1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
“Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, bozor tamoyillariga asoslangan yaxlit va muvofiqlashtirilgan ekotizimni yaratish, shu jumladan, energiya isteʼmoli sohasida audit, konsalting va menejment hamda energiyani tejashdan daromad oluvchi energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish va “yashil” moliyaviy dastaklarni kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
I. Davlat boshqaruvini takomillashtirish
1. Vazirlar Mahkamasi huzurida Energiya samaradorligi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(a) energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada ragʻbatlantiruvchi va taʼsir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish;
(b) energiya tejashdan daromad oluvchi energiya servis kompaniyalari (ESKO) xizmatlari bozorini rivojlantirish;
(v) energiya samaradorligi yuqori loyihalar portfelini shakllantirish va ularni amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish;
(g) energiya samaradorligini oshirish sohasida professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini baholab borish tizimini yoʻlga qoʻyish;
(d) aholi va tadbirkorlar oʻrtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish va isrofdan tiyilishga asoslangan turmush tarzi va feʼl-atvorni shakllantirishga qaratilgan energiya isteʼmoli madaniyatini oshirish axborot kampaniyalarini tashkil etish va moliyalashtirish.
II. Energiya samaradorligini oshirishni ragʻbatlantirish
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
(a) 2025-yil 1-iyuldan boshlab:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
(i) aholi uy-joylarining energiya auditini oʻtkazish xarajatlari hamda quyosh panellari va geliokollektorlar qiymatining 20 foizi va issiqlik nasoslari (havo, suv va geotermal) qiymatining 40 foizini, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplash uchun Agentlik tomonidan oʻrnatiladigan tartib asosida subsidiya ajratish yoʻlga qoʻyiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
(ii) Agentlik tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan resurslar hisobidan ESKO loyihalarni moliyalashtirish uchun bank kreditlari ajratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
(iii) aholiga ajratiladigan “yashil taʼmir” kreditlari boʻyicha kredit stavkasining 19 foizdan oshgan qismi, biroq 4 foizlik banddan oshmagan miqdorda Agentlik mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga qoplab beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
(b) 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
(i) budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasidagi toʻrtinchi guruh xarajatlarining kamida 5 foizi hamda budjetdan tashqari mablagʻlarining kamida 15 foizi energiya samaradorligini oshirish tadbirlari va loyihalari uchun rejalashtiriladi;
(ii) ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmani rivojlantirish dasturi energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarga ustuvorlik berish asosida shakllantiriladi;
(iii) ijtimoiy soha obyektlarida energiya samaradorligini oshirish loyihalari amalga oshirilgandan soʻng ularning ekspluatatsiyasini davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim asosida xususiy sektorga berish amaliyoti joriy etiladi;
(iv) Agentlik tomonidan ijtimoiy soha obyektlari va maʼmuriy binolarning energiya auditi natijalari asosida ularning energiya pasportlari bazasi shakllantirilib, energiya resurslari isteʼmolini maqbullashtirish yuzasidan maqsadli koʻrsatkichlar belgilab boriladi;
(v) elektron platforma (marketpleys) vositasida aholi va biznes subyektlarini energiya servis bozoridagi xizmat koʻrsatuvchilar, yetkazib beruvchilar va moliya tashkilotlari bilan bogʻlash, ularga energiya samarador texnologiyalar va moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan Call-markaz, mobil ilovalar va qoʻllanmalar orqali amaliy yordam koʻrsatish xizmatlari joriy etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
4. Agentlik Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
(a) 2025-yil 1-iyulga qadar energiya samaradorligini oshirish tadbirlari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar ishlab chiqib, barcha budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga yetkazilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(b) 2025-yil 1-sentabrga qadar quyidagilarni koʻzda tutuvchi Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasini (keyingi oʻrinlarda — Energiya samaradorligi platformasi) ishga tushirsin:
(i) energiya samaradorligini oshirish sohasidagi auditorlar, konsultantlar, menejerlar, ESKO kompaniyalar va verifikatorlarning yagona reyestrini yuritish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
(ii) subsidiyalash va imtiyozli kreditlash asosida xarid qilinadigan quyosh panellari, geliokollektor, issiqlik nasoslari va boshqa “yashil texnologiyalar” ishlab chiqaruvchilarining roʻyxatini taqdim qilish;
(iii) energiyani tejashga xizmat qiluvchi mahsulotlar va xizmatlar, salohiyatli energiya servis kompaniyalari va moliyalashtirish manbalari boʻyicha maʼlumotlar va ulardan foydalanish yuzasidan maslahat xizmatlarini taqdim qilish.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
(a) subsidiya va kreditlar Agentlik yagona reyestriga kiritilgan energiya auditorlarining tegishli xulosalari asosida ajratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
(b) aholiga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan “yashil taʼmir” kreditlari “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning “Yashil taʼmir” platformasida shakllantirilgan “Yashil loyiha” sertifikati asosida rasmiylashtiriladi hamda ushbu jamiyat tomonidan xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, budjet mablagʻlari, kapital bozorida yoki boshqa manbalardan jalb qilingan mablagʻlar hisobidan alohida yoxud aralashtirilgan tarzda moliyalashtiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
(v) quyosh panellari, geliokollektorlar va issiqlik nasoslariga subsidiyalar faqat Energiya samaradorligi platformasi orqali sotib olinadigan uskunalarga tatbiq etiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
(g) “yashil taʼmir” kreditlari boʻyicha hisoblanadigan foiz stavkasini qayta koʻrib chiqish vakolati Vazirlar Mahkamasiga beriladi.
III. Moliyalashtirish manbalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
6. Agentlik huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
(a) Jamgʻarmaga 2025-yilda Davlat budjetidan 100 milliard soʻm, 2026-2027-yillarda aholi ehtiyojidan kelib chiqib yiliga 200 milliard soʻmgacha mablagʻlar ajratsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
(b) Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmi” loyihasi doirasida tijorat banklari orqali tadbirkorlik subyektlarining energiya samaradorligini oshirish loyihalari uchun 200 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin. Bunda joriy yil yakuniga qadar kamida 20 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb qilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik bilan birga Jahon bankidan quyidagi loyihalar doirasida jalb qilingan kredit va grant mablagʻlarini energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish choralarini koʻrsin:
(a) “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” hamda “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihalari doirasida energiya samaradorligi va uglerod neytralligi tamoyillariga mos loyihalarga;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
(b) “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” (CEBU) loyihasi doirasida ijtimoiy soha obyektlarida energiya samaradorligini oshirish loyihalariga;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
(v) “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qoʻllash” (iCRAFT) loyihasi doirasida aholi uchun qayta tiklanuvchi va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qarorida belgilangan 2025-yil uchun energiya samaradorligini oshirish loyihalariga.
IV. Energiya samaradorligini oshirish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
9. Agentlik Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
(a) uch oy muddatda:
(i) “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini;
(ii) qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, muqobil isitish va sovitish uskunalarini oʻrnatuvchi tadbirkorlik subyektlari va isteʼmolchi korxonalar, shu jumladan, markazlashgan issiqlik taʼminoti tarmogʻiga ulanmagan korxonalar oʻrtasida elektr energiyasini xarid qilish boʻyicha korporativ kelishuvlar (PPA) mexanizmini shakllantirish yuzasidan takliflarni;
(iii) Agentlik toʻgʻrisidagi nizom hamda budjetdan tashqari Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni;
(b) 2025-yil 1-iyulga qadar yangi tahrirdagi Energiya servis xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini hamda energiya auditorlarini sertifikatlash tartibini;
(v) 2025-yil 1-oktabrga qadar 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan energiya samaradorligini oshirish boʻyicha strategiyani tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
10. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Agentlik bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrga qadar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun texnologiyalar energiya samaradorligining “yashil” standartlarini joriy etsin.
11. Belgilansinki
(a) malakasi hamda tajribasidan kelib chiqib energiya auditorlari reyestri ikki toifaga ajratilgan holda yuritiladi:
(i) boshlangʻich toifadagi energiya auditori — kamida 3 ta obyektni energiya auditidan oʻtkazishda qatnashgan, biroq tegishli malaka sertifikatiga ega boʻlmagan energiya auditorlari toifasi, ularga faqat aholi uy-joylarida energiya auditini oʻtkazishga;
(ii) professional toifadagi energiya auditori — yetarli tajriba va tegishli malaka sertifikatiga ega boʻlgan energiya auditorlari toifasi, ularga ustav kapitalida 50 foiz va undan yuqori davlat ulushi mavjud korxonalar, uy-joylar, davlat muassasalari, ijtimoiy soha obyektlari, xususiy korxonalarni energiya auditidan oʻtkazishga ruxsat beriladi;
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-77-son qarorining 4-ilovasida keltirilgan davlat ulushi mavjud yirik korxonalar obyektlarining energiya auditi faqatgina Agentlik yagona reyestriga kiritilgan va (yoki) xalqaro miqyosda nufuzga ega boʻlgan energiya auditorlari tomonidan oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
(v) ustav kapitalida 50 foiz va undan yuqori davlat ulushi mavjud yirik korxonalarda “ESG” tamoyillari asosida energiya auditi va energiya samaradorligini oshirish bilan bogʻliq barcha tadbirlar, shuningdek, energiya isteʼmolini boshqarish, hisobini yuritish va rejalashtirish borasida energiya menejmenti (ISO: 50001) standartlarini joriy qilish Agentlik va “UzAssets” investitsiya kompaniyasi” AJ bilan hamkorlikda amalga oshiriladi;
(g) energiya samaradorligi nuqtai nazaridan sanoatda ishlab chiqarish boʻyicha texnik shartlar hamda shaharsozlik normalari va qoidalari (SHNQ) Agentlik bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi;
(d) xalqaro donorlar va xususiy kapitalni jalb etish, binolarni modernizatsiya qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni joriy etish va energiya isteʼmolini kamaytirish boʻyicha imtiyozli kreditlarni ajratish mexanizmlari, shuningdek, ESKO loyihalarning namunaviy shartnomalari shakllari Agentlik tomonidan belgilanadi.
V. Farmon ijrosini tashkil etish va nazorat qilish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
12. Agentlikka, istisno tariqasida, quyidagilarga ruxsat berilsin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
(a) xalqaro moliya institutlari va rivojlanish tashkilotlarining energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan imtiyozli kredit va grant mablagʻlarini toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilish bilan bogʻliq zarur kelishuvlar va memorandumlar imzolash;
(b) 2025-yilda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari uchun va yirik davlat korxonalarini energiya auditidan oʻtkazish uchun energiya auditorlari va ESKO kompaniyalarni yollash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma imzolash.
13. Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan shtatlari soni 78 ta etib belgilansin.
Bunda Agentlikning hududlarga masʼul boʻlgan xodimlari oʻz faoliyatini tizimli ravishda hududlarda amalga oshiradi hamda ularning faoliyatini samarali tashkil qilish va zarur sharoitlar (alohida xona, ofis jihozlari, kompyuter, printer va aloqa jamlamalari, mebel va boshqa zarur jihoz va uskunalar) bilan taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari zimmasiga yuklanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
14. Vazirlar Mahkamasi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
(a) bir hafta muddatda Agentlik faoliyatini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
(b) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
15. Tashqi ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalariga asosan jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oʻzbekiston respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida”gi qarori.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
17. Mazkur Farmonning ijrosiga hamda Agentlik faoliyatini muvofiqlashtirib borishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
18. Ushbu Farmon ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-mart,
PF-63-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-martdagi PF-63-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
(i) “Jami” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “49 045”, “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “44 584” va “budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan” ustunidagi “4 461” raqamlari tegishincha “49 046”, “44 582” va “4 464” raqamlari bilan almashtirilsin;
(ii) “1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi” boʻlimida:
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “5 766”, “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “5 734” va “budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan” ustunidagi “32” raqamlari tegishincha “5 764”, “5 729” va “35” raqamlari bilan almashtirilsin;
“Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1 147” raqami “1 134” raqami bilan almashtirilsin;
“Kadastr agentligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “995” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “422” raqamlari tegishincha “988” va “415” raqamlari bilan almashtirilsin;
(iii) “2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” boʻlimida “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1 024” raqami tegishincha “1 014” raqami bilan almashtirilsin;
(iv) “4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi” boʻlimida “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “2 200” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “1 883” raqamlari tegishincha “2 195” va “1 878” raqamlari bilan almashtirilsin;
(v) “11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” boʻlimda “Turizm qoʻmitasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “329” raqami “324” raqami bilan almashtirilsin;
(vi) “14. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” boʻlimida:
“Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “401” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “328” raqamlari tegishincha “406” va “333” raqamlari bilan almashtirilsin;
“Innovatsion rivojlanish agentligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “80” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “66” raqamlari tegishincha “73” va “59” raqamlari bilan almashtirilsin;
(vii) “17. Adliya vazirligi” boʻlimida “Adliya vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “3 637” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “1 882” raqamlari tegishincha “3 632” va “1 877” raqamlari bilan almashtirilsin;
(viii) “33. Soliq qoʻmitasi” boʻlimida “Soliq qoʻmitasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “9 745” raqami “9 727” raqami bilan almashtirilsin;
(ix) 37-boʻlim 34-boʻlim deb hisoblansin;
(x) quyidagi mazmundagi 35-boʻlim bilan toʻldirilsin:
“
35. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi
(i) quyidagi mazmundagi 38-band bilan toʻldirilsin:
“38. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi”;
(ii) izohlar qismidagi “14” raqami “13” raqami bilan, “5” raqami “6” raqami bilan, “26” raqami “27” raqami bilan, “8” raqami “9” raqami bilan almashtirilsin;
(v) 2a-ilova quyidagi mazmundagi 38-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
38.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi
Energiya samaradorligi agentligi
Agentstvo energoeffektivnosti
”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qarori bilan tasdiqlangan 2025-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 18-pozitsiyasida:
(a) “Chora-tadbirlar nomi” ustuni “(keyingi oʻrinlarda — Uyushma)” soʻzlaridan keyin “15 yil muddatga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) “Ijro muddati” ustunidagi “mart” soʻzi “may” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 06/25/63/0296-son; 30.04.2026-y., 06/26/70/0430-son)