1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.04.00 Madaniy meros obyektlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nomoddiy madaniy meros namunalarini roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 25-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 25-maydagi PF-80-son Farmoniga muvofiq 2024-yilda quyidagi xizmatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatishni joriy qilish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
nomoddiy madaniy meros obyektlarini Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritish;
nomoddiy madaniy meros obyekti Nomoddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatiga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi haqida maʼlumot berish.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Nomoddiy madaniy meros namunalarini roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlariga kiritish hamda ulardan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlarini YIDXP hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatish tartibi;
nomoddiy madaniy meros namunasi Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlariga kiritilgan yoki kiritilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot berish tartibi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
3. Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmatining YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Vazirlar Mahkamasining “Nomoddiy madaniy meros muhofazasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov va adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-aprel,
256-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-apreldagi 256-son qaroriga 1-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros namunalarini roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1.Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va Davlat xizmatlari markazlari orqali nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlariga kiritish hamda ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu roʻyxatlarga kiritilgan yoki kiritilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — nomoddiy madaniy meros namunalari bilan bogʻliq davlat xizmatini koʻrsatishni soʻrab murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti;
ilmiy-metodik kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash) — vakolatli organ huzurida nomoddiy madaniy meros namunalarini tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish maqsadida tashkil etiladigan davlat organlari, ilmiy institut va muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, nomoddiy madaniy merosni asrash va undan foydalanish yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan va tadqiqot ishlarini amalga oshirayotgan alohida tadqiqotchilar va mutaxassislardan iborat kengash;
nomoddiy madaniy meros namunalari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan, urf-odatlar, xalq ijodiyoti (soʻz, raqs, musiqa, tomosha sanʼati), badiiy hunarmandchilik va amaliy sanʼat bilan bogʻliq bilimlar, koʻnikmalar, artefaktlar, madaniy makonlar;
nomoddiy madaniy meros namunalarining mahalliy roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — mahalliy roʻyxat) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari tasdiqlagan, nomoddiy madaniy meros masalalari boʻyicha hududiy ekspertlar guruhi tomonidan yuritiladigan Nomoddiy madaniy meros namunalari roʻyxati;
Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — milliy roʻyxat) — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasdiqlagan, vakolatli organ tomonidan yuritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjud boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalari roʻyxati;
tarixiy-madaniy ekspertiza (keyingi oʻrinlarda — ekspertiza) — nomoddiy madaniy meros namunasining milliy roʻyxatga kiritilishini asoslash uchun tashkil etiladigan oʻrganish ishlari;
hududiy organ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari;
hududiy ekspertlar guruhi (keyingi oʻrinlarda — ekspertlar guruhi) — nomoddiy madaniy meros namunalarini izlab topish va ular toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish maqsadida hududiy organ huzurida tashkil etiladigan davlat organlari, ilmiy institut va muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillari, nomoddiy madaniy merosni asrash va ulardan foydalanish yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan va tadqiqot ishlarini amalga oshirayotgan alohida tadqiqotchilar va mutaxassislardan iborat guruh.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
3. Davlat xizmati vakolatli organ va hududiy organlar tomonidan YIDXP hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladi.
4. Nomoddiy madaniy meros namunalarini:
milliy roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi Kengash tomonidan;
mahalliy roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi ekspertlar guruhi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Bunda nomoddiy madaniy meros namunalari milliy roʻyxatga kiritilishidan (chiqarilishidan) oldin tegishli mahalliy roʻyxatga kiritilishi (chiqarilishi) lozim.
5. Nomoddiy madaniy meros namunalarini milliy va mahalliy roʻyxatlarga kiritish yoki ulardan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1 va 2-ilovalardagi sxemalarga muvofiq koʻrsatiladi.
Nomoddiy madaniy meros namunasini nomoddiy madaniy meros namunasi tegishli roʻyxatlarga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi haqida maʼlumot berish boʻyicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
6. Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlariga kiritish yoki ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu roʻyxatlarga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi toʻgʻrisida mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) beriladi.
7. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
2-bob. Nomoddiy madaniy meros namunalarini milliy va mahalliy roʻyxatlarga kiritish yoki ulardan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
1-§. Soʻrovnoma yuborish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
8. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
9. Ariza beruvchi shaxsan yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shaklda soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni yigirma toʻrt soat ichida soʻrovnoma yuborishi mumkin.
Bunda soʻrovnomalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida yuborilganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni soʻrovnomalarning vakolatli organga kelib tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
10. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi.
2-§. Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy roʻyxatiga kiritish va undan chiqarish tartibi
12. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
13. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar oʻn daqiqa ichida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
14. Vakolatli organ soʻrovnomani bir ish kuni ichida tegishli hududiy organga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
15. Hududiy organ soʻrovnomani bir ish kuni ichida ekspertlar guruhiga yuboradi.
Ekspertlar guruhi oʻn ish kuni ichida soʻrovnomani koʻrib chiqib, quyidagi xulosalardan birini tayyorlaydi:
nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritish (chiqarish) toʻgʻrisida;
nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritishni (chiqarishni) rad etish toʻgʻrisida.
16. Ekspertlar guruhining nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritish (chiqarish) toʻgʻrisidagi xulosasi asosida hududiy organ:
bir ish kuni ichida nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritish (chiqarish) boʻyicha buyruq qabul qiladi;
nomoddiy madaniy meros namunasi avval mahalliy roʻyxatga kiritilgan (chiqarilgan) boʻlsa, bir ish kuni ichida axborot xati va tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni yozma ravishda vakolatli organga taqdim etadi.
17. Vakolatli organ mahalliy roʻyxatga kiritilgan (chiqarilgan) nomoddiy madaniy meros namunalarini milliy roʻyxatga kiritish (chiqarish) maqsadida bir ish kuni ichida nomoddiy madaniy meros namunalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun kengashga yuboradi.
Kengash oʻn ish kuni ichida nomoddiy madaniy meros namunalarini Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qarori bilan tasdiqlangan Nomoddiy madaniy meros namunalarining tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ekspertizadan oʻtkazadi hamda quyidagi xulosalardan birini tayyorlaydi va uni vakolatli organga taqdim etadi:
nomoddiy madaniy meros namunasini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy roʻyxatiga kiritish (chiqarish) toʻgʻrisida;
nomoddiy madaniy meros namunasini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy roʻyxatiga kiritishni (chiqarishni) rad etish toʻgʻrisida.
18. Kengashning nomoddiy madaniy meros namunalarini milliy roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish toʻgʻrisidagi xulosasi asosida vakolatli organ bir ish kuni ichida nomoddiy madaniy meros namunalarini milliy roʻyxatga kiritish (chiqarish) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taklif kiritadi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi nomoddiy madaniy merosining yangilangan milliy roʻyxatini tasdiqlaydi va vakolatli organga yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
20. Vakolatli organ bir ish kuni ichida nomoddiy madaniy meros namunasini milliy roʻyxatga kiritilganligi yoki undan chiqarilganligi boʻyicha maʼlumotnomani (matrik shtrixli kod qoʻyilgan) rasmiylashtiradi hamda uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, shu kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
21. Davlat xizmatlari markazi QR-kod qoʻyilgan maʼlumotnomani olganidan soʻng oʻn daqiqa ichida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga maʼlumotnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi shart.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
22. Quyidagilar davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi:
nomoddiy madaniy meros namunalarini milliy va mahalliy roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish boʻyicha soʻrovnomada zarur maʼlumotlar va hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda yoki ularda xato va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
avval ayni shu turdagi namuna nomoddiy madaniy meros namunasi sifatida milliy yoki mahalliy roʻyxatga kiritilgan yoki undan chiqarilgan boʻlsa;
berilgan nomoddiy madaniy meros namunalari ayni omma uchun xos yoki har bir shaxsda (obyektlarda) uchraydigan yoxud oʻzida badiiy va madaniy qimmatlik xususiyatini aks ettirmasa.
Davlat xizmatini koʻrsatish boshqa asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-§. Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining mahalliy roʻyxatiga kiritish hamda undan chiqarish tartibi
23. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishli hududiy organga yuboriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
24. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar oʻn daqiqa mobaynida tegishliligi boʻyicha hududiy organga elektron shaklda yuboriladi.
25. Hududiy organ soʻrovnomani bir ish kuni ichida ekspertlar guruhiga yuboradi.
Ekspertlar guruhi oʻn ish kuni ichida soʻrovnomani koʻrib chiqib, quyidagi xulosalardan birini tayyorlaydi:
nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritish (chiqarish) toʻgʻrisida;
nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritishni (chiqarishni) rad etish toʻgʻrisida.
26. Ekspertlar guruhining nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritish (chiqarish) toʻgʻrisidagi xulosasi asosida hududiy organ bir ish kuni ichida:
nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritish (chiqarish) boʻyicha buyruq qabul qiladi;
nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritilganligi (chiqarilganligi) boʻyicha maʼlumotnomani (matrik shtrixli kod qoʻyilgan) rasmiylashtiradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
Hududiy organ maʼlumotnomani oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, shu kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.
27. Nomoddiy madaniy meros namunasi mazkur Reglamentning 22-bandidagi asoslarga koʻra uni mahalliy roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish rad etiladi.
3-bob. Nomoddiy madaniy meros namunasini Nomoddiy madaniy meros namunalarining roʻyxatiga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi haqida maʼlumot berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
1-§. Soʻrovnoma yuborish tartibi
28. Ariza beruvchi nomoddiy madaniy meros namunasining quyidagi roʻyxatlarga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi yuzasidan maʼlumotnoma olish boʻyicha YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali vakolatli organga murojaat qilishi mumkin:
Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga tavsiya etilayotgan namunalar roʻyxati;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qarori bilan tasdiqlangan Nomoddiy madaniy meros namunalarini Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga tavsiya etuvchi materiallarni rasmiylashtirish namunasi.
Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalari roʻyxati;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qarori bilan tasdiqlangan Nomoddiy madaniy meros namunalarini Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalari roʻyxatiga tavsiya etuvchi materiallarni rasmiylashtirish namunasi.
Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy roʻyxati;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qarori bilan tasdiqlangan Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlariga tavsiya etuvchi materiallarni rasmiylashtirish namunasi.
Nomoddiy madaniy meros namunalarining mahalliy roʻyxati.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qarori bilan tasdiqlangan Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlariga tavsiya etuvchi materiallarni rasmiylashtirish namunasi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
29. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni yigirma toʻrt soat ichida mazkur Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma yuborishi mumkin.
Bunda soʻrovnomalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida yuborilganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni soʻrovnomalarning vakolatli organga kelib tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
30.Ariza beruvchi shaxsan yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, pasportni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
31. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi.
32. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
33. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar oʻn daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
2-§. Nomoddiy madaniy meros namunasini Nomoddiy madaniy meros namunalarining roʻyxatiga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi haqida maʼlumot berish tartibi
34. Vakolatli organ uch ish kuni ichida soʻrovnomani koʻrib chiqadi va maʼlumotnomani (matrik shtrixli kod qoʻyilgan) rasmiylashtiradi hamda uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, shu kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.
35. Davlat xizmatlari markazi QR-kod qoʻyilgan maʼlumotnomani olganidan soʻng oʻn daqiqa ichida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga maʼlumotnomani ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron yoki qogʻoz shaklda berishi shart.
36. Soʻrovnomada zarur maʼlumotlar va hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda yoki ularda xato va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlsa davlat xizmatini koʻrsatish rad etish uchun asos boʻladi.
Davlat xizmatini koʻrsatish boshqa asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.04 Kasb siri]
37. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organ va hududiy organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlaydi.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari hamda Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini davlat xizmatlarini koʻrsatish davomida, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
39. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatuvchi xodimlarning xatti-harakatlaridan norozi boʻlgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 47 va 52-moddalari.
40. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2155 va 2683-moddalari.
Nomoddiy madaniy meros namunalarini roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy roʻyxatiga kiritish hamda undan chiqarish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Nomoddiy madaniy meros namunalarini milliy roʻyxatiga kiritish (chiqarish) Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Davlat xizmatlari markazi orqali soʻrovnoma toʻldiradi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
YIDXP
Soʻrovnomani vakolatli organga yuboradi.
Avtomatik tarzda
Davlat xizmatlari markazi
Oʻn daqiqa ichida
3-bosqich
Vakolatli organ
(Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti)
Soʻrovnomani tegishli hududiy organga yuboradi.
Bir ish kuni ichida
4-bosqich
Hududiy organ
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari)
Soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun ekspertlar guruhiga yuboradi.
Bir ish kuni ichida
5-bosqich
Ekspertlar guruhi
(Hududiy organlar huzuridagi nomoddiy madaniy meros masalalari boʻyicha hududiy ekspertlar guruhi)
Nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritish (chiqarish) boʻyicha xulosa tayyorlaydi va hududiy organga taqdim etadi.
Oʻn ish kuni ichida
6-bosqich
Hududiy organ
Nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritish (chiqarish) boʻyicha buyruq qabul qiladi hamda uni vakolatli organga yuboradi.
Bir ish kuni ichida
7-bosqich
Vakolatli organ
Mahalliy roʻyxatga kiritilgan (chiqarilgan) nomoddiy madaniy meros namunalarini milliy roʻyxatga kiritish (chiqarish) maqsadida tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish uchun vakolatli organ huzuridagi Ilmiy-metodik kengashga yuboradi.
Bir ish kuni ichida
8-bosqich
Ilmiy-metodik kengash
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ekspertizadan oʻtkazadi hamda tegishli xulosani vakolatli organga beradi.
Oʻn ish kuni ichida
9-bosqich
Vakolatli organ
Nomoddiy madaniy meros namunalarini milliy roʻyxatga kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taklif kiritadi.
Bir ish kuni ichida
10-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi nomoddiy madaniy merosining yangilangan milliy roʻyxatini tasdiqlaydi va vakolatli organga yuboradi.
Uch ish kuni ichida
11-bosqich
Vakolatli organ
1. Nomoddiy madaniy meros namunasini milliy roʻyxatga kiritilganligi yoki undan chiqarilganligi boʻyicha maʼlumotnomani (matrik shtrixli kod qoʻyilgan) rasmiylashtiradi.
Bir ish kuni ichida
2. Maʼlumotnomani oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.
Davlat xizmatlari markaziga — shu kunning oʻzida, YIDXP orqali — avtomatik tarzda
Nomoddiy madaniy meros namunalarini roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining mahalliy roʻyxatiga kiritish hamda undan chiqarish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Nomoddiy madaniy meros namunalarini mahalliy roʻyxatiga kiritish (chiqarish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi, soʻrovnomani toʻldiradi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
YIDXP
Soʻrovnomani tegishli hududiy organga yuboradi.
Avtomatik tarzda
Davlat xizmatlari markazi
Oʻn daqiqa ichida
3-bosqich
Hududiy organ
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari)
Soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun ekspertlar guruhiga yuboradi.
Bir ish kuni ichida
4-bosqich
Ekspertlar guruhi
(Hududiy organlar huzuridagi nomoddiy madaniy meros masalalari boʻyicha ekspertlar guruhi)
Soʻrovnomani koʻrib chiqib, nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritish (chiqarish) boʻyicha xulosa tayyorlaydi va uni hududiy organga yuboradi.
Oʻn ish kuni ichida
5-bosqich
Hududiy organ
1. Nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritish (chiqarish) boʻyicha buyruq qabul qiladi.
2. Nomoddiy madaniy meros namunasini mahalliy roʻyxatga kiritilganligi (chiqarilganligi) boʻyicha maʼlumotnomani (matrik shtrixli kod qoʻyilgan) rasmiylashtiradi.
Bir ish kuni ichida
3. Maʼlumotnomani oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.
Davlat xizmatlari markaziga — shu kunning oʻzida, YIDXP orqali — avtomatik tarzda
Nomoddiy madaniy meros namunalarini roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros namunasini Nomoddiy madaniy meros namunalarining roʻyxatiga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi haqida maʼlumot berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Nomoddiy madaniy meros namunasini Nomoddiy madaniy meros namunalarining roʻyxatiga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi haqida maʼlumot olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi, soʻrovnomani toʻldiradi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
YIDXP
Soʻrovnomani vakolatli organga yuboradi.
Avtomatik tarzda
Davlat xizmatlari markazi
Oʻn daqiqa ichida
3-bosqich
Vakolatli organ
(Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti)
1. Soʻrovnomani koʻrib chiqadi va maʼlumotnomani (matrik shtrixli kod qoʻyilgan) rasmiylashtiradi.
Uch ish kuni ichida
2. Maʼlumotnomani oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi.
Davlat xizmatlari markaziga — shu kunning oʻzida, YIDXP orqali — avtomatik tarzda
Nomoddiy madaniy meros namunalarini roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
NAMUNA
Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlariga kiritish hamda ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu roʻyxatlarga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
1.
Ariza raqami
2.
Vakolatli organ nomi
3.
Maʼlumotnoma berilgan sana
4.
Maʼlumotnomani bergan masʼul shaxs F.I.O.
5.
YUNESKO Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga tavsiya etilayotgan namunalar roʻyxati
6.
Zudlik bilan muhofazaga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalari roʻyxatiga kiritilganligi
7.
Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy roʻyxati yoki Nomoddiy madaniy meros namunalarining mahalliy roʻyxatiga kiritilganligi
T/r
Nomoddiy madaniy meros namunasining identifikatsiya tartib raqami
Nomoddiy madaniy meros namunasi roʻyxati
Nomoddiy madaniy meros namunasi yoʻnalishi
Nomoddiy madaniy meros namunasi nomi
Izoh
1.
2.
...
QR-kod
Nomoddiy madaniy meros namunalarini roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlariga kiritish hamda ulardan chiqarish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot
1.
F.I.O.
2.
JSHSHIR
3.
Doimiy yashash manzili
4.
Ariza beruvchi bilan bogʻlanish mumkin boʻlgan maʼlumotlar (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar)
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot
5.
Yuridik tashkilotning toʻliq nomi
6.
STIR raqami
7.
Ariza beruvchining yuridik manzili (indeks, manzil)
8.
Ariza beruvchi bilan bogʻlanish mumkin boʻlgan maʼlumotlar (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar)
III. Nomoddiy madaniy meros namunasini Nomoddiy madaniy meros namunalarining roʻyxatiga kiritish hamda undan chiqarish boʻyicha maʼlumotlar
9.
Namuna haqida maʼlumotnoma
10.
Namunaning boshqa nomlari (agar mavjud boʻlsa)
11.
Namunaning hududiy joylashuvi va boshqa joylarga tarqalganligi
12.
Namuna namoyon etayotgan soha
13.
Roʻyxatga kiritish yoki chiqarish uchun tavsiya etayotgan jamoa, guruh yoki shaxs
14.
Roʻyxatga kiritish yoki chiqarish uchun tavsiya etilishini asoslash
15.
Tarixiy maʼlumotlar
16.
Hozirgi kundagi ahvoli
17.
Namunaning ilmiy jihatdan oʻrganilganligi
18.
Ilmiy tadqiqotlar
19.
Ilmiy maqolalar
20.
Ilmiy ekspeditsiyalar
21.
Foto materiallar
22.
Maʼlumotni tayyorlagan shaxs
IV. Soʻrovnoma toʻldirish sababi
23.
Nomoddiy madaniy meros namunasini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy roʻyxatiga kiritish
24.
Nomoddiy madaniy meros namunasini Nomoddiy madaniy meros namunalarining mahalliy roʻyxatiga kiritish
Nomoddiy madaniy meros namunalarini roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 6-ILOVA
Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining tegishli roʻyxatlarga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni berish boʻyicha
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot
1.
F.I.O.
2.
JSHSHIR
3.
Doimiy yashash manzili
4.
Ariza beruvchi bilan bogʻlanish mumkin boʻlgan maʼlumotlar (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar)
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot
5.
Yuridik tashkilotning toʻliq nomi
6.
STIR raqami
7.
Ariza beruvchining yuridik manzili (indeks, manzil)
8.
Ariza beruvchi bilan bogʻlanish mumkin boʻlgan maʼlumotlar (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar)
III. Nomoddiy madaniy meros namunasini Nomoddiy madaniy meros namunalarining roʻyxatiga kirgan yoki kirmaganligi haqida maʼlumot olish
9.
Namuna haqida maʼlumotnoma
10.
Namunaning boshqa nomlari (agar mavjud boʻlsa)
11.
Namunaning hududiy joylashuvi va boshqa joylarga tarqalganligi
12.
Namuna namoyon etayotgan soha
13.
Roʻyxatga kiritish yoki chiqarish uchun tavsiya etayotgan jamoa, guruh yoki shaxs
14.
Roʻyxatga kiritish yoki chiqarish uchun tavsiya etilishini asoslash
15.
Hozirgi kundagi ahvoli
16.
Namunaning ilmiy jihatdan oʻrganilganligi
17.
Ilmiy tadqiqotlar
18.
Ilmiy maqolalar
19.
Ilmiy ekspeditsiyalar
20.
Foto materiallar
21.
Maʼlumotni tayyorlagan shaxs
IV. Soʻrovnoma toʻldirish sababi
22.
Nomoddiy madaniy meros namunasini Nomoddiy madaniy meros namunalarining tegishli roʻyxatlariga kiritilgan yoki kiritilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot olish boʻyicha
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-apreldagi 256-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Nomoddiy madaniy meros muhofazasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 23-fevraldagi 47-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “obyektlar” soʻzi tegishli kelishikdagi “namunalar” soʻzi bilan almashtirilsin.
d) 15-banddagi “obyektlarining” va “obyektga” soʻzlari tegishlicha “namunalarining” va “namunaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nomoddiy madaniy meros namunalarini Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga tavsiya etuvchi materiallarni rasmiylashtirish
NAMUNASI
A.
Namunaning nomi(200 ta harfdan oshmasligi kerak)
B.
Tegishli jamoa, guruh yoki shaxslar(100 ta soʻzdan oshmasligi kerak)
V.
Namuna haqida qisqacha maʼlumot(200 ta soʻzdan oshmasligi kerak)
1.
Namuna haqida maʼlumotnoma
1.a.
Namunaning nomi
1.b.
Namunaning boshqa nomlari (agar mavjud boʻlsa)
1.v.
Tegishli jamoa, guruh yoki shaxslar, ularning manzili
1.g.
Namunaning hududiy joylashishi va boshqa joylarga tarqalganligi
1.d.
Namuna bilan bogʻliq qoʻshimcha namunalar
2.
Namuna boʻyicha maʼlumotnoma(1-mezonga muvofiq) (1000 ta soʻzdan oshmasligi kerak).
3.
Madaniyatlararo muloqotni targʻib etish va keng ommaga namoyish etishdagi hissasi(1000 ta soʻzdan oshmasligi kerak).
4.
Muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar
4.a.
Muhofaza qilish boʻyicha hozirgi kunda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar(500 ta soʻzdan oshmasligi kerak).
4.b.
Kelajakda rejalashtirilayotgan muhofaza qilish chora-tadbirlari(1000 ta soʻzdan oshmasligi kerak).
4.v.
Davlat va tegishli jamoa, guruh yoki shaxslar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi toʻgʻrisida maʼlumot(500 ta soʻzdan oshmasligi kerak).
5.
Jamoaning jalb etilishi
5.a.
Tegishli jamoa, guruh yoki shaxslarning ishtiroki
5.b.
Jamoaning rasmiy roziligi
5.v.
Namuna bilan bogʻliq amaliyotni boshqarish (meʼyorlari, ommaviy axborot vositalari orqali qoʻllab-quvvatlovchi dalillar)
6.
Hujjatlashtirish
6.a.
Qoʻshimcha maʼlumotlar(fotosuratlar, video va audio hujjatlar)
6.b.
Mualliflik huquqi bilan bogʻliq masalalar
6.v.
Manbalar roʻyxati(bir betdan oshmasligi kerak)
7.
Hamkorlik va aloqa uchun mutasaddi tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot
7.a.
Hamkorlik va aloqaga masʼul shaxs boʻyicha maʼlumotnoma (manzil, telefon raqami, faks, elektron manzil)
7.b.
Masʼul tashkilot
7.v.
Hamkor tashkilotlar
7.g.
Mutasaddi jamoa yoki jamoa vakili
8.
Masʼul tashkilot yoki muassasa vakilining imzosi
Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga kiritilishini asoslovchi materiallarni rasmiylashtirish shaklini toʻldirish
MEZONLARI
1. Namuna Nomoddiy madaniy meros namunalarining roʻyxatini yuritish toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandida aniqlangan nomoddiy madaniy meros tushunchasiga muvofiq boʻlishi lozim.
2. Namunani muhofaza qilish tadbirlari jamoa, guruh yoki shaxslar ishtiroki va ularning roziligi bilan amalga oshirilishi lozim.
3. Mualliflik huquqi milliy qonunchilikka muvofiq himoya qilinishi kerak.
4. Quyidagilar:
ilmiy tadqiqotlar asosida tasdiqlangan maʼlumotnomalar (ilmiy risolalar, muzey va kutubxonalarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar, anjumanlar va ekspeditsiyalar natijalari);
davlatning madaniy siyosatida (shu jumladan, markaziy va mahalliy hokimliklar tomonidan) qabul qilingan hujjatlar (qaror nusxalari, festivallar va tanlovlar natijalari boʻyicha maʼlumotlar);
davlat, nodavlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar (oʻquv dasturlari boʻyicha hujjatlar);
ommaviy axborot vositalarida maxsus dasturlar orqali keng namoyish etilgan namunalar (audio-video hujjatlar) ilova etilishi lozim”;
j) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nomoddiy madaniy meros namunalarini Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalari roʻyxatiga tavsiya etuvchi materiallarni rasmiylashtirish
NAMUNASI
Titul varagʻi
A.
Namunaning nomi(200 ta belgi yoki harfdan oshmasligi kerak)
B.
Tegishli jamoa, guruh va alohida shaxslar(200 ta soʻzdan oshmasligi kerak)
V.
Namuna haqida qisqacha maʼlumot(200 ta soʻzdan oshmasligi kerak)
G.
Namunani zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi (yoʻqolib ketish xavfi borligi) zarurligi, uning hayotiyligini asoslovchi qisqacha maʼlumot, uni saqlab qolish borasida amalga oshirilishi zarur boʻlgan tadbirlar.
Namuna haqida maʼlumot
1.
Namunani identifikatsiya qilish
1.a.
Namunaning nomi
1.b.
Namunaning boshqa nomlari (agar mavjud boʻlsa)
1.v.
Tegishli jamoa, guruh yoki shaxslar, ularning manzili
1.g.
Namunaning hududiy joylashuvi va boshqa joylarga tarqalganligi
1.d.
Namuna tomonidan taqdim etilayotgan soha
2.
Namuna boʻyicha maʼlumotnoma(1000 ta soʻzdan oshmasligi kerak).
3.
Saqlab qolish maqsadida zudlik bilan chora-tadbirlar koʻrilishini asoslash
3.a.
Namunaning hayotiyligini baholash(namunaning hozirgi kundagi ahvoli toʻgʻrisida maʼlumot) (500 ta soʻzdan oshmasligi kerak)
3.b.
Xavf solayotgan tahdid(500 ta soʻzdan oshmasligi kerak)
4.
Muhofaza qilish chora-tadbirlari
4.a.
Saqlash borasida olib borilayotgan va oxirgi marta oʻtkazilgan chora-tadbirlar(500 ta soʻzdan oshmasligi kerak)
4.b.
Saqlab qolish boʻyicha tavsiya etilayotgan chora-tadbirlar(2000 ta soʻzdan oshmasligi kerak)
4.v.
Mamlakat, jamoalar, guruhlar va alohida shaxslarning majburiyatlari(500 ta soʻzdan oshmasligi kerak)
5.
Jamoalarning ishtiroki va roziligi
5.a.
Jamoalar, guruhlar va alohida shaxslarning ishtiroki
5.b.
Jamoalar, guruhlar va alohida shaxslarning rasmiy roziligi
5.v.
Huquqiy normalarga rioya etilishi
6.
Roʻyxatga kiritish
7.
Hujjatlashtirish
7.a.
Majburiy va qoʻshimcha maʼlumotlar(Konvensiyadan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaning III Boʻlimida keltirilgan namuna asosida)
7.b.
Foydalanish huquqining berilishi
7.v.
Qoʻshimcha materiallar roʻyxati(bir sahifadan ortiq boʻlmasligi kerak)
8.
Bogʻlanish uchun maʼlumotlar
8.a.
Mutasaddi shaxs va u bilan bogʻlanish maʼlumotlari
8.b.
Namunani tavsiya etayotgan tashkilot yoki muassasa
8.v.
Manfaatdor jamoat tashkilotlari va (yoki) ularning vakili
9.
Namunani tavsiya etayotgan tashkilot yoki muassasa vakilining imzosi
”;
z) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlariga tavsiya etuvchi materiallarni rasmiylashtirish
NAMUNASI
1.
Namuna haqida maʼlumotnoma
1.a.
Namunaning nomi
1.b.
Namunaning boshqa nomlari (agar mavjud boʻlsa)
1.v.
Namunani roʻyxatga kiritishdan manfaatdor jamoa, guruh yoki shaxslar, ularning manzili
1.g.
Namunaning hududiy joylashuvi va boshqa joylarga tarqalganligi
1.d.
Namuna namoyon etayotgan soha
2.
Roʻyxatga kiritishni asoslash
2.a.
Roʻyxatga kiritish uchun tavsiya etayotgan jamoa, guruh yoki shaxs
2.b.
Tavsiya etilishini asoslash
2.v.
Hozirgi kunda namuna mavjud boʻlgan hudud yoki hududlar
2.g.
Saqlash borasida amalga oshirilgan tadbirlar
2.d.
Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar
2.e.
Vazifalar
3.
Batafsil maʼlumot
3.a.
Tarixiy maʼlumotlar
3.b.
Hozirgi kundagi ahvoli
3.v.
Madaniy xilma-xillikni namoyon etishdagi oʻrni
3.g.
Yoshlar tarbiyasida foydalanish istiqbollari
4.
Merosni oʻzida saqlovchi va boshqalarga yetkazuvchi shaxslar haqida maʼlumotlar
4.a.
Tarixiy shaxslar
4.b.
Hozirgi kundagi mavjud shaxslar, shu jumladan, yoshlar va oʻsmirlar
5.
Namunaning ilmiy jihatdan oʻrganilganligi
5.a.
Ilmiy tadqiqotlar
5.b.
Ilmiy maqolalar
5.v.
Ilmiy ekspeditsiyalar
6.
Namunaning targʻiboti bilan bogʻliq materiallar
6.a.
Bosma materiallar
6.b.
Audio materiallar
6.v.
Video materiallar
7.
Saqlash va rivojlantirish uchun masʼul idora/tashkilot yoki muassasa
a) nomidagi, 1, 3 va 4-bandlardagi hamda II boʻlimning nomidagi tegishli kelishikdagi “obyektlar” soʻzi tegishli kelishikdagi “namunalar” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “obyektini” va “obyektlarining” soʻzlari tegishlicha “namunasini” va “namunalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 13-banddagi “obyekti” soʻzi “namunasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
“20. Kengash qarori asosida tegishli nomoddiy madaniy meros namunasi Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ roʻyxatiga tavsiya etilayotgan namunalar roʻyxatiga, Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim boʻlgan nomoddiy madaniy meros namunalarining roʻyxatiga, Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy roʻyxatiga Madaniyat vazirligi tomonidan kiritiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2025-y., 09/25/256/0384-son)