OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/23-son qarori (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 10/18/3042/1573-son) bilan tasdiqlangan Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
1.
5,
6 va
21-bandlar “muassislari” degan soʻzdan keyin “(muassisi)” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Kredit byurosi ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori ikki milliard soʻmni tashkil etishi kerak.”.
“muassislar umumiy yigʻilishining kredit byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi bayonnomasi yoki yagona muassisning kredit byurosini tashkil etish haqidagi qarori;”;
toʻrtinchi xatboshi “muassislari” degan soʻzdan keyin “(muassisi)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
oltinchi xatboshi “ustav fondi” degan soʻzlardan keyin “(ustav kapitali)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“Arizada muassislarning (muassisning) elektron pochta manzili koʻrsatilishi mumkin. Arizada elektron pochta manzilining koʻrsatilishi ushbu ariza boʻyicha qabul qilingan qaror haqida xabarnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga rozilik hisoblanadi.”.