar egasi saqlash uchun qabul qilingan qiymatli qogʻozlarni hisobga olish qoidalari, shuningdek, dividendlarni, qiymatli qogʻozlar boʻyicha foiz toʻlovlari va boshqa daromadlar oʻtkazish tartibi, saqlash uchun qabul qilingan qiymatli qogʻozlarga taalluqli emitentning xatti-harakatlari toʻgʻrisida qiymatli qogʻozlar egalarini xabardor qilish hamda qiymatli qogʻozlar egasiga emitent taqdim qiladigan axborotni yetkazish tartibi bilan tanishtirilishi shart.
VI. BITISHUVLARNI TUZISH VA ULARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISH QOIDALARIGA RIOYA QILMASLIK UCHUN JAVOBGARLIK
31. Mazkur Nizom bilan belgilab qoʻyilgan qiymatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlarni tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalariga rioya qilmaganligi uchun qiymatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki boshqa attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan malaka attestatsiyalaridan mahrum etilishi mumkin, investitsiya institutlari esa investitsiya institutlari sifatida faoliyat koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyalardan mahrum etiladilar.
32. Bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazishdan bir necha bor asosli ravishda bosh tortilgan hollarda (agar bunday rad etishlar qiymatli qogʻozlar bozorida harakat qiluvchi shaxslarning yetarli darajada vakolatli emasligi va vijdonsizligidan guvohlik bersa) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki boʻlmasa litsenziya bergan boshqa organ qiymatli qogʻozlar boʻyicha faoliyat koʻrsatish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyishi va uni qaytarib olishi mumkin.