toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jahon savdo tashkilotiga Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son qaroriga muvofiq milliy qonunchilik hujjatlarini Jahon savdo tashkilotining qoida, meʼyor va yoʻriqnomalariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Jahon savdo tashkilotiga bozorga kirish, ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va eksport raqobatbardoshligini taʼminlash choralari toʻgʻrisida bildirishnomalarni taqdim etish tartibi;
Jahon savdo tashkiloti bilan qishloq xoʻjaligi sohasidagi choralar yuzasidan qoʻshimcha axborot almashish tartibi;
Qishloq xoʻjaligi bitimiga oid choralar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va eʼlon qilish tartibi.
2. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga — qishloq xoʻjaligi bozorlariga kirish hamda eksport raqobatbardoshligini taʼminlash choralari boʻyicha bildirishnomalarni tayyorlash vazifasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari boʻyicha bildirishnomalarni tayyorlash vazifasi yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tegishli bildirishnomalarni tayyorlash uchun zarur boʻlgan soha siyosatiga doir maʼlumotlar belgilangan tartiblar va muddatlarda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib borilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jahon savdo tashkilotiga Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish jarayonini muvofiqlashtirishga masʼul etib belgilansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-aprel,
246-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 246-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Jahon savdo tashkilotiga qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida qabul qilingan majburiyatlar bajarilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomalarni, shuningdek, yoʻllangan murojaatlarga javoblarni tayyorlash hamda taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
aʼzolar — Jahon savdo tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda — JST) aʼzo davlatlar;
bildirishnoma — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan JSTga taqdim etiladigan rasmiy maʼlumotnomalar shakli boʻlib, unda Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishiga taalluqli maʼlumotlar aks etadi;
bildirishnomalar markaziy reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — JSTning rasmiy veb-platformasi boʻlib, Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasidagi bildirishnomalarni yuklashga va (yoki) qabul qilishga moʻljallangan, JSTga aʼzo davlatlar oʻrtasida axborot almashishni taʼminlovchi portal;
bozorga kirish — Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligi mahsuloti importiga taalluqli davlat siyosati;
eksport raqobatbardoshligi — Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti raqobatbardoshligini taʼminlashga taalluqli davlat siyosati;
G/AG/2 va G/AG/2/Add.1 — Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida taqdim etiladigan bildirishnomalarni roʻyxatga olishda qoʻllanadigan rasmiy ifodalar;
ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash — Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga taalluqli davlat siyosati;
majburiyatlar — Oʻzbekiston Respublikasi JSTga aʼzo boʻlishi uchun qabul qiladigan muayyan shartlar boʻlib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, eksport va import qilishga taalluqli davlat siyosati chora-tadbirlarining Qishloq xoʻjaligi bitimi bilan muvofiqlikda amalga oshirilishini belgilab beradi;
masʼul davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — JSTga bozorga kirish va eksport raqobatbardoshligi boʻyicha bildirishnomalarni tayyorlash hamda taqdim etish uchun masʼul davlat organi hisoblanadi;
Qishloq xoʻjaligi bitimi (keyingi oʻrinlarda — Bitim) — JSTning Tariflar va savdo toʻgʻrisidagi bosh bitimi tarkibiga kiruvchi koʻp tomonlama kelishuv boʻlib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, eksport va import qilishga taalluqli davlat siyosati chora-tadbirlariga qoʻyiladigan mezonlarni aks ettiradi;
Qishloq xoʻjaligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) — JST Kotibiyatining tarkibiy qismi boʻlib, Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida JSTga aʼzo davlatlar majburiyatlarining bajarilishi monitoringi, tahlili va nazoratini yuritish, shuningdek, bajarilmagan majburiyatlarni kun tartibiga olib chiqish kabi vazifalarni bajaradi;
rasmiy til — yozma hujjatlar, jumladan, bildirishnomalar shakli JST rasmiy tilida taqdim etiladi. Bugungi kunda ingliz, fransuz va ispan tili JSTda rasmiy til maqomiga ega;
soha tashkilotlari — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar qishloq xoʻjaligi siyosatiga doir maʼlumotlarni tegishli tartibda shakllantirish va vakolatli davlat organi hamda masʼul davlat organiga taqdim etuvchi tashkilotlar hisoblanadi;
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi — JSTga ishlab chiqarishni koʻllab-quvvatlash boʻyicha bildirishnomalarni tayyorlash va taqdim etish, shuningdek, mazkur jarayonni idoralararo muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi;
asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari — Bitimga 1-ilovaga muvofiq bildirishnomalar doirasida qamrab olinishi mumkin boʻlgan asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari quyidagilardan iborat:
TIF TN kodi boʻyicha 1 — 24-guruhdagi tovarlar (baliq va baliq mahsulotlari bundan istisno);
TIF TN 2905. 43 (mannit);
TIF TN 2905. 44 (sorbit);
TIF TN 33. 01 (efir moylari);
TIF TN 35. 01 — 35. 05 (albuminoid moddalar, oʻzgartirilgan kraxmallar, yopishtiruvchi moddalar);
TIF TN 3809. 10 (ishtahani ochuvchi birikmalar);
TIF TN 3823. 60 (sorbitol, boshqa mahsulotlar);
TIF TN 41. 01 — 41. 03 (teri va charm xom ashyosi);
TIF TN 43. 01 (xom moʻyna);
TIF TN 50. 01 — 50. 03 (xom ipak va ipak chiqindilari);
TIF TN 51. 01 — 51. 03 (hayvonlarning junlari va sochlari);
TIF TN 52.01 — 52. 03 (paxta xomashyosi, paxta chiqindilari, kardlangan yoki taroqli paxta tolasi);
TIF TN 53. 01 (xom zigʻir);
TIF TN 53. 02 (xom kanop).
2-bob. Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish tartibining amal qilish sohasi
3. Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasidagi bildirishnomalar har bir aʼzo uchun differensial xususiyatga ega boʻlib, asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga taalluqli quyidagi sohalarni qamrab olishi mumkin:
bozorga kirishda tarif kvotalari, boshqa kvotalar va maxsus himoya choralarini qoʻllash;
ishlab chiqarishni joriy qoʻllab-quvvatlashning umumiy qoʻshilgan koʻrsatkichlari, yangi qabul qilingan yoki oʻzgartirilgan qoʻllab-quvvatlash choralari;
eksport raqobatbardoshligini taʼminlashda subsidiyalardan foydalanish, eksportni subsidiyalash qoidalarini chetlab oʻtishning oldini olish;
eksport taqiqlari va cheklovlari;
qishloq xoʻjaligi islohotlarining eng kam rivojlangan mamlakatlarga va oziq-ovqat mahsulotlarini netto import qiluvchi rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan salbiy taʼsirining oldini olish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi JSTga aʼzo boʻlgach, quyidagi sohalarda bildirishnoma taqdim etadi:
bozorga kirishda tarif kvotasi va boshqa kvotalarni qoʻllash toʻgʻrisida;
ishlab chiqarishni joriy qoʻllab-quvvatlashning umumiy qoʻshilgan koʻrsatkichlari, yangi qabul qilingan va oʻzgartirish kiritilgan qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida;
eksport raqobatbardoshligini taʼminlash uchun mavjud subsidiyalar toʻgʻrisida.
5. Oʻzbekiston Respublikasi ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgandan tashqari aʼzolik doirasida qabul qiladigan yangi majburiyat va imtiyozlariga muvofiq, biroq ushbu Nizomning 3-bandidan chetlashmagan sohalarda qoʻshimcha bildirishnoma taqdim etishi mumkin.
6. Quyidagilar:
Bozorga kirish choralari toʻgʻrisida va Eksport raqobatbardoshligini taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi bildirishnoma ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida;
Ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisidagi bildirishnoma ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida taqdim etiladi.
3-bob. Bozorga kirish choralari toʻgʻrisida bildirishnoma taqdim etish
7. Bozorga kirish choralari toʻgʻrisidagi bildirishnoma tituli “MA” prefiksi bilan ifodalanadi.
8. Bildirishnoma masʼul davlat organi tomonidan quyidagi asoslarda tayyorlanadi hamda vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda rasmiy tilda Reyestrga kiritiladi:
Tarif kvotasi va boshqa kvotalarni qoʻllash hamda ularga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi bildirishnoma mazkur choralar amaliyotga tatbiq etilishidan eng kamida oʻttiz kun oldin ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq;
Tarif kvotasi va boshqa kvotalar doirasida import hajmlari toʻgʻrisidagi bildirishnoma har yili hisobot davridan keyingi oʻttiz kundan kechiktirmay, ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq.
9. Bozorga kirish choralari toʻgʻrisidagi bildirishnoma Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlariga muvofiq va amalda qoʻllangan holatda JSTga taqdim etiladi.
4-bob. Ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida bildirishnoma taqdim etish
10. Ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisidagi bildirishnoma tituli “DS” prefiksi bilan ifodalanadi.
11. Bildirishnoma vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi asoslarda tayyorlanadi va rasmiy tilda Reyestrga kiritiladi:
Ishlab chiqarishni joriy qoʻllab-quvvatlashning umumiy qoʻshilgan koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi bildirishnoma hisobot davridan keyingi toʻqson kundan kechiktirmay, ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq;
Qisqartirish majburiyatlaridan ozod qilingan yangi qoʻllab-quvvatlash choralarini qabul qilish yoki ularga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi bildirishnoma mazkur choralar amaliyotga tatbiq etilishidan eng kamida oʻttiz kun oldin ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq.
12. Ishlab chiqarishni joriy qoʻllab-quvvatlashning umumiy qoʻshilgan koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi bildirishnoma hisobot davrida qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari amalga oshirilgan yoki oshirilmaganidan qatʼi nazar, JSTga taqdim etiladi.
5-bob. Eksport raqobatbardoshligini taʼminlash choralari toʻgʻrisida bildirishnomani taqdim etish
13. Eksport raqobatbardoshligini taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi bildirishnoma tituli “ES” prefiksi bilan ifodalanadi.
14. Bildirishnoma masʼul davlat organi tomonidan quyidagi asoslarda tayyorlanadi hamda vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda rasmiy tilda Reyestrga kiritiladi:
Eksport subsidiyalarining koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi bildirishnoma hisobot davridan keyingi oltmish kun muddatda ushbu Nizomga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq;
Subsidiyalangan eksport tovarlarining hajmi va qiymati toʻgʻrisidagi bildirishnoma hisobot davridan keyingi bir yuz yigirma kun muddatda ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq.
15. Eksport raqobatbardoshligini taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi bildirishnoma hisobot davrida qishloq xoʻjaligi eksportini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari amalga oshirilgan yoki oshirilmaganidan qatʼi nazar, JSTga taqdim etiladi.
6-bob. Jahon savdo tashkiloti bilan qishloq xoʻjaligi sohasidagi choralar yuzasidan qoʻshimcha axborot almashish
16. Qoʻmita va aʼzolar yoʻllagan murojaatlar, jumladan, qoʻshimcha savol, soʻrov va takliflarga oʻttiz ish kunidan kechiktirmay, rasmiy tilda javob taqdim etiladi.
17. Vakolatli davlat organi ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash choralari yuzasidan kelib tushgan aniqlashtiruvchi tusdagi murojaatlarga yetti ish kuni, tahliliy tusdagi murojaatlarga yigirma bir ish kuni davomida javob takliflarini shakllantirib, Reyestrga kiritadi.
18. Masʼul davlat organi bozorga kirish va eksport raqobatbardoshligi choralari yuzasidan kelib tushgan aniqlashtiruvchi tusdagi murojaatlarga yetti ish kuni, tahliliy tusdagi murojaatlarga yigirma bir ish kuni davomida javob takliflarini shakllantirib, vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda Reyestrga kiritadi.
19. Zarur hollarda, soha tashkilotlari vakolatli davlat organi yoki masʼul davlat organi soʻroviga binoan qishloq xoʻjaligi siyosatiga taalluqli maʼlumotlarni belgilangan shakllarga muvofiq uch ish kuni ichida taqdim etadi.
7-bob. Qishloq xoʻjaligi bitimiga oid choralar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va eʼlon qilish
20. Bildirishnomada qoʻllanadigan normativ-huquqiy axborot Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchilik bazasiga asosan shakllantiriladi.
21. Bozorga kirish, ishlab chiqarishni qoʻllab quvvatlash, eksport va import choralariga taalluqli yangiliklar vakolatli davlat organi, masʼul davlat organi va soha tashkilotlariga tegishli rasmiy axborot manbalarida muntazam eʼlon qilib boriladi. Bunda har bir tashkilot oʻzi eʼlon qilgan xabarlar Oʻzbekiston Respublikasining aʼzolik muzokaralarida tutgan oʻrni bilan muvofiqligini taʼminlaydi.
22. Zarur hollarda, vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasining Bitim doirasidagi majburiyatlariga zid, notoʻgʻri yoki tasdiqlanmagan xabarlarni ishchi tartibda oʻzaro muvofiqlashtirish choralarini koʻrishi mumkin.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Ushbu Nizomning bajarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakili tomonidan nazorat qilinadi.
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Bozorga kirish choralari toʻgʻrisida va Eksport raqobatdoshligini taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi bildirishnomani taqdim etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Masʼul davlat organi

1. Bozorga kirish choralari toʻgʻrisida va Eksport raqobatdoshligini taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi bildirishnoma loyihasini tayyorlab, vakolatli davlat organi bilan kelishish choralarini koʻradi.

1. Majburiyatlar jadvaliga muvofiq Nizomda belgilangan muddatlarda

2. Bozorga kirish choralari va Eksport raqobatdoshligini taʼminlash choralari boʻyicha Reyestrga kelib tushgan murojaatlarga tegishli javob takliflarini tayyorlab, vakolatli davlat organi bilan kelishish choralarini koʻradi.

Zarur hollarda, qishloq xoʻjaligining ichki siyosati va savdosiga taalluqli maʼlumotni soʻrab, soha tashkilotlariga murojaat qiladi.

2. Murojaat qabul qilingandan keyingi yigirma bir kungacha muddatda

2-bosqich

Soha tashkilotlari

Qishloq xoʻjaligi importiga taalluqli maʼlumotlarni belgilangan shakllarga muvofiq masʼul davlat organiga taqdim etadi.

Murojaatdan keyingi uch kun muddatda

3-bosqich

Vakolatli davlat organi

1. Bozorga kirish choralari toʻgʻrisida va Eksport raqobatdoshligini taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi bildirishnoma loyihasining Bitim talablariga muvofiqligi boʻyicha xulosa beradi.

1. Kelishishga kiritilgandan keyingi uch kun muddatda

2. Murojaatlarga tayyorlangan javob takliflar umumiqtisodiy aʼzolik majburiyatlari bilan muvofiqligi boʻyicha xulosa beradi.

2. Kelishishga kiritilgandan keyingi yetti kun muddatda

4-bosqich

Masʼul davlat organi

Kelishuv xulosalari doirasida Bildirishnoma loyihasi va javob takliflariga tegishlicha oʻzgartirib, yakuniy shakllarni Reyestrga kiritadi.

Kelishuvdan keyingi bir kun muddatda

Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisidagi bildirishnomani taqdim etish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Vakolatli davlat organi

1. Ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisidagi bildirishnoma loyihasini tayyorlaydi.

1. Majburiyatlar jadvaliga muvofiq Nizomda belgilangan muddatlarda

2. Ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash choralari boʻyicha Reyestrga kelib tushgan murojaatlarga tegishli javob takliflarini tayyorlaydi.

Zarur hollarda, qishloq xoʻjaligi ichki siyosati va tashqi savdosiga taalluqli maʼlumotlarni soʻrab, soha tashkilotlari hamda masʼul davlat organiga murojaat qiladi.

2. Murojaat qabul qilingandan keyingi yigirma bir kun muddatda

2-bosqich

Soha tashkilotlari, Masʼul davlat organi

Vakolatli davlat organi murojaatiga muvofiq tegishli maʼlumotlarni belgilangan shakllarda taqdim etadi.

Murojaatdan keyingi uch kun muddatda

3-bosqich

Vakolatli davlat organi

Bildirishnomalar loyihasi va javob takliflarini tegishli maʼlumotlar asosida oʻzgartirib, yakuniy shakllarni Reyestrga kiritadi.

Yakuniy takliflar shakllanganidan keyingi bir kun muddatda

Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

MA:1 jadvali

BOZORGA KIRISH: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: __________ yil

Bozorga kirish imkoniyatlaridan foydalanish: tarif kvotasi va boshqa kvotalar boʻyicha majburiyatlar

Tovar tavsifi

TN kodi

Import mexanizmining tavsifi

(Tarif majburiyatlari jadvali I qismining I-B (yoki I-A) boʻlimidan olinadi)

(Tarif majburiyatlari jadvali I qismining I-B (yoki I-A) boʻlimidan olinadi)

1

2

3

Tarif majburiyatlari roʻyxatida koʻrsatilgan tarif kvotasi va boshqa kvotalar, shu jumladan, vaziyatga qarab, mexanizmning tavsifi, qoʻllanilishi:

(a) yetkazib beruvchi davlatlar oʻrtasida kvotalarni taqsimlash, jumladan: (i) taqsimotni aniqlash uchun asoslangan toʻliq maʼlumot (masalan, reprezentativ davr yoki I qismda koʻrsatilgan jadvalning I boʻlimidagi “boshqa shart va sharoitlar”); (ii) amal qilish davridagi barcha cheklovlar;

(b) import qiluvchilar oʻrtasida kvotalar olish uchun litsenziyalar yoki shartlarni taqsimlash, shu jumladan: (i) litsenziya berish yoki kvotalashga vakolatli, shuningdek, rasmiy yoki amaliy maxsus imtiyozlarga, huquqlarga ega davlat tashkilotlari, tijorat yoki maʼmuriy organlar; (ii) ariza beruvchilarga nisbatan turli cheklovlar;

(iii) litsenziyalar yoki ruxsatnomalar vakolatli organlar tomonidan qanday taqsimlanishi (navbat asosida yoki mutanosib tarzda); (iv) taqdim etilgan litsenziyalarning amal qilish muddati yoki ulardan foydalanish boʻyicha har qanday cheklovlar;

(s) kvotalash imkoniyatlarini (importni litsenziyalashga taalluqli boʻlmagan) tartibga solishi kerak boʻlgan boshqa kelishuvlar boʻyicha toʻliq maʼlumotlar;

(d) bunday kelishuvlar doirasida bozorga kirish imkoniyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq har qanday boshqa maʼlumotlar.

Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

MA:2 jadvali

BOZORGA KIRISH: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: ________ yil

Tarif kvotasi va boshqa kvotalarga taalluqli majburiyatlar roʻyxati

Tovar tavsifi

TIF TN Kodi

Hisobot davri uchun ajratilgan kvotalar miqdori

Hisobot davrida kvota doirasidagi real import miqdori

(Tarif majburiyatlari jadvali I qismining I-B (yoki I-A) boʻlimidan olinadi)

(Tarif majburiyatlari jadvali I qismining I-B (yoki I-A) boʻlimidan olinadi)

(Tarif majburiyatlari jadvali I qismining I-B (yoki I-A) boʻlimidan olinadi)

1

2

3

4

* MA:2 jadvali Reyestrga ingliz tilidagi shaklda kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

DS:1 jadvali

ISHLAB CHIQARISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: ________ yil

Joriy qoʻllab-quvvatlashning umumiy koʻrsatkichlari

Majburiyatlar boʻyicha umumiy koʻrsatkichlar

Valyuta

Joriy qoʻllab-quvvatlash umumiy koʻrsatkichlari

(Bozorga kirish majburiyatlari jadvali IV qismining I boʻlimidan olinadi)

(Bozorga kirish majburiyatlari jadvali IV qismining I boʻlimidan olinadi)

(3-ilovadagi qoʻshimcha jadvallardan olinadi)

1

2

3

DS:1 qoʻshimcha jadvali

ISHLAB CHIQARISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XISOBOT DAVRI: ________ yil

Qisqartirish majburiyatidan ozod qilingan choralar — Yashil quti

Chora-tadbir turi

Chora-tadbirning nomi va tavsifi

(Bitimga 2-ilova mezonlariga muvofiq)

Chora-tadbir pul qiymati

(hisobot davri uchun)

Maʼlumot manbai

1

2

3

4

a. “umumiy xizmatlar”

b. “oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida davlat zaxiralarini saqlash”

s. “ichki oziq-ovqat taʼminotini qoʻllab-quvvatlash”

d. “ishlab chiqarishdan tashqari daromadlarni qoʻllab-quvvatlash”

e. “daromad sugʻurtasi va kafolatlangan daromad dasturlari”

f. “tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq toʻlovlar”

g. “qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisini oʻz faoliyatini toʻxtatishga undaydigan dastur doirasida koʻrsatiladigan yordam”

h. “resurslarni ekspluatatsiyadan chiqarish dasturi doirasida koʻrsatilgan yordam”

i. “investitsiya koʻmagi doirasida koʻrsatiladigan qayta strukturalashtirish yordami”

j. “tabiatni muhofaza qilish dasturlari”

k. “hududiy yordam dasturlari”

l. “boshqa choralar”

DS:2 qoʻshimcha jadvali

ISHLAB CHIQARISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: ________ yil

Qisqartirish majburiyatlaridan ozod qilingan choralar — maxsus va differensial rejim — rivojlanish dasturlari

Chora-tadbir turi

Chora-tadbirning nomi va tavsifi

(Bitimning 6.2-moddasi mezonlariga muvofiq)

Chora-tadbir pul qiymati

(hisobot davri uchun)

Maʼlumot manbai

1

2

3

4

(a) “qishloq xoʻjaligi uchun investitsiya subsidiyalari”

(b) “kam daromadli yoki resurslari cheklangan ishlab chiqaruvchilar uchun subsidiyalar”

(s) “noqonuniy giyohvandlik ekinlarini yetishtirishdan voz kechishni ragʻbatlantirish”

DS:3 qoʻshimcha jadvali

ISHLAB CHIQARISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: ________ yil

Qisqartirish majburiyatlaridan ozod qilingan choralar — Ishlab chiqarishni cheklash dasturlari doirasidagi bevosita toʻlovlar

Chora-tadbir turi

Chora-tadbirning nomi va tavsifi

(Bitimning 6.5-moddasi mezonlariga muvofiq)

Chora-tadbir pul qiymati

(hisobot davri uchun)

Maʼlumot manbai

1

2

3

4

(a) “belgilangan maydon va hosilga asoslangan toʻlovlar”

(b) “85 foiz va undan kam miqdordagi ishlab chiqarishga asoslangan toʻlovlar”

(s) “ aniq miqdordagi bosh soni uchun chorva mollari toʻlovlari”

DS:4 qoʻshimcha jadvali

ISHLAB CHIQARISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: ________ yil

Joriy koʻllab-quvvatlashning umumiy koʻrsatkichlarini hisoblash

Asosiy mahsulot tavsifi

(mahsulotga asoslanmagan koʻllab-quvvatlash bilan birga)

Mahsulotga asoslangan qoʻllab-quvvatlash umumiy koʻrsatkichi

(DS:5 — DS: 7 qoʻshimcha jadvallaridan olinadi)

Mahsulotga asoslangan qoʻllab-quvvatlash koʻrsatkichi

(DS:8 qoʻshimcha jadvalidan olinadi)

Joriy qoʻllab-quvvatlashning umumiy koʻrsatkichlari

1

2

3

4

A mahsulot

A mahsulotni qoʻllab-quvvatlash umumiy qiymati (2+3 ustunlar)

B mahsulot

B mahsulotni qoʻllab-quvvatlash umumiy qiymati (2+3 ustunlar)

S mahsulot

S mahsulotni qoʻllab-quvvatlash umumiy qiymati (2+3 ustunlar)

...

...

Mahsulotga asoslanmagan qoʻllab-quvvatlash

Mahsulotga asoslanmagan umumiy qoʻllab-quvvatlash qiymati (DS:9 qoʻshimcha jadvalidan olinadi)

JAMI:

Joriy qoʻllab-quvvatlash umumiy koʻrsatkichi

DS:5 qoʻshimcha jadvali

ISHLAB CHIQARISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: ________ yil

Mahsulotga asoslangan qoʻllab-quvvatlashning umumiy koʻrsatkichlari: Bozor narxini qoʻllab-quvvatlash

Asosiy mahsulot tavsifi

Hisobot davri

Chora-tadbir turi

Amalda belgilangan narx

Tashqi bozordagi referens narx

Talabdagi ishlab chiqarish

Tegishli yigʻimlar

Jami qoʻllab-quvvatlash koʻrsatkichi

Maʼlumot manbai

1

2

3

4

5

6

7

8

((4-5)*6)-7

9

DS:6 qoʻshimcha jadvali

ISHLAB CHIQARISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: ________ yil

Mahsulotga asoslangan qoʻllab-quvvatlashning umumiy koʻrsatkichlari: Qisqaradigan bevosita toʻlovlar

Asosiy mahsulot tavsifi

Hisobot davri

Chora-tadbir turi

Amalda belgilangan narx

Tashqi bozordagi referens narx

Talabdagi ishlab chiqarish

Narxga bogʻlangan toʻlovlar

Qisqaradigan boshqa bevosita toʻlovlar

Tegishli yigʻimlar

Jami bevosita toʻlovlar qiymati

Maʼlumot manbai

1

2

3

4

5

6

7

((4-5)*6)

8

9

10

(7+8-9)

11

DS:7 qoʻshimcha jadvali

ISHLAB CHIQARISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: ________ yil

Mahsulotga asoslangan koʻllab-quvvatlashning umumiy koʻrsatkichlari: Mahsulotga asoslangan boshqa qoʻllab-quvvatlash va mahsulotga asoslangan jami qoʻllab-quvvatlashning umumiy koʻrsatkichlari

Asosiy mahsulot tavsifi

Hisobot davri

Chora-tadbir turi

Mahsulotga asoslangan boshqa budjet xarajati

Mahsulotga asoslangan boshqa qoʻllab-quvvatlash choralari

(hisob-kitob tafsilotlari bilan)

Tegishli yigʻimlar

Mahsulotga asoslangan qoʻllab-quvvatlash jami qiymati

Bozor narxini qoʻllab-quvvatlash qiymati

(DS:5 qoʻshimcha jadvalidan olinadi)

Qisqaradigan bevosita toʻlovlar

(DS:6 qoʻshimcha jadvalidan olinadi)

Jami qoʻllab-quvvatlash umumiy koʻrsatkichi

Maʼlumot manbai

1

2

3

4

5

6

7

(4+5-6)

8

9

10

(7+8+9)

11

DS:8 qoʻshimcha jadvali

ISHLAB CHIQARISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: ________ yil

Mahsulotga asoslangan koʻllab-quvvatlashga ekvivalent koʻrsatkichlar

Asosiy mahsulot tavsifi

Hisobot davri

Chora-tadbir turi

Amalda belgilangan narx

Talabdagi ishlab chiqarish

Bozor narxini qoʻllab-quvvatlashga budjet xarajati

Qoʻllab-quvvatlashga ekvivalent koʻrsatkichlar

(hisob-kitob tafsiloti bilan)

Qisqaradigan bevosita toʻlovlar

Mahsulotga asoslangan boshqa qullab-quvvatlash

Tegishli yigʻimlar

Majburiyatga ekvivalent pul qiymati

Maʼlumot manbai

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

(7+8+9-10)

12

DS:9 qoʻshimcha jadvali

ISHLAB CHIQARISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: _______ yil

Mahsulotga asoslanmagan jami qoʻllab-quvvatlashning umumiy koʻrsatkichlari

Chora-tadbir nomi

Hisobot davri

Mahsulotga asoslanmagan qoʻllab-quvvatlashga budjet xarajatlari

Mahsulotga asoslanmagan boshqa qoʻllab-quvvatlash qiymati

(hisob-kitob tafsilotlari bilan)

Tegishli yigʻimlar

Mahsulotga asoslanmagan jami qoʻllab-quvvatlash qiymati

Maʼlumot manbai

1

2

3

4

5

6

(3+4-5)

7

Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

DS:2 jadvali

ISHLAB CHIQARISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: ________ yil

Bitimning 18:3 moddasi yuzasidan bildirishnoma: Qisqartirish majburiyatlaridan ozod qilingan yangi yoki oʻzgartirilgan koʻllab-quvvatlash choralari

(1) Chora-tadbirning toʻliq nomi:

(2) Milliy qonunchilikka havola:

(3) Tadbirlarning mezonlar orqali batafsil tavsifi: (a) “umumiy xizmatlar”; (b) “oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida davlat tomonidan zaxiralarni saqlash”; (s) “ichki oziq-ovqat taʼminotini qoʻllab-quvvatlash”; (d) “ishlab chiqarishdan tashqari daromadlarni qoʻllab-quvvatlash”; (e) “daromad sugʻurtasi va kafolatlangan daromad dasturlari”; (f) “tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq toʻlovlar”; (g) “qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchisini oʻz faoliyatini toʻxtatishga undaydigan dastur doirasida koʻrsatiladigan yordam”; (h) “resurslarni ekspluatatsiyadan chiqarish dasturi doirasida koʻrsatilgan yordam”; (i) “investitsiya koʻmagi doirasida koʻrsatiladigan qayta strukturalashtirish yordami”; (j) “tabiatni muhofaza qilish dasturlari”; (k) “hududiy yordam dasturlari”; (l) “boshqa choralar”; va/yoki 6:2-bob: Rivojlanish dasturlari: (a) “qishloq xoʻjaligiga beriladigan investitsiya subsidiyalari”; (b) “kam daromadli yoki resurslari cheklangan ishlab chiqaruvchilarga beriladigan subsidiyalar”; (s) “noqonuniy giyohvandlik ekinlarini yetishtirishdan voz kechishni ragʻbatlantirishni qoʻllab-quvvatlash”; va/yoki 6:5-bob: Ozod etilgan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlovlar: (a) “belgilangan maydon va hosilga asoslangan toʻlovlar”; (b) “belgilangan maydon va hosilga asoslangan toʻlovlar”; (s) “aniq miqdordagi bosh soni uchun chorva mollari toʻlovlari”

(4) Tadbir bilan bogʻliq xarajatlar miqdori:

(5) Kuchga kirgan sana:

(6) Amal qilish muddati:

(7) Qamrab olingan mahsulotlar (agar chora-tadbir mahsulotga asoslangan boʻlsa)

Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

ES:1 jadvali

EKSPORT RAQOBATBARDOSHLIGI: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: ________ yil

Eksport subsidiyalari: budjet xarajatlari qiymati va qisqartirish majburiyatlari

Asosiy mahsulotlar tavsifi

Hisobot davri

Subsidiyalangan eksport

Gumanitar oziq-ovqat koʻmagi

Yillik majburiyat darajasi

Xarajatlar qiymati

Hajmi

Hajmi

Xarajatlar qiymati

Hajmi

(Bozorga kirish majburiyatlari jadvali IV qismining II boʻlimidan olinadi)

(Bozorga kirish majburiyatlari jadvali IV qismining II boʻlimidan olinadi)

(Bozorga kirish majburiyatlari jadvali IV qismining II boʻlimidan olinadi)

1

2

3

4

5

6

(3+4-5)

7

Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga Qishloq xoʻjaligi bitimi doirasida bildirishnoma taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

ES:1 qoʻshimcha jadvali

EKSPORT RAQOBATBARDOSHLIGI: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HISOBOT DAVRI: _________ yil

Eksport subsidiyalari: budjet xarajatlari qiymati va qisqartirish majburiyatlari

Asosiy mahsulot tavsifi

Bevosita eksport subsidiyalari

Davlat zaxiralari savdosi

Ishlab chiqaruvchilar moliyalashtirgan subsidiya

Xarajatlarni qisqartirish choralari

Ichki transport subsidiyalari

Mahsulotga asoslangan jami eksport subsidiyalari

Subsidiyalangan eksport hajmi

Maʼlumot manbai

1

2

3

4

5

6

7

8

9

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2025-y., 09/25/246/0701-son)