1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish toʻgʻrisida
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklarining (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi yirik korxonalar) faoliyati samaradorligini oshirish va ularni xususiylashtirish orqali xorijiy investitsiyalar jalb etilishini jadallashtirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro va mahalliy bozorlarda sotishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
(a) 29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketini (ulushlarni) nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqarish;
(b) 12 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini oʻtkazish.
II. Davlat aktivlarini xalqaro bozorlarda sotish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
2. Quyidagilar:
(a) Professional konsultantlarni jalb qilgan holda xalqaro va mahalliy bozorlarda ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiyalar paketlari (ulushlar) roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
(b) Xalqaro va mahalliy fond bozorlarida aksiyalarining birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi oʻtkaziladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
(v) Davlat ishtirokidagi ayrim yirik korxonalarni sotish mexanizmi 3-ilovaga muvofiq;
(g) Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (ulushlarni) xususiylashtirish oldi tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 4-ilovaga va uning asosiy vazifalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
3. Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi (A. Aripov) (keyingi oʻrinlarda — Xususiylashtirish davlat komissiyasi) oʻn kun muddatda davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ustav kapitalidagi aksiyalar paketlarini (ulushlarini) savdoga chiqarishning alohida korxonalar boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning aniq mexanizmi va masʼullarini nazarda tutgan holda tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davlat aktivlari agentligi):
(a) 2025-yil 1-iyulga qadar jalb qilingan professional konsultantning taklifini inobatga olgan holda va Energetika vazirligining yoqilgʻi yetkazib berishning eng kam miqdori boʻyicha kafolati asosida xalqaro bozorda issiqlik elektr stansiyalarining ochiq ommaviy savdolarini eʼlon qilsin;
(b) tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosi yakuni boʻyicha “Oʻzmetkombinat” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini savdoga chiqarsin.
III. Davlat aktivlarini xalqaro bozorlarda sotish mexanizmi
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq mazkur qaror doirasida davlat aktivlarini ommaviy savdolarga chiqarish va ularni sotish jarayonlarini tashkil etishda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi xalqaro moliya bozorlari konyunkturasi, ishlab chiqarish quvvatlari hamda strategik investorlar talablaridan kelib chiqib davlat aktivlarini xususiylashtirish modeli va grafigini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Xususiylashtirish davlat komissiyasiga taqdim etadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
(b) Davlat aktivlari agentligi xalqaro ochiq ommaviy savdolar jarayonini amalga oshirish uchun nufuzli xalqaro professional tashkilotlar va yuridik konsultantlarni jalb etadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
(v) Davlat aktivlari agentligi yoki “UzAssets” investitsiya kompaniyasi” AJ “katta toʻrtlik” turkumiga kiruvchi baholovchi tashkilotlarni eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida ular bilan tuziladigan shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazmasdan jalb etadi;
(g) xalqaro professional tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish maqsadida aniqlangan qiymat yoki qiymatlar oraligʻi (baholash faoliyatining milliy standarti talablaridan qatʼi nazar) savdo jarayonida moʻljal sifatida hisobga olinadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
(d) jalb etilgan baholovchi tashkilotlarning baholash toʻgʻrisidagi hisoboti ekspertizadan oʻtkazilishi talab etilmaydi va hisobotda aniqlangan narxdan davlat aktivining boshlangʻich narxini belgilashda moʻljal sifatida foydalaniladi;
(e) Xususiylashtirish davlat komissiyasi davlat aktivlarining xususiylashtirish modelini va grafiklarini tasdiqlab, sotish jarayonlarini muvofiqlashtirib boradi;
(j) “Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJning 1ROsi boʻyicha ommaviy taklif muddati va hajmi toʻgʻrisidagi qarorlarni Jamgʻarma va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bozor konyunkturasidan kelib chiqib qabul qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoniga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan)
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
6. Davlat aktivlari agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-dekabrga qadar professional konsultantlar, xalqaro moliya tashkilotlarining ekspertlarini jalb etgan holda 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
7. Davlat aktivlari agentligi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda mazkur qarorga asosan xususiylashtirilishi belgilangan aktivlarning xalqaro bozorlarda savdolarini tashkil qilish va salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda PR-konsalting kompaniyalari hamkorligida keng qamrovli targʻibot-tashviqot ishlarini tashkillashtirish, shuningdek, xalqaro forumlarda taqdimotlar (“Road Show”) oʻtkazish choralarini koʻrsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortikov belgilansin.
9. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-aprel,
PQ-145-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-145-son qaroriga 1-ILOVA
Professional konsultantlarni jalb qilgan holda xalqaro va mahalliy bozorda ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiyalar paketlari (ulushlar)
ushbu ilovadagi jamiyatlar ustav kapitalidagi davlat ulushlari ishonchli boshqaruvga berilgan boʻlsa, ular baholangan qiymatda dastlab ishonchli boshqaruvchiga taklif etiladi;
“Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJning ustav kapitaliga berilgan aksiyalar paketlari davlat ulushi bilan birgalikda yaxlit paket shaklida realizatsiya qilinishi mumkin, bunda Jamgʻarmaning roziligi boʻlgan taqdirda u birgalikdagi sotuvda ishtirok etadi;
(izohning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
mazkur ilovada nazarda tutilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat hamda xoʻjalik jamiyatlari ulushi ular tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirilgan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati miqdoriga kamaytiriladi.
Bunda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan amaldagi qarz bitimlarining moliyaviy shartlari (kovenantlari) inobatga olingan holda aktivlarning ommaviy savdolarga chiqarilishi Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
* “Navoiyazot” AJ aksiyalar paketini savdoga chiqarish muddatlari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-97-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 07/26/97/0225-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-145-son qaroriga 2-ILOVA
Xalqaro va mahalliy fond bozorida aksiyalarining birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi oʻtkaziladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar
ROʻYXATI
T/r
Aksiyadorlik jamiyati nomi
Joylashgan hududi
Davlat ulushi
(foiz)
Sotish shakli
Savdoni eʼlon qilish muddati
1.
“Navoiy KMK” AJ
Navoiy viloyati
10 — 15
IPO
2025-yil II yarim yillik
2.
“Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ*
(izohning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Izoh:Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif etiladigan aksiyalar paketining hajmi, sotish shakli va savdoga chiqarish muddatiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-145-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat ishtirokidagi ayrim yirik korxonalarni sotish
MEXANIZMI
Vazifalar
Amalga oshirilgan ishlar
Amalga oshirish mexanizmi va muddati
Masʼul ijrochilar
I. “Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJ
“Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJ ustav kapitalidagi 75,2 foiz davlat ulushini sotish jarayonlarini yakunlash.
1. Oʻzbekiston va Turkiya Davlat rahbarlarining 2024-yil 5 — 7-iyun kunlari Anqara shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi doirasida Davlat aktivlari agentligi, “Oʻzavtosanoat” AJ va Turkiyaning “Anadolu Isuzu” kompaniyasi oʻrtasida “Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushini sotib olish boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida Anglashuv memorandumi (MoU) imzolangan.
2. “Anadolu Isuzu” kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazilgan, kompaniya tomonidan davlat ulushini sotib olish boʻyicha Majburiyatga ega boʻlmagan taklif (NBO) va investitsiya kiritish uchun shartlar taqdim etilgan.
3. “PwC” xalqaro kompaniyasi mustaqil baholovchi sifatida va “KPMG” xalqaro kompaniyasi moliyaviy va soliq masalalarida kompleks tahlil (due diligence) oʻtkazish uchun hamda “Dentons” xalqaro kompaniyasi yuridik tahlilni amalga oshirish uchun yuridik konsultant sifatida jalb qilingan.
1. “Anadolu Isuzu” kompaniyasi tomonidan korxonani kompleks tahlil qilish ishlarini yakunlash.
Muddat: 2025-yil 1-may.
Davlat aktivlari agentligi
(A. Ortikov)
2. “Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJdagi davlat ulushini sotib olish boʻyicha “Anadolu Isuzu” kompaniyasiningMajburiyatga ega boʻlgan takliflarini koʻrib chiqib, muzokaralar natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qilish.
Muddat: 2025-yil 1-oktabr.
Xususiylashtirish davlat komissiyasi
(A. Aripov)
3. Muzokaralar natijasi boʻyicha “Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJdagi davlat ulushini sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini tuzish yoki davlat ulushining ommaviy savdolarini eʼlon qilish.
Muddat: 2025-yil 1-noyabr.
Davlat aktivlari agentligi
(A. Ortikov)
4. “Anadolu Isuzu” kompaniyasining bitimga doir shartlarini nazarda tutuvchi Investitsiya shartnomasini tasdiqlash boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Muddat: Xususiylashtirish davlat komissiyasi qarori qabul qilingandan soʻng bir oy muddatda.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
(L. Kudratov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(I. Norqulov),
Davlat aktivlari agentligi
(A. Ortikov)
II. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va uning tizimidagi issiqlik elektr stansiyalarini xususiylashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF–101-son Farmoniga asosan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJni xususiylashtirish doirasida “KPMG” xalqaro kompaniyasi tomonidan xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqilgan, unga koʻra:
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning tarkibidagi issiqlik elektr stansiyalarining texnik holatidan kelib chiqib, alohida stansiyalarni portfel usulida xususiylashtirish;
ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda markaziy xarid qiluvchi tomonidan sotib olish;
elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun zarur hajmlarda tabiiy gaz (koʻmirda ishlovchilar uchun koʻmir yoqilgʻisi) bilan taʼminlash kafolatlarini belgilash taklif etilgan.
1. Konsultant taklifi asosidagi shartlarda va Energetika vazirligining yoqilgʻi yetkazib berish miqdori boʻyicha kafolati asosida issiqlik elektr stansiyalarini xalqaro bozorda ochiq ommaviy savdolarini eʼlon qilish.
Muddat: 2025-yil 1-iyul.
Davlat aktivlari agentligi
(A. Ortikov)
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov)
2. Xususiylashtirish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq ishlab chiqarilgan elektr energiyasi bilan taʼminlash shartlarini ishlab chiqish va kelishish.
Muddat: oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan oldin.
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(I. Norqulov),
“Oʻzenergosotish” AJ
(J. Obidjonov)
3. Tabiiy gazni ishlab chiqarish va yetkazib berish imkoniyatidan kelib chiqqan holda issiqlik elektr stansiyalari tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun zarur hajmlarda tabiiy gaz bilan taʼminlash shartlarini ishlab chiqish va kelishish.
Muddat: shartnomada belgilangan muddatlarda.
Energetika vazirligi
(J. Mirzamahmudov),
“UzGasTrade” AJ
(A. Agzamov),
“Oʻztransgaz” AJ
(S. Isakov)
III. “Oʻzmetkombinat” AJ
“Oʻzmetkombinat” AJni xususiylashtirish.
“Oʻzmetkombinat” AJning nosohaviy aktivlarini qisqartirish, qarzdorliklarini restrukturizatsiya qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan.
1. “Oʻzmetkombinat” AJning nosohaviy aktivlarini qisqartirish, qarzdorliklarini restrukturizatsiya qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha belgilangan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Muddat: 2025-yil 1-noyabr.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(I. Norqulov),
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi
(B. Islamov),
Davlat aktivlari agentligi
(A. Ortikov)
2. Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish yakuni boʻyicha “Oʻzmetkombinat” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish boʻyicha xalqaro bozorda ochiq savdo jarayonini boshlash.
Muddat: 2026-yil 1-mart.
Davlat aktivlari agentligi
(A. Ortikov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(I. Norqulov),
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi
(B. Islamov)
IV. Yirik korxonalarni sotish
Mazkur qaror ilovasida keltirilgan aksiyalar paketlari va ulushlarni sotish boʻyicha savdolarni eʼlon qilish.
Alohida korxonalar boʻyicha professional konsultantlar jalb etilgan.
1. Korxonalar boʻyicha xususiylashtirish modeli va grafiklari tasdiqlangandan soʻng davlat aksiyalar paketlarini (ulushlarni) Davlat aktivlari agentligiga oʻtkazib berish.
Muddat: grafik asosida.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(I. Norqulov)
va aksiyador funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organlari
2. Davlat aksiyalar paketlarini (ulushlarini) sotish boʻyicha savdolarni eʼlon qilish.
Muddat: grafik asosida.
Davlat aktivlari agentligi
(A. Ortikov)
“Sherobod sement zavodi” MCHJni xususiylashtirish ishlarini tashkil etish.
“Olmaliq KMK” AJga qarashli sement zavodi — “Sherobod sement zavodi” MCHJ sifatida qayta tashkil etilgan.
1. “Sherobod sement zavodi” MCHJning ustav kapitali uning sof aktividan kam boʻlgan taqdirda, qonunchilik talablariga asosan sof aktivi miqdorigacha kamaytirish.
2. “Sherobod sement zavodi” MCHJ ustav kapitalidagi ulushni Davlat aktivlari agentligiga “Olmaliq KMK” AJning sof aktiviga nisbatan undagi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushini mos ravishda oʻtkazilayotgan ulushning nominal qiymatiga kamaytirish hisobiga oʻtkazib berish.
Muddat: 2025-yil 1-iyul.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(I. Norqulov)
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi
(Sh. Vafayev),
Davlat aktivlari agentligi
(A. Ortikov)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-145-son qaroriga 4-ILOVA
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (ulushlarni) xususiylashtirish oldi tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
1.
J.A. Qoʻchqorov
—
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, ishchi guruh rahbari
2.
A.J. Ortikov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
3.
A.D. Tashkulov
—
adliya vaziri
4.
L.Sh. Kudratov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
5.
H.S. Turaxujayev
—
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi
6.
X.B. Mustafoyev
—
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
7.
N.D. Xusanov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari
8.
B.Q. Abdinazarov
—
“UzAssets” investitsiya kompaniyasi” AJ boshqaruv raisi
9.
Sh.B. Oxunov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departamenti boshligʻi, ishchi guruh kotibi
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-145-son qaroriga 5-ILOVA
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ustav kapitalidagi aksiya paketlarini (ulushlarni) xususiylashtirish oldi tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhining
ASOSIY VAZIFALARI
1. Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarning moliyaviy hisobotlari xalqaro standartlar asosida tayyorlanishini va xalqaro auditdan oʻtkazilishini taʼminlash.
2. Savdo jarayonlarini tashkil etish uchun nufuzli xalqaro konsultantlarni jalb etish va davlat ishtirokidagi yirik korxonalar tomonidan xalqaro reyting tashkilotlarining barqaror koʻrsatkichlariga erishish jarayonlarini muvofiqlashtirib borish.
3. Xorijiy davlatlardagi kapital bozorini tartibga soluvchi organlar va fond birjalari bilan oʻzaro hamkorlik qilinishini taʼminlash, tegishli memorandum va shartnomalarni tuzish uchun muzokaralar olib borish.
4. Nufuzli xalqaro konsultantlar va anderrayterlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish va marketing materiallari tayyorlanishini tashkil qilish.
5. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har chorakda Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasiga axborot kiritib borish.
6. Ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni salohiyatli investorlarga sotish uchun doimiy ravishda xorijiy ommaviy axborot vositalari, xalqaro moliya institutlari va investitsiya banklari orqali targʻibot ishlarini olib borish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 07/25/145/0374-son; 13.03.2026-y., 07/26/97/0225-son)