Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 20-iyundagi 311-son
qaroriga muvofiq, shuningdek, bankning normal faoliyat koʻrsatishi hamda zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Gʻalla-bank” taʼsischilari tomonidan bankning ustav fondi 8 mlrd. soʻm-kupon miqdorida eʼlon qilinganligi va ularning har birining ulushi, shu jumladan, Moliya vazirligi — 2 mlrd. soʻm-kupon, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” — 1, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki — 1 va “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi — 4 mlrd. soʻm-kupondan iborat qilib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Gʻalla-bank” taʼsischilari bir oy muddatda taʼsis badallarini toʻlasinlar va bankning ustav fondini shakllantirsinlar.
3. “Gʻalla-bank”ning ustav fondi bank aksiyalarini sotishdan olinadigan mablagʻlar hisobiga shakllantirilishi lozimligini hisobga olib, bank Kengashi uch oy muddatda aksiyalarning chiqishini va ularning aksionerlar oʻrtasida tarqatilishini taʼminlasin.
4. “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”:
shu yilning 1-oktabrigacha “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasining korxona va tashkilotlarini xizmat koʻrsatish uchun ustav fondidagi tegishli ulushi bilan “Gʻalla-bank”ka bersin;
“Gʻalla-bank”ka asosiy fondlar va xizmat xonalarining tegishli qismini ajratsin;
1994-yil 1-iyulgacha boʻlgan holatga koʻra “Gʻalla-bank”ka belgilangan tartibda aktivlar va passivlarni boʻlish vedomostiga muvofiq bersin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy 6anki:
“Gʻalla-bank”ning tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishiga aloqador masalalarni hal qilishda amaliy yordam koʻrsatsin;
“Oʻzdehqonchiliksanoatbank” va “Oʻzsanoatqurilishbank” bilan birgalikda bankni malakali mutaxassislar bilan butlashda yordam bersin.
6. “Oʻzulgurjibirjasavdo”, “Toshshaharyoʻlovchitrans”, “Oʻzbeksavdo” uyushmalari, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Aloqa vazirligi “Gʻalla-bank”ni uning talabnomalari boʻyicha zarur miqdorda inventar, kompyuter texnikasi, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlasinlar.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Gʻalla-bank” ishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.