1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qonunchilikdagi tafovut va ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Huquqni qoʻllashda yagona amaliyotni taʼminlashga toʻsqinlik qilayotgan qonunchilikdagi mavjud ayrim tafovut va ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq energiya taʼminoti, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari, yer munosabatlari hamda ichki ishlar organlari faoliyatiga oid qonunchilikdagi ayrim tafovut va ziddiyatlarni bartaraf etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-aprel,
PF-65-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5566-son Farmonining 12-bandi uchinchi xatboshisidagi “Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi” soʻzlari “Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar bosh markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6044-son Farmonining 10-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich toʻliq elektron shaklda “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi, davlat siri va qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tartib-taomillar bundan mustasno”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6196-son Farmonining 7-bandi “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi” soʻzlari “Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar bosh markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-77-son Farmonida:
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabining
TARKIBI
Sh. Aminov
—
Bosh prokuror oʻrinbosari, Respublika
shtabi rahbari
J. Mirzamahmudov
—
energetika vaziri, Respublika shtabi
rahbari oʻrinbosari
S. Mirzayev
—
Hisob palatasi raisining oʻrinbosari
J. Abruyev
—
Ijtimoiy
himoya milliy agentligi direktorining oʻrinbosari
N. Saydullayev
—
Markaziy bank raisining birinchi
oʻrinbosari
L. Kudratov
—
investitsiyalar,
sanoat va savdo vaziri
Sh. Xidoyatov
—
qurilish va
uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri
A. Rahmatullayev
—
ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
B. Mamatkarimov
—
energetika vazirining birinchi oʻrinbosari
Sh. Daliyev
—
oliy taʼlim,
fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Davlat xavfsizlik xizmati raisining
oʻrinbosari
M. Mirzayev
—
Soliq qoʻmitasi raisining birinchi
oʻrinbosari
Sh. Alirizayev
—
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish
departamenti boshligʻi oʻrinbosari
X. Mustafayev
—
iqtisodiyot va
moliya vaziri oʻrinbosari
F. Tashpulatov
—
sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari
T. Komilov
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
oʻrinbosari
Yu. Usmonov
—
madaniyat vaziri oʻrinbosari
M. Ismailov
—
sport vaziri oʻrinbosari
X. Sotiyev
—
favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari
I.
Nimatullayev
—
Oʻzenergoinspeksiya boshligʻi
M. Egamberdiyev
—
Majburiy ijro byurosi direktori
A. Tashpulatov
—
Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi
A.
Jumanazarov
—
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga
solish agentligi direktori
K.
Kuranbayev
—
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi
D. Vahobov
—
Savdo-sanoat palatasi raisi
A. Askarov
—
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi
raisi vazifasini bajaruvchi
M. Xodjayev
—
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi
D. Isakulov
—
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ
boshqaruvi raisi
A. Isakov
—
“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi
A. Agzamov
—
“UzGasTrade” AJ boshqaruvi raisi
A. Sanginov
—
“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi
B. Jurayev
—
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
boshqaruvi raisi
B. Sidiqov
—
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi
E. Yakubov
—
“Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori oʻrinbosari
Izoh: Respublika shtabi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi”;
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtablarning
NAMUNAVIY TARKIBI
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar prokurorlari, Hududiy shtab rahbari
Lavozimi boʻyicha
—
Davlat xavfsizlik xizmatining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari
boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar
vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari,
viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligining
hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Investitsiyalar, sanoat va savdo
vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasi
boshligʻi oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Ijtimoiy himoya milliy agentligining
hududiy boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi
vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar
vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy
boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Madaniyat vazirligining hududiy
boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Sport vazirligining hududiy boshqarmasi
boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Favqulodda vaziyatlar vazirligining
hududiy boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar prokuraturalari boʻlim boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish
departamentining hududiy boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Majburiy ijro byurosining hududiy
boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzenergoinspeksiyaning hududiy boshqarmasi
boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining
hududiy boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Savdo-sanoat palatasining hududiy
boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmasi
boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning
hududiy filiallari rahbarlari
Lavozimi boʻyicha
—
“Hududgaztaʼminot” AJning hududiy
filiallari rahbarlari
Lavozimi boʻyicha
—
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari”
AJning hududiy tashkilotlari rahbarlari
Lavozimi boʻyicha
—
“Oʻztransgaz” AJning hududiy boshqarmasi
boshligʻi
”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiylashtirishdagi yigʻimlar kamaytiriladigan litsenziyalanadigan faoliyat turlari roʻyxatining 7 — 9-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4006-son qarorining 6-bandida:
“Jamoat xavfsizligi departamenti boshqaruv apparati va hududiy ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmatining boshqaruv apparati hamda probatsiya boʻlinmalari xodimlari uchun, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ustama va toʻlovlardan qatʼi nazar, lavozim maoshiga ragʻbatlantiruvchi foizli ustamalar belgilash.
Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar uchun sarflanadi:
Jamoat xavfsizligi departamenti boshqaruv apparati va hududiy ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmatining boshqaruv apparati, probatsiya boʻlinmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini ragʻbatlantirish”;
b) quyidagi mazmundagi oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“probatsiyani amalga oshirishga koʻmaklashgan davlat organlarining, muassasalarining va tashkilotlarining xodimlarini, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarni hamda fuqarolarni ragʻbatlantirish;
jamoat xavfsizligini taʼminlashda oʻzining munosib hissasini qoʻshgan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozim maoshining bir baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik mukofot bilan ragʻbatlantirish;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xarajatlar uchun”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 30-bandning ikkinchi xatboshisi “qoʻllanilganlik,” soʻzidan keyin “jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarga sud tomonidan majburiyatlar yuklatilganlik,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 405-band quyidagi mazmundagi “k” kichik band bilan toʻldirilsin:
“k) agar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarga sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik majburiyati yuklatilgan boʻlsa”;
“57. Qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari yoxud ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan, shartli hukm qoʻllanilgan va jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik majburiyati yuklatilgan shaxslardan xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari, ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmalari yoki sud tomonidan olib qoʻyiladi. Shaxs qamoqda qoldirilgan yoki sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan taqdirda, xorijga chiqish biometrik pasporti Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga joʻnatiladi.
Qamoqdan ozod qilinganda yoki jazo muddati oʻtab boʻlganidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik majburiyati sud tomonidan bekor qilinganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari, ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmalari, sud tomonidan yoxud jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati tomonidan egasiga (jazoni ijro etish muassasasidan chiqib ketayotgan vaqtning oʻzida) qaytarib beriladi”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4779-son qarorining 1-bandida:
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-260-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisidan “hamda yer maydonlarini ajratish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-22-son qaroriga 5-ilovaning “Jinoyatchilik tendensiyalari davlat hisoboti” pozitsiyasi “Mazmuni” ustunidagi “Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazining” soʻzlari “Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar bosh markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)